Bosh sxemalarning turlari
Bosh sxema deb elektr stansiyasining asosiy jihozlarini bir-biri va stansiyadan ketayotgan elektr liniyalari bilan ulanish tartibiga aytiladi. Bosh sxemalar ikkita katta guruhga bo'linadi: ko'ndalang aloqali sxemalar (shinalar) va blokli sxemalar. Blokli sxemalarda generatorlar bir-birlari bilan yuqori kuchlanish shinalari orqali bog'langan bo'ladi, ba'zi hollarda esa, masalan, generator-transformator-liniya sxemalarida tarmoq orqali bog'langan bo'ladi.
Bosh sxema elektr stansiyasidan uzluksiz quvvat uzatilishini ta'minlab berishi zaiur, ya'ni u ishonchli bo'lishi kerak. Bosh sxemalarga qo'yiladigan ikkinchi muhim talab bu ularning tejamliligi, taqsimlash qurilmasini qurishga va ishlatishga ketadigan sarf harajatlarning kamligi.
Keyingi qo'yiladigan yana bir muhim talab bu asosiy sxemaning manevrga ega bo'lishi, ya'ni uni stansiyani kengayishi, ish sharoitini o'zgarishiga moslay olishi, hamda taqsimlash qurilmalari ta'mirlanganda ulanishlarning normal ishlashlarini ta'minlab bera olishi zarur. Navbatdagi qo'yiladigan talab bu taqsimlash qurilmasiga xizmat ko'rsatish-ning xavfsizligi. Sxema xavfsiz bo'lishi uchun u birinchi navbatda sodda va yaqqol tuzilgan bo'lishi lozim. Bu narsa ishlatuvchilarni xato hatti-harakatlarini oldini oladi.
Sxemalar bir chiziqli yoki uch chiziqli bo'lishi mumkin. Bir chiziqli sxemalarda ulanishlar odatda faqat bitta faza uchun ko'rsatiladi. Ishlatish jarayonida soddalashtirilgan operativ sxema deb ataladigan sxemalar ham keng qo'llaniladi. Bu sxemalarda yaqqollik uchun faqatgina asosiy jihozlar ko'rsatiladi. Uch chiziqli sxemalar uchala faza uchun ikkilamchi zanjirdagi ulanishlar ko'rsatilgan holda tuziladi. Bu sxemalar murakkab bo'lganligi uchun ulardan faqat montaj, tekshirish va alohida fazalarni ta'mirlash paytlaridagina foydalaniladi.
Bosh sxemaning eng sodda turlaridan biri bu bitta seksiyalanmagan shina tizimli sxemadir. Bu sxemaning afzalligi uning soddaligi, ishlatishga qulayligi, yaqqolligi va taqsimlash qurilmasini qurishga ketadigan harajatlarning kamligida. Biroq bunday sxema elektr ta'minotini yetarli darajada ishonchli ta'minlab bera olmaydi. Shinaning shikastlanishi, shina ajratgichlari yoki har qanday uzgichning buzilishi qolgan hamma ulanishlarni uzilib qolishiga olib keladi. Shinalarni ta'mirlashga chiqarish esa barcha iste'molchilarga elektr energiya uzatishni to'xtatishni talab etadi. Uzilishlar hajmini shina tizimini seksiyalash orqali kamaytirish mumkin. Biroq bunda uzilishlar sonini yetarli darajada kamaytirish uchun avariya holatlarida seksiyalar sonini ulanishlar soniga teng qilib olish zarur. Bu esa sxemani tejamliligini kamaytiradi.
Seksiyalangan sxemani arzonlashtirish uchun uzgichlarning bir qismini seksiya ajratgichlari bilan almashtirish mumkin, lekin bu narsa sxemani ishonchliligini sezilarli darajada kamaytirib yuboradi. Shuning uchun bundan faqatgina ta'mirlash juda zarur va javobgarligi yuqori bo'lmagan qurilmalardangina foydalanish mumkin. Bir shina tizimli sxemalarning ishonchliligini oshirish uchun shinalar oxirini bir-biriga ulab halqa sxemasiga keltirish mumkin. Bu sxemaga aylanma ajratgichni qo'shish orqali ulanish uzgichlarini iste'molchilarni uzmasdan ta'mirlash imkonini beradi.
Aylanma ajratgichni qo'shni liniyalar orasiga ham o'rnatish mumkin. Bunda hosil bo'ladigan ko'prik sxemasi ko'proq ta'mirga yaroqli va har qaysi liniya uzgichini ta'mirlash ulanishlarni uzmasdan amalga oshirilishi mumkin. Ko'prik sxemalar sodda, ikki ajratgichli, uch uzgichli, juft ko'prikli sxemalarga bo'linadi. Bu sxemalar yetarli darajada ishonchli va tejamli bo'lib asosan ulanishlar soni kam bo'lgan joylarda keng qo'llaniladi. Halqali sxemalarning tejamliligini oshirish va ularning afzalliklarini saqlab qolish ko'pburchak turidagi sxemalarni paydo bo'lishiga olib keldi. Bu sxemalarning afzalligi ularda uzgichlar soni ulanishlar soniga teng, har qanday og'ir shikastlanishda ham uzilishlar hajmi oz. Kamchiligi: ulanishlarning releli himoyasining murakkabligi, hamda uzgichlarni tez-tez nazorat qilib turish zarurligi. Ko'pburchak sxemalarning eng sodda turlari bu uchburchak va kvadrat sxemalari bo'lib, ular ulanishlar soni kam bo'lgan joylarda ishlatiladi. Yuqorida ko'rib o'tilgan bir shina tizimli sxemani takomillashtirish ishchi shina tizimiga maxsus aylanma shina tizimini qo'shish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda har bir ulanish aylanma shina tizimiga o'zining aylanma ajratgichlari orqali ulanadi. Aylanma shina ishchi shina bilan aylanma uzgichi orqali ulanadi. Bu sxemada aylanma shina tizimidan ulanish uzgichlarini ta'mirlashga chiqarish paytida foydalaniladi.
Sxemaning afzalligi: bar qaysi uzgichni tekshirish ulanishlar ishini to'xtatmasdan amalga oshiriladi.
Kamchiligi: aylanma va seksiya uzgichlarini o'rnatish, ishchi shinani tekshirishni ulanishlarni uzmasdan amalga oshirib bo'lmasligi. Seksiya uzgichining shikastlanishi ikkala seksiyaning ham ulanishlarini uzilishiga olib keladi.
Bir shina tizimga yana bir ishchi shina tizimini qo'shish orqali ham rivojlantirish mumkin. Hosil bo'lgan sxema juft shina tizimli sxema deb aytiladi. Shinalararo uzgich ulanishlarni shinalar orasida ixtiyoriy bo'linishini tashkil qiladi. Seksiya uzgichlarining uzilishlar hajmini (q.t. paytida) kamaytiradi. Bu sxemaning afzalligi bironta seksiyada qisqa tutashuv sodir bo'lsa uning ulanishlarini tezlik bilan shikastlanmagan shina tizimiga ulash mumkin, hamda shinalar va shina ajratgichlarini ta'mirlash yengillashadi. Sxemaning kamchiligi ulanish uzgichlarini ta'mirlash paytida ulovchi simlar o'rnatish uchun iste'molchilarni vaqtinchalik uzib turish kerak bo'ladi. Bu kamchi-likni bu sxemaga yana bir aylanma shina tizimini qo'shish orqali yo'qotish mumkin. hosil bo'lgan sxema aylanma shina tizimli juft shina sxemasi deb aytiladi.
Ko'rib chiqilgan sxemalarning ishonchlilik darajasi yuqori, lekin murakkab bo'lib, ishlatish jarayonida qiyinchiliklar tug'diradi. Shuning uchun ulanishlar soni nisbatan kamroq bo'lgan joylarda «1,5» va «4/3» deb nomlangan sxemalar keng qo'llaniladi.
Elektrostansiya va podstansiyalar elektr ulashlarning bosh sxemasi bir-biri bilan o'zaro ulangan natural ko'rinishdagi asosiy elektr jihozlarini tashkil etadi (G, T, L). Yig'ma shinalar kommutatsion va boshqa birlamchi jihozlar bilan ular orasida natural ko'rinishda bajarilgan barcha ulanishlar majmuyidir. Bosh sxemani tanlash elektrostansiya va podstansiyalar elektr qismini loyhalashda asosiy mezon hisoblanadi, chunki u elementlarning to'liq tarkibini va ular orasidagi bog'lanishni aniqlaydi. Tashlangan bosh sxema elektr ulanishlarning prinsipial sxemasi, montaj va boshqa sxemalar tuzishda boshlang'ich ma'lumot beradi. Bosh sxema chizmada bir chiziqli qilib Davlat andozalari asosida tasvirlanib, barcha qurilmalar uzilgan holatda, ayrim hollarda ishchi holatda chiziladi. Soddalashtirilgan operativ sxema -- ularda faqat asosiy jihozlar. Smena navbatchisi operativ sxemani to'ldirib, agar navbatchilik davomida o'chirgich, ajratgichni holatini (zarur bo'lsa) belgilab qo'yadi.
1-rasm. Bosh sxemaning tuzishdagi strukturaviy sxemasi.
Bosh sxemani tuzishda strukturaviy sxema tuzib unda T, G, taqsimlash qurilmasi funksional qismlari ko'rsatiladi xolos. Chizmada ular to'g'ri burchaklar shaklida ko'rsatiladi. Sxemada kommutatsion jihozlar tok transformatorlar ko'rsatilmaydi (1-rasm,a). Soddalashtirilgan prinsipial sxema kabi ayrim T va U transformatorlarsiz, razryadniklarsiz ko'rsatiladi. To'liq prinsipial sxema 1-rasm, b birlamchi zanjirning barcha jihozlari, R, OD pichoqlari va turlari bilan birgalikda ko'rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |