BOLALARDA KONSTRUKTIV BILIM BERISHDA
FAZOVIY TASAVVURNI RIVOJLANTIRISHGA OID
XULOSA VA TAVSIYALAR
Xolto‟rayeva Sabina Xo‟shmurod qizi
TermizDU magistri
―2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi‖da xalqimiz hayot darajasini
yuksaltirishning aniq mexanizmlari belgilab berilganligi to‘g‘risida fikrlarini bildirib,
ushbu strategiyaning nafaqat xalqimiz, balki dunyo jamoatchiligi e‘tiborini o‘ziga
jalb etgan muhim hujjatga aylanganligini alohida ta‘kidla, o‘tamiz.
Matematik
tushunchalarni
rivojlantirish
muammosi
psixologik
nuqtai nazardan quyidagi masalalarni o'z ichiga oladi:
1) tushunchaning tuzilishi va shaklining paydo bo'lishi;
2)
tushunchalarni
shakllantirish
uchun
aqliy
harakatlar
va
aqliy
faoliyat yo'llarini, usullarini rivojlantirish.
Ushbu masalani yechishda psixologlarning birlamchiligi shundaki, bolada
matematik tushunchalarni shakllantirish maxsus psixologik qonuniyatlar asosida
amalga oshiriladi. Ammo matematik tushunchalar inson bilan birga tug'ilmaydi.
Bolalarda shu xususiyatlarni tarbiyalashda maktabgacha ta'lim katta ahamiyat kasb
etishi kerak.
MASHG‘ULOT MAZUSI: Geometrik figuralarni farqlashga o‘rgatish.
1.Geometrik figura: To‘g‘ri to‘rt burchak bilan tanishtirish. Kvadrat bilan to‘g‘ri
to‘rtburchakni farqlash.
2.K a t t a l i k. Predmetlarni ularning o‘lchami kichiklashish va kattalashish
tartibida qo‘ya bilishni mustahkamlash.
MASHG‘ULOT MAZMUNI:
Bolalarni to‘rtburchak bilan tanishtirish, to‘rtburchak va to‘g‘ri to‘rtburchak
shaklidagi figuralarni farqlashga o‘rgatish, predmetlarni sanash va sanab ajratish
malakalarini mustahkamlab borish; eng katta, kichik, kattaroq, kichikroq; so‘zlarini
215
ishlatib predmetlarni ularning o‘lchami kichiklashish va kattalashish tartibida qo‘ya
bilish ko‘nikmasini mustahkamlash.
Ko‘rgazmali materiallar. Namoyish qiluvchi: paxmoq doska, doira, to‘rtburchak,
to‘g‘ri to‘rtburchak, uch-burchak modeli, har xil rang va o‘lchamdagi to‘rtburchak
va to‘g‘ri to‘rtburchak shakli, uycha, vagon, robot tasvirlangan rasm.
Tarqatma: 2 ta tokcha chizilgan kartochka, katta-kichikligi 3 xil 3 tadan
to‘rtburchak va to‘g‘ri to‘rtburchak modeli solingan konvertlar.
MASHG‘ULOTNING BORISHI:
- Bolalar, bugungi matematika mashg‘ulotimizda 5 ichida sanashni, kvadrat va
to‘g‘ri to‘rtburchakni farqlash, qog‘oz varag‘ida predmetlarning o‘zaro joylashishini
o‘rganamiz.
Men hozir sizga 4 ta jadval ko‘rsataman. Siz har bir rasmdagi figuralarning
nomini aytib, ularning qaerda joylashganligini aytib borasiz. Qani Dilmurod, sen
aytchi 1-jadvalda qaysi figuralar tasvirlangan va qaerga joylashtirilgan?
—
Javob...
Bu savollarni yana bir bolaga berib javob olinadi. Qiynalgan bolalarga javob
namunasini beramiz:
—
2- jadvalda doira, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak figuralari tasvirlangan.
O‘rtada to‘g‘ri to‘rtburchak , yuqorida doira , pastda uchburchak joylashtirilgan.
— Endi bolalar, birma-bir chiqib xonaning ma‘lum joyida turasiz va oldingizda,
orqangizda, chap va o‘ng tomoningizda nimalar borligini aytib berasiz.
—
Qani Eldor stolning oldida turginchi.
—
Aytchi oldingda, orqangda, chap va o‘ng tomoningda nimalar bor?
—
Javob.
Bolalardan bu savollarga har xil holatda turganlarida javob olinadi.
Ya k u n l a sh: - Bolalar, bugungi mashg‘ulotimizda nimalarni o‘rgandik?
—
Javob.
—
To‘g‘ri, bugungi mashg‘ulotimizda 5 ichida sanashni, kvadrat va to‘g‘ri
to‘rtburchakni farqlashni,
QOROZ
varag‘ida predmetlarni o‘zaro joylashtirishni
o‘rganib oldik. Mashg‘ulotimizda hamma faol ishtirok etdi. Keyingi mashg‘ulotlarda
ham shunday ishtirok etishga xarakat qilinglar.
JISMONIY DAQIQA
Bolalarga qo‘llarini yon tomonga ko‘tarib, tarbiyachining 6-7 gacha sanashi
bo‘yicha, cho‘qqayib o‘tirib turish buyuriladi.
―Qancha bo‘lsa shuncha ko‘rsat‖ o‘yinida har bir bolaga 6-7 tagacha o‘yinchoq
rasmi chizilgan 3 tadan kartochka beriladi. Bolalarga kartochkalardagi o‘yinchoqlar
rasmini sanab chiqish va kartochkalarni tartib bilan, ya‘ni chapdan o‘ngga, chapdan 5
ta predmetning rasmi chizilgan kartochka, o‘rtada 6 ta predmetli kartochka, o‘ng
tomonda 7 ta predmetli kartochka qo‘yib chiqishni taklif etadi. Tokchaga 6-7 ta
o‘yinchoq qo‘yiladi va shuncha sonli kartochkada ifodalanadi. Bolalar tokchada
nechta o‘yinchoq bulsa, shuncha rasmli kartochkani qo‘yadilar. Har safar 2-3 ta
bolani chaqirib nima uchun aynan shu kartochkani qo‘yganligi so‘raladi.
Tarbiyachi navbat bilan 5-6 bolani chaqiradi va ularga qaerda turishlarini aytadi.
Salim mening oldimga kel, Karim sen shunday turginki, Salim sening orqangda
bo‘lsin. Vazira Irodaning oldida turadi.
216
Tarbiyachi 5-6 ta bolani chaqirib kim oldinda va ketida turganligini aytib
berishni suraydi, keyin u bolalarga o‘ngga yo chapga burilishlarini so‘raydi va yana
ular nima ish qilganlarini bolalardan so‘raydi.
Ya k u n l a sh: O‘tilgan mavzular bolalar ishtirokida umumlashtiriladi.
MASHG‘ULOT MAZUSI: 7 ichida sanashni mustahkamlash
1.Son-sanoq: 7 ichida sanashni mustahkamlash.
2.Geometrik figura: Figuralar haqidagi tushunchani mustahkamlash.
Tevarak-atrof: Figuralarni qog‘oz yuzasida joylashtirish.
MASHG‘ULOT MAZMUNI:
6 va 7 sonlarining hosil bo‘lishi hamda 7 ichidagi predmetlarni sanay bilish
ko‘nikmasini mustahkamlash; sonli kartochka bilan ishlashni davom ettirish.
Naqshda joylashgan figuralarni izchillik bilan ko‘rib chiqishni, figuralar nomini
xamda ularning o‘rtada, yukorida, pastda, o‘ngda, chapda joylashishini to‘g‘ri ayta
bilish ko‘nikmasini mustahkamlash. Figuralarning joylashish o‘rnini eslab qolishni
mashq qilish.
Ko‘rgazmali materiallar. Namoyish Q i l u v ch i: o‘yinlar va tipratikonlar rasmi
tasvirlangan surat (7 tadan), 2 ta yashikcha, 7 ta o‘yinchoq, sonli kartochkalar,
Tarqatma: Har bir bolada 5 tadan 7 tagacha o‘yinchoq rasmi chizilgan 3 tadan
kartochka va sonli kartochkalar (5, 6, 7 talik), 2 ta tokchasi bo‘sh kartochka, archa va
qo‘ziqorinlar
solingan
patnis
(7
tagacha
predmet
bo‘lishi
kerak).
MASHG‘ULOTNING BORISHI
Tarbiyachi yashikchadan 2 gruh predmetlarning bir-biridai ma‘lum masofada
bir qator qilib joylashtirishgan rasmlarini ko‘rsatadi.
Rasmda quyonlar, tipratikonlar tasvirlangan.
—
Bolalar, bugungi matematika mashg‘ulotimizda 6 tagacha sanashni
o‘rganasizlar hamda qiziqarli o‘yin o‘ynaymiz. Paxmoq doskadagi rasmlarda nimalar
bor.
—
Quyonlar va tipratikonlar bor.
—
Tug‘ri, bolalar, ularning soni bir-biriga tengmi? Qani kim tekshirib
ko‘rmoqchi. Tolib sen sanab ko‘r-chi? Quyonlar ham 5 ta, tipratikonlar ham 5 ta, yani
217
ular teng. Tug‘ri, endi sen ularning soniga mos sonli kartochka qo‘y. Tarbiyachi yana
1 ta quyon qo‘yadi.— quyonlar nechta bo‘ldi ? Nargiza, sen javob ber-chi?
—
Quyonlar 6 ta bo‘ldi .
—
Do'stlaringiz bilan baham: |