Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/129
Sana21.03.2022
Hajmi1,69 Mb.
#505288
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   129
Bog'liq
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)tl

х
arob bo‘lgani kabi
Mehrda ham Suhaylga moyillik bor edi.
Maylni qo‘yki, vola-u zor ul,
Jon berib vaslig‘a xaridor ul.
Mayl demaki, u (Suhaylning ishqida) shaydo-yu zor (edi),
Jonini berib (bo‘lsa ham) visoliga 
х
aridor (edi).
Bo‘ylakim hajr qo‘ydi bag‘rig‘a dog‘,
Manzil o‘lmish edi anga ul bog‘.
Lekin judolik (Mehrning) bag‘riga dog‘ qo‘yib,
(Jobirning) bog‘i unga manzil bo‘lib qolgandi.
Bor edi anda guna-guna
1
shajar,
Gul yo‘q edi bag‘ayri nilufar
2
.
Unda, ya’ni bog‘da 
х
ilma-
х
il dara
х
tlar bor edi,
(Ammo) nilufardan bo‘lak gul yo‘q edi.
Nilufarvor
3
so‘gvor
4
erdi.
Nilufar ichra ashkbor
5
erdi.
(Mehr shu) nilufarguldek qayg‘uli edi,
Nilufarlar ichida ko‘zi yoshli edi.
1
Guna-guna
– xilma-xil. 
2
Bag‘ayri nilufar
– nilufardan bоshqa. 
3
Nilufarv
о
r
– nilufardеk. 
4
So‘gv
о
r
– qayg‘uli, hazin. 
5
Ashkb
о
r
– ko‘zyosh to‘kuvchi, yig‘lоvchi. 


189
Ashkidin go‘yiyo berur edi suv,
Oh o‘tidin qururg‘ayib
1
qayg‘u.
Ashki, ya’ni ko‘zyoshi bilan go‘yo (gullarni) sug‘orardi,
Oh o‘ti bilan qayg‘usini quritardi.
Yo‘qki hijron g‘amida zor-u zalil
2
,
Nilufar ichra oqizib edi Nil.
Yo‘q, (uni) ayriliq g‘amida zor-u 
х
or (bo‘ldi demang),
Nilufar(zor) ichida (ko‘zidan) Nil (daryosini) oqizardi
.
Topibon ashki nilufarda mamar
3
,
Yo‘q, ajab bahr ichinda nilufar.
Ashki nilufar(zor)da suv yo‘li – o‘zan topib,
Nilufar(ning) dengiz – suv ichidaligi ajablanarli emas. 
Ko‘ngli gar nilufarg‘a rog‘ib
4
edi,
Mehr ila nilufar munosib edi.
Ko‘ngli agar nilufarlarga moyil bo‘lsa, (buning sababi)
Mehr bilan nilufar (bir-biriga) munosib edi(lar).
Nilufar sori ko‘p qilib ohang,
Kiymakin ham qilib edi ul rang.
Nilufar(gul)ga juda ham bog‘lanib qolganidan
Kiyimlarini (ham) shu (nilufar) rangda qilib olgandi

Nilufargun libos birla sanam,
Tutubon yor hajrida motam.
(Bu) sanam nilufarrang libosi bilan
Yori hajrida motam tutardi.
1
Qururg‘ayib
– qurib. 
2
Zalil
– xоr, tuban.
3
Mamar
– o‘tish jоyi, yo‘l. 
4
R
о
g‘ib
– mоyil. 


190
Motamin zohir aylamakka mafar
1
,
Rang aro so‘gvor nilufar.
(Aslida o‘z) motamini zohir qilish – ko‘rsatish maqsadida
Qayg‘uli nilufar (shu) rangda (bo‘ladi).
Mehrni charx etib asiri fi roq,
Aylar erdi Suhayl otosi yaroq
2
.
Char
х
 – dunyo Mehrni ayriliq asiri etganida,
Suhaylning otasi (to‘y) yarog‘ini – taraddudini ko‘rardi.
Aqd bazmini
3
qilg‘ali obod,
Go‘yiyo bu mahal edi miod
4
.
Nikoh to‘yini qilgani, ya’ni o‘tkazish uchun
Bu vaqtga kelishilgan edi.
Yuklabon necha jung
5
aro amvol,
Anda mavjud har ne qilsa xayol.
(Bir) necha kemaga (bebaho) mollarni yuklatdi,
Unda nimaniki 
х
ayol qilish mumkin bo‘lsa bor edi.
Yer tutub bir hilol ichinda Suhayl,
Mehr aqdig‘a aylamish edi mayl.

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish