BOSHLANG`ICH SINFLARDA TARIXIY ASARLARNI
O`RGANISH ASOSIDA INSONPARVARLIK TUYG`ULARINI
SHAKLLANTIRISH
Аmirqulova Z.
TerDU o‟qituvchisi
Boshlang`ich sinflarda tarixiy asarlarni o`rganish muhim o`ziga xos o`rin
tutadi.Tarixiy shaxslar haqida asarlar yaratish mavzusi jahon adabiyotida ham
ijodkorlarning diqqat e`tiborini jalb qilib keladi. Mustaqillik bu sohada katta
imkoniyatlar eshigini ochdi.
Shu o`rinda fikrimizning isboti sifatida Muhtaram Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini ta`kidlab o`tsak: ―Eng muhimi
farzandlarimizda yoshlik chog`idan boshlab kitobga mehr qo`yish mustaqil fikr
yuritish, murakkab hayotiy vaziyatlarda tog`ri javob toppish ko`nikmasini
shakllantirishimiz , buning uchn tegishli tashkili ishlarni amalga oshirishimiz
darkor‖
45
O`qish darslari uchun tanlangan mavzular o`quvchilarga kundalik hayot,
mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo`yicha ham bilim va tarbiya
bеrishni ko`zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma'naviyat va tabiat haqidagi
mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko`zlangan maqsad o`zlikni anglash, istiqlol,
vatan va tabiat bilan bog`liq tuyg`ularini uyg`otishdir.
46
Buyuk allomamamiz she‘riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy bolani ―Mehri
anvar xonadoni charog‘on qiluvchi, oilaga quvonch baxt olib keluvchi‖ deb
ta‘riflagan edi. Shuni yodda tutish lozimki, farzand xalqimizning kelajakdagi
istiqbolidir. Shu sababli bolalarni to‘laqonli barkamol o‘sishiga biz o‘qituvchilarning
va ota-onalarning o‘rni beqiyosdir. Bolalarni bilimli qilib o‘stirish esa tarbiyaning
dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Shu o‘rinda Yusuf Xos Hojibning quyidagi misralarini keltirish bu masalani
yanada oydinlashtiradi:
Och bolam, ochganing kitob tengsizdir, Tengsiz bilim qutlug‘ dengizdir.
Yuqorida keltirilgan misralar Yusuf Xos Hojibning ―Qutadg`u bilig‖ asaridan
keltirilgan.Yusuf Xos Hojib bilimni, kitobni dunyodagi barcha boyliklardan ustun
qo‘yadi va uni tubsiz dengiz suviga o‘xshatadi. U ilmli kishilarni dono odamlar deb
biladi.
Adabiyotimiz xazinasida shunday asarlar borki, vaqt silsilasida yanada
ko‘rkamlashib, yangicha ma‘no qirralarini namoyon qiladi. ―Qutadg‘u bilig‖- ana
shunday nodir mumtoz durdonadir. Shu boisdan ham bu bebaho asar xususida, uning
tabdili yuzasidan olimlarimiz tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Yusuf Xos Hojibning ―Qutadg‘u bilig‖ asari XI asr adabiyotining nodir
yodgorligidir. U xalq og‘zaki ijodi zamonida turkiy xalqlar yozma adabiyotining
rivojlana borgani va dostonchilikda salmoqli mufaqqiyotga erishganini ko‘rsatadi:
45
Mirziyoyev.Sh.M.Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan quramiz.-T.:O`zbekiston, 2017 .470-bet.
46
Qosimova K.Ona tili o`qitish metodikasi. T.:‖ Noshir‖, 2009.
229
―Qutadg‘u bilig‖ asari-didiktik ruhdagi asar hisoblangan. Bolalarni yuksak
insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash uchun xizmat qiladi. ―Qutadg‘u bilig‖ turkiy
tildagi yozma adabiyot u qadar boy tajribaga ega bo‘lmagan bir davrda vujudga keldi.
U xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotining tajriba va an‘analaridan foydalanadi.
Maqol va hikmatli so‘z kabi xalq ijodi bilan o‘z asarlarini boyitadi.
Kishi izzatni ham, obro‘-e‘tiborni ham til orqali topadi. Agar tilga e‘tibor
bermasa, uni noo‘rin qo‘llasa, odam boshining yorilish hech gap emas.
Ortiq so‘zda also bo‘larmi foyda,
Ziyondan bo‘lak yo‘q so‘z ortiq joyda,
deydi shoir o‘z asarini bayon etadi. Ko‘p gapirish har doim yomon oqibatlar keltiradi.
Shuning uchun ham juda kam so‘zlash joizdir, ya‘ni she‘rda aytilganidek ko‘p
gapirishdan foyda yo‘q. Uning turgan bitgani zarardir. Kishi shunday so‘zlashda unga
ko‘p
ma‘no
singdirsin.
Yuqorida
keltirilgan
o‘gitlardan
boshlang‘ich
sinflarda,xususan ona tili va o‘qish darslarida foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘lar
edi.
―Qutadg‘u bilig‖ didaktik doston, ahloq va odobga doir ko‘p va qimmatli pand-
nasixatlarni o‘z ichiga oladi. Doston muallifi asarda til odobi, rostgo‘ylik, halollik,
sadoqat, do‘stlik haqida hikmatli so‘zlar so‘zlaydi. Kishining yurish-turishi, o‘zini
tutishi haqida o‘gitlar beradi. Bu fazilatlarning barchasi dostonning butun mazmuni
va mohiyatiga singdiriladi. Ushbu sababdan ham bu asarning ―O‘qish‖ kitobidan
mavzularga bog‘lab o‘rganilishi bejizga emas.Masalan: bola tarbiyasiga
bag‘ishlangan 53-bobda bola tarbiyasining murakkab ekanini ta‘kidlab, bolani
yoshlik chog‘idan boshlab yaxshi xulqli, odobli qilib yetishtirish zarur ekanligini
ta‘kidlaydi.
47
Dostondagi fikrlarni o‘rganib be‘vosita dars jarayoniga tadbiq etish o‘z
samarasini bermay qolmaydi, nazarimda. Mana bu parcha bir e‘tiborimizni
qarataylik.
Bolam tutsin desang donolik yo‘lin,
Kichiklikdan tekkiz bilimga qo‘lin.
Agar bola kichikligidan bilim o‘rgansa, aqlli, dono bo‘lib yetishadi va katta
bo‘lganida kishilarga uning nafi tegadi. Bola o‘zining barcha ichki imkoniyatlarini
o‘yin faoliyatida, dars mashg‘ulotlarida namoyon etadi. Ba‘zan bolaning kelajakda
kim bo‘lib yetishishini ham shunday mashg‘ulotlarda bilib olish mumkin bo‘ladi.
Xalqimizda ―Aql boshdan‖ degan ajoyib naql bor. Bolalar tarbiyasida eng
muhim jihat bu ularning ahloqli bo‘lib voyaga yetishishlaridir. Chunki, bola
xushhulqli, ilmli bo‘lishi lozim. Yusuf Xos Hojib o‘z asarida ahloq-odobga juda
ko‘plab misralarni keltirgan. Misol uchun:
Tilingni avayla-omondir boshing,
So‘zingni avayla-uzayar yoshing.
Bu she‘riy misralarning bolalar ongiga yetib borishi unchalik qiyin kechmaydi.
Ammo bolalarga yanada tushunarli bo‘lishi uchun, bolalarga kam va aql bilan
so‘zlash odobi haqida biron latifa, ertak yoki afsona aytib berilsa, u bola ongiga
yaxshiroq o‘rnashadi. Chunki bolalikda egallagan bilim kishining bir umrlik
yo‘ldoshidir.
47
Yusuf Xos Hojib. Qutadg`u-bliig.I jild-T.2010-B.20-25.
230
Uning sut bilo kirsa ezgu qiliq,
O‘lim tutmog‘inga ovurmas yirik.
Ya‘ni yaxshilik qilish, yaxshi fazilatlar kishi tanasiga sut bilan kirsa shubhasiz
bu fazilat uni o‘lguncha tark etmaydi. Shuning uchun kichikligidan bola tarbiyasiga
befarq bo‘lmaslik lozim. Ota-onalar o‘z farzandlarini kichikligidan mehr bilan
tarbiyasalar u bola shunchalik zukko bo‘lib yetishadi. Aqlli farzand esa ota-onasining
kelajagidir. Aqllilik doimo maqtaladi. Uni nafaqat oilada balki do‘stlar davrasida xalq
orasida ham hurmat qiladilar. Uning yaxshi hislatlari yomon kishilar orasida ham
hikoya qilinadi:
Aqlsiz kishini-ul yashashsiz yimgoch,
Yemishsiz ham, neku qilsin och?!
Haqiqatdan ham mevasiz daraxtsiz och kishiga nima keragi bor.
Agar kishi aql bilan ish yuritmasa-yu juda ko‘p qiyinchiliklarga duchor bo‘ladi.
Lekin dunyoda har bir so‘zini o‘ylab taroziga solib gapiradigan kishilar ham
talaygina. Shuning uchun ana shunday kishilar darajasiga yetishishga harakat qilish
lozim. Ammo yomonlik qilgan kishiga yomonlik qilish odobdan emas deyiladi
asarda. Mana shunday o‘gitlarni asarda aytilganidek o‘quvchi ongiga singdirish
lozim. Shuningdek insonlarga yaxshlik qilish haqida va uning har bir inson uchun eng
oliy fazilat ekanligini Yusuf Xos Hojib shunday deb tasvirlaydi:
Ezgu ezgulikdan chiqmag‘ay fig‘on,
Yomon o‘z fe‘lidan bo‘lar pushaymon.
Yomonlik qilganning ulush o‘qing
Yomonga yaxshi bo‘l, mayli har qachon.
Muallifning fikricha agar yomonlik qilgan kishiga ham yaxshilik bilan javob
bersang, u bir kun kelib o‘z qilmishlariga pushaymon bo‘ladi. Lekin ezgulik qilgan
kishi yomon kishidan ko‘rgan jaholatlaridan hech qachon fig‘on qilmaydi.
Yomonlarning ishlari esaular chekkan mashaqqatlar uchun alam bilan harakat qiladi.
Buni muallif quyidagicha misralarda aks ettiradi.
Bolam mashaqqatlar, o‘tkinchi va alam, yomonlar ulushi bo‘ladi, bolam. Biror
kishiga yomonlik qilish, uning o‘ziga-o‘zi alam keltiradi.
Dars davomida so‘rovlar o‘tkazib, Yusuf Xos Xojibning shu misralarini
keltiramiz, shuningdek yaxshilik va yomonlikning farqini bolalarga tushuntirishda
ertaklardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilinsa, she‘riy misralar
bolalar ongiga yaxshiroq o‘rnashadi. Ammo sog‘lom fikrli kishining doimo
so‘zlamay, jim turishi ham odobdan emas. Bu ikki narsadan dalolatdir. Biri gung yoki
soqovlikdan. Shuning uchun aql va farosat bilan me‘yorida so‘zlash joizdir. Shunday
ekan, yaxshi va yomon, foydali va zararli, chiroyli va xunuk, kerakli va ortiqcha
so‘zlashning chegarasini, so‘zlash yoki so‘zlamaslikning chegarasini qanday qilish
mumkin?
Bu dastlab kishiga yoqish-yoqmasligi, boshqalarning munosabati bilan
o‘lchanadi. Shuning uchun bola tabiyasida ularni me‘yor bilan so‘zlashishga
o‘rgatish lozim. Bola maktabga kelar ekan do‘stlari bilan muloqotda bo‘ladi. O‘ziga
notanish bo‘lgan terminlarni (so‘zlarni) o‘rgana boshlaydi. Lekin hamma
oilalarimizda ham tarbiya ko‘rib kelgan bolalarni bir sinfda bir jamoada birlashtirish
bir jihatdan olib qaraganda o‘qituvchiga yuksak mashaqqat, chuqur izlanish, samarali
231
mehnat talab etadi. Shuningdek, o‘qituvchi bolalarni bir-birlari bilan hurmat-izzatda
bo‘lishga, do‘st-inoq bo‘lishga undamog‘i va ularning bir-birlariga bo‘lgan
munosabatini doimo kuzatib turishi lozim. Demak, mana shunday didaktik asarlarni
bolalarga tanishtirish orqali ham bolalarda mana shu tushunchalarni singdirish
mumkin bo‘ladi. Darvoqe: yana asarni sharhlash qismiga qaytsak.
Muallif bu asarida juda ko‘p insoniy fazilatlar qatorida ―salomlashish‖ odobi
haqida ham fikrlar aytib o‘tgan. Maktabda, xususan dars jarayonida salomlashish
odobi haqida bolalarga ma‘lumot berilar ekan,yuqorida keltirilgan fikrlarni ham
albatta uqtirish lozim. Eng avvalo ularga she‘riy misralarni yod oldirish va kattalar
davrasida o‘tirganda odob saqlash kerakligi, sustlashganda esa mahmadona
bo‘lmaslik lozimligini uqtirish darkor.
Boshlan`g`ich sinflarda bunday tarixiy asarlarni o`rganish orqali o`quvchilarda
halollik, poklik, to`g`ri so`zlilik kabi insoniy failatlarning qadr-qimmati va nechog`lik
muhim hislatlar ekanligini yana bir bor eslatib o`tish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |