Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/129
Sana21.03.2022
Hajmi1,69 Mb.
#505288
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   129
Bog'liq
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)tl

Ishqib
– ishqilib.
2
Guzarchilar
– o‘tkinchilar.
3
Jo‘n
– to‘g‘ri, jo‘n.
4
Buzarchi
– buzuvchi.
5
Qo‘qim
о
q
– iflоslanmоq, tartibsizlik.
6
Mursak
– yеngsiz paxtali kamzul.


143
Salloh
1
sotib kalla-pocha,
Qassobga tovun
2
bozori,
Qalpoq bozori qaysidi(r)?
Chetda turgan qo‘y bozori,
Yilqi bozor, toy bozori,
Qurt bilan, sarimoy bozori,
Qog‘ozdagi choy bozori,
Qalpoq bozori qaysidi(r)?
Bo‘z bilan alak
3
bozori,
Attorda elak bozori,
Rang, bo‘yov, lok bozori,
Paranji, jelak
4
bozori,
Qalpoq bozori qaysidi(r)?
Bug‘doy ham arpa bozori,
Paxtali ko‘rpa bozori,
Qo‘y teri surpa bozori,
Sersavdo turpa
5
bozori
Qalpoq bozori qaysidi(r)?
Echki ham uloq bozori,
Telpak ham tumoq
6
bozori,
Kavob, qovurdoq bozori,
Nasya emas, naq bozori,
Qalpoq bozori qaysidi(r)?
Ravshanbek «qalpoq bozori qayerda», – deb ba qirib 
borayotir edi. Shu yerda bir nashavand turib edi, kay-
1
Sall
о
h
– qassоb.
2
T
о
vun
tеgishli, qarashli, tоbе.
3
Alak
– bo‘zning turi, оlacha. 
4
J
е
lak
– ayollarning yеnglari bir-biriga chatilgan yopin chig‘i. 
5
Turpa
– turfa, har xil. 
6
Tum
о
q
– bo‘yinni ham bеrkitadigan tеlpak. Ko‘prоq tulki 
tеrisidan tikiladi.


144
fi uchib ketdi. Ravshanbekka qarab aytdi: «Ey o‘zbek! 
Muncha baqira san, kayf degan narsadan qolmadi-ku! Sen 
o‘zing burun ham hech bozorga boribmiding, ilgari bozor-
ni ko‘ribmiding? Anov changib yotgan un bozori, narigi 
qo‘qib yotgan jun bozori, hu anav, katta do‘kon – to‘n bo-
zori, narigi turgan – pichoq bozori bilan qin bozori, undan 
o‘tding – qalpoq bozori-da, yurtni buzding-ku?!» – deyotir.
Ravshanxon bozorni oralab o‘tdi, qalpoq bozoriga yet-
di. Qarasa, qirq zinalik ko‘shkning ustida Zulxumoroyim 
kaniz lari bilan qalpoq sotib turibdi. Zulxumor betidan niqo-
bini olib, ko‘p kaniz lar o‘rtaga olib turibdi. Ravshanbek 
Zulxumorning jamolini, navdaraxt
1
kamolini ko‘rib, tomo-
sha qildi. Ravshanbek qarasa, Zulxumorning kamoli, oy-
day jamoli, oq yuzida xoli, yangi to‘lgan oyda y ikki qoshi 
hiloli. Ravshanbek zehnini qo‘yib qarasa, yasangan hurday, 
tishlari durday, ko‘zlari yulduzday, qoshlari qunduzday, 
lablari qirmizday, og‘izlari o‘ymoqday, lablari qaymoq-
day, ikki yuzi oyda y, tarlon-qarchig‘ay uchadigan qushday, 
muhrlangan qog‘ozday yalt-yult etib o‘tiribdi. Zulxumor-
oyning bu yog‘ida to‘qson besh, bu yog‘ida to‘qson besh – 
o‘n kam ikki yuz ko kili bor, bir yog‘ini tilla suvga botirgan, 
bir yog‘ini kumush suv ga botirgan, tong shamolida qotir-
gan. Jamoli chillaning qoriday tingjirab
2
, yaltirab o‘tirgan.
Ana Zulxumorning ko‘zi javdirab, zulfi shovdirab, zulfi -
ning shu’lasi yuziga ursa, yarq-yurq etib, betining shu’lasi 
zulfi ga ursa, yashin tushganday bo‘lib o‘tiribdi. Ravshan-
bek qarasa, musicha, so‘pito‘rg‘ay, g‘azalay, simcha qush-
lar Zulxumorning jamoli jilvasiga chidamay, baland qu-
yilib kelib, egniga, kiptiga
3
tegib-tegib, uchib borayotipti. 
Ravshanbek Zulxumorni bu sha’n-u shavkatda ko‘rib, yuz 
jon-u dil bilan ishqivoz bo‘lib, yuz jon-u dil bilan xaridor 
bo‘lib, qarab qoldi...
1

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish