Materiya massaga ega va fazoda joy oluvchi obyektdir. Materiya tushunchasining aniq taʼrifi yoʻq. Baʼzi taʼriflarga koʻra, materiya elementar fermionlardan iborat har qanday narsadir (biroq bunda bir qator muammolar tugʻiladi: elementar fermion boʻlmagan, biroq massaga ega bozonlar mavjud; fermiondan iborat neytrinolarning ayrim tiplari massasiz boʻlishi mumkin). Yorugʻlik (fotonlar) va baʼzi bozonlar materiya, deb qaralmaydi.
Materiya (lot. materia — modda) — borliqning moddiy shaklini ifodalovchi umumiy tushuncha. Olamda "umuman odam" boʻlmaganidek "umuman M." ham boʻlmaydi, balki M.ning aniq, koʻrinishlari uchraydi. Shu tarzda fikr yuritgan faylasuflar barcha moddiy obʼyektlarga xos xususiyatlarni umumlashtirib ifodalash uchun M. tushunchasini qoʻllashgan. M. tushunchasini moddiy olamning substrati (asosi) sifatida Platon va Aristotel ishlab chiqqan, shu bilan birga M. sof potensiya (yashirin imkoniyat) deb tushunilgan. M.ni R. Dekart fazoviy koʻlam va boʻlinadigan moddiy substansiya deb taʼriflagan va u 17— 18-asr materializ-mning asosi boʻlgan. M. dialektik materiayaizmyaint asosiy tushunchasidir. Materialist faylasuflar M. tushunchasini bir yoklama boʻrttirib, borliq tushunchasi bilan aynanlashtirib talqin etishadi. Tabiat, jamiyat va inson ta-fakkurining asosida yotuvchi va ularni umumlashtiruvchi tushuncha substansiya (mohiyat) deb ataladi. Olamning asosida bitta substansiya yotadi deb hisoblovchi oqim monizm, ikkita substansiya yotadi deb hisoblovchi oqim dualizm, koʻp substansiyalar yotadi deb hisoblovchi oqim plyuralizm deb atalgan.
Olamning asosida yotuvchi mohiyatni axtarish tarixi uzok, oʻtmishga borib taqaladi. Qad. Hindiston va Xitoyda, Misr va Bobilda, qad. Oʻrta Osiyo va Yunonistonda faylasuflar olamning asosida qandaydir modda yoki unsur yotadi deb hisoblashgan. Ularning baʼzilari bu unsurni olov, boshqalari — suv yoki havo, ayrimlari — tuproq deb bilishgan. Baʼzi falsafiy taʼlimotlarda esa olamning asosida 4 unsur — olov, havo, suv va tuproq yotadi, barcha narsalar shu 4 ta unsurning birikishidan hosil boʻlgan, deb taʼkidlanadi. Yunon faylasuflari Levkipp, Epikur, Demokrit olamning asosida eng kichik boʻlinmas unsurlar — atomlar yotadi, ular oʻzlarining shakli, harakatlanishi va vaznlari bilan birbiridan farq qiladi, deb hisoblashgan. Shunday qilib, moddiy olamning asosida dastlabki yaratuvchi modda sifatida nima yotishini, yaʼni ilk, azaliy M.ni, M.ning "bobokaloni"ni axtarish vujudga keldi.
20-asr boshlarida markschi faylasuflar M.ga sezgi aʼzolarimizga taʼsir etib, sezgi uygʻotuvchi obʼyektiv reallikdir deb taʼrif berishgan. Bu taʼrif aytilgan davrda M. tuzilishining murakkab shakllari haqidagi tasavvurlar u kadar rivojlanmagan edi. 20-asrning oʻrtalariga kelib, kvant mexanikasi, nisbiylik nazariyasi va re-lyativistik kosmologiya sohalaridagi ilmiy yutuklar kishilarning obʼyektiv olam haqidagi tasavvurlarini tubdan oʻzgartirib yubordi. Natijada tabiat-shunos olimlar sezgilarimizga bevosita taʼsir etishning imkoni boʻlmaydigan realliklar haqida ham tadqiqot olib bora boshladilar.
M. — dunyodagi cheksiz barcha obʼyekt va sistemalar boʻlib, har qanday xususi-yat, aloqa, munosabat va harakat shakllarining substrati (asosi)dir. M. tabiatda bevosita koʻz bilan koʻriladigan obʼyektlar va jismlarnigina emas, balki kuzatish vositalari va eksperi-mentning takomillashishi asosida kelgusida bilinishi mumkin boʻlgan narsalarni ham oʻz ichiga oladi. M. oʻzining xossalari, xususiyatlari orkali namoyon boʻladi. Hozirgi zamon fanlarining xulosalariga koʻra, har qanday jism molekulalardan, molekulalar atomlardan, atomlar proton va neytronlardan tashkil topgan va h.k. Sifat jihatdan M. ikki: moddasimon va nomodda koʻrinishida uchraydi. Moddasimon koʻrinishi modda va antimoddaga ajraladi. Bular bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan boʻlib, ular toʻqnashganda keskin sifat oʻzgarishi roʻy beradi, yaʼni modda nomoddiy koʻrinishga, nomodda esa moddiy koʻrinishga aylanadi. M.ning nomoddiy koʻrinishi ham ikki: maydon va nurlanish shaklida uchraydi. Muayyan maydondagi nurlanishlar fizik vakuumda moddiy zarralarning hosil boʻlishiga imkon beradi. M.ning yuqorida qayd etilgan koʻrinishlaridan boshqacha koʻrinishdagi turlari ham boʻlishi mumkin. Ularning tabiati hali fanga maʼlum emas. M. tuzilish darajalariga koʻra, mikrodunyo, makrodunyo va megadunyoga boʻlinadi. Mikrodunyo — molekuladan kichik zarralar (mas, atom, yadro, elementar zarra va boshqalar). Makrodunyo — molekuladan katta jismlar (mas, qum, tosh, Yer, planeta, Quyosh, hayvon, odam va boshqalar). Megadu-nyo — Yerdan to Koinot miqyosigacha boʻlgan oʻlchovdagi dunyo. Bu uchala dunyo bir-biri bilan bogʻliq, shuningdek, ular bir-biriga almashinishi mumkin.
Har qanday obʼyektning oʻziga xos boʻlgan, uning shunday obʼyekt ekanligini ifodalovchi ajralmas xususiyat (atribut)lari boʻladi. M.ning ham bir qancha atributlari mavjud: harakat, fazo, vaqt, inʼikos, ong va h.k. Bu atributlar birbiri bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, moddiy olamdagi eng umumiy va universal aloqadorliklarni ifodalaydi, M.ni jonlantiradi, namoyon qiladi, shakl beradi, oʻzgartiradi, rivojlantiradi.(djmix) vakum ham materiya kuchga teskari materiya
Falsafa qonunlari
Odamzod qonunlar orqali olamning sir-asrorlarini bilish imqoniyatiga ega bo’ladi. Falsafiy qonunlar dunyodagi o’zgarishlar, paydo bo’lish va yo’qolishlar, rivojlanish va taraqqiyot mexanizmlarini anglab olish imqonini beradi. qonun – muayyan shart-sharoitda voqealar rivojining xususiyati va yo’nalishini belgilaydigan, ma’lum bir qat’iy natijani taqoza etadigan ob’eqtiv dunyodagi narsa va xodisalarning muxim zaruriy, umumiy nisbiy, barqaror munosabatlar ifodasidir.
Falsafada qonun tushunchasi va uning moxiyati. Qonun va qonuniyat.
Tabiat qonunlari yer yuzida inson bo’lmagan davrda xam mavjud bo’lgan. Jamiyat qonunlari esa inson faoliyati natijasida paydo bo’lgan shart – sharoitlar bilan bog’liq ravishda yuzaga kelgan. Jamiat qonunlari kishilarning ijtimoiy munosabatlaridagi eng umumiy, muxim bog’lanishni ko’rsatadi. Yana bir farqi shuki, jamiyat qonunlariga nisbatan tabiat qonunlari asti-sekinlik bilan o’zgarib boradi. Ijtimoiy qonunlar esa ma’lum davr mobaynida amal qilgandan so’ngra, o’z-o’rni yangi qonunlarga bo’shatib beradi, ba’zilari o’z kuchini yuqotadi. Xarakat qilish doirasiga qarab qonunlar: eng umumiy, umumiy va xususiyga bulinadi. Moddalarning saqlanishi va aylanishi qonuni, energiyaning bir turdan ikkinchi turga o’tishi qonuni umumiy qonunlarga, xususiy qonunlarga esa, masalan kulon qonuni kabilar qiradi.
Miqdor va sifat o’zgarishlarining bir-biriga o’tish qonuni.
Miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tish qonuni falsafaning asosiy qonunlaridan biridir. Bu qonunning moxiyati shundan iboratki,narsa va xodisalardagi sezilarli bo’lmagan mikdoriy o’zgarishlar asta sekin to’plana borib, tarakkiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorni buzadi va sakrash yo’li bilan tub sifat o’zgarishlariga olib keladi.
Miqdor va sifat o’zgarishlarining bir-biriga o’tish qonuni.
Miqdor va sifat birlikda, bo’lib, bir-biriga o’tib turadi. Miqdor sifatga va aksincha, ma’lum sharoitda sifat mikdorga o’tadi. Narsa va xodisalarning sifati ob’ektiv bo’lsa-da, nisbiydir, chunki ular o’rtasidagi chegara o’zgaruvchan bo’lib, ularni mutloqlashtirish mumkin emas. Xuddi shuningdek, narsalarni miqdoriy muayyanligi xam o’zgaruvchandir. Modomiki, ob’ektiv olam doimiy xarakatda, o’zgarish va rivojlanishda ekan, narsalarning miqdoriy va sifatiy muayyanligi, ularning xossalari xam o’zgarish va rivojlanishdadir. Miqdor va sifat o’zgarishlarining aniq xolatini bilish fan va ijtimoiy amaliyot uchun muxim axamiyatga ega.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuniga muvofiq xar bir narsa bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan va biri ikkinchisini istisno etuvchi qarama-qarshi tomon va kuchlarga ega bo’lib ular o’rtasidagi kurash natijasida eskining yuqolishi va yangining paydo bo’lishi yuzaga keladi.
Ma’lumki, narsalar turli- tumandir. Xamma tomonlari bilan aynan o’xshash bo’lgan ikki narsaning o’zi yo’k. Narsalarning tafovvut darajasi xam bir xil emas: muxim va nomuxim tafovvutlar mavjud.
Narsa va xodisalardagi tafovvutlar qarama-qarshiliklar asosini tashkil etadi. Qarama-qarshiliklar deb shunga aytiladiki, tabiatdagi narsa va xodisalargada mavjud bo’lgan tomonlar, xossalar va yo’nalishlar bir-birini inkor qiladi, bir vaqtning o’zida bir-birini taqazo xam qiladi. Masalan, magnitdagi shimoliy va janubiy kutblar, elektrning manfiy va musbat zaryadlari, atomdagi tortilish va itarilish, ijtimoiy xayotdagi yovuzlik va ezgulik o’zaro bir-birini inkor etadi va ayni vaqtda biri ikkinchisini taqazo etadi.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurash qonuni bilish jarayonida xam o’z ifodasini topadi. Ma’lumki, bilish jarayoni bir biriga uzviy bog’lik bo’lgan xissiy va ratsional bilishdan iboratdir. Xissiy bilish orkali inson narsa va xodisalarning faqat tashqi tomonlari va xususiyatlari to’g’risida ma’lumot oladi, mavxum tafakkur orqali esa ularning ichki munosabatlarini belgilovchi qonuniyatlarni biladi. Bu yerda xissiy va ratsional bilish bir jarayonning ikki ajralmas, ammo bir biridan farq qiluvchi muxim tomonlaridir.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunining umumiylik xususiyati moddiy dunyodagi xamma narsa va xodisalarga xos ekanligidagina emas, balki ziddiyatlar narsa va xodisalarga, ularning paydo bo’lishidan tortib xalok bo’lishigacha boshidan oxirigacha singib ketgan.
Inkorni inkor qonuni.
Inkorni inkor qonuniga muvofiq ob’ektiv voqelikdagi narsa va xodisalarning rivojlanishi jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilish ro’y beradi. Birok eskilik butunligicha inkor qilinmay, undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi.
Metafizik yo’nalish inkorning ijodiy yaratuvchanlik rolini tan olmaydi. Bundan farqli ularoq, dialektik qarash eski narsani yangi narsa inkor qilishini ta’kidlaydi. Xar bir jarayon inkor qilish jixatiga ega. Ichki zidiyatlar tufayli tarakkiyot jarayonini ertami kechmi eski narsaning yemirilishiga va yangi narsani vujudga kelishiga olib keladi.
Inkorni inkor qonuni.
Eskining o’rniga yangining kelishi uning kundan kunga mustaxkamlanishi, rivojlanishi va ularning ajralmasligi taraqqiyotning boshlanish xususiyatini belgilaydi. Yangi eskining o’rnini egallab borishida eskidan ijobiy, muxim tomonlarini o’zida mujassamlashtirib, yuqorirok sifat xususiyatlariga aylanadi. Eskining o’rniga kelgan Yangi dastlab, imkoniyat ko’rinishida bo’ladi. Bu imkoniyatning voqeylikka aylanishi ma’lum shart-sharoitlardagina amalga oshadi. Ijtimoiy xayotda yangilikning galabaga erishuvini ta’minlashda kishilarning faoliyati zarurdir.
«Bizning tushunchamizda, qotib qolgan eski aqidalardan voz kechish- o’z tarixiy o’tmishimizdan voz kechish degani emas, bu bir yoqlama tor fikrlashdan voz kechish demakdir» deydi I.Karimov.
Do'stlaringiz bilan baham: |