Bog'liq @uzmedlibuzbosh va boyin sohasi klinik anatomiyasi operativ jarrohligi
Peshona - tepa - ensa sohasi. (regio fronto - parieto - occipitalis) Bu soha kalla gumbazining oldidan to orqa sohasigacha bolgan hududni egallaydi. Sohaning yon chegaralarini yuqori chakka chizigi (linea temporalis superiores) hosil qilib, ulardan pastda chakka sohalari joylashgan.
Peshona - tepa - ensa sohasi bir nechta qavatlardan tashkil topgan. Sohani tashqi tomondan teri qoplagan bolib, peshonadan tashqari barcha qismi sochlar bilan qoplangan. Koplab ter va yog bezlarini saqlaydi. Bu bezlar kalla gumbazi usti mushaklari bilan birikkan. Teri osti yog qavati shunday xususiyatga egaki, unda biriktiruvchi tolali tosiqchalar bosh terisi bilan aponevroz (shlem aponevroz-dubulga) orasida tortilgan bolib, mustahkam uchlikni hosil qiladi va bu gematomalar yoki transsudatning tarqalishiga tosqinlik qiladi. Operaciyalar vaqtida bu mustahkam birikma bosh terisining ajratilishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham bu uchala qavat (teri, teri osti qavati va aponevroz) triada qavat deb ham nomlanadi. Boshning yumshoq toqimalari jarohatlarida ushbu uchala qavat birdan jarohatlanadi, ularni bir - biridan ajratish qiyinligi sababli boshda kesilgan emas, yirtilgan jarohat kelib chiqadi. Biriktiruvchi tolali tosiqchalar oraligida bosh gumbazining yuzaki qon tomirlari joylashgan. Bu tomirlarning adventiciya qavati shu tosiqchalarga birikkan boladi. Shu tufayli jarohatlar vaqtida bu qavat qon tomirlari puchaymaydi. Kesilgan tomir uchlari esa elastiklikni yoqotib tosiqchalar oraligiga yashirinadi. Bu esa qon toxtatuvchi qisqichlarni qoyishni qiyinlashtirib, qon ketayatgan joyni tikishni taqozo qiladi. Bunday qon quyilishlar bosh terisi tagida shishsimon “gudda”ni paydo qilishi mumkin.
Kesmaning chuqurligiga kora jarohatning bir nechta xususiyatlari mavjud. Agar kesma aponevrotik dubulgagacha bolsa, jarohat qirgoqlari tashqariga ochilib qoladi. Jarohat aponevrozdan chuqur ketsa, bu xususiyat yoqoladi.
Kalla gumbazi teri osti klechatkasida koplab qon va limfa tomirlari hamda nervlar joylashgan. Peshona qismida koz arteriyasi (a.ophthalmica) tarmoqlari: galtak usti arteriyasi (a.supratrochlearis) va koz usti arteriyasi (a.supraorbitalis) joylashgan (3-rasm).
Kalla gumbazi sohasida yon tomonlardan chakkaning yuza arteriyasi (a. temporalis superficialis) va quloq chiganogining orqa arteriyasi (a.auricularis posterior) tarmoqlanadi. Orqadan esa ensa arteriyasi (a.occipitalis)tarmoqlanib, uning asosiy poyasi sorgichsimon osimtadan 1,5-2 sm orqadan otadi.