Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/129
Sana21.03.2022
Hajmi1,69 Mb.
#505288
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   129
Bog'liq
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)tl

O‘lmas 
Umarbekov
(1934 –1994)
aniqli o‘zbek yozuvchisi O‘lmas Umarbekov 
1934-yilning 25-yanvarida Toshkent shah-
rida tug‘ilgan. Millatimiz hayotida chuqur iz 
qoldirgan jadid Abdulla Avloniy asos solgan 
40-maktabda o‘qigan. Maktabni oltin medal bi-
lan bitirgan O‘lmas o‘sha vaqtdagi O‘rta Osiyo 
davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)
ning fi lologiya fakultetiga o‘qishga kirgan. 
O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1992), XX asr o‘zbek 
ada biyoti taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shgan adib 
O‘lmas Umarbekov serqirra iste’dod sohibi edi. Talaba-
lik yillarida yoq xabar, maqola, lavha va ocherklar yoz-
gan bo‘lajak adib nafaqat badiiy asarlari, balki ijtimoiy-
siyosiy faoliyati bilan ham xalqimiz hayotida muhim iz 
qoldirgan. Oliy o‘quv yurtini tugatmay turib, 1956-yil-
da Respublika radiosida muharrir sifatida ish boshlagan 
O‘. Umarbe
kov 1971-yilgacha bosh muharrir lavozimiga-
cha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. 1971–1974-yillarda O‘z-
be kiston kompartiyasi Markaziy qo‘mitasida sektor mu-


81
diri, 1974–1981-yillarda «O‘z bekfi lm» kinostudiyasi di-
rek tori, 1982–1986-yillarda Madaniyat vazirining birinchi 
o‘rinbosari, 1987–1989-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar 
uyush masi raisi, 1989–1991-yillarda Respublika Bosh va-
ziri ning o‘rinbosari kabi o‘ta mas’ul lavo zimlarda mehnat 
qildi.
Taniqli yozuvchi, davlat va jamoat arbobi O‘lmas 
Umar bekov uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng 
1994-yilning 10-noyabrida vafot etdi.
O‘lmas Umarbekov badiiy ijodni hikoyachilikdan 
boshla gan. Yosh yozuvchining «Xatingni kutaman» (1956) 
nomli birinchi asariyoq «Yilning eng yaxshi hikoyasi» 
deb tan olinib, maxsus mukofot bilan siylandi. «Hikoya-
lar» (1959), «Qishlog‘imiz kishilari» (1960), «Yulduzlar» 
(1962), «Charos» (1962), «Bolgar qo‘shiqlari» (1966), 
«Ko‘prik» (1968), «Oltin yaproqlar» (1970), «Qiyomat 
qarz» (1976), «Yer yonganda» (1993) singari o‘ndan ortiq 
to‘plamda uning yuz lab hikoyalari bosildi. 
O‘. Umarbekov insonni anglashga, uning ruhiy dunyosi-
ga kirishga va odamning o‘y-tuyg‘ularini ichdan turib tas-
virlashga intilgani bois uning hikoyalarida samimiyat kuch-
li. U odam, uning o‘ylari, kechinmalari, orzu va armonlari 
ha qida qalam suradi. O‘lmas Umarbekov hikoyalarining 
qahramonlari − oddiy odamlar. Hikoyalarda yozuvchi ning 
sinchkov nigohi, tasvirlana yotgan narsa-yu hodisalarni 
miridan sirigacha bilishi, kerakli bayon maromi va ifoda 
ohangini yanglishmay topa olishi sezilib turadi. 
O‘lmas Umarbekov mohir qissanavis sifatida ham 
e’tibor qozongan. Adibning: «Sevgim, sevgilim» (1963), 
«Kimning tashvishi yo‘q» (1965), «Urush farzandi» 
(1972), «Damir Usmonovning ikki bahori» (1978), «Cho‘li 
Iroq» (1971), «Yoz yomg‘iri» (1973), «Oq qaldirg‘och» 
(1974) kabi qissalari milliy nasr rivojida salmoqli o‘rin tut-
gan asarlardir. 


82
Adibning «Sevgim, sevgilim» qissasi ko‘p bahslarga 
sabab bo‘lgan. Adolatsiz tuzum mamlakatning eng chek-
kasida yashayotgan siyosatdan yiroq oddiy kishilar taqdiri-
da ham fojiali iz qoldirishi mumkinligi asarda ta’sirli aks 
ettiriladi. Siyosiy vaziyat qanday bo‘lsa-da, odam inson-
larga bo‘lgan ishon chini yo‘qotmasligi lozimligi, olomon-
ning qutqusiga uchgan, odamga emas, to‘daga xos tarzda 
o‘ylay boshlagan kishi o‘ziga ham, o‘zgalarga ham falokat-
lar yog‘dirishi qissada ta’sirchan aks ettirilgan. Shu asar-
dan boshlab milliy adabiyo timizga fojia tasviri qayta kirib 
keldi. 
O‘lmas Umarbekov qissa janrining yangi qirralarini 
kashf etdi. Jumladan, o‘sha paytga qadar o‘zbek adabiyo-
tida deyarli qo‘l urilmagan detektiv yo‘nalishidagi «Yoz 
yomg‘iri» qissasi sujet to‘qimasining murakkabligi, vo-
qealar ta’sirining favqulodda keskinligi, ifoda maromi-
ning shiddatkorligi bilan e’tiborni tortadi. Yoshgina go‘zal 
ayolning sirli o‘limi sabab larini ochish, fojia manbalarini 
o‘rganish, qotillarni aniq lash barobarida asar qahramonlari-
ning ma’naviy qiyofa lari oydinlasha boradi. 
Adibning «Urush farzandi» qissasi ham voqealar rivoji-
ning sirliligi, personajlar xatti-harakatlarining kutilmaganli-
gi, ayni vaqtda, chuqur hayotiy asoslarga egaligi, tasvirning 
samimiyligi bilan e’tibor tortadi. 
O‘lmas Umarbekov «Odam bo‘lish qiyin» hamda «Foti-
ma va Zuhra» nomli ikki roman ham yaratgan. «Odam 
bo‘lish qiyin» romanida Gulchehra va Abdulla singari yosh -
larning tuyg‘ulari dastlab g‘uborsizligi bilan kishini rom 
etadi. Ammo hayot shu qadar murakkabki, bir qarashda 
g‘uborsizday tuyulgan tuyg‘ularni namoyon etgan odam-
lar tabiati zamirida no poklik dog‘lari yashiringan bo‘ladi. 
Tajri basiz va g‘o‘r ikki yoshning pokiza tuyg‘ulari hayot 
tash vishlariga qorishib qahramonlarni tanazzulga tortib, se-
vishgan qalblarni fojia sari yetaklaydi. Manfaatni insoniy-


83
likdan yuqori qo‘yish odamni ma’naviy qabohat sari yetak-
lashi fojiaviy timsollar misolida yorqin ko‘rsatib beriladi.
Adibning ikkinchi romani «Fotima va Zuhra»da mil-
liy ma’naviyatimizdagi bir kemtiklik sarguzasht yo‘sinida 
aks ettiril adi. Asarda obro‘-e’tiborli, halol o‘qituvchi Abdul-
lajonning oilasi taqdiri misolida ezgulik va yovuzlik 
o‘rtasidagi omonsiz kurash ko‘rsatib beriladi. Erka o‘g‘il 
Hamidulla ning jino yatchilar to‘dasiga qo‘shilib qolishi, 
ko‘knori iste’mol qilishi, qimor o‘yini oqibatida singlisi 
Fotimani boy berishi ketma-ket fojialarga yo‘l ochadi.
«Sud» (1970), «Komissiya» (1971), «Qiyomat qarz» 
(1974), «Shoshma, quyosh» (1978), «Kuzning birin-
chi kuni» (1979), «Arizasiga ko‘ra» (1981), «Oqar suv» 
(1982), «Kurort» (1984), «Yer yonganda» (1993) singari 
asarlari adib O‘lmas Umarbekov ijodining yana bir qirra-
sini namoyon etadi. Shuningdek, O‘. Umarbekov «Sevgi 
afso nasi» (1972), «Changalzor qonuni» (1973), «Ikki sol-
dat haqida qissa» (1973), «Yigit va qiz» (1974), «Yuksak 
qorliklardagi uchrashuv» (1975), «O‘zgalar uchun» (1977) 
va boshqa bir qator kinosenariylari bilan milliy kinomato-
grafi ya taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan ijodkor 
hamdir. Adib kinofi lmlari hamda «Komissiya», «Qiyomat 
qarz», «Kuzning birinchi kuni», «Arizasiga ko‘ra» kabi 
sahna asarlari tomoshabinlar e’tiborini qozondi va bir qator 
chet tillarga tarjima qilinib, jahonga yuz tutdi. 

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish