“Бошқарув қарорлари” мавзуси юзасидан кейслар тўплами, амалий топшириқлар, ишланмалар, амалий масалалар ва кейслар


-jadval. Korxonaning asosiy texnik -iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili



Download 0,59 Mb.
bet5/5
Sana09.03.2023
Hajmi0,59 Mb.
#917142
1   2   3   4   5
Bog'liq
Korxonani boshqarish usullari Muhsinov T

3-jadval.
Korxonaning asosiy texnik -iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili



Ko‘rsatkichlar nomi

O`lchov birligi

2020 yil

2021 yil

2021 yilda 2020 yilga nisbatan farki

Mutlok (+;-)

Nisbiy % (marta)

1

Xizmat ko‘rsatishdan tushgan tushum

ming so‘m

126000

162500

36500

13%

2

Xizmatlar tannarxi

ming so‘m

71000

98000

27000

14%

3

Yalpi daromad

ming so‘m

55000

64500

9500

12%

4

Umumxo`jalik faoliyatining moliyaviy natijasi

ming so‘m

34946

38683

3737

11%

5

Ishlovchilarni o‘rtacha yillik ish xaqi fondi

ming so‘m

16400

21250

4850

13%

Jumladan:





A) ishchilar

11750

12250

500

10%

B) xizmatchilar

7000

9000

2000

13%

6

Ishlovchilar o‘rtacha yillik soni shundan:

kishi

25

30

5

12%

A) ishchilar

kishi

20

25

5

13%

B) xizmatchilar

kishi

5

5

0

10%

7

Bir ishlovchining o‘rtacha yillik ish unumi

ming so‘m

5040

5417

377

11%

8

Bir ishchining o‘rtacha yillik ish unumi

ming so‘m

6300

6500

200

10%

9

Asosiy vositalarni o‘rtacha yillik qiymati

ming so‘m

3654

4567

913

12%

10

Aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik qiymati

ming so‘m

138350

172060

33710

12%

11

Soliqlar

ming so‘m

6300

8125

1825

13%

12

Sof foyda

ming so‘m

28646

30558

1912

11%

13

Rentabellik

%

102%

119%

0.17

12%

14

Debitorlik qarzlar

ming so‘m

12350

9560

-2790

8%

15

Kreditorlik qarzlar

ming so‘m

5600

18003

12403

32%



Xulosalar:
Ma’lumki, korxonalarning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan biri ishlab chiqarish hajmidir. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, korxonada ishlab chiqarish hajmi solishtirma baholarda yildan yilga ko‘payib bormoqda. Ya’ni, ya’ni ishlab chiqarish hajmi solishtirma baholarda 2021 yili 2020 yilga nisbatan esa 36500 mln. so‘mga yoki 13 % ga ko‘paydi.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, korxonada ishlab chiqarish hajmi harakatdagi baholarda yildan yilga ko‘payib bormoqda. Ya’ni, ishlab chiqarish hajmi harakatdagi baholarda 2021 yili 2020 yilga nisbatan 33710 mln. so‘mga yoki 12 % ga ko‘paydi.
Ma’lumki, korxonaning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlariga foyda kiradi. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, korxonada balans foyda 2021 yil 2020 yilga nisbatan 11% foizga ko’paydi. Tahlil qilinayotgan yillarda sof foyda ko’payganligini ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni, sof foyda 2021 yili 2020 yilga nisbatan 1912 ming so‘mga ko’paygan.
Tahlil qilinayotgan yillarda korxona mulkidan samarali foydalanilmadi. Kapital rentabelligi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan esa 0,17 punktga ko’paydi. Bu ko’rsatkich ijobiy baholanib, o‘z navbatida korxona boshqaruv va moliyaviy faoliyati to’gri ketayotganini bildiradi.

  • Ikkinchi vazifa bo‘yicha topshiriqni bajarish uchun, 2-jadval ma’lumotlaridan foydalanib, 2021 yildagi har bir iqtisodiy ko‘rsatkichlardan 2020 yildagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar farqi aniqlanib, bo‘sh ustunlar mos holda to‘ldirilib xulosalar berishadi hamda korxonada mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha samarali boshqarish usullari tanlanadi.



4-jadval.
Korxonaning mehnat resurslari samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar taxlili



Ko‘rsatgichlar
nomi

O`lchov birligi

2020 yil

2021 yil

2021 yilda 2020 yilga nisbatan

Farqi (+, -)

Uzgar%

1

2

3

5

6

7

8

1

Ishlab chiqarishdan tushgan tushum

ming so‘m

126000

162500

36500

13%

2

Ishlab chiqarish tannarxi

ming so‘m

71000

98000

27000

14%

3

Yalpi daromad

ming so‘m

55000

64500

9500

12%

4

Sof foyda

ming so‘m

28646

30558

1912

11%

5

Ishlovchilarning ro’yhatdagi o‘rtacha yillik soni

kishi

25

30

5

12%

6

Mehnat potensialini natijaviyligi, ya’ni mehnat unumdorligi, (1q /5q)

ming so‘m

5040

5417

377

11%

7

Mehnat potensialini daromadliligi, ( 3q / 5q )

ming so‘m

2200

2150

-50

10%



Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, korxonada ishlab chiqarish va sotish xarajatlari 2021 yil 2020 yilga nisbatan 36,5 mln. so‘mga ko‘paydi. Uning ko‘payishi birinchi navbatda Ishlab chiqarish tannarxi ko‘payishiga ta’sir qildi.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqarish tannarxi tahlil qilinayotgan yillarda 27 mln. so‘mga ko‘paydi. Ishlab chiqarish tannarxi tarkibida moddiy xarajatlardan o‘tgan yilga nisbatan samarali foydalanilgan.
Korxonada yalpi daromad o‘tgan yilga nisbat 9,5 mln. so‘mga ko‘paygan bo‘lsa, ularning solishtirma vazni esa 14% punktga ko‘paydi, shuningdek, korxonada ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq boshqa xarajatlar o‘tgan yilga nisbatan 9,13 mln. so‘mga ko‘paydi, uning solishtirma vazni o‘tgan yilga nisbatan 12% ga oshdi.
Korxonada ish xaqi fondidan samarali foydalanganligini ko‘rishimiz mumkin, ya’ni ushbu xarajatlar o‘tgan yilga nisbatan 5 mln. so‘mga ko‘paygan bo‘lsada, ularning solishtirma vazni 10% ga ko’paydi. Davr xarajatlari tarkibida ma`muriy xarajatlarning o‘tgan yilga nisbatan deyarli o‘zgarmaganligini ko‘rishimiz mumkin, ya’ni ushbu xarajatlar o‘tgan yilga nisbatan qariyib 8,04 mln. so‘mga ko‘paydi.
Korxonada sotish xarajatlarining juda katta hajmda ko‘payganligi ko‘rishimiz mumkin. ya’ni, ularning hajmi 2020 yilga nisbatan 365,78 mln. so‘mga, ularning solishtirma vazni esa 13%ga ko‘paydi.
Korxonada mahsulot tannarxi kamaytirish uchun birinchi navbatda ma`muriy xarajatlarni, moddiy xarajatlarni kamaytirish lozim. Bundan tashqari moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlarni ko‘payishi salbiy holatdir.
Uchinchi vazifa bo‘yicha topshiriqni bajarish uchun korxonona boshqarish usullarini o`rganib chiqib, korxonaga mos boshqaruv usulni tanlash shart.
Boshqarishning iqtisodiy usullari - iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Har qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlarda namoyon bo`ladi. Manfaatlar uch xil bo`ladi:
- umumjamiyat manfaatlari;
- jamoa manfaatlari;
- shaxsiy manfaatlar.
Umumjamiyat manfaatlarini ro`yobga chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga e`tibor beriladi:
- korxonalar va xo`jaliklarga faoliyat yuritishlarida erkinlik va mustaqillik berish;
- xo`jaliklarni pirovard natijalarga binoan moddiy rag`batlantirish, soliq imtiyozlarini berish;
- moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirish;
- baxo, foyda, soliq, rentabellik, raqobat va h.k.
Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishga imkon beruvchi xo`jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir.
Boshqariluvchi ob`ektga iqtisodiy usullar orqali ko`rsatiladigan ta`sir korxonalarni:
- jiddiy rejalar qabul qilishga;
- mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga;
- yangi texnologiyalarni joriy qilishga;
- mehnat unumdorligini oshirishga;
- raqobatbardosh mahsulotldarni ishlab chiqarishga rag`batlantiruvchi va da`vat etuvchi bo`lishi kerak.
Boshqaruvning iqtisodiy usullari jumlasiga:
- kredit va foiz stavkalari;
- soliq va soliq yuki;
- boj to`lovlari;
- subsidiya va sanatsiya;
- litsenziya;
- transfert to`lovlari;
- narx-navo va h.kh kiradi.
Tashkiliy-ma`muriy usullar - boshqarish usullari tizimida alohida o`rin tutadi. Bu usullarga:

  • boshqarish apparatining muayyan strukturasini tuzish;

  • har bir boshqaruv bo`g`inining funksiyalarini belgilash;

  • kadrlarni to`g`ri tanlash;

  • bo‘yruqlar, farmoyishlar va qo`llanmalar chiqarish, ularning bajarilishini nazorat qilish;

  • topshiriqlar va deriktiv ko`rsatmalarni bajarmayotgan bo`linma va shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qo`llash kiradi.

Tashkiliy-ma`muriy usullar yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlarning bo`ysunishiga asoslanadi. Tashkiliy usullar boshqarish tizimida ichki ongli aloqalarning tarkib topishiga yordam beradi. Boshqarish funksiyalari bajarilishining:

  • tashkiliy barqarorligini;

  • intizomliligini;

  • muvofiqliligini;

  • uzluksizligini ta`minlaydi.

Ma`muriy usullardan:
- iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish;
- atrof-muhitni muhofaza qilish;
- xavfli texnologiyalardan foydalanish,zararli ishlab chiqarish chiqitlarini chiqarib tashlashni taqiqlash;
- odamlar sog`lig`iga zararli mahsulotlarni reklama qilishni taqiqlash kabi sohalarda faol foydalaniladi.
Boshqarishning tashkiliy-ma`muriy usullari ikki shaklda:
- tashkiliy ta`sir ko`rsatish usullari;
- farmoyish berish usullari shaklida namoyon bo`ladi.
Tashkiliy ta`sir ko`rsatish turli tashkiliy choralarni, ya`ni:
- ishlab chiqarish va boshqarishning tashkiliy strukturalarini belgilash;
- ichki tartib-qoidalarni o`rnatish;
- boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlar o`rtasida optimallik va oqilona nisbatni o`rnatish kabilarni o`z ichiga oladi.
Farmoyish berish yo`li bilan ta`sir ko`rsatish barcha boshqarish bo`limlari va organlarining ishlashini joriy ta`minlab turishdan iborat bo`lib, bunga e`lon qilinadigan yozma yoki og`zaki ko`rsatmalar berish, yozma shakilda nashr etilgan yoki og`zaki buyruqlar fondsi bilan erishiladi.
Ijtimoiy-psixologik usullarning asosiy maqsadi jamoalarda sog‗lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratishdir. Bu usul ijtimoiy-ma`naviy vaziyatga ta`sir etish yo‗li bilan kishilarning fe`l-atvori, ruhiyatini hisobga olib ularning ijtimoiy talablarini qondirish orqali boshqarishni bildiradi. Sotsial-ruhiy usullar bu ishlab chiqarish jamoalarini, ulardagi ―psixologik vaziyatni‖, har bir xodimning shaxsiy xususiyatlarini o‗rganishga asoslangan usullardir. Boshqarish usullarining bu guruhi jamoaning shakillanish va yuksalish jarayoniga, kishilarning ongiga, ma`naviy manfaatlariga jamiyat manfaatlarini hisobga olgan xolda ta`sir qiluvchi fondlar majmuidir.
Sotsial-ruhiy metodlardan samarali foydalanish uchun boshqarish ob`ektining holati to’g’risida keng axborotga ega bo’lish kerak.
Sotsial tadqiqotlar xilma-xil axborotlar olish imkonini beradi:
- jamoa a`zolarining mehnatga va rahbarlarga munosabati;
- boshqarish usullarining bir-biri bilan o’zaro munosabati;
- jamoaning ehtiyojlari va qiziqishlari;
- xodimlar shaxsiyati;
- xodimlar qo’nimsizligi sabablari;
- xodimlarning ishlab chiqarishdagi faolligi;
- jamoa a`zolarining ma`naviy va jismoniy ravnaqi;
- ehtiyojlarning qondirilish darajasi vah.k.
Asosiy adabiyotlar
1. Zaynutdinov SH.N. “Menejment asoslari”.- Toshkent, 2014
2. Nurinbetov R.I “Menejment” amaliy mashqlar,o‘quv qullanma.-T.: Musiqa, 2007
3.Karimova O.U. Menejmentasoslari, o‘quv qullanma.-T.: O‘zbekiston,2010.
4. Qosimova D.S., “Menejment nazariyasi”. Darslik.-T.: Tafakkur-Bo‘stoni, 2011.
Internet saytlari
1. www.ziyonet.uz
2. www.lex.uz
3. www.gov.uz
4. www.davarx.uz.
5. www.stat.uz
Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish