I. Delphi dasturi haqida
Oxirgi vaqtda dasturlashga qiziqish ortib ketdi. Bu axborot texnologiyalarning hayotimizga kirib kelishi bilan bog‘liq. Agar inson kompyuter bilan ishlasa, unda dasturlashtirishga ehtiyoj va xohish paydo bo‘ladi. Hozirgi kunda personal kompyuter uchun Windows operatsion sistemasi juda mashhur. Dastur tuzishda uni yozishda Windows operatsion sistemasi kompyuterlardan foydalaniladi. Texnikaning rivojlanishi kompyuter dasturlarining tez ishlashiga olib keldi. Bularga Borland Delphi va Windows Vizual Basic va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Delphi - dasturiy vostasi: Bu windows uchun mo‘ljallangan dasturlash muxiti bo‘lib, 1995 yilda BORLAND kompaniyasi guruhi dastur tuzuvchilari CHak (Chuck) va Denni (Danny) tomonidan yaratilgan.
Bu til o‘zining keng qamrovli imkoniyatlariga egaligi bilan birga, boshqa dasturlash tillaridan o‘zining ba’zi bir xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Borland Delphi ning paydo bo‘lishi dasturlashni rivojlantirish tarixida yorqin ko‘rinish bo‘ldi. Delphi ning vujudga kelishiga quyidagilar sabab bo‘ldi;
Windows uchun dasturlash va komponentalar texnologiyasi.
Masalalarni echish uchun ob’ektga yo'naltirilgan usul.
Komponentalar texnologiyasiga asoslangan ilovalarni tez yaratishning vizual muhitlari.
Interpritatsiyadan emas, kompilyasiyadan foydalanish. Bu shundan iboratki, interpretator bilan ishlashga qaraganda kompilyator bilan ishlash tezligi o‘n martalab ustunlikka ega bo‘ladi.
Universal usullar yordamida ma’lumotlar bazasi bilan ishlash imkoniyatlarining mavjudligi.
Borland Delphi yuqorida bayon etilgan fikrlarni joriy etish maqsadida yaratilgan. Ammo, uning eng asosiy elementi Paskal tili bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda Delphi tilining bir necha xil variantlari mavjud (Delphi 2, Delphi 3... , Delphi 7 va h.k.).
Delphi dasturlash tili uchun Paskal dasturlash tili asos qilib olingan. Bu ikki tilning qanday o‘xshashlik va farqli tomonlari bor?
Bilamizki, Paskalda biror kattaroq dastur, masalan amaliy dasturlar majmuini tuzmoqchi bo‘lsak, albatta biz modulli dasturlashdan foydalanamiz. YA’ni qo‘yilgan masalani kichikroq bo‘laklarga bo‘lib olamiz va shular bilan ishlaymiz. Natijani olish uchun esa, bu bo‘laklarni birlashtiruvchi bitta asosiy dastur qilinadi. Aynan shu narsa Delphi dasturlash tilining asosi hisoblanadi. Agar biz Delphi da biror forma hosil qilsak, u holda Delphi bizga o‘zi avtomatik tarzda shu formaga mos bo‘lgan modullarni va bu modullarni boshqaruvchi dasturni tuzib beradi. Boshqaruvchi dasturni Delphi da, agar unga o‘zimiz nom bermasak, Project1.dpr deb nomlaydi. Bunda .dpr fayl kengaytmasi. Avtomatik tarzda tashkil qilingan modulga biz nom bermasak, u holda Delphi uni Unit1.pas deb nomlaydi. O‘zimiz esa *.pas kengaytmasini saqlagan holda hohlagan nomimizni berishimiz mumkin.
Delphi - dasturlashtirishda, dasturni tez ishlatishda foydalaniladigan dasturlash tili. Delphi tili Object Pascal tiliga asoslangan dasturlash tili hisoblanadi. Hozirgi kunda Delphi ning yangi loyihasi Borland Delphi 7 dasturchilarga ma’qul tushdi. Borland Delphi bilan katta bazali dasturlarni yaratish mumkin. Bu paketga turli xil ma’lumotlar, XML - hujjatlari, axborotlashtirish sistemalari va boshqalar kiritilgan. Delphi 7 ning asosiy xususiyati NET texnologiyasini qo‘llab quvvatlaydi.
Borland Delphi 7 bilan Windows 98 dan Windows XP gacha ishlash mumkin. Xozirgi zamon talabiga asosan bu dasturlash tili uchun Pentium va Celeron protsessorlari bo‘lishi kerak va ularning chastotasi 400 MGs, operativ xotirasi 128 Mbayt, o‘rnatish uchun diskda 475 Mbayt bo‘sh joy bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |