Boshlang’ich sinf ona tili dasturi tuzilishi va mazmunini tushuntiringboshlang‘ich sinflar dts, ona tili o`quv dasturi, darsliklarida muammoning yoritilishi



Download 38,24 Kb.
Sana14.09.2021
Hajmi38,24 Kb.
#173874
Bog'liq
BOSHLANG


BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DASTURI TUZILISHI VA MAZMUNINI TUSHUNTIRINGBoshlang‘ich sinflar DTS, ona tili o`quv dasturi, darsliklarida muammoning yoritilishi. O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan keyin iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning o`ziga xos yo`liga ega bo`ldi.Mustaqillik omili ta`lim sohasini ham tubdan yangilash zaruratini vujudga keltirdi. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida” gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari” asosida ta`limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari hamda prinsiplari tanlanishi birinchi darajali ehtiyojga aylandi. Natijada 1999 yilda umumiy o`rta ta`limning davlat standartlari tasdiqlandi. Davlat ta`lim statdartlari umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb- hunar va oliy ta`lim mazmuniga hamda sifatiga qo`yiladigan talablarni belgilab berdi.13Davlat ta`lim statdarti amaliyotga joriy qilinib, bir qator tajribalar to`plandi. 2005 yilda to`plangan tajribalar asosida Davlat ta`lim statdarti takomillashtirildi.14 Boshlang`ich ta`lim bosqichida o`quvchilarning ona tili ta`lim sohasi bo`yicha tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar quyidagi uch parametrli standart o`lchovi orqali aks ettirildi. O`qish texnikasi, o`zgalar fikri va matn mazmunini anglash hamda fikrini yozma shaklda bayon etish malakasi.Boshlang`ich ta`lim Davlat standartida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari iborasi aynan qo`llanilgan bo`lsada, ko`rsatigan uch parametrli statdart talabini bajarish o`quvchilarda ma`lum darajada mustaqil o`qish ko`nikmalini talab qiladi. Davlat ta`lim standarti asosida o`quv dasturlari va darsliklar yaratiladi.Boshlang`ich sinflar ona tili dasturi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi. Savod o`rgatish, sinfdan tashqari o`qish va nutq o`stirish. Sinfda va sinfdan tashqari o`qish va nutq o`stirish.Fotenika, grammatika, imlo va nutq o`stirish. Bu bo`lim materiallarini birlashtiruvchi asosiy tamoyil nutq o`stirish hisoblanadi. Nutq o`stirish boshlang`ich sinf ona tili ta`limiga aniq amaliy yo`nalish beradi va bolalarga ongli o`qish, o`qiganlarini ravon gapirish va yozishga o`rgatadi. Ona tili va adabiyotdan bolalarning yosh xususiyatlari va saviyalarini hisobga olgan holda boshlang`ich bilim berishni, shu asosda nutqni boyitish, boshqalar nutqini e`tibor bilan eshita olish hamda kitob o`qishga qiziqish uyg`otishga yo`naltirishi zarur.Ona tili o`quv dasturining ikki bo`limida sinfdan tashqari o`qish atamasi qo`llangan.Nafaqat 1-4 sinflarda, balki yuqori sinflarda ham sinfdan tashqari o`qish atamasi qo`llangan. Demak, 1-4 sinflarda sinfda o`qish va sinfdan tashqari o`qish darslari uyushtiriladi. Sinfda o`qish darslarida barcha o`quvchilar o`qituvchi rahbarligida ayni bir asarni o`rganadilar: asar mazmuni, qurilishi, badiiy til vositalari ustida ish olib boradilarSinfdan tashqari o`qish darslarda esa o`quvchilar bir mavzuga oid bir necha asarni o`qib o`rganadilar. Sinfdan tashqari o`qishning maqsadi o`qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o`qiydigan, o`qigan kitobini to`g`ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.15 Albatta, sinfda o`qish darslarida ham mustaqil o`qish ishlari uyushtiriladi, o`quvchilarda ma`lum ko`nikmalar hosil qilinadi.Biroq sinfdan tashqari o`qish atamasining ma`nosi ancha keng bo`lib, o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari ayni shu darslarda shakllantirib boriladi.Amaldagi sinfdan tashqari o`qish dasturining mazmuniga ko`ra ta`limning har bir bosqichida ikki asosiy bo`lim ajratiladi: Birinchi bosqichda o`qish doirasi, ya`ni o`qitiladigan kitoblar va ularning qaysi tartibda o`qish bilan tanishtirish yuzasidan o`quvchilarga ko`rsatma beriladi. Ikkinchi bosqichda shu o`quv materiallari asosida bilim, ko`nikma va malakalar shakllantiriladi. 1-sinfda sinfdan tashqari o`qish ikki bosqichda amalga oshiriladi: tayyorgarlik bosqichi; boshlang`ich bosqich; Tayyorgarlik davrida sinfdan tashqari o`qish uchun maxsus soat ajratiladi. Haftada 1 marta savod o`rgatish darsidan 15-20 daqiqa ajratiladi. Ikkinchi bosqichda sinfdan tashqari o`qish darslari hajmi ko`rsatilmagan. O`qish materiali, mavzular vazifalari yuzasidan ko`rsatmalar berilgan..2-sinflarda sinfdan tashqari o`qish uchun 17 soat ajratilgan. O`qish materiali, o`qish mavzulari, hosil qilinadigan bilim, ko`nikma va malakalar ko`rsatilgan. 3-sinfda ham sinfdan tashqari o`qish uchun 17 soat ajratilgan. O`qish doirasi, o`quv materiali, o`qish mavzulari aniq ko`rsatilgan.4-sinfda ham sinfdan tashqari o`qish uchun 17 soat ajratilgan.Bu sinf dasturida sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil qilish yuzasidan qisqacha umumiy tavsiya beriladi. Ammo o`quv materiali, o`qish mavzulari ko`rsatilmaydi. Boshlang`ich ta'limda sinfda o`qish va sinfdan tashqari o`qish darslari uyg`un holda tashkil etiladi. Sinfda o`qish darslari amalga oshiradigan quyidagi vazifalar sinfdan tashqari o`qish uchun ham taalluqlidir. Ular:O`quvchilarda yaxshi o`qish sifatlari: to`g`ri, tеz, ongli, ifodali o`qish malakalarini shakllantirish. O`quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kеrakli bilimlarni olishga o`rgatish, kitobga muhabbat uyg`otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko`tarish.O`quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kеngaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish. O`quvchilarni axloqiy, estеtik jihatdan yеtuk va mеhnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.O`quvchilarning bog`lanishli nutqini va adabiy-estеtik tafakkurini o`stirish. O`quvchilarning xayolot olamini boyitish.Elеmеntar adabiy tasavvurlarni shakllantirish. Sinfdan tashqari o`qish darslari esa yuqoridagi qo`shimcha sifatida yana quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi:Kichik yoshdagi o`quvchilarni o`qish malakasini takomllashtiradi. Kitobni mustaqil o`qiy oladigan, uni tushunadigan kitobxonni tarbiyalaydi.Ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazеta va jurnallarni ham mustaqil o`qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Sinfdan tashqari o`qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi. Mustaqil kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o`qiydigan, o`qilgan kitobni to`g`ri baqolay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalaydi. Mustаqillik tufаyli tа`lim tizimidаgi аmаlgа оshirilаyotgаn islоhоtlаr, tа`lim mаzmunidаgi o`zgаrishlаr bеvоsitа sinfdаn tashqai o`qish dаrslаrini tаshkil etishni tаkоmillаshtirishgа turtki bo`ldi. Bоshlаng`ich sinfda sinfdan tashqari o`qish dаrslаrini tаshkil etish usullаrigа yangichа yondаshishni tаlаb etdi. Bu bоshlаng`ich sinf o`quv dаsturlаri vа dаrsliklаri, o‘quv qo‘llanmalarining yangi аvlоdini yarаtish zаruriyatini yazаgа kеltirdi. Аnа shu ehtiyoj bilаn 1-3- sinflar uchun ”Kitоbim - oftobim”16 qo‘llanmalarining qayta ishlangan nashri chop etildi. ”Kitоbim - oftobim” qo‘llanmasi yangi yaratilgan badiiy adabiyot namunalari bilan doimiy ravishda boyib borilishi lozim. ”Kitоbim - oftobim” qo‘llanmasidа vа ulаrgа ishlаngаn mеtоdik qo`llаnmаlаrdа o`quvchilаrning mustаqil o‘qishga va mustaqil fikrlаshgа, bаdiiy аsаr mаtni ustidа izlаnishgа undаydigаn sаvоl-tоpshiriqlаr, ularni tashkil etish usullari ishlаb chiqilishi lоzim. Sinfdan tashqari o‘qish uchun nashr qilingan metodik adabiyotlardа matn ustida ishlash talab dаrаjаsidа dеb bo`lmаydi. ”Kitоbim - oftobim” qo‘llanmasidagi bаrchа sаvоllаrning tuzilishi vа mаzmuni DTS tаlаblаrigа to`liq mоs kеlishidаn qаt`i nаzаr ulаrni mukаmmаllаshtirа bоrish hаyotiy zаrurаtdir. Dаrsliklаrdа bеrilgаn sаvоl vа tоpshiriqlаr o`qituvchilаrning vа o`quvchilаrning qo`shimchа sаvоllаr-tоpshiriqlаri аsоsidа to`ldirilib bоrilsа, tа`limning yanа hаm mukаmmаlligigа erishilgаn bo`lаrdi. Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish yuzasidan DTS, o`quv dasturi va “Kitobim-oftobim qo`llanmasi” tahlili natijalaridan quyidagilar aniqlandi:Boshlang`ich sinflar Davlat ta`lim standartida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari xususida alohida ko`rsatkich va talablar qo`yilmagan. Bizningcha, bu xususda o`ylab ko`rish lozim. Amaldagi o`quv dasturiga muvofiq o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini xosil qilish uchun 1-sinfda har haftada 15-20 daqiqa, 2-3-4- sinflarda esa 17 soatdan jami 51 soat ajratiladi. Demak, o`quvchilarda mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish uchun alohida ahamiyat berilgan. Dasturda har bir sinfda “Sinfdan tashqari o`qish” bo`limi ajratilgan. Mana shu bo`limda berilgan metodik ko`rsatmalarda bir xillik, aniqlik, uzviylikka rioya qilinmagan. Boshlang`ich sinflar dasturida o`qish uchun adabiyotlar ro`yxati ko`rsatilmagan. Bu esa sinfdan tashqari o`qish darslarini samarali tashkil qilinishiga o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatmoqda.I BOB BO`YICHA XULOSALAR Sinfdan tashqari o`qishning jahon ta`limidagi ilg`or usullar asosida yaratilgan tizimi o`quvchilarni o`qishga qiziqtirish, ularning fikrlash qobiliyatini o`stirish, kitob bilan ishlash usullarini o`rgatish, og`zaki nutqini o`stirish, muntazam ravishda kitob o`qib borishga rag`bat uyg`otish – ma`naviy madaniyatini yuksaltira borish kelajak avlodni o`qitish va tarbiyalash jarayonidagi asosiy masalalardan hisoblanadi.Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari STO` darslarida shakllantirib boriladi. Amaldagi dasturda STO` darslariga 1-4- sinflarda jami 50 soatdan ortiq vaqt ajratiladi. Biroq dasturda shu ko`rsatilgan soatlarda o`rganiladigan asarlar ro`yxati berilmagan. 3. 1-4- sinflar ona tili o`quv dasturidagi ”Sinfdan tashqari o`qish” bo`limi qayta ko`rib chiqilishi, unga aniqlik kiritilishi lozim.Boshlang`ich sinflarda Davlat ta`lim standartiga o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikma va malakalarini belgilovchi ko`rsatkich va talablar kiritilishi maqsadga muvofiq bo`lar edi. II BOB.BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL O‘QISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil o‘qishga tayyorlash Ulug` yozuvchilar tarixiga nazar tashlansa, iste`dodning tug`ulishi har kimda har xil kechganini ko`rish mumkin. Alisher Navoiy ilk yoshlaridanoq Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» asarini yod olgan, hali o`smirlik davridayoq ilk asarlari bilan mavlono Lutfiydek benazir shoirni hayratlarga solgan bo`lsa, Usmon Nosir balog`at yoshidayoq mashhurlik darajasiga erishgan edi. Taniqli bolalar shoiri Samuil Marshak 4-5 yoshlaridanoq she`r mashq qilib 11-12 yoshlarida ilk poemalarini yaratgan bo`lsa, Quddus Muhammadiy «O`quvchiga esdalik» nomli birinchi she`riy kitobini e`lon qilganida sal kam 40 yoshda bo`lgan.Kichkintoylarning sevimli shoiri Tursunboy Adashboev so`zni so`zga juftlab, o`z hayrati-yu bor g`ayratini qog`ozga tushira boshlaganida 12-13 yoshlarda bo`lganini sog`inch bilan xotirlaydi. «Mening adabiyotga kirib kelishim, – deb yozadi shoir, – avvalo, muallimlarimning, qolaversa, Abdullajon Haitovday fidoiy, adabiyotga juda mehr qo`ygan odamlarning ta`siri tufayli bo`lgan, desam adashmayman. Oltinchi sinfda o`qib yurgan kezlarim «Qizil O`zbekiston» (hozirgi «O`zbekiston ovozi») gazetasida mashhur olim Hodi Zarifning bir xati chiqdi. Xatda gazetxonlarga xalq ichidagi dostonlarni yozib olishga yordam so`rab murojaat etilgandi. Maktabimiz direktori gazetani olib kelib, qishloqdagi to`ylarda doston aytib yuradigan Olim qarg`a degan kishini topib, dostonini yozib jo`natgin, dedilar menga. Men bu haqda Hodi Zarifga xat yozdim. Hodi akadan: Uka, dostonning hech qayeriga qo`shmasdan, og`zidan qanday chiqsa shundayligicha yozib jo`natishingizni iltimos qilaman, degan javob keldi.Bu «Yozi bilan Zebo» dostoni edi. Xullas, men Olim qarg`ani izladim, u kishi qo`shni qishloqda paxsa urayotgan ekan. Olim akani ish ustida topdim, tanishdim, maqsadimni aytdim. «Bo`ldi, menga bir hafta qog`oz qoralasam, senga doston aytib o`tirsam, tirikchiligim qolib ketadi. Kechqurunlari yozamiz», dedi. Kelishdik. Bir hafta deganda dostonni qoralab oldim va Hodi Zarif domlaga jo`natdim... Mana shu o`quvchilik yillaridagi qiziqishlarim meni katta adabiyotga yetaklagan bo`lsa, ajabmas». Ko`rinadiki, ko`pchilik ijodkorlar mustaqil o`qish va izlanish natijasida buyuk kishilarga aylangan. Bu borada mustaqil o`qishga o`rgatuvchi sinfdan tashqari o`qish darslari bolalarni kichik yoshdan boshlab kitob o`qishga tayyorlaydi.Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qish o`zining lingvodidaktik, pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko`ra bosqichlarga bo`lib o`rganishni taqozo etadi. Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qishni guruhlash masalasi o`zbek olimlari K.Qosimovaning “Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi” kabi darsliklari va B. Ma`qulovaning “Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qishning mazmuni va uni tashkil etish” nomli nomzodlik dissertatsiyasida o`z tatqiqot ob`yektlari nuqtai- nazardan yoritilgan.B.Ma`qulova boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qish jarayonini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo`lgan: Tayyorlov bosqichi (Bu bosqichga 1-sinf davrini kiritadi).Ilk mutoala bosqichi (Bu bosqichga 2-3-sinf davrini kiritadi). Mustaqil mutoala bosqichi (Bu bosqichga 4-sinf davrini kiritadi).Biz ham sinfdan tashqari o`qish jarayonini shartli ravishda 3 davrga bo`ldik va unga quyidagicha yondashdek: Tayyorlov bosqichi. Bunga 1-sinfning 1-yarim yilligida o`quvchilarni badiiy kitoblar bilan tanishtirish, badiiy asardan zavq ola bilishi, uni mustaqil o`qishga havas uyg`otish, o`qish texnikasi yuzasidan izchil tushunchalar berib borish, to`g`ri talaffuzga o`rgatish masalalar kiritildi. lk mutoala bosqichi. Bu bosqichga 1-2-sinf o`quvchilarini badiiy kitoblar bilan tanishtirishdan mustaqil mutolaaga, tez, to`g`ri, ravon va ifodali o`qishga, o`qiganlari yuzasidan o`z taassurotlarini shakllantirishga oid masalalar kiritildi.Mustaqil mutolaa bosqichi. Bu bosqichga 3-4-sinf o`quvchilarining badiiy asar mutoalasi bo`yicha dastlabki ikki sinfda egallagan ko`nikma va malakalari asosidagi kitobxonlik madaniyati darajasi, chunonchi, asar mavzusini to`g`ri belgilash, sujet voqealari o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni aniqlash, adabiy qahramonlarning xatti-harakatiga o`zining shaxsiy munosabatini bildirish, tegishli xulosalar chiqarish, so`z zahirasini boyitish, badiiy asardan olgan taassurotlari asosida og`zaki hikoya tuzish, bayon, insho, taqriz, annotatsiya, tezis kabi yozma ijodiy ishlar yozish bilan bog`liq masalalar kiritildi. Avvalo maktabgacha tarbiya muassasida bolalarda baddiiy asarlarni eshitish ishtiyoqini va undan zavq olish tuyg`ularini uygotish lozim. Bog`cha yoshidagi bolalar xalq og`zaki ijodiga katta qiziqish bilan qaraydilar. Bunga sabab tevarak-atrofida hayvonlarga, o`simlik, dov-daraxtlarga, meva-chevalarga bo`lgan mehr sabab bo`ladi. Ular ota-onalari, buvi-buvalaridan ertak, topishmoq eshitishni, hayotlarida yuz bergan voqealarni so`zlab berishlarini istaydi, yoqtiradi. Bu borada Hamid Olimjonning esdaliklarini eslash kifoya: Bolalik kunlarimda, Uyqusiz tunlarimda, Ko`p ertak eshitardim,So`ylab berardi buvim. O`zi uchar gilamlar,Bolabo`p qolgan chollar… Bolalardagi bu ishtiyoqni so`ndirmaslik boshlang`ich sinf o`qituvchilarning zimmasidadir. Boshlang`ich sinfda sinfdan tashqari o`qish bosqichlarining maqsad va vazifalarini anglagan holda o`qituvchi unga tayyorgalik ko`rishi lozim.O`qituvchi sinfdan tashqari o`qishning qaysi bosqichi uchun reja tuzsa ham, o`quvchilarga mustaqil o`qish uchun tavsiya etadigan asarlarini o`zi o`qib- o`rganishi, mavzusiga ko`ra guruhlashi, miqdorini belgilab olishi va taqvim rejaga kiritishi, asar matnlari ustida amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishi, sujeti, kompozitsiyasi, badiiy san`at vositalari, g`oyasi ustida ishlash mazmuni hamda usullarini aniqlab olmog`i zarur. Asar tavsiya qilishda yozuvchining ijodini qunt bilan o`rganishi, tavsiya qilgan asarlarida nimalarga diqqat qaratishlari yuzasidan yo`llanmalar berishi kerak. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining yosh xususiyatlari va bilim saviyalari hisobga olinib ajratilgan har bir bosqichning o`z xususiyati mavjudligini ko`rib chiqdik. Bu haqda o`quv dasturida ham, darslikda ham ta`kidlab o`tilgan. Asosiy metodik muammo bu nimani o`qitish kerak va nima uchun aynan shunday o`qitish kerak savollariga javob topishdir.Ishimizning bu faslida yuqoridagi savol mohiyatini ochishga harakat qilamiz.O`qituvchi darsni tashkil etishda mavzuni aniq belgilash va o`quv materiallarini tayyorlashi lozim.Kuzatishlarimiz bu xususda o`qituvchilar qo`lida hech

qanday manba yo`qligini ko`rsatdi. Shuning uchun biz birinchi va ikkinchi bosqich mavzular va o`quv materiallarini ishlab chiqdik. Uchunchi bosqich uchun rejalashtirishni ma`qul deb topdik. Savod o`rgatish davri tayyorlov bosqichi uchun tavqim reja. 1-jadvalIMavzu O`quv maretiallari Ajratilgan soat O`tiladigan vaqtiMening Vatanim – O`zbekiston Olqor Damin. ”Vatan - onajon”, 20 daqiqa sentabr Kuz – yi`g`im-terim fasli ”Elyor dehqon” hikoyat 20 daqiqa sentabr Ertaklar - jon-u dilim Abdurahmon Akbar ”Manmanlik haqida ertak” 20 daqiqa sentabr Ertakchi shoirlar bilan uchrashuv Tursunboy Adashboyev, Rauf tolib, Anvar Obidjon.20 daqiqa sentabr Ustozlarga ta`zim ”Beruniyning dam olish kunlari” rivoyat 20 daqiqa oktabr Ajdodlarimiz jasorati Hikmatlar xazinasi 20 daqiqa oktabr Ona tilimiz – o`zbek tili Rauf Tolib. ”Ona tilim” 20 daqiqa oktabr Bog`larim – gulbog`larim Tolib Yo`ldosh. ”Yerning tili” 20 daqiqa oktabr Odobni o`rganamiz Xolmurod Safarov. ”Savollarga javoblar”. Abdurahmon Akbar ”Buvijonim” 20 daqiqa noyabr Tabiatni asraymiz Nosir Fozilov. ”Quyoncha”, Erkin Malik. ”Chumolining uyasi” 20 daqiqa noyabrMehrjon bayrami Tolib Yo`ldosh. ”Uzumlar oilasi”. 20 daqiqa noyabr Yer yuzi – tinchlik bog`i Olqor Dmin. ”Tinchlik qo`shig`i”. 20 daqiqa noyabr Qomusimizni o`rganamiz ”Qomusimizni o`rganamiz” suhbat. 20 daqiqa dekabr Qishki havo – tanga davo Hamza Imonberdiyev. ”Quyoshboboga xat” 20 daqiqa dekabr Qorbobo mehmonga kelmo`chi Mahmud Murodov. ”Qorni kim kuragan?” 20 daqiqa dekabr Hamma hunar sevimli Abdulhay Nosirov. ”Aytishuv”. 20 daqiqa dekabr Quvnoq alifbe Dilshod Rajab. ”Alifboni o`rganamiz”. 20 daqiqa dekabr 2-jadval Birinchi bosqich- tayyorlov davri STO` darslarining texnologiyasi quyidagicha bo`ladi.Mavzu: Ajdodlarimiz jasorati Maqsad: afsonaviy qahramonlar haqida ma`lumot berish o`quvchilarda vatanparvarlik tuyg`usini tarbiyalash Mashg`ulot rejasi: Kirish suhbatlashish.2. “Cho`pon yigit Shiroq” afsonasini eshittirish. Afsona yuzasidan suhba Uyga vazifa berish O`quv faoliyati O`qituvchi .Mashg`ulot maqsadini aytadi, o`quvchilarni mashg`ulotga tayyorlaydi.Kirish suhbatini uyushtiradi.(1-ilova) Kitobni targ`ib qiladilar. Matnni o`qib eshittiradi Lug`at ishi “2-ilova” O`qigan matn yuzasidan kichik suhbatni tashkil qiladi “3-ilova” Rasm asosida matnni qayta hikoya qildiradi. (4-ilova)Uyga vazifa topshiradi O`quvchilarEshitadilar Suhbatni tinglaydilar. O`quvchilar kitobni varaqlab ko`radilarEshitadilar TenglaydilarSuhbatda ishtirok etadilar. Matnni hikoya qilib beradilar. Vazifani bilib oldilarMetod: suhbat, “Quyosh” metodi Darsning jihozi: asarga ishlangan rasmlarilova O`qituvchi vatanimizni dushmanlardan asragan qahramonlar kishilarni bilishlarini“Quyosh” metodi orqali aniqlab oladi. QAHRAMONLAR3-ilova. Afsona yuzasidan dastlabki suhbat quyidagi savollar asosida o`tkaziladi. Afsona sizga yoqdimi? Unda kimning qahramonligi hikoya qilingan? Shiroq nima uchun quloq, burnini kesdi? Shuroq kimning oldiga bordi? U shoh Doroga nima dedi? Shiroq Doro qo`shinlarini qayerga olib bordi? Shiroq nima deb qayqirdi. Matndagi afsona, Doro, qo`shin, hayqirmoq so`zlari o`qituvchi tomonidan izohlanadi.

BOSHLANG’ICH SINFLAR ONA TILI DAVLAT TA’LIM STANDARTI VA DASTURIGA O’Z MUNOSABATINGIZNI BILDIRIB TAQRIZYOZINGOna tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi. Ona tili ta’limi standarti ko‘rsatkichlari bolani fikrlay olish, ifodalangan fikrni anglash va o‘z fikrini savodli, mantiqiy izchillikda bayon eta olishga o‘rgatish nuqtai nazaridan belgilanadi.Boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning ona tili ta’limi bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar quyidagi uch parametrli standart mezon orqali aks ettiriladi: o‘qish texnikasi, o‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash hamda fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi murakkab jarayon bo‘lib, ona tili ta’limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi va o‘quvchi tomonidan yaratilgan matnda aks etadi. Bu parametr bo‘yicha ta’lim sifatining natijasini baholashda o‘qituvchi tomonidan quyidagi ko‘nikmalarning darajasi aniqlanadi:fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; mavzuning murakkablik darajasi (sodda, murakkab, aniq va h.k.);tavsifning mavzuga muvofiq va mukammal bo‘lishi; tavsifda tilning ifoda vositalaridan foydalana bilishi;imloviy (yozma) savodxon bo‘lishi. Ta’lim mazmunini belgilovchi ko‘rsatkichlar Boshlang‘ich ta’limda ona tili ta’limi mazmunining negizi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: nutq va gap, nutq tovushlari, ona tilining fonetik tizimi: tovushlar va harflar, unli tovushlar va harflar, undosh tovushlar va harflar, jarangli va jarangsiz undoshlar, alifbo, bosh va kichik harflar, tutuq belgisi (fonetik tahlil);bo‘g‘in va bo‘g‘in tuzilishi, so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish; so‘z va so‘z ma’nolari (lug‘aviy tahlil - bir ma’noli so‘zlar, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, ko‘p ma’noli so‘zlar);so‘z tarkibi: o‘zak va qo‘shimcha (turlovchi va yasovchi), o‘zaklarda tovush o‘zgarishi, o‘zak va qo‘shimchalar imlosi; so‘z nomlarini mazmuniga ko‘ra guruhlash: predmetlar nomini bildiruvchi so‘zlar, predmetlarning harakatini, belgisini, sanog‘ini bildiruvchi so‘zlar, predmetga ishorani ifodalovchi so‘zlar (shaxsga nisbatan–kishilik olmoshi);gap, gapning fikr bildirish maqsadiga ko‘ra turlari (darak, so‘roq, buyruq va his-hayajonni bildiruvchi gaplar), gapda tinish belgilarining ishlatilishi (nuqta, so‘roq, undov va h.k.), yozma nutqda ishlatiladigan muhim (ayrim) belgilar : vergul, qavs, ikki nuqta, ko‘p nuqta; gapning tuzilishi: gapning asosiy mazmunini bildiruvchi bo‘laklar (ega va kesim), gapning asosiy mazmunini to‘ldiruvchi bo‘laklar (ikkinchi darajali bo‘laklar – ularning turi va nomlaridan mustasno);gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi, so‘z birikmasi, gapning uyushiq bo‘laklari, ularning o‘zaro bog‘lanishi (ohang, bog‘lovchi so‘z yordamida); gap va matn, matnning tuzilishi: mavzu, voqea tafsiloti, asosiy fikr bayoni, xulosa chiqarish, reja tuzish, sarlavha, xat boshi, dialog, monolog gaplar, bayon, kichik insho;xabarnoma, xat, maqola, tabriknoma, taklifnoma, e’lon, ro‘yxat tuzish. O‘quvchining o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar II sinf Bilim: Tovush va harf, ularning belgilari; unli va undosh tovushlar; jarangli va jarangsiz undoshlar;ketma-ket kelgan bir xil unli va undoshlar; so‘z oxirida tushib qoladigan undoshlar; bo‘g‘in; gap; so‘z (shaxs, narsa, belgi, harakat, sanoq va tartibni bildiruvchi so‘zlar).Ko‘nikma: Tinish belgilarini o‘rinli qo‘llay bilish; ketma-ket kelgan bir xil unlilar imlosini farqlay olish; ketma-ket kelgan bir xil undoshlar imlosini ajrata bilish; so‘z oxirida talaffuzda tushib qoladigan undoshlarni qo‘llay olish; so‘z ma’nolarini farqlash va ularga so‘roq bera olish; qarama-qarshi ma’noli, shakldosh, uyadosh so‘zlar guruhini tuza olish; so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolarini farqlay olish; salom xat, tushuntirish xati yoza olish; alifbo tartibida ro‘yxat tuza olish. Malaka: 30-40 so‘zdan iborat matn asosida diktant va bayon yozish; o‘zlashtirilganbilimlar doirasida imlo xatolariga yo‘l qo‘ymaslik; ijodiy matnning mantiqiy izchilligiga rioya qilish; o‘quvchiga tanish bo‘lgan narsa, buyumlarni tasvirlash; iltimos, uzr, minnatdorchilik, ruxsat so‘rash kabi nutq madaniyatiga doir so‘zlarni bilish. Ona tili fanidan o‘quv dasturiUqtirish xati “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ta’limning ravnaqi, uning insonparvarligi, ta’lim va tarbiya tizimining uzluksizligi,ilmiyligi va dunyoviyligi, ta’limda umuminsoniy va ilmiy qadriyatlarning ustuvorligi, davlat ta’lim standartlari doirasida hammaning bilim olishi uchun imkoniyat yaratilishi ta’kidlab ko‘rsatilgan.Uzluksiz ta’lim tizimida boshlang‘ich ta’lim muhim bosqich hisoblanadi va unda ona tilini o‘qitish asosiy o‘rin egallaydi. Ona tili dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: Savod o‘rgatish, nutq o‘stirish. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish. Boshlang‘ich sinflar ona tili ta’limi o‘quvchilarda nutq faoliyatining asosiy turlarini o‘stirish bilan bir qatorda, quyidagi muhim masalalarni hal etishni ko‘zda tutadi: Boshlang‘ich sinflarda ona tilidan beriladigan bilimlar mazmunini o‘zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi, so‘zlarning o‘zgarishi va gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi, so‘zlarning morfemik tarkibi va so‘z yasalishi, so‘zlarning leksik – semantik guruhi haqidagi, o‘zbek tilining to‘g‘ri yozuv qoidalari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi bilimlar tashkil etadi. Berilgan bu bilimlar o‘quvchilar nutqini o‘stirishga xizmat qiladi. Ona tili o‘qitishning mazmuni va metodlari o‘quvchilarga dastur talab qilgan hajmda puxta bilim berish, ko‘nikma va malakalar hosil qilishga ko‘maklashishi lozim. Maktabni bitirib chiqqan yoshlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning rang – barang jabhalarida, muloqot va munosabatning barcha turlarida o‘zbek tilidan bemalol – erkin, samarali va to‘g‘ri foydalana olish, uning cheksiz imkoniyatlaridan to‘laqonli bahramand bo‘lish, zaruriy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari kerak.«Ona tili» darslarida o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga yo‘naltirish lozim. Shuning uchun ushbu dastur va u asosida yaratilajak darsliklarda grammatik qoidalarni yodlatishdan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, dars va mashg‘ulotlarni o‘quvchilarning nutqiy malakasini yuzaga keltirishga qaratish maqsad qilib olindi.Ona tili ta’limi oldida quyidagi bosh maqsad turadi: ona tili mashg‘ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq vaziyatiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilishi lozim. Savod o‘rgatish, sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish Savod o‘rgatish davri sentabrdan dekabrgacha davom etadi. Savod o‘rgatish jarayoni ikki davrni: alifbogacha tayyorlov davri va alifbo (asosiy) davriga ajratiladi. Tayyorlov davri ikki bosqichga bo‘linadi: Tovush – harf o‘rganilmaydigan bosqich; Unli tovushlar va harflar o‘rganiladigan bosqich. Alifbo davri o‘rganiladigan tovush va harflar, so‘zlarning va bo‘g‘inlarning tuzilishi, murakkablik darajasiga ko‘ra 3 bosqichga bo‘linadi. Bu davrda bolalarning fonematik eshitish qobiliyatlari o‘stiriladi, o‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari boyitiladi. Savod o‘rgatish darslari o‘quvchilarning umumiy kamolotiga, ularda do‘stlik, o‘rtoqlik kabi xislatlarni milliy qadriyatlarni shakllantirish, jamoa ichida o‘zini boshqarish, mehnatsevarlik, halollik, rostgo‘ylik, o‘qishga ongli munosabatda bo‘lish kabi ijobiy xususiyatlarni tarbiyalashga ko‘maklashuvi lozim. Boshlang‘ich ta’limda o‘qish va yozishga o‘rgatish tilshunoslik, pedagogika, adabiyotshunoslik va metodika sohasida erishilgan yutuqlarga asoslangan, takomillashgan hozirgi zamon analitik-sintetik tovush metodi vositasida amalga oshiriladi hamda o‘quvchilar nutqini rivojlantirishni nazarda tutadi. Darsda o‘quvchilar gapni so‘zlarga, so‘zni bo‘g‘inlarga, bo‘g‘inni tovushlarga ajratadilar, so‘zdagi tovushlarni tartibi bilan aytishni o‘rganadilar, o‘rganilgan tovushlarni o‘zaro bog‘lab so‘z tuzish va o‘qish yuzasidan mashq qiladilar. Bolalar tovushlarni yozuvda harf bilan ifodalash, harflardan bo‘g‘in va so‘z tuzishga, ularni o‘qishga o‘rganadilar. Gap va bog‘lanishli matnni ongli, to‘g‘ri, bo‘g‘inlab ravon o‘qish, so‘ngra so‘zni butunicha sidirg‘a o‘qish malakasini egallaydilar.O‘quvchilarni o‘qish va yozishga o‘rgatish baravar olib boriladi. Yozuvda tovushlarni harflar bilan belgilashga, harflar va bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga, so‘z va gaplarni yozma to‘g‘ri shakllantirishga, talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan so‘zlarni va qisqa gaplarni eshitib yozishga, gapning birinchi so‘zini, kishilarning ismini, shahar, qishloq, ko‘cha nomlarini, ayrim hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlarni bosh harf bilan yozishni bilib oladilar. Savod o‘rgatish darslarida o‘quvchilarning boshqalar nutqini diqqat bilan tinglash va nima haqida gapirayotganini tushunib olish ko‘nikmalari o‘stiriladi. Bolalar sinfdoshlari oldida gapirishga, o‘qituvchining savollariga javob berishga, topshiriqlarni mustaqil bajarishga, bilmagan va o‘zlari qiziqqan narsalar to‘g‘risida so‘rab bilib olishga, o‘qiganlarini qayta hikoyalashga, o‘zlari kuzatgan, ko‘rgan kinofilmlar hamda eshitgan va o‘qigan hikoya, ertaklari, kuzatgan rasmlari haqida hikoya qilib berishga o‘rganadilar.Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar olgan bilim va hosil qilingan ko‘nikmalar birgalikda o‘qish jarayonida maxsus sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirishga tatbiq etiladi. Savod o‘rgatish davrida sinfdan tashqari o‘qish haftada bir marta o‘tkaziladi va unga o‘qish darslarining ikkinchi qismidan 15- 20 daqiqa ajratiladi. O‘qish va yozishga o‘rgatish darslarida bolalar ruhiyatini hisobga olgan holda ish turlarini mukammallashtirish talab etiladi, dam olish mashqlari o‘tkaziladi. “Alifbe”, kartoteka va metodik qo‘llanmalarda berilgan didaktik o‘yinlardan foydalanib, bir turidan boshqa turiga o‘tiladi va o‘quvchilar toliqishining oldi oladi. Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida tabiatdagi o‘zgarishlar, kishilarning turli mavsumda bajaradigan mehnatlarini kuzatadilar va shular asosida hikoya tuzishni o‘rganadilar. Bu davrda olib boriladigan barcha ishlarda oila va maktab hamkorligining uzviyligi, o‘zaro muomala madaniyati alohida ahamiyat kasb etadi.

BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI MASHG’ULOTLARINING TURI VA MAZMUNINI SHARHLANGO’zbek xalqi juda qadim zamonlardayoq ilm-fanga katta e’tibor bilan qaragan va uni rivojlantirishga harakat qilgan. Ibn Sino, Beruniy, Al-Xorazmiy, Amir Temur, Ulug’bek va boshqa ko’plab allomalar ilm-fanni dunyoga tanitganlar. Ilm-ma’rifatga beqiyos hurmat bilan qaragan xalqimiz qanday qiyinchilik va to’siqlar bo’lmasin o’z farzandlarini savodli bo’lishini orzu qilganlar. Farzandlarini yoshligidanoq maktabga – o’qishga berganlar. Maktabdor domlalar o’z usullari va tajribalariga asoslanib, bolalarga saboq berganlar. Demak, O’zbekistonda o’qitishning o’ziga xos usullari mavjud bo’lgan va ular rivojlanib borgan. Bu jarayon silliq kechgani yo’q. Ba’zi xato va kamchiliklarga ham yo’l qo’yilgan. Chunonchi, 20- yillarda maktabni rivojlantirishda juda jiddiy xatolarga yo’l qo’yildi. Kompleks dasturlarda ona tilini o’rganish tizimi buzildi: grammatik, orfografik ko’nikmalarga etarli ahamiyat berilmadi. Savod o’rgatishda yaxlit so’z metodi tilning fonetik xususiyatlariga mos kelmadi, analitik-sintetik ishlarni ta’minlamadi, puxta, to’g’ri yozuv masalalari uchun zamin yaratilmadi. Keyinchalik 1931 yil 5 sentyabr “Boshlang’ich va o’rta maktab haqida” gi, 25 avgust 1932 yil “Boshlang’ich va o’rta maktab o’quv dasturlari rejimi haqida”gi Qarorlar yuqoridagi kabi yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf qilishda va o’quv mashg’ulotlari tizimini ishlab chiqishda maktabga va o’qituvchilarga yordam berdi. Tezlik bilan savod o’rgatishda analitik-sintetik tovush metodi qayta tiklandi. Grammatik, orfografik materiallarni izchil o’rgatishga, o’quvchilarning har tomonlama savodli bo’lib, madaniy nutqni egallashlariga katta ahamiyat berila boshlandi. O’quvchilar va o’qituvchining o’quv mehnatini tashkil etishning asosiy shakli bo’lgan dars metodikasi muvaffaqiyatli ishlana boshlandi. 50-90-yillar mobaynida boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi sohasida anchagina qo’llanmalar yaratildi. Bu yillar mobaynida ona tili o’qitish metodikasi fan sifatida rivojlana boshladi, umumiy pedagogik, didaktik va psixologik xarakterdagi ilmiy tekshirishlarning natijalari ona tili o’qitish metodikasi fanini takomillashtirish va Yangi metodika yaritshga imkon berdi. O’zbek tilshunosligi sohasidagi muvaffaqiyatlar ham tilni o’zlashtirish jarayoniga va metodikaning rivojlanishiga jiddiy yordam berdi. Xuddi shuningdek, bu fanning rivojlanishiga o’qituvchilarning ommaviy ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish katta ijobiy ta’sir ko’rsatdi. O’sha davrdagi jurnallarda o’nlab metodik maqolalar bosilib chiqdi. 1955 yildan boshlab pedagogika institutlari qoshida boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari tayyorlaydigan fakultetlar ochila boshlandi. Bu ham ona tili o’qitish metodikasi fanining o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, ya’ni boshlang’ich sinf o’qituvchilarining umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasi o’sadi. Institut qoshidagi kafedralarda ishlovchi ilmiy xodimlar metodik masalalari chuqur, ilmiy asosda hal qilishga yordam beradilar.

Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq, ona tili o’qitishga katta ahamiyat berila boshladi. Bunda 1989 yil 21 oktyabrda qabul kilingan “O’zbek tiliga davlat maqomi berilishi” alohida o’rin tutadi.

Ta’lim sohasidagi bu o’zgarishlar ona tili o’qitish metodikasida ham bir qator imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Bu Yangiliklardan ko’plari ommaviy maktablarda amalga oshirilmoqda, ba’zilari hozircha sinovdan o’tkazilmoqda. Sinov davrida, birinchidan, o’quvchiga, uning darsdagi va darsdan tashqari vaqtdagi o’quv mehnatiga, u duch kelayotgan qiyinchiliklarga, uning ko’nikma, faoliyat, malakalarini va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish metodikasiga ko’proq ahamiyat berilmoqda: o’qituvchi mehnati haqidagi fan o’qituvchi va o’quvchi mehnati haqidagi fanga aylantirilmoqda. Ikkinchidan, ta’lim jarayonida bolaning fikrlash qobiliyatini o’stirish, mustaqilligini va o’quv ishlari jarayonidagi aqliy faolligini oshirish vazifalari hal qilinmoqda. Uchinchidan, mavjud ta’lim tizimidagi tekshirishlar bilan bir qatorda o’qitishning istiqboli haqidagi vazifalarni hal qilish maqsadida ham tekshirishlar olib borilmoqda. SHunday qilib, fan sifatida ona tili o’qitish metodikasi fanining o’z fani, vazifasi, nazariy va ilmiy sohasi bo’lib, bir qator fanlar o’rtasida uning ma’lum o’rni bor. Bu fan ham boshqa fanlar kabi rivojlanib, taraqqiy etib bormoqda.

Til fikrni shaklantirish va bayon qilish, taassurot, his, kechinmalarni ifodalashda muhim o’rin tutadi. Til jamiyat a’zolarining bir-biri bilan o’zaro aloqasi uchun xizmat qildigan vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikr shunchalik aniq, ta’sirchan ifodalanadi. Maktabda ona tilini chuqur o’rganish zarurati tilning mana shu asosiy vazifalaridan kelib chiqadi.



K.D.Ushinskiy boshlang’ich maktab o’quv fanlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va etakchi fan hisoblaydi. “Ajoyib o’qituvchi bo’lgan ona tili bolaga ko’p narsani o’rgatadi... Bola ikki-uch yil ichida shuncha ko’p narsa o’rganadiki, ko’p narsa bilib oladiki, yigirma yil qunt bilan metodik jihatdan juda to’g’ri o’qiganda ham uning yarmicha o’rgana olmaydi. Ona tilini ulug’ pedagogligi ham ana shundadir”, – deydi. Shuning uchun ham boshlang’ich sinflarda ona tilini o’rganishga katta ahamiyat beriladi. Ona tili – nutq, o’qish va yozish sohasidagi ko’nikma va malakalar o’quvchilar o’quv mehnatining zaruriy sharti va vositasi hisoblanadi. Bola o’qish ko’nikmalarini egallash bilan birinchi navbatda, o’z ona tilini o’rganishi zarur. CHunki ona tili bilimdonlikning, aql-idrokning kalitidir. Ona tili boshqa fanlarni o’qitish vositasi hamdir, jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o’rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg’otishda ham alohida rol o’ynaydi.Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni o’qigan bola o’zida eng yaxshi xislatlarni tarbiyalab boradi. Muomala madaniyatini egallaydi. Ona tili boshlang’ichsinfda asosiy o’rinni egallar ekan, har bir o’quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalash zarur.Boshlang’ich sinflarda ona tili mashg’ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni o’z ichiga oladi: O’qish, yozuv, grammatik materialni o’rganish, kuzatishlar hamda o’quvchilarning ijtimoiy faoliyatlari bilan bog’liq holda ularning og’zaki va yozma nutqini o’stirish. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o’rgatish, ya’ni ularni elementar o’qish va yozishga o’rgatish, bu kamchiliklarni malakaga aylantirish. Adabiy til normalarini, ya’ni imloviy va punktuasiyasi savodli yozuvni, orfoepik to’g’ri talaffuzni o’rganish nutq va uslubiy elementlarni egallash. Grammatika, fonetika, leksikadan nazariy materiallarni o’rganish, tildan ilmiy tushunchalarni shakllantirish. O’quvchilarni o’qish va grammatika darslari orqali badiiy, ilmiy-ommabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda adabiy asarni idrok etish ko’nikmasini hosil qilish. Bu vazifalarning hammasini boshlang’ich sinflarda ona tili fani hal etadi va boshlang’ich sinflar ona tili dasturida aks etadi. Dastur davlat hujjati bo’lib, unda o’quv fanining mazmuni va hajmini shuningdek, shu fandan bilim, ko’nikma va malakalar darajasiga qo’yilgan asosiy talablarni belgilaydigan bo’ladi. Dastur talablarini o’qituvchi va o’quvchilar bajarishlari shart, uni kengaytirish va qisqartirishga yo’l qo’yilmaydi.Boshlang’ich sinflarning ona tili dasturi ikki qismdan iborat: Uqtirish xati. Asosiy qismi. Uqtirish xatida ona tili fanining tutgan o’rni, uning vazifalari ko’rsatilib, metodik yo’l-yo’riqlar beriladi. Dasturning asosiy qismi 3 bo’lim, u har bir sinfda o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalar hajmi ko’rsatilgan. Dasturning bo’limlari: “Savod o’rgatish va nutq o’stirish”, “O’qish va nutq o’stirish”, “Grammatika, imlo va nutq o’stirish”dan iborat. Har bir bo’lim bir necha qismlardan iborat. Masalan, “O’qish va nutq o’stirish” bo’limi, “Sinfda o’qish” va “Sinfdan tashqari o’qish”ni; sinfda o’qish o’z navbatida “O’qish mashg’ulotlarini”, “Matn ustida ishlash” qismlarini o’z ichiga oladi va h.Tekshirish uchun savollar: Ona tili o’qitish metodikasi fanining predmenti nimadan iborat? Ona tili o’qitish metodikasi fanining asosiy vazifalarini ta’riflab bering. Ona tili o’qitish metodikasi fani qaysi fanlar bilan aloqada? Ona tili o’qitish metodikasi fani qanday fan hisoblanadi? Ona tili o’qitish metodikasi fanining asosiy bo’limlarini aytib bering. Ona tilini o’qitish tarixiga tavsif bering. Kamchiliklarning sabablari nimada edi? 50-90-yillarda boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitishda qanday ijobiy siljishlar bo’ldi? Boshlang’ich sinflarda ona tili mashg’ulotlarining turi va mazmunini sharhlang. Boshlang’ich sinf ona tili dasturi tuzilishi va mazmunini tushuntiring. Boshlang’ich sinflar ona tili dasturiga o’z munosabatingizni bildirib, taqriz yozing. “Ona tili – boshlang’ich sinflarda o’quv fani” mavzusida qisqacha ma’ruza tayyorlang. Dasturning “Savod o’rgatish va nutq o’stirish” bo’limini sharhlang. Dasturning “O’qish va nutq o’stirish” bo’limini izohlang.Dasturning “Grammatika va imlo o’stirish” bo’limini izohlang. Tayanch so’zlar: pedagogik fan, savod o’rgatish metodikasi, o’qish metodikasi, grammatik va imlo metodikasi, o’quvchilar nutqini o’stirish metodikasi, ta’lim, tarbiya, amaliy fan, o’qish, yozish, fonetika, grafika, metod, yaxlit so’z metodi, analitik-sintetik ishlar, aqliy faollik, o’qitishning istiqboli, dastur, davlat hujjati, dastur talablari, uqtirish xati, dastur qismi, bilim, ko’nikma, malaka, o’qish, yozuv, ona tili, bog’lanishli nutq, ta’lim, tarbiya. 2-mavzu: Ona tili o`qitish metodikasining asosiy tamoyillari, tekshirish metodlari. Reja: Ona tili o’qitish tamoyillarini ishlab chiqish haqida umumiy ma’lumot. Metodika va ta’lim-tarbiya Ona tili o’qitish metodikasi tamoyillari. Tamoyil o’qituvchi va o’quvchining mehnati muvofiqligidir. Tekshirish metodlariga qo’yiladigan talablar. Tekshirish metodlarining turlari. nazariy metod; empirik metod. Metodikaning ta’lim-tarbiyadagi ahamiyati. Dunyoni bilish nazariyasi ona tili o’qitish metodikasi fanining metodologik asosi hisoblanadi. Metodikaning amaliy ahamiyati o’quvchilarning til boyligini har tomonlama to’liq bilib olishlarini ta’minlashdir. Buning uchun biz quyidagilarni yodda tutishimiz lozim: til kishilar o’rtasidagi aloqaning zaruriy vositasidir, tilsiz jamiyatning yashashi mumkin emas; tilning aloqa vositasi sifatidagi ahamiyati uzluksiz ortib boradi; maktabning vazifasi tilni aloqa – kishilar orasidagi munosabatning rivojlangan nozik quroliga aylantirish hisoblanadi. Til oqilona, mantiqiy bilish vositasidir; til birliklari va formalari yordamida bilish jarayonida umumlashtirish, tushunchani muhokama va xulosa bilan bog’lash amalga oshiriladi; til va nutq tafakkur bilan uzviy bog’lanadi; biz fikrni nutqda shakllantiramiz; tilni egallash va nutqni o’stirish bilan o’quvchining fikrlash qobiliyati ham o’sadi.Metodik fan sifatida ona tili o’qitish metodikasi maktabda o’qitishning o’quvchilar nutqining yaxshi rivojlanishiga kafolat beradigan, tilni har tomonlama bilishning ijtimoiy rolini tushuntiradigan yo’llari bilan ta’minlashi kerak. Demak, nutq o’stirish maktabning muhim vazifasidir. Amaliyot kishi bilimining manbai va harakatlantiruvchi kuchi, haqiqat mezoni va bilim tojidir. Analitik-sintetik ishlar yordamida til ustida kuzatishdan umumiy xulosa chiqarishga, nazariy ta’rif va koidaga, shular asosida og’zaki va yozma turdagi jonli nutqiy aloqaga, to’g’ri talaffuzga o’tadilar. Ular kuzatish jarayonida bilib olgan, o’zlashtirgan qoidalarini amaliyotga tatbiq etadilar. Metodika bilish nazariyasidan tashqari, yaqin fanlar xususan, psixologiya, pedagogika ma’lumotlariga tayanadi. Pedagogik-psixologiya bilimlarning o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishini, ko’nikma va malakalarning shakllanish jarayonini tekshiradi. Metodika psixolingvistika bilan ham bog’liq. Metodikaga psixolingvistika nutq haqida, uni talab qiluvchi sabablar, nutq turlari, nutqni qabul qiluvchi signallar va boshqalar haqida ma’lumot beradi. SHuningdek, metodika, didaktika, umumiy pedagogika bilan ham o’zaro bog’liq. Ona tili o’qitish metodikasi ona tilining ma’lum qismini amaliy, ma’lum qismini nazariy egallashni nazarda tutadi. Shuning uchun ona tili – lingvistika metodikasining muhim asosi hisoblanadi. Savod o’rgatish metodikasini ishlashda fonetika, fonologiya, grafika asos bo’ladi. Lug’at ishini tashkil etishda leksikologiya, so’z tarkibi, so’z yasalishini o’rganishda so’z yasalishi, etimologiya, grammatika asos bo’lsa, morfologiya va sintaksis til qurilishi haqida tushuncha hosil qilishda, to’g’ri yozuvga o’rgatishda orfografiya nazariyasiga asoslanadi.

O’qish metodikasi adabiyot nazariyasiga asoslanadi. Chunki o’quvchilar badiiy asarni amaliy tarzda tahlil qiladilar. Boshlang’ich sinflarda adabiyotshunoslikdan nazariy ma’lumot berilmaydi, ammo metodika adabiy asarning yaratilish qonuniyatlarini va uning o’quvchilarga ta’sirini ayniqsa, adabiyotshunoslikka oid mavzulardan asarning g’oyaviy mazmuni, uning mavzusi va mazmunini, qurilishi, janri, tasviriy vositalarini hisobga olish zarur. O’quvchilarga ona tilini o’rgatish, ularni tarbiyalash, har tomonlama o’stirish vazifasidan kelib chiqib, bilish nazariyasiga asoslanib, barcha yaqin, o’zaro bog’liq fanlar tavsiyalariga asoslanib ona tili o’qtitish metodikasi o’z tamoyillarini ishlab chiqadi. Bu tamoyillar umumdidaktik tamoyillardan tashqari tamoyillar bo’lib, o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi o’quv mehnatining yo’nalishlarini belgilab beradi. Ona tili o’qitish tamoyillari 5 ta: Til materiyasiga, nutq organlarining o’sishiga, nutq malakalarining to’g’ri rivojlanishiga e’tibor berish tamoyili. Nutq, til qonuniyatlariga, oz bo’lsa-da, e’tibor bermaslik amaliy nutq faoliyatini egallashga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, fonetik ko’nikmalarga etarli e’tibor berilmasa, imloviy savodxonlikka putur etadi. Bu ta’lim tamoyili tildan olib boriladigan mashg’ulotlarda eshituv va ko’ruv ko’rsatmaliligini ta’minlashni va nutq organlarini mashqlantirishni (gapirib berish, ifodali o’qishni ichida, gapirishni) talab etadi. Til ma’nolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaktik ma’nolarini) tushunish tamoyili. So’zni, morfemani, so’z birikmasini, gapni tushunish borliqdagi ma’lum voqea-hodisalar o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash demakdir. Til ma’nolarini tushunish tamoyiliga amal qilishning sharti tilning hamma tomonlarini, tilga oid barcha fanlar (grammatika, leksika, fonetika, orfografiya, stilistika) ni o’zaro bog’langan holda o’rganish hisoblanadi. Masalan, morfologiyani sintaksisga tayangan holdagina o’rganish, o’zlashtirish mumkin. Sintaksisni o’rganishda esa morfologiyaga suyaniladi, orfografiya, fonetika, grammatika, so’z yasalishiga suYanadi va h.k. So’zni morfemik tomondan tahlil qilish uning ma’nosini tushunishga yordam beradi. Tilning hamma tomonlari bir-biri bilan o’zaro bog’langan bo’lib, o’qitishda buni albatta hisobga olish kerak. Tilga sezgirlikni o’stirish tamoyili. Til – juda murakkab hodisa, uning tuzulishini, sistemasini fahmlab olmay turib, sal bo’lsa-da, uning qonuniyatlarini, o’xshashliklarini o’zlashtirmay turib uni yodda saqlab bo’lmaydi. Bola gaplashish, o’qish, eshitish bilan til materiallarini yig’adi, uning qonunlarini o’zlashtiradi. Natijada kishida tilga sezgirlik (til hodisalarini tushunish) xususiyati shakllanadi; tilni egallash mumkin emas. Nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili. Bu tamoyil til hodisalarining tushunmay turib savodli yozish, nutq madaniyati vositalarining xabar berish funksiyasini tushunish bilan bir qatorda, uning ifodalilik (uslubga oid) funksiyasini tushunishni, mazmuninigina emas, balki so’z va nutq oborotlarining, tilning boshqa badiiy-tasviriy vositalarining hissiy ottenkalarini ham tushunishni ko’zda tutadi. Bu tamoyilga amal qilish uchun birinchi navbatda, badiiy adabiyotlardan, shuningdek, tilning funksional-stilistik xususiyatlari aniq ifodalangan boshqa matnlardan foydalanish talab etiladi.

Og’zaki nutqni yozma nutqdan oldin o’zlashtirish tamoyili. Bu tamoyil ham kishi nutqining rivojlanishiga ta’sir etadi va til o’qitish metodikasini tuzishda xizmat qiladi. Metodika tamoyillari, didaktika tamoyillari kabi, o’qituvchi bilan o’quvchining maqsadga muvofiq faoliyatini belgilashga, ularning birgalikdagi ishlarida qulay yo’nalishini tanlashga yordam beradi, metodikaning fan sifatida nazariy asoslash elementlaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Ona tili o’qitish metodikasi fanining tekshirish metodlari Metodlar (an’anaviy va noan’anaviy) haqida Amaliy fanlar uchun amaliyot muhim rol o’ynaydi. Ona tili o’qitish metodikasi ham amaliy fanlar sirasiga kiradi. Har qanday amaliy xulosalar ishonarli bo’lishi, yuqori ilmiy darajada aniq va puxta, asosli bo’lishi lozim. Metodika tavsiyalarini ham yuqori saviyada, ilmiy darajasi, nazariy tasdiqlanishi tekshirish metodlarining puxta o’tkazilishiga bog’liq. Tekshirish metodlari 2 xil: I. Nazariy tekshirish metodlari.U quyidagilarga tatbiq etiladi: Biror hodisaning metodik asosini boshqa bog’liq fanlarni o’rganish qo’yilgan gipotezani aniqlash, izlanishning asosiy yo’nalishini belgilash uchun. Masala tarixini o’rganish, chet el maktab tajribalarini o’rganish, mavzuga doir adabiyotlarni o’rganish, tajribani tahlil qilish, masalaning isbotlangan va hal qilinmagan o’rinlarini aniqlash, ilgarigi tajriba bilan hozirgi ahvolni taqqoslash, hozirgi kun talabi bilan baholash uchun. Bir-biriga yaqin fanlarning tekshirish metodlarini, olimlarning tekshirish ishlari tajribasini o’rganish, qulay metodlarni tanlash, o’zining Yangi eksperimental metodikasini yaratish, materiallarni tayyorlash maqsadida..Empirik yo’l bilan olingan materiallarni tahlil qilish va umumlashtirish, o’qituvchilarning ish tajribasini o’rganish, eksperiment natijasini tahlil qilish, amaliy tavsiyanomalarni shakllantirish uchun. II. Empirik metod:Bu metod o’qituvchilarning ish tajribasini o’rganish, Yangiliklarini tanlash, umumlashtirish, baholash va ommalashtirish, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi; O’qituvchilarni o’qitish jarayonini maqsadga muvofiq kuzatish (dars, uning biror qismini, o’quvchilarning javobi, hikoyasi, yozma ishini tekshirish), o’qituvchi va o’quvchilarini anketa orqali tekshirish kabilar qayd etiladi.Eksperiment metodi hozirgi kunda keng tarqalgan. Unda deduktiv yo’ldan boriladi. Eksperimentda 2 sinf tanlanadi. Biri – eksperiment sinf, ikkinchisi – kontrol sinf. Eksperiment sinfda Yangi metod, Yangi darslik, Yangi ishlanmadan foydalanilsa, kontrol sinfda amaliy metod, darslik, ishlanmadan foydalaniladi. Ikkinchi marta sinflar almashtiriladi. Har ikki holda ham natija yuqori bo’lsa, demak, ish usuli foydali sanaladi. Eksperiment vazifasiga ko’ra:Yangi metod, Yangi darslikning muvofiqligini tekshirish; Metod yoki qo’llanmaning qay darajada foydaliligini; Metod yoki qo’llanmaning muvofiqligini va samaradorligini aniqlash uchun o’tkaziladi. Eksperiment natijasini chiqarishda baho normasiga bo’ysuniladi. Tekshirish uchun savol va topshiriqlar: Ona tili Ona tili o’qtitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligini tushuntiring. Ona tili o’qitish metodikasi fanining o’ziga xos tamoyillari qaysilar? Ularni izohlang. Tamoyil o’qituvchi va o’quvchining mehnatida nimalarni belgilaydi. Nazariy metod qay holda tatbiq etiladi? Empirik metod nima? Eksperiment o’z vazifasiga ko’ra necha turli bo’ladi? Ilmiy tekshirish bosqichlari va uning vazifalarini ayting. Boshlang’ich ta’limda qo’llaniladigan metodlar haqida so’zlang. Tayanch atamalar: dunyoni bilish, psixolingvistika, pedagogika tarixi, til, nutq, tafakkur, didaktika, lingvistika, leksikologiya, pedagogik psixologiya, umumiy pedagogika, fonetika, morfema, morfologiya, orfoepiya, sintaksis, gap, so’z birikmasi, adabiyotshunoslik, til materiyasi, nutq madaniyati, nutq organlari, til ma’nolari, tilga sezgirlik, nutqning ifodaliligi, og’zaki va yozma nutq, tamoyil, bog’lanish; nazariy tekshirish metodlari, gipoteza, eksperimental metodika, empirik metodlar, deduktiv yo’l, eksperiment sinf, tekshiruv sinf, baho me’yori, o’quvchilarning bilish faolligini o’stirish, darslik, qo’llanma, nazorat, tajriba, an’anaviy, noan’anaviy metodlar.

Download 38,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish