Бошланғич таълим кафедраси



Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/282
Sana22.02.2022
Hajmi7,03 Mb.
#94274
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   282
Bog'liq
6-MAQOLA BOSHLANG'ICH ТЎПЛАМ 22.05.2020

Фойдаланилган адабиѐтлар 
1. Мухамедов У., Усмонбоева М., Рустамов С. Таълимни ташкил этишда 
замонавий интерфаол методлар. Тошкент: 2016; 
2. Ўзбек адабиѐти тарихи. Беш жилдлик. 1-жилд. Тошкент:: Фан, И 977 
67
Каримов И.А. Ватан ва халқ мангу қолади. – Тошкент: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон 
Миллий Кутубхонаси нашриѐти, 2010. – Б. 136


386 
3. Навоий Алишер. Фарҳод ва Ширин. Мукаммал асарлар тўплами.
20 жилдлик. – Т.: Фан, 1991, 8-жилд; 
4. Қаюмов А. ―Садди Искандарий‖. - Т.: Адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1975; 
5. Қодирий А. Ўткан кунлар. Тошкент: Ғ. Ғулом номидаги Адабиѐт ва 
санъат нашриѐти, 1991; 
6. Д.Зоҳидова, Д.Юсупова, М.Ражабова, У.Расулова, М.Юлдашева. Ўзбек 
адабиѐтида аѐл тимсолининг ѐритилиши. Ўқув-лойиҳа иши. Тошкент. 2017. 
 
QIYOSIY-TIPOLOGIK TILSHUNOSLIK HAQIDA 
 
Nuradilova Aselxan Dilshodxuja qizi 
A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o
„zbek tili
va adabiyot universiteti 1-kurs magistranti
 
Jamiyatda yashovchi har bir insonning yaratuvchanlik va bilishga yo‗naltirilgan 
faoliyati o‗zaro muloqotga kirishuvini taqozo etadi. Bunday muloqotning asosiy
vazifasi shaxslararo murakkab va ularning har tomonlama ijtimoiy munosabatlariga 
mos keladigan, mazmunli va tezkor aloqa o‗rnatishdir. Insoniyat taraqqiyoti tarixi 
ham muloqot jarayonida ro‗y beradi va yaratiladi. Bu o‗rinda ijtimoiy taraqqiyotning 
belgilovchi omili sifatida o‗zaro munosabatlarining roli tobora oshib borishi
kuzatiladi. Ana shujihatdan tilning eng muhim aloqa vositasi sifatidagi
kommunikativ qudrati, rivojlanish darajasi ko‗zga yaqqol tashlanadi. Boshqa 
tomondan olib qaralganda, insoniyat taraqqiyotida til voqelikni bilishning, ijtimoiy 
borliqni idrok etishning ham muhim vositasi bo‗lib xizmat qilgan. Natijada insonning 
kommunikativ va bilishga oid faoliyatida yagona bir vosita – tildan foydalanish
umumbashariy taraqqiyotning muvaffaqiyatini ta‘minladi.
Qiyosiy-tipologik tilshunoslik XIX asr boshlarida nemis olimlaridan F.Bopp, 
Y.Grimm, V.Humboldt, A.F.Pott, rus olimi A.X.Vostokov va boshqalarning 
tadqiqotlari natijasi o‗laroq dunyoga kelgan. XVIII asr boshlarida faoliyat yuritgan 
golland lingvisti L.T. Kate ishlarida Y. Grimmning ―Nemis tili grammatikasi‖ 
dunyo yuzini ko‗rishidan 100 yil burun got, nemis, golland va island tillari 
grammatik strukturalarining qiyosiy tahlili amalga oshirilgan edi. 
Turkiy tillar tasnifini yaratish ko`p vaqtlardan beri davom etib kelgan. Bunga 
tilshunos olimlar mehnati singan. Lekin shunday bo`lsada, ishlab chiqilgan tasniflar 
orasida N.A.Baskakovniki har tomonlama pishiq ishlaganligi, mukammalligi bilan 
ajralib turadi. 
Bizning ona tilimiz bo`lgan o`zbek tili ham kelib chiqishiga ko`ra turkiy tillar 
oilasiga mansubdir. Shunday bo`lsada, uning o`ziga xos boshqa turkiy tillardan farkli 
tomoni bu uning singormanizm hodisasidan uzoqlashgani, ya`ni arab va fors tillari 
ta`sirining o`zbek tiliga bo`lgan munosabatlari bu tilning boshqa turkiy tillar orasida 
alohidaligini belgilaydi. O`zbek tili N.A.Baskakov tasnifida g`arbiy-xun tarmog`ining 
qarluq tillar guruhini qarluq-xorazm guruhiga kiritilgan. 
Shunday qilib, turkiy tillar, ularning har birining xususiyatlari, ular orasidagi 
farklar o`xshashliklar va boshqa belgilari asosida bu turkum tillar ma`lum bir qolipga 
tushurilgan, ya`ni tasnif qilingan. Bu shuni Maxmud Qoshg`ariy boshlab bergan 


387 
bo`lsada, V.Radlov birinchi bo`lib ilmiy tarzda asoslangan. Muvoffaqiyat esa, 
N.Baskakovning mehnatlari evaziga unga nasib qilgan. 
Shuningdek, S.Ivanov, N.Katanov, A. Kononov, V. Radlov, N. Baskakov, E. 
Umarov, E. Fozilov va boshqa tilshunos olimlarning turkiy tillar fonetikasi, 
leksikologiyasi, semasiologiyasi, terminologiyasi, terminografiyasi, grammatikasiga 
doir asarlari nashr qilindi. Ularning barchasi rus tilida ekanligi bois o‗zbek 
o‗quvchilari orasida ommalashmadi. Bugungi kunga kelib turkiy tillarni qiyoslab 
o‗rganishga doir o‗zbek tilida ham qator tadqiqotlar amalga oshirildi. Jumladan, 
professorlar H.Dadaboyev va Z.Xolmonovalarning 2015-yilda «Tafakkur 
bo‗stoni» nashriyoti tomonidan nashr etilgan «Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy 
grammatikasi» o‗quv qo‗llanmasini alohida ko‗rsatish o‗rinli.
Turkiy tillarning fonetikasi, leksikasi, morfologiya va sintaksisi haqidagi 
ma‘lumotlarni o‗z ichiga olgan ushbu o‗quv qo‗llanmada ko‗plab yangi talqinlar, 
o‗quvchini munozaraga chorlovchi ma‘lumotlar o‗z ifodasini topgan. Asar bilan 
tanishib, turkiy tillarning paydo bo‗lishi va shakllanishi, oltoy tillar oilasi, turkiy 
tillarning o‗ziga xosligi, ularning fonetik, leksik va morfologik xususiyatlari xususida 
ma‘lumotga ega bo‗lish, shuningdek, turkiy xalqlar va ularning tillari tasnifi, tarqalish 
hududlari kabi munozarali masalalar haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Bundan 
tashqari, kitobda turkiy tillar dastlabki unsurlarining hozirgi turkiy tillar va 
shevalarda saqlanib qolish darajasi, bu jarayonni yuzaga keltirgan lisoniy va 
nolisoniy omillar xususida ishonarli nazariy ma‘lumotlar keltirilganligi tadqiqotning 
ilmiy-amaliy ahamiyatini oshirgan. 
Tadqiqotda turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasining yaratilishi 
haqidagi mulohazalar bilan bog‗liq eng qadimgi yozma yodgorliklar — so‗g‗d, ko‗k 
turk yozuvlari va ularda bitilgan To‗nyuquq, O‗ngin, Kul Tegin, Bilga xoqon haqida 
ma‘lumot berilgan. O‗rxun-Enasoy yozma yodgorliklari haqidagi bahslarga 
munosabat bildirilgan hamda o‗zbek adabiy tilini davrlashtirish borasidagi fikr-
mulohazalar umumlashtirilgan. 
Shuningdek, hozirgi turkiy tillarning davrlanishi (oltoy davri, xun davri, turk 
davri, yangi turk davri, eng yangi turk davri) va oltoy tillar oilasi, shu oilaga mansub 
tillar o‗xshashligi (olmoshlar misolida), turkiy, mo‗g‗ul, tungus-manchjur guruhiga 
kiruvchi tillarning umumiy fonetik, morfologik, sintaktik, leksik belgilari tegishli 
misollar bilan asoslab berilgan. Turkiy tillarda unlilarning uyg‘unligi, so‗z boshida 
sonor tovushlarning ishlatilmasligi, bir so‗zda undosh tovushlarning yonma-yon 
kelmasligi, o‗zakning mustaqil ma‘no ifodalashi xususidagi mulohazalari ham 
o‗quvchining turkiy tillar tuzilishi hamda qardoshligi bo‗yicha bilim va tasavvurini 
boyitadi. 
Komparativistika (qiyosiy-tipologik tadqiqotlar) tarixida birinchi bo‗lib, 
Mahmud Qoshg‘ariy qardosh tillarni, Alisher Navoiy noqardosh tillarni qiyosiy 
o‗rganishga asos solganliklarini alohida ko‗rsatish maqsadga muvofiq. Qiyosiy va 
chog‘ishtirma tilshunoslik ibtidosini g‘arbiy yevropa olimlariga olib borib taqash 
noto‗g‘ri. Holbuki, bu jarayon yevropada qiyosiy tilshunoslik nomi bilan XIX asrdan 
boshlangani ilm ahliga ma‘lum. Shuningdek, mashhur turkolog, etnograf va 
folklorshunos N. Katanovning «Опыт исследования урянхайского языка с 
указанием главнейших родственних отношений его к другим языкам тюркского 


388 
корня» nomli ilmiy ishida komporotivistikaning turkiy tillar taraqqiyotida tutgan 
o‗rni teran tahlilga tortilgan. 
Barcha agglyutinativ qurilishli tillarda grammatik moslashuv yo‗qligi juda kam 
manbalarda keltirilgan. Bu haqda kengroq to‗xtalib o‗tilganda maqsadga muvofiq 
bo‗lar edi. Masalan, atoqli tilshunos olim V.Arakin bu haqda shunday yozadi: 
«Barcha turkiy tillarda biz aynan bir xil belgilarni ko‗ramiz: fonetik sathdagi asosiy 
belgi singarmonizm; affikslarning bir ma‘noliligi; moslashuvning sintaktik aloqaning 
bir turi sifatida mavjud emasligi; aniqlovchining aniqlanmishdan oldin kelishi; 
ergash gaplar o‗rnida uyushiq bo‗laklarning qo‗llanishi va barqaror umumiylikni ho-
sil qiluvchi boshqa ayrim belgilar». H.Dadaboyev va Z.Xolmonovalarning «Turkiy 
tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi» nomli tadqiqotida turkiy xalqlarning kelib 
chiqishi, tillari, etnografiyasi, tarqalish hududi singari masalalar chuqur yoritilgan.. 
Til taraqqiyotini ilmiy-nazariy tadqiq etishda komparativistik, ya‘ni qiyosiy-
tipologik tadqiq muhim o‘rin tutadi. 

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish