BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKASIDA GEOMETRIK BILIMLARNI AMALIYOTDA QO’LLASH METODIKASI
REJA:
1.Boshlang’ich sinflar matematika kursida o’rganiladigan geometrik materialning mazmuni
2.Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rgatishning umumiy masalalari
3.Boshlang’ich sinf o’quvchilarida uzunlik haqida tasavvurlarni shakllanritish, uzunliklarni o’lchash malakalarni hosil qilish
4.Boshlang’ich sinf o’quvchilarida yuza haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, yuzalarni o’lchash malakalarni hosil qilish usullari
Geometriyaga oid bilimlarni o’qitishda, mustahkamlash va olingan bilim, ko’nikma, malakalarni nazorat qilish uchun kerakli barcha ta’lim vositalari darsning didaktik ta’minoti deyiladi.Didaktik ta’minot tarkibida darslik va bosma asosli daftardan tashqari ko’rgazmali qurollar (geometrik figuralarining modellari, geometrik figuralarining rasmlari, qismlarga ajaratilgan geometrik figuralar tasvirlangan plakatlar), tarqatma materiallar (o’chash, hisoblash ishlarini bajarishga oid geometrik figuralar modellari yoki ular tasvirlangan kartochkalar, testlar, geometrik masala yozilgan kartochkalar) nazorat qilish uchun kerakli materiallar (amaliy ishlar, testlar, diktantlar mustaqil ishlar, dars ishlanmalari, axborot texnologiyalari, pedagogik texnologiyalar)Geometrik materiallni o’qitish jarayonining sifati va samaradorligini oshirish maqsadida o’quv-metodik kompleksi yaratiladi. Bu kompleksi tarkibida darslik va bosma asosli daftardan tashqari, matematikadan topshiriqlar yozilgan kartochkalar, o’qituvchilarga mo’ljallangan metodik tavsiyalar va ko’rsatmalar va boshqalar kiradi.Geometrik materiallni o’qitish vositalari orasida geometrik topshiriqlar yozilgan kartochkalar muhim o’rin tutadi. Bular darsliklarga qo’shimcha tariqasida nashr qilinadi. Ularning asosiy maqsadi individual topshiriqlar bo’yicha bolalarning mustaqil ishlarini tashkil qilishda, programmaning asosiy materiallarini puxta o’zlashtirishda o’qituvchiga yordam berishdan iborat. Shunday qilib, kartochkalar darsliklarni mashqlar bilan to’ldirishgagina mo’ljallangan bo’lmay, balki bolalarning, darslikka yuklab bo’lmaydigan, mustaqil o’quv faoliyatlarini boshqarishning bir qator funksiyalarini ham bajaradi. Kartochkalardan har xil foydalanish mumkin. Masalan, ulardan o’qituvchi mustaqil va nazorat ishlarni o’tkazishda, o’quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni to’ldirishda, frontal, gruppaviy va individual ishlarni tashkil qilishda, bilimlarni umumlashtirish va sistemaga solishda, bilimlar, malakalar va ko’nikmalarni hisobga olish va nazorat qilishda foydalanishi mumkin.Ko’rsatmalilikning boshlang’ich ta’limdagi roli o’quvchilarning abstrakt tafakkurlarini ham,
konkrettafakkurlarini ham rivojlantirishdan iboratdir. Bundan tashqari, ko’rsatmalilikdan foydalanisho’quvchilarni faollashtiradi, ularning e’tiborini, diqqatini qo’zg’atadi, o’rganilayotgan materialni puxtaroq o’zlashtirish imkonini beradi, o’quv jarayonini boshqarish uchun yaxshi sharoit yaratadi, vaqtni tejash imkonini beradi.Geometrik figuralar modeli «Demonstratsionniy material po matematike dlya I klassa» (muallif M. I. Moro) komplektida,
shuningdek, o’quv sanoati tomonidan chiqarilgan matematik jamlanmalar tarkibida mavjud.Shuni ta’kidlash kerakki, ob’yekt shaklini to’g’ri idrok qilish uchun, predmet formalarini abstraktlashtirish qobiliyatini rivojlantirish uchun o’quvchilarning shakllarning modellarini kuzatishlarigina emas, balki ularning o’zlari tomonidan shunday modellarning mustaqil yaratilishi ham juda muhimdir. Bu o’rinda mashhur geometr N. A. Izvolskiyning «Biror geometrik obrazni o’rganishdan avval bu obrazni yaratish, ro’yobga chiqarish kerak» degan fikrini keltirish o’rinlidir. Shu maqsadlarda (mehnat ta’limi yoki matematika darslarida) dastlabki paytlarda geometrik shakllarning modellarini andaza (shablon) ustidan qalam yuritish yo’li bilan hosil qilishdan foydalanish mumkin. Shuningdek, figuralarning modellarini, ularni oldindan nuqtalar (ko’pburchak uchlarini) belgilab olib katakli qog’ozdan qiyish yo’li bilan hosil qilish mumkin. Geometrik figuralar modellarini qog’oz varog’ini bukulash yo’li bilan ham hosil qilish mumkin. Masalan, qog’oz varog’ini (ixtiyoriy shakldagi) uchta kesishuvchi to’g’ri chiziq bo’yicha shunday buklash kerakki, bunda ikkinchi va uchinchi bukilish chiziqlari o’zaro kesishsin va boshqa nuqtalarda birinchi bukilish chizig’ini kessin. Natijada uchburchak hosil bo’ladi. (To’rtburcha, beshburchak va boshqalar shunga o’xshash hosil qilinishi mumkin.)Ko’pburchaklarning modellaridan foydalanish ko’pburchaklar nima deb atalishi va nega shunday atalishini tushunib olish, ularning tomonlari, burchaklari, uchlarini ko’rsatish va sanash imkonini beradi; ularning ba’zi xossalarini ochish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Geometrik figuralar modellari yordamida geometrik figuralarni tanish va farqlash, klassifikatsiyasi bilan, yangi figuralar (applikatsiyalar) va naqshlar tuzish bilan bog’liq bo’lgan bir qator topshiriqlarni bajarish mumkin.Geometrik figuralarning modellaridan o’nlik sonlarini o’rganishda sanoq materiali sifatida foydalanish mumkin. Figuralarning o’zlarini ham, ularning elementlarini ham, ya’ni tomonlari, burchaklari, uchlarini sanash mumkin.O’quvchilarning nazariya bilan amaliyot orasidagi bog’lanishlarining murakkabligini anglab olishlariga amaliy ishlar yordam beradi.Maktabda amaliy ishlar deyilganda odatda o’qituvchi rahbarligida o’tkaziladigan, o’quv predmetini aniq va chuqur o’zlashtirishga hamda o’rganilayotgan ob'yektlar va hodisalar haqida o’quvchilarga aniq tasavvurlar hosil qilishga imkon beradigan mustaqil ishlar tushuniladi.Geometriyaga oid qiziqarli masalalardan matematika,
darslarida foydalanilsa, dars jarayoni qiziqarli kechadi, shuning bilan birga o’quvchilarning mantiqiy fikrlashi va tafakkuri rivojlanadi, o’z fikrini asoslash ko’nikmalari shakllanadi, olgan bilimlarini hayot bilan bog’lay oladi.Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida kichik – kichik matematika diktantlar o’tkaziladi. Ushbu diktantlarga geometrik mazmundagi materiallarni kiritib borish maqsadga muvofiq. Bu geometriya elementlari haqida olingan bilimlarni mustahkamlashga, eslashga hamda shakllarning gavdalantirishga, shakllarni xossalarini yodda saqlashga yordam beradi.Olingan bilimlarning mustahkamlashning va tekshirishning yana bir usuli testdir. Geometrik testlar – bu masalalar to’plami emas, balki maxsus vazifalar to’plami bo’lib, ular shunday tuzilganki o’quvchi maktab dasturidan nimani va qay darajada egallaganini tekshiruvchi omildir.Ko’rinib turibdiki, o’qitish vositalari ma’lumot (yangi bilimlar) manbai, nazorat qilish, bilimlarning qanchalik o’zlashtirilganligini hisobga olish va nihoyat, o’quvchilarning mustaqil individual ishlarini tashkil qilish vazifalarini bajaradi.I bob xulosasiI bobda aytilganlardan ma’lum bo’ladiki, boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’qitish o’ziga xos maqsad, vazifalarga ega ekan. Maqsadi geometrik figuralar (nuqta, burchak, to’g’ri va egri chiziq, ko’pburchak, aylana va doira) haqida,
ularning elementlari haqida, figuralar va ularning elementlari orasidagi munosabatlari haqida, ularning ba’zi xossalari haqidagi tasavvurlarining to’la sistemasini tarkib toptirishdan, vazifasi o’quvchilarda geometrik figuralarni o’lchov va chizma asboblari yordamida va bu asboblarning yordamisiz o’lchash va yashashlarning amaliy malakalarini tarkib toptirishdan iborat.Geometrik materialni o’qitish standart talablari asosida olib boriladi. Geometrik materialni o’qitishni samarali amalga oshirish uchun uning didaktik ta’minotini amalga oshirish zarur. Bunda ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, bilimlarni nazorat qilish uchun materiallarga ega bo’lish ko’zda tutiladi. Bulardan geometrik figuralarning modellari, geometrik figuralarning rasmlari, qismlarga ajratilgan geometrik figuralar, tasvirlangan plakatlar geometrik materialni o’qitishda, kartochkalar, testlar, geometrik materialga oid didaktik o’yinlar mustahkamlashda, diktantlar, testlar, amaliy ishlar yozilgan kartochkalar bilim, ko’nikma, malakalarni nazorat qilishda qo’llaniladi.II Bob. Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rgatishning metodikasi.2.1 .Geometrik material ustida ishlash metodikasi.Biz I-IV sinflarda geometriyadan amaliy ishlar haqidagi masalani ko’rib o’tamiz. Bunday ishlarning mohiyati haqida F.A.Orexov quyidagicha yozadi: "Geometriyadan amaliy ishlar o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligidagi o’qitish faoliyati ko’rinishlaridan biridir. Bunday o’qish jarayonida geometriya geometrik obrazlarni qurish hamda yasash, hosil bo’lgan figuralar va ular orasidagi munosabatlarni o’quv nazariy va amaliy tadqiqot yo’li bilan o’rganiladi."
Amaliy ishlar o’quvchilarning geometrik shakllar va ulardagi miqdoriy o’zlashtirishlariga, olingan bilimlarini turli amaliy na nazariy masalalarni hal etishga tatbiq qila olishlariga ijobiy ta'sir ko’rsatadi.Amaliy ishlar ta'lim berishda perspektiv prinsipni amalga oshirish uchun ahamiyatga ega. Bu prinsipning mohiyati boshlang’ich maktabga nisbatan quyidagidan iborat: geometrik materialni o’rganish vaqtida geometrik figuralar haqidagi tasavvurlarni to'plash, geometrik figuralarni yasash malakalarini hosil qilish yo’li bilan navbatdagi sistematik kursni o’rganishga tayyorlash.Darsda o’quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish o’qituvchi uchun eng qiyin, shu bilan birga muhim ishdir. Amaliy ishlar o’qitishning jami ish ritmini buzmasdan, differensiallab olib borish imkonini beradi.Jadvalli amaliy ishlarda ilgari o’rganilgan mavzuni takrorlash yangi o’tish bilan birga olib boriladi, geometrik tasavvurlarning to’planishiga asoslanib navbatdagi mavzularni o’rganish uchun zarur bo’lgan shart-sharoit vujudga keladi"-deb yozadi F.A.Orexov.Amaliy ishlar fanlararo aloqalarning eng yaxshi vositalaridan biri bo’lib, o’quvchining o’z-o’zini nazorat qilisko’nikmasini rivojlantiradi vatakomillashtiradi, mustaqil ishlarini ta'minlaydi, qiziquvchanligini va topqirligini o’stiradi.Matematikadan amaliy ishlarga bag’ishlangan maqolalarning ko’pchiligi ham bu ishlarning pedagogik nuqtai-nazaridan maqsadga muvofiqligini, mamlakatimizda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mulki bo’lib qolayotganligi haqida guvohlik berib turibdi.Maktabda matematika o’qitishda amaliy ishlardan foydalanish g’oyasi, matematika ta'limi ishining mazmun, shakllari, metodlari va turlarida borgan sari keng aks etmoqda.Amaliy ishlarga hisoblash, o’lchash, yasash, chizish usullarini kompleks qo’llanishini talab etadigan barcha ishlar taalluqlidir.F.A.Orexov amaliy ishlarni uch guruhga bo’ladi: tayyorlov, asosiy va amaliy ishlar. Muallif ko’rsatadiki, tayyorlov ishlari yordamida yangi materialni o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan masalalar takrorlanadi, o’tiladigan mavzu bolalarning kuchi yetadigan shaklda qo'yiladi. Asosiy ishlarni bajarish bilan o’quvchilar o’rganilayotgan figuralarning xossalarini ko’rib chiqadilar va isbot qiladilar. Amaliy (tatbiqiy) ishlarni bajarishdan maqsad topilgan xulosalarni amaliy va nazariy masalalarga qo’llanishidir, buning natijasida bolalarning bilimi chuqurlashadi va mustahkamlanadi".Boshlang’ich sinflarda ta'lim berish o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu yerda, jumladan, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish, o’quv predmeti mazmunining xususiyatlarini hisobga olish kerak. Demak, boshlang’ich maktablarda amaliy ishlar o’tkazishning tashkil etilishi ham, texnikasi ham, metodikasi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Boshlang’ich matematikaga oid o’quv-metodika adabiyotlarda qaysi materialni o’rganish vaqtida amaliy ishlar o’tkazish ma'qulligi haqida ba'zi ko’rsatmalar berilgan. Jumladan. A.S.Pchyolko bunday yozadi "Amaliy mashg’ulotlardan asosan o’quvchilarni
kattaliklar; uzunlik, og'irlik, sig’im, vaqt, yuza, hajm va boshqalar bilan, ulaming, xossalari va o’lchash usullari bilan tashkillashtirishda foydalaniladi.Amaliy ishlar mavzularini tanlashda biz ularning mazmuniga nisbatan qo’yiladigan quyidagi mulohazalarga asoslanamiz:amaliy ishlar programma materiali bilan uzviy bog’liq bo’lishi va boshlang’ich matematika o’qitish sistemasidan tashqariga chiqmasligi kerak;o’quvchilarning amaliy ko’nikmalarining, o’lchash va yasashga oid qobiliyatlarining shakllanishiga iloji boricha to’laroq yordam berishi, ularning politexnik tayyorgarligiga ko’maklashishi lozim; ishlar orasida shundaylari ham bo’lishi lozimki, ular o’quvchilardan faqat geometriyadan tegishli ma'lumotlarni va hisoblashlarni qo’llanishni talab etmasdan, balki ma’lum bo’lgan matematik bilimlarni kompleks qo’llanishni talab etsin.Amaliy ishlarni o’tkazish metodikasi shunday bo’lish kerakki, birinchidan, bu ishlarni bajarish kuzatuvchanlini, gipoteza va taxminlarni qo'ya bilishni hamda tekshira bilishni rivojlantirishga, analogiya bo’yicha xato fikrlash va umumlashtirishlarni rad eta olishga, o'quvchilarning bilish qobiliyatlarini o'stirishga, tadqiqot xarakteridagi o’quv faoliyatining rivojlanishiga yordam berishi; ikkinchidan, ishlarni bajarish, o’lchash, hisoblash va yasash malakalarining egallanishiga yordam berishi; uchinchidan bu ishlar o’quv topshiriqlarini mustaqil bajara olish, fikrlash, eksperiment o’tkaza olish, o'zini qiziqtirayotgan masalalarga mustaqil javob izlash va xulosa chiqarish, mustaqil ishlarda chizmachilik qurollaridan foydalanish hamda nazariy bilimlarni amalda qo’llana bilish uchun malaka va ko’nikmalarni rivojlantirishga va mustahkamlashga yordam berish kerak.Demak, biz amaliy ishlarni tanlayotganda mana shu shartlarni qanoatlantiradiganlarini tanlab olishimiz lozim. Biz yana shularga e'tibor berishimiz kerakki, tashkillashtirayotganda amaliy ishimizni sinfdagi har bir o’quvchi bajara olishi, eng past o’zlashtiruvchi o’quvchilar ham jarayonda faol qatnashishlari lozim.Bu qo’shimcha ma'lumotlarni va vazifalarni amaliy ishlarni tanlashda ham, tashkillashtirishda ham o’quvchilarga vazifa qilib berishda ham e'tiborga olish lozim. Shuningdek, keyingi bandlarimizda ham bunga batafsil to’xtab o’tamiz.Amaliy ishlarning ichki tuzilishi. Matematikadan amaliy ishlarning ichki tuzilishi masalasi alohida e'tibor berishni talab etadi. Amaliy ishlarda bajariladigan topshiriqlarning hajmi ba'zi hollarda barcha mazmuniy tayanch bandlarni o’z ichiga oladi, bu bandlarni o’zlashtirish o’rganilayotgan mavzuni butunlay tushunishni ta'minlaydi. O'zining ichki tuzilishiga ko’ra bitta amaliy ish yo bitta mustaqil topshiriqdan iborat bo'lishi, yoki 2-4 va undan ortiq topshiriqni o’z ichiga olishi mumkin, keyingi holda ularning bir qismi didaktik maqsadlarga qarab uyda yoki darsning istalgan qismida bajarilishi mumkin.Jihozlar. O'quvchilarda amaliy ishlarda chizmalar (rasmlar, sxemalar) chizishlari uchun kataklarga bo’lingan maxsus daftar, shuningdek, chizg’ich, go'niya, chizmachilik uchburchagi va qalamlar bo’lishi kerak. O’qituvchi chizmachilik qurollaridan foydalanish qoidalarini o’quvchilarga tushuntirib berishi lozim. Masalan, chizg’ichdan foydalanishning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat chizg’ichning bo’linmalar qo’yilgan qirrasi faqat o’lchash uchun mo’ljallangan, to'g'ri chiziq kesmalarini chizish uchun uning ikkinchi qirrasidan foydalaniladi. Chizg’ich ifloslanmasligi va chizilgan kesma ravshan bo’lishi uchun chizmani faqat qalam bilan chizish loizim. Qog’ozga chizg’ichni shunday qo’yish kerakki, o’lchanayotgan yoki chizilayotgan kesma chizg’ichning yorug’lik tushib turgan tomonida qolsin. Ishga kirishishdan oldin o’qituvchi chizmachilik qurollarini tartibli saqlash zarurligini bolalarga tushuntirishi lozim: chizg’ich va go’niyada bo'lishi, chizg'ichning bo’linmalari ravshan ko’rinib turishi, qalamlar yaxshi ochilgan bo’lishi kerak. Sinfda o’rganilayotgan figuralarning xossalarini namoyish qilish uchun ko’rsatmali qurollar majmui, shuningdek o’quvchilar bajaradigan rasmlar, sxemalar o’xshash ko’rgazmali rasmlar, sxemalar bo’lishi lozim.Chizmachilik sinf doskasida bajarish uchun doskaning bir qismi kataklangan bo’lishi kerak.Darsni tashkil etish. Yangi materialni o’rganish uchun mo’ljallangan amaliy ishlarga 10-12 minut (3-4-sinflarda esa darsning ko’proq qismini ham) mashq va tekshirish ishlariga esa 8-10 minut ajratish maqsadga muvofiqdir. Ishni boshlashdan oldin o’qituvchi bolalarga topshiriqni aytib beradi, suhbat o’tkazadi, bunda chizma yoki modelni namoyish etadi. O’quvchilar o’qituvchining gapini diqqat bilan tinglaydilar va qilinadigan ishning hamma jihatlarini tushunib olishga harakat qilib, suhbatda ishtirok etadilar.O’quvchilar ishni bajarayotganlarida o’qituvchi qiynalayotgan o’quvchilarga yordam berishi kerak.Darsni tashkil ertish bo’yicha F.A.Orexov tavsiyalarini keltiramiz: o'quvchilarning ishini kuzatib turish darsning ajralmas qismidir. O'qituvchi tomonidan o’quvchilarning butun dars davomidagi harakatlarini kuzatish natijasida jurnalga baho qo’yiladi.O’quvchilarning kuchli va bo’sh tomonlarini ko’rsatish bilan o’qituvchi ularning faoliyatini rag’batlantiradi. Kuchli o’quvchilar asosiy ishni bajarganlaridan so’ng ularga qo'shimcha, bir oz qiyinroq ishni tavsiya qiladi.
Tirishqoqligi, ishni muddatidan ilgari va sifatli bajarganligi uchun bolalarni rag’batlantirish katta ahamiyatga ega.Ayrim ishlarni bajarib bo’lgandan so’ng bir oz bo’sh vaqt berilishi foydali, bu orqada qolgan o’quvchilarning o’rtoqlariga yetib olishlariga imkon beradi. Tanaffuslarni sekin-asta qisqartirib borib, butun sinf o’quvchilarining bir me’yorda va yetarlicha tez ishlashlariga erishish mumkin. Tanaffuslardan o’z-o’zini tekshirish, ishlarni o’zaro tekshirish va o’quvchilarning o’zaro yordamlari uchun foydalanish mumkin.Topshiriqlarning rejasini va mazmunini o’quvchilarga tushuntirish. Topshiriq teksti turli usullar bilan, ya'ni ko’rsatmali qurolni, modelni namoyish qilish bilan bir vaqtda og’zaki tushuntiriladi, didaktik material ko’rinishida barcha o’quvchilarga tarqatiladi, topshiriq qismlar bo’yicha bir ishni bajarishdan oldin o’qib beriladi, doskaga yoziladi.Topshiriq o’quvchilarga tushunarli, ixcham, shu bilan birga batafsil qilib tushuntirilishi lozim. Kirish suhbati butun ishning amaliy va mantiqiy rejasini tuzib olish maqsadini ko’zda tutadi. Topshiriqni bajarish jarayonida ko’pincha uning ayrim bosqichlarini aniqlashtirib olishga ehtiyoj tug’iladi. O'qituvchi bolalarning ishlarini kuzatib borib, ularga ishning borishi davomida tushuntirishlar beradi, topshiriq o’quvchilarga qiyinchilik qilgan hollarda esa topshiriqning bir qismi (yoki butun topshiriq) doskada o’quvchi tomonidan bajariladi. Biroq asosiy e'tiborni ishni mustaqil bajarishga qaratish kerak.Bolalar har bir ishni bajarib bo’lganlaridan so'ng, qilingan ishni umumlashtirish maqsadida yakunlovchi suhbatlar o’tkazish zarur. Hosil qilingan chizmalardan foydalanib, qilingan ish va olingan natijalarning mohiyati haqida so’zlab berishni bolalarga taklif qilish foydalidir.Amaliy ishlarni bajarishda darslik bilan ishlash.Bir qator amaliy ishlar darslikdagi mashqlarni o’z ichiga oladi. Shu sababli darslikdagi qator topshiriqlarni amaliy ishlar bilan qo’shib bajarish mumkin.Ba'zi chizmalarni, ayniqsa darsliklardagi katak chiziqlarda berilgan chizmalarni ko’chirib chiqish maqsadga muvofiqdir, chunki o’quvchilarda figuraning eng xarakterli nuqtalari koordinatalarini topish malakalari, berilgan figuraga teng figura yasay olish malakalari mustahkamlanadi. Shu bilan birga ular o’rganilayotgan materialning mohiyatiga tushunib boradilar.O’qitishda individual yondashish.Darsda individual yondashish,o'quvchilaming individual xususiyatlarni hisobga olish o’qituvchi ishining mas'uliyatli va muhim jihatlaridan biridir.Amaliy ishlar, birinchidan,bolalarning individual xususiyatlarini o’rganish uchun qulay sharoit yaratadi. Haqiqtan ham, o'quvchilar amaliy ishlar tipidagi topshiriqlarni bajarayotganlarida o’qituvchi ularning ishini kuzatib borish - imkoniga ega bo'lib, amaliy ishlarning o’ziga xos xususiyatlarini qayd qilib boradi,bolalar duch kelayotgan qiyinchiliklarni ko’radi. Bu kuzatishlar o’qituvchiga har bir o’quvchining imkoniyatini aniqlash va bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olishi lozim. Jumladan, o'quvchilar asosiy topshiriqni bajarganlaridan so’ng ularga alohida topshiriqlarni berish foydalidir. Bunday qo’shimcha topshiriqlar sifatida (masalan, berilgan chizma bo’yicha) boshqa masala tuzish va uni yechishni yoki masalaning boshqacha yechilishini topishni, bitta masala yechilishining turli usullarini taqqoslashni berishi mumkin.Materialni tanlashda bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olib jadval usulda bosilgan didaktik materiallar, shuningdek, o'qituvchining o’quvchilar bilan birga tayyorlagan didaktik material katta yordam berishi mumkin.Bilim, malaka va ko’nikmalarni hisobga olish.Amaliy ishlar o’quvchilarning bilmlari, malakalari va ko’nikmalarini ratsional aniqlashga imkon beradi. Amaliy ishlarni o’quvchilar mustaqil bajarayotganlarida o’qituvchi o’quvchilar duch kelayotgan qiyinchiliklarni kuzatish imkoniga ega bo'ladi,ish qanday ketayotganligini baholaydi,qiynalayotgan o’quvchiga yordam beradi va h.k.Bilimlarni tekshirish va baholashga kam vaqt ketadi. Ishlarni tekshirish va baholashni tezlashtirish uchun o’lchashlar va hisoblashlar natijalarini oldindan tayyorlab qo’yish muhimdir. Amaliy ishlar bilimlarni tematik jihatdan hisobga olish imkonini beradi.Eng yaxshi ishlarni ko’rsatish.Vaqti-vaqti bilan eng yaxshi ishlarni (daftarlarni, alohida chizmalarni, modellarni) ko’rsatishni tashkil etish lozim. Bunday ko’rgazmani stendlarda va vitrinalarda tashkil etish mumkin.Geometrik materialni o’rgatishda qo’llaniladigan didaktik materiallardan foydalanish metodikasi.Biz yuqorida boshlang’ich sinflarda qaysi geometrik tushuncha va figuralar bilan o’quvchilarni tanishtirishimizni va ular bu mavzular yuzasidan qanday bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo’lishlari kerakligiga to’xtalib o’tdik. Navbatdagi bo’limda ushbu geometrik mavzular bo’yicha qanday amaliy ishlar olib borish mumkinligiga to’xtalib o’tamiz, I, IV sinf matematika darsliklaridan misollar keltiramiz.Nuqta,to'g’ri va egri chiziqlar, to'g’ri chiziq kesmasi.Nuqta bilan o’quvchilar
I sinfda, o'qitishning birinchi qadamlaridanoq tanishadilar. Raqamlar yozishga tayyorgarlik ko’ra turib, o'quvchilar o’qituvchi ko'rsatganidek, quyidagi amaliy topshiriqni bajaradilar: nuqtani katakning o’ratsiga qo'ying (katakning pastki chap burchagiga,katak tomonlaridan birining o’rtasiga va h.k.); qo'yilgan nuqtalarni namuna bo’yicha birlashtiring.Masalan: Nuqtani katakning o’rtasiga, katakning o’ng burchagiga, katak pastki tomonining o’rtasiga qo’ying va ushbu nuqtalarni ketma – ketlik bilan birlashtiring.To’g’ri chiziq bilan tanishgandan so’ng, o’quvchilar nuqtani to’g’ri chiziqqa qo'yishni berilgan 1,2,3, ta nuqtalardan to’g’ri chiziq o’tkazishni nuqtani to’g’ri chiziqqa nisbatan vaziyatini aniqlashga ham aynan shu amaliy ish yordam beradi. 1 – sinfda Nuqta. Chiziqlar. Kesma. Siniq chiziq mavzusini (83-bet. Matematika) o’rganish jarayonida chiziqlar to’g’ri va siniq chiziqlarga bo’linishini aytib o’tiladi va rasmda ko’rsatilganidek nuqtalar qo’yiladi va shu nuqtalardan to’g’ri chiziq o’tkazishni aytib o’tadi. Bir to’g’ri chiziqda yotgan nuqtadan o’tgan chiziq to’g’ri chiziqni, bir to’g’ri chiziqda yotmagan nuqtalardan o’tgan chiziq siniq chiziq ekanligini farqlab oladi va quyidagi amaliy ishlarni bajaradi.Daftaringizga istalgan uchta ixtiyoriy nuqta qo’ying va ular orqali avval istalgancha to’g’ri chiziq o’tkazing.Bu vaziyatda ikki xil hol bo’lishi mumkin. Bir to’g’ri chiziqda yotgan 3 ta nuqta, bir to’g’ri chiziqda yotmagan 3 ta nuqta.To’g’ri chiziq kesmasi bilan tanishilgandan so’ng, shunga o’xshash topshiriqlar nuqta va kesma bilan bajariladi.Masalan: uzunligi 6 sm, 3 sm bo’lgan kesmalarni chizing va taqqoslang.6 sm3 sm(6-misol, 88-bet, 1-sinf matematika) Ushbu amaliy ish orqali avval 2 ta nuqta qo’yadilar va nuqtalarni birlashtirib kesma yasaydilar. Ko’pburchaklarni yasab, ularning elementlari bilan tanishayotganda o’quvchilako’pburchakning uchlari nuqtalar chizishni bilib oladilar.Masalan: Topshiriqlarni bajaring. Tomoni 2 sm bo’lgan kvadrat chizing.Tomonlari 2 sm va 3 sm bo’lgan to’rtburchak chizing. II sinfda o’quvchilar nuqtalarning lotin harflari orqali belgilanishi bilan tanishadilar. o’qituvchi chizmada nuqtalarni farq qilish maqsadida ularni lotin alifbosining bosh harflari bilan tushuntiradi, masalan, D, K, M, O va h.k. Ular nuqtaning yoniga yoziladi.Uzunligi 3 sm bo’lgan AB kesma va uzunligi undan 2 sm ortiq bo’lgan CD kesma chizing.I sinf o’quvchilarida to’g’ri chiziq haqidagi tasavvurlar turli amaliy mashqlarni bajarish jarayonida shakllanadi. Bunda to’g’ri chiziq egri chiziq bilan taqqoslanadi. Masalan, ip (kanop) tarang qilib tortiladi, so'ngra ipni osilib (solqalanib) turadigan qilib bo'shatiladi; aytaylik to’g’ri yo'1 va egri (so’qmoq) yo'1 tasvirlangan rasm qaraladi,buklangan qog’oz varag’ini bukilish chizig’i bo’yicha qiyiladi va h.k. Har gal qanday chiziq-to’g’ri chiziq yoki egri chiziq hosil bo’lganligi aniqlanadi.Bolalar chizg’ichdan foydalanib, to'g’ri chiziqni o’tkaza olishlari lozim.Bunga o’xshash amaliy ishni 1-sinfda sm mavzusi bilan tanishgandan keyin bajaradilar. Avval kesmalarni o’lchaydilar va chizadilar. Masalan: kesmalarni o’lchang. (1-misol, 85-bet Matematika)Berilgan ni 4 sm ga uzaytiring. (3-misol, 85-bet Matematika)Amaliy mashqlarni bajarish jarayonida bolalar to’g’ri chiziqning ba'zi xossalari bilan tanishadilar. Masalan, nuqta orqali chiziq o’tkazishni mashq qilayotganda bolalar o’z kuzatishlarini umumlashtiradilar, bitta nuqta orqali istalgancha to’g’ri va egri chiziqlar o’tkazish mumkin; ikkita nuqta orqali bitta to’g’ri va istalgancha egri chiziqlar o’tkazish mumkin.To’g’ri chiziq kesmasi bilan ham o’quvchilar amalda tanishadilar: o’quvchilar o’qituvchining orqasidan to’g’ri chiziqlar hamda to’g’ri chiziq kesmalarini chizmalarda ko’rsatadilar va o’zlari chizadilar, kesma chegaralangan ekanligini, to’g’ri chiziq esa chegaralanmaganligini, qo'g’ozda uning bir bo’lagi chizilishini asta-sekin anglaydilar. Kesma tushunchasining mustahkamlanishiga bunday amaliy mashqlar yordam beradi: ikki nuqtani kesma bilan tutashtirish; bir to’g’ri chiziqda yotgan uchta nuqta orqali kesma o’tkazish, bunda xosil bo’lgan barcha kesmalarni ko’rsatish. Kesmalarni o’lchashga qadar teng va teng bo’lmagan kesmalar haqida tushunchalar kiritiladi, bu munosabatlarni aniqlash usuli-ustiga qo’yish tushuntiriladi. Keyinchalik, santimetr, detsimetr, metr va h.k. bilan tanishilganidan so’ng o’quvchilar kesmalarni o’lchash va chizishga doir ko’p amaliy mashqlarni bajaradilar.Ko’pburchaklarni yasash jarayonida ham uning elementlaridan biri kesma ekanligiga ishonch xosil qiladilar.O’quvchilar 2-sinfda kesmalarni haflar bilan belgilash bilan tanishganlaridan so’ng yozma-amaliy mashqlar beriladi, bunday mashqlar boshqa kesmalarning bo’lagi bo’lgan kesmalarni ajrata olish, shuningdek, boshqa kesmalardan tuzilgan kesmalarni ajrata olish uquvini mustahkamlaydi. Masalan, chizmadagi (l-rasm) shakllarning har bir tomoni uzunligini o'lchang: Yozuv namunasi: BC=5sm 2mm(2-sinf,112-b,465-m)Quyidagi shakllarni har bir tomoni uzunligini o’lchang:Yozuv namunasi: BC=5 sm 2 mm.Asta-sekin o’quvchilar kesma bir nechta ko’pburchakning tomoni bo’lishi mumkinligini anglaydilar va bunga tayanib, II-IV sinflarda ko’pburchaklar ichida yangi figuralar hosil bo’ladigan qilib kesmalar yasashga doir mashqlar bajaradilar; masalan, daftaringizda shunday ikkita to’rtburchak chizing va ularda bir kesmani shunday o’tkazingki: a) albatta to’g’ri to’rtburchak va bitta uchburchak hosil bo’lsin b) bitta kvadrat va boshqa to’rtburchak hosil bo’lsin (2-rasm) (2-sinf, l15-b, 477-m. Matematika)Bunday mashqlar bolalarda fikrlash qobiliyatini va fazoviy tasavvurlarini rivojlantiradi, shuningdek, geometrik tushunchalarni mustahkamlaydiKo’pburchak, burchak, doira.Ko’pburchakning ayrim turlarini o’rganishga kirishilayotgan paytda quyidagi amaliy ishlarni tashkillashtirish mumkin. Bu bosqichda ko’pburchak elementlari ko'rsatiladi. Masalan 3 sonini o’rganilayotganda turli uchburchaklar qaraladi. Rangli qalin qog’ozdan plastmassadan, yog’ochdan va h.k.lardan yasalgan uchburchak modellarida o’quvchilar har bir figuraning uchta tomoni, uchta uchini va uchta burchagini ko'rsatadilar. Keyin uchburchak modelini bolalarning o’zlari cho’plardan, plastilindan, qog’oz poloskalardan yasaydilar: uchburchaklarni
daftarlarida chizadilar, uchlarini nuqtalar bilan belgilaydilar va bo'yaydilar. Bunda o’quvchilar uchburchakning har xil turini (teng yonli, ten tomonli, to'g'ri burchakli o'tkir burchakli, o'tmas burchakli uchburchaklar) qarashlarini o’qituvchi oldindan o’ylab qo’yishi kerak. Bu uchburchak haqida to’g’ri tasavvur hosil bo’lishiga yordam beradi. To’rtburchaklar, burchaklar va h.k.lar ham shu usulda o’rgatiladi. Bundan tashqari,bolalar ko’pburchakda tomonlar, uchlar va burchaklar soni bir xil bo’lishini bilib oladilar. Bu ma’lumotlarning hammasini bolalar amalda, tayyor modellar bilan mashqlar bajarish jarayonida, ko'pburchaklarni qirqib olish, chizish va modellarini yasash vaqtida o’zlashtiradilar. Modellar yasash uchun yaxshisi cho’plar naboridan yoki turli uzunlikdagi qog’oz poloskalardan foydalanish lozim,bunda kuzatishlarda teng tomonli ko’pburchaklar bilan cheklanib qolinmaydi. Bundan tashqari, bolalar har qanday 3ta, (4,5 ta va h.k.) cho'pdan ham tegishli ko’pburchakni yasash mumkin bo’lavermaydigan hollarga duch keladilar.Ko’pburchaklar ustida ishlash jarayonida o’quvchilar burchaklar (ko’pburchakning bir uchidan chiquvchi ikkita tomoni burchakni tashkil qiladi) haqida ma'lumot oladilar. 1-sinfda to’g’ri burchak quyidagicha tushuntiriladi: bolalar o’qituvchi rahbarligida to’g’ri burchak modelini yasaydilar: ular bir varaq qog’ozning o’rtasidan ikki marta buklaydilar va bunda hosil bo’lgan kesishivchi to’g’ri chiziqlar to’rtta bir xil burchak hosil qilishini aniqlaydilar. O'qituvchi bunday burchaklar to’g’ri burchaklar deyilishini aytadi. So’ngra bolalar qog’oz varaqlarining har xilligiga qaramasdan, hosil bo’lgan barcha to’g’ri burchaklar teng bo’lishini bir-birining ustiga qo’yish yo’li bilan aniqlaydilar. Keyinchalik, burchakning turini aniqlash uchun chizmachilik uchburchagining (shaffof plastmassadan bo’lgani yaxshi) to’g’ri burchagidan foydalaniladi. (ustiga qo’yib taqqoslaydi). To’g’ri burchak haqidagi tasavvurini mustahkamlash uchun maxsus amaliy mashqlar kiritiladi. Masalan, berilgan turli burchaklar orasidan to’g’ri burchakni topish. Go’niya yordamida o'lchang (2-sinf, 31-b, 131 -m, Matematika)Berilgan ko’pburchaklardan to’g’ri burchaklarni topish (4-rasm). Daftarda uning chizig’idan foydalanib to’g’ri burchak chizish, to'g’ri burchakka ega bo’lgan uchburchak (to'rtburchak) chizish taklif qilinadi (2-sinf, 194-b, 820-m, Matematika), (2-sinf,9-b,34-m,Matematika)Burchak ustida amaliy ishlar bajarilayotganda avval burchakning qog’oz modellari bilan, keyinchalik, "suriladigan burchak" (malka) bilan ishlanadi. Burchakning bunday modelini ikki cho’pdan mix yoki plastilin bo’lagi bilan mahkamlab tayyorlash har bir o’quvchiga tavsiya etiladi. Keyin ko’pburchaklarni yasashda ham burchaklar bilan tanishadilar (masalan to’g’ri to’rtburchak bo’lish uchun burchaklari to’g’ri bo’lishi kerakligini anglaydilar)Ishning navbatdagi bosqichida 1-sinf o’quvchilari to’g’ri to’rtburchakning quyidagi xossasi bilan tanishadilar. To’g’ri to’rtburchakning qarama-qarshi tomonlari o’zaro teng. O'qituvchi avval to’g’ri to’rtburchakning qarama-qarshi deb atash mumkinligini bolalar tushunish-tushunmasliklarini aniqlab,to'g’ri to’rtburchakning qog’oz modellarida bevosita buklash bilan qarama-qarshi tomonlarini taqqoslashni o’quvchilarga taklif qiladi. Darslikda va doskada berilgan to’rtburchaklarning qarama-qarshi tomonlarini o’lchab, bolalar o’z kuzatishlarini taqqoslaydilar va umumlashtiradilar. To’g'ri to’rtburchak tomonlarining bu xossasi haqidagi bilim keyinchalik o’quvchilar berilgan ikki tomoni (eni va bo’yi) bo’yicha to’g’ri to’rtburchakni chizganlarida mustahkamlanadi. I-II sinflаrda o’quvchilar to’g’ri to’rtburchaklarni chizg’ich yordasmida chizadilar (to'g’ri-to’rtburchaklarni daftar chizig’idan foydalanib chizadilar).III-IV sinflarda esa to’g’ri to’rtburchaklarni chizishda chizg’ichdan va chizmachilik uchburchagidan foydalanadilar.To’g’ri to’rtburchaklar orasidan kvadratlarni ham o’lchab (tomonlarini,burchaklarini) topadilar.Ko’pburchaklar haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash, shuningdek, umuman fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishda geometrtik mazmunli masalalar, shuningdek, umuman fazoviy tasaurlarni rivqjlantirishda geometrek mazmunli masalalar katta ahamiyatga ega.Vaholanki bunday masalalar I sinfdan boshlab kiritilib boriladi. Bular figuralarni hosil bo’ladigan bo’laklar ko’rsatilgan shaklga ega bo’ladigan qilib bo’lishga doir masalalar:(l-sinf, 74-b, 4-m, Matematika)Berilgan ko’pburchaklardan yangi figuralar tuzishga doir masalalar (ya'ni bolaklardan butunni hosil qilish). Masalan, kvadrat qisimlaridan shunday shakllar yasang:Kvadrat qismlaridan shunday shakllar yasang:(2-sinf, 37-b, 19-m, Matematika)Bunday masalalarni yechish jarayonida bolalarda bo’laklardan tuzilgan ko’pburchakni qabul qilish va shu bilan birga boshqa ko’pburchaklarning bo’laklari bo’lgan ko’pburchaklarni ko’ra olish uquvi shakllanadi, kuzatuvchanlik, ziyraklik, geometrik figuralarni xayolda konstruksiya qilish uquvi ishlab chiqiladi.II sinfda o’quvchilar aylana bilan tanishadilar, aylanani sirkul yordamida chizishni o’rganadilar, aylana va doiraning elementlari bo’lgan markaz va radius bilan tanishadilar. Bu barcha ma'lumotlarni bolalar amaliy mashqlar jarayonida o’zlashtiradilar. Masalan, aylana yotgan nuqtalarni markaz bilan tutashtirib va hosil qilingan kesmalarni taqqoslab, bolalar bu kesmalarning tengligiga ishonch hosil qiladilar. Bu kesmalarning nomi-doira yoki aylana radiusi kiritiladi. O’quvchilar doira va aylanani adashtirib yubormasliklari uchun maxsus mashqlar beriladi, masalan: aylana chizing va doirani bo'yang, doira yoki aylananing markazini, shuningdek, doira ichida, doira tashqarisida va aylana yotuvchi nuqtalarni belgilang. (7-rasm) (2-sinf, 135-b, 580-m, Matematika)So’ngra mashq qilish jarayonida bolalarda ko’rsatilgan radius bo’yicha
aylana chizish, shuningdek, aylanani sirkul yordamida teng 6,3,12 bo’lakka bo’lish uquvi shakllanadi.Siniq chiziq, siniq chiziq uzunligi, ko'pburchakning perimetri.I sinf o’quvchilarini siniq chiziq bilan kesma tushunchasiga tayanib tanishtiriladi. O’qituvchi bolalarning ko’zi oldida uzun cho’pni yoki simni bo’laklarga sindirib siniq chiziqning modelini tayyorlashi mumkin. Doskada siniq chiziqni ba'zan bir to’g’ri chiziqda yotmagan mixlar-nuqtalarga tortilgan rangli ip yordamida ko'rsatiladi. O'quvchilar doskada va daftarlarida siniq chiziqni chizadilar. Bir to’g’ri chiziqda yotmagan 3 ta 4,5 va h.k.nuqta qo’yadilar va ularni kesmalar bilan tutashtiradilar. O'quvchilar har gal siniq chiziq nechta kesmadan iboratligi yoki unda nechta bo’lim borligini sanaydilar. Amaliy ish jarayonida yopiq va yopilmagan siniq chiziqlarni farqlab oladilar. Mashqlar jarayonida yopiq siniq chiziq bilan bu siniq chiziq chegarasi bo’lgan ko’pburchak orasida bog’lanish aniqlanadi. Uch bo’limdan iborat siniq chiziq uchburchakni, to'rt bo’limdan iborat siniq chiziq to’rtburchakni vah.k. chegaralaydi.Siniq chiziq uzunligini, uning bo’limlari uzunligining har birini o’lchab, hosil bo’lgan sonlarni qo’shish kerak.Masalan, daftaringizga bunday siniq chiziq chizing, har bir bo’g’inining uzunligini aniqlang va uning barcha bo’g’inlari uzunliklarining yigindisini toping.(8-rasm) (2-sinf, 7-b, 24-m, Matematika)Ko’pburchak perimetri haqida tushuncha.Ko’pburchak perimetri yopiq siniq chiziq uzunligini topishga doir amaliy masalalar yechish jarayonida aniqlanadi. O'qituvchi ko’pburchak tomonlarining uzunliklari yig’indisi uning perimetri deb atalishini tushuntiradi. Belgilanishini ko'rsatadi (P-24 sm)Ko’pburchakning perimetrini topishga doir amaliy ishlar yordamida amaliy ishlar bajarish jarayonida to’rtburchakning turlarini, uchburchakning turlarini xossalariga e'tibor beriladi.Shu xossalardan foydalanib, o’quvchilar keyinchalik quyidagicha amaliy ihlarni bajara olishlari kerak:a) perimetri ma'lum bo’lgan holda kvadrat,teng tomonli uchburchak chizish.b) tomonlari uzunliklari ma'lum bo’lgan ko’pburchaklarni chizish.Bunday mashqlar jarayonida ko’pburchak perimetri haqida tushuncha va uni topish uquvi shakllanadi, shuningdek, fazoviy va geometrik, tasavvurlar rivojlanadi.Geometriyaga oid qiziqarli masalalardan matematika, darslarida foydalanilsa, dars jarayoni qiziqarli kechadi, shuning bilan birga o’quvchilarning mantiqiy fikrlashi va tafakkuri rivojlanadi, o’z fikrini asoslash ko’nikmalari shakllanadi, olgan bilimlarini hayot bilan bog’lay oladi. Faqat tanlangan masala mazmuni murakkabligi ularning yoshiga mos tuzilishi lozim.Biz I – IV sinflar uchun geometriyaga oid qiziqarli masalalardan namunalar keltiramiz.Ortiqcha shaklni bo’yang.Chizmada nechta kesma bor?A C D B(6 ta) Chizmada nechta uchburchak bor?(6 ta)Berilgan uchta nuqta orqali nechta to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin?II – sinf“Ortiqcha” shaklni ko’rsating:Chizmada nechta uchburchak va nechta to’rtburchak bor? (8 ta)Qalamni daftardan uzmagan holda ochiq konfert ko’rinishidagi shaklini chizing.To’g’ri to’rtburchak shaklidagi chiziqning bir burchagi kesib tashlansa, nechta burchagi qoladi? (5 ta)Chizmada hammasi bo’lib, nechta uchburchak bor?Teng tomonli uchburchakniUchta chiziq yordamida 4 ta teng bo’lakkIkkita chiziq yordamida 4 bo’lakka bo’lingGugurt cho’plaridan quyidagi chizma tuzilgan. Undan 4 ta cho’pni shunday olib tashlangki, natijada 5 ta kvadrat hosil bo’lChizmada AC kesmani toping. Bu kesma qanday uchburchaklar uchun umumiy tomon bo’lib hisoblanadi?
E AKBD F CIV – sinf Muntazam oltiburchakni shunday qirqingki, natijada kvadrat hosil bo’lsin.Buxanka shakldagi nonni 3 marta kesish orqali 8 bo’lakka bo’ling.Chizmadagi besh qirrali yulduzning burchaklari nechta? Javob: ( 26 ta )Geometrik materialni o’rganishda shuningdek, didaktik o’yinlardan ham foydalanildi.O’yin – bola hayotining uzviy qismidir. O’yin orqali bola atrof – muhit, tabiat hodisalari, manzaralari, buyumlar, o’simliklar, hayvonlar dunyosi bilan tanishadi.Boshlang’ich ta’lim davrida o’quvchilarning aqliy va jismoniy faoliaytini tashkil qilishda didaktik o’yinlar alohida ahamiyatga ega.Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida kichik – kichik matematika diktantlar o’tkaziladi. Ushbu diktantlarga geometrik mazmundagi materiallarni kiritib borish maqsadga muvofiq. Bu geometriya elementlari haqida olingan bilimlarni mustahkamlashga, eslashga hamda shakllarning gavdalantirishga, shakllarni xossalarini yodda saqlashga yordam beradi. Biz quyida misollar keltiramiz.1-sinfda o’quvchi shakllarning nomini aytib, ushbu shakllarni daftariga chizishni aytadi. O’lchov birliklarining to’liq va qisqa nomini bilishlari kerak.MasalanNuqta, kesma,
siniq chiziq, bir santimetr (sm), to’g’ri chiziq,
egri chiziqUchburchak, to’g’ri to’rtburchak, ixtiyoriy to’rtburchak, doira.Metr (m), detsimetr (dm), beshburchak, 1 m=100 sm, 1dm=10 sm2 – sinf Burchak, to’g’ri burchak, to’g’ri to’rtburchak, perimetr, siniq chiziq, kesma, kvadrat.aylana, doira, santimetr (sm), AB kesma, to’g’ri burchakdan kichik burchak, millimetr (mm), 1 sm=10 mm.To’g’ri burchakdan katta burchak, radius, doira ichida yotgan nuqta, doira tashqarisida yotgan nuqta,Radiusi 3 sm li doira, shaklning yuzi, 1 dm = 10 sm= 100 mm, P=16sm, 14dm=140 sm, 15mm=1sm 5 mm, 24 sm=2 dm 4 sm, ko’pburchak3 – sinf Perimetr (P), doira, ko’pburchak, kesma, egri chiziq, siniq chiziq, metr, teng yonli uchburchak.Teng tomonli uchburchak, ixtiyoriy uchburchak, to’g’ri to’rtburchak, santimetr (sm), millimetr (mm), 3 sm li kesma. CD kesma, 1 m=100sm=10dm.To’g’ri to’rtburchakning AB tomoni 3 sm, BS tomoni 4 sm uning perimetri necha sm? Ko’pburchak, yuza, to’g’ri burchakli uchburchak, radiusi 3 sm li aylana.To’g’ri burchak, kesma, metr (m), santimetr (sm), beshburchak, aylana, perimetr (P), uchburchakning AB tomoni 3 sm, BS tomoni 4 sm, SA tomoni 5 smga teng. Uning perimetrini toping.4 – sinf Kesma, siniq chiziq, aylana, doira, to’g’ri to’rtburchak, uchburchak, o’tkir burchak, o’tmas burchak, to’g’ri burchak, yoyiq burchak.Teng yonli uchburchak, teng tomonli uchburchak, ixtiyoriy uchburchak, to’g’ri burchakli uchburchak, perimetr (P), santimetr (sm), detsimetr (dm), metr (m).Kilometr (km), to’g’ri chiziq, 10 sm li kesma, 10 dm=100sm=1000 mm, perimetri 10 sm ga teng to’g’ri to’rtburchak chizing.
Uchburchak, to’rtburchak, beshburchak, doira, kilometr (km), santimetr (sm), kvadrat, siniq chiziq, har bir bo’lagi 3 sm dan iborat uch bo’limdan iborat siniq chiziq chizing.Diktantni o’tkazishdan 1 kun oldin o’quvchilarni ogohlantirish kerak. O’quvchilarning yonida barcha o’quv qurollari shu jumladan chizmachilik asboblari bo’lishi zarur.Olingan bilimlarning mustahkamlashning va tekshirishning yana bir usuli testdir.Geometrik testlar – bu masalalar to’plami emas, balki maxsus vazifalar to’plami bo’lib, ular shunday tuzilganki o’quvchi maktab dasturidan nimani va qay darajada egallaganini tekshiruvchi omildir. Biz quyida 1-4 sinflar uchun geometriya elamentlari bo’yicha testlarga misollar keltiramiz.1 – sinf.I chorak.Uchta bir xil shaklni belgilang.2, 3, 4 b) 1, 2, 3 c)* 1, 4, 6Ushbu shakda nechta uchburchak bor? 3 b) 4 c)* 6Qatordagi ortiqcha shaklni toping.1 b)* 2 c) 3Ko’pburchaklar ichidan to’rtburchaklardan toping.* 1, 3, 4, 6 b) 2, 3, 4, 5 c) 2, 5, 7, 8Doirani belgilang.* b) c) Kvadratni belgilang. b) c)* Uchburchakni belgilang.b)* c) Rasmda tasvirlangan hamma shakllarni bir so’z bilan belgilang.to’rtburchaklar uchburchaklar ko’pburchaklarRasmga diqqat bilan qarang:O’ng tomonda qanday shakl joylashgan.To’g’ri to’rtburchak b)* kvadrat c) doiraRasmda kvadrat nechanchi o’rinda turibdi? O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat ta’lim standarti to’g’risidagi Nizom”ga binoan umumiy o’rta ta’lim, shu jumladan, boshlang’ich ta’lim bosqichi uchun ham alohidaalohida davlat ta’lim standarti talablari va me’yoriy ko’rsatkichlari belgilab qo’yadi. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda ta’kidlanganidek: “Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul qilinadi. “Boshlang’ich ta’lim konsepsiyasi”da e’tirof etilganidek, olti yoshga to’lgan har qanday bola aqliy, ruhiy hamda jisminiy jihatdan maktabda o’qish uchun tayyor bo’lganida, maktabning moddiy-texnik bazasi bunday bolalarga ta’lim berish uchun yetarli deb hisoblanganda hamda o’qituvchilar pedagogik va psixologik jihatdan olti yoshli bolalarni o’qitishga qodir deb topilganda maktabga qabul qilinadilar. “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim to’g’risida”gi Nizomda ta’kidlanganidek: “Boshlang’ich ta’lim o’qish, yozish, sanash, o’quv faoliyatining asosiy malaka va ko’nikmalari, ijodiy fikrlash, o’zini-o’zi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiena va sog’lom turmush tarsi asoslarining egallab olishini ta’minlashga da’vat etilgan. Shunday ekan, ushbu asosda boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning umummadaniy va axloqiy ko’nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantirilishi lozim. Boshlang’ich ta’lim jarayoni bolalarning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishiduyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o’z- o’zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog’lom bo’lishga, moddiy borliq go’zalliklarini his eta olishga, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o’ziga singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o’rgatadi.Boshlang’ich ta’lim bosqichi oldiga qo’yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Ta’lim standarti asosida boshlang’ich sinf o’quvchilaridan standartda belgilab qo’yilgan ko’rsatkichga erishishni talab qiladi va o’z navbatida, bu ko’rsatkichlarga erishish uchun zarur bo’lgan ta’limiy xizmatlar va vositalar bilan ta’minlaydi. Boshlang’ich ta’lim bosqichiga davlat va jamiyat tomonidan qo’yilgan talabda ta’lim sohalari bo’yicha o’zaro muvofiqlik, mutanosiblik, uyg’unlik to’la ta’minlangan bo’lmog’i kerak. Shu jihatdan boshlang’ich talim standartini belgilash ta’lim jarayoning tarkibini xuddi shu tarkib komponentlarining mazmunini modernizatsiyalash, boshlang’ich ta’lim jarayonida yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyani qo’llash imkonini beradi1.Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematikadan samarali ta’lim berilishi uchun bo’lajak o’qituvchi boshlang’ich sinflar uchun ishlab chiqilgan matematika o’qitish metodikasini egallab, chuqur o’zlashtirib olmog’i zarur. Kurs ishi ishining dolzarbligi - kichik yoshdagi o’quvchilarni geometrik tushunchalarini boyitish, geometrik terminlar bo’yicha nutqlarini o’stirish va matematika darslarida didaktik tamoillar yordamida geometriyaga oid misol va masalalar yechish bo’yicha bilim va malakalarni oshirish.Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to’plamlar nazariyasiga tayanadi. Chekli to’plamlar elementlari orasida o’zaro bir qiymatli moslik o’rnatish o’zaro ekvivalent to’plamlar sinflarini ajratish imkonini beradi, shu bilan birga bu sinflarning har birini xarakterlovchi umumiy narsa-natural sonlarni ajratish imkonini beradi. Geometrik material boshlang’ich sinflar uchun mustaqil bo’lim sifatida o’quv dasturiga kiritilmaydi. O’quv jarayonida geometriya elementlarini o’rganish bilan bevosita bog’lab olib boriladi.Geometrik mazmundagi masalalarni yechish, hisob-kitobga o’rgatish davomida geometrik figuralardan, didaktik material sifatida foydalanish - bularning barchasi o’quvchilarning geometrik taasurotlarini mustahkamlashga imkon beradi.Kurs ishi ishining maqsadi - boshlang‘ich sinf o’quvchilarini geometrik tushunchalar bilan tanishtirish va geometrik masalalarni yechishga o’rgatishda didaktik tamoillardan foydalanishni amalga oshirish usullari ishlab chiqishdir.Bu mavzuni yoritish jarayonida o’z oldimizga quyidagi vazifalarni qo’ydik:Boshlang’ich sinf o’quvchilarini geometrik tushunchalar bilan tanishtirishning ahamiyatini nazariy hamda amaliy asoslash: Boshlang’ich matematika kursida geometrik materialning xossalaridan foydalanishning samarali usullarini ishlab chiqish;Boshlang’ich sinf o’quvchilarini geometrik materialga oid masalalar yechishga o’rgatishda didaktik materiallardan foydalanish usullarini ishlab chiqish;Boshlang’ich sinf o’quvchilarini geometrik materialga doir misollarni yechishga va tekshirishga o’rgatishda ko’rsatmali vositalardan foydalanishning ahamiyatini yoritib berish.Bu bilan bog’lik holda kichik yoshdagi o’quvchilarning umumiy ta’limda matematikani rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi rolini kuchaytirishga keng yo’l ochilmoqda. So’ngi yillarda boshlang’ich sinf o’qituvchilari tomonidan matematikaning qator yangi usullari taklif etildi, shu bilan bir qatorda geometrik mazmun bilan boyitilgan kurslar ham. Bu usullar ko’proq kichik yoshdagi o’quvchilarni rivojlanishi masalasini ko’proq
Xulosa
Ularda kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hamda imkoniyatlari to’la-to’kis hisobga olingan. So’ngi yillar davomida boshlang’ich matematika kursidag geometrik material mazmunan va hajm jihatdan ham ancha o’zgarishlarga uchradi. Bu haqda boshlang’ich sinflar matematika kursida turli yillarda o’rganilgan geometrik materiallarni qiyosiy o’rganish natijalari aytib turibdi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining geometrik tayyorgarligi masalalasida bizning oldimizga qo’ygan vazifalarni hal etish uchun bizning naqtai nazarimizda o’tgan va hozirga davrda olib borilgan geometrik materialni boshlang’ich sinflarda o’rganishga bag’ishlangan eng qiziqarli izlanishlarga kichik yoshdagi o’quvchilarga nimani o’rgatamiz degan savolga javob berishga diqqatni qaratamiz.