- Bo’ri totemi turkiy xalqlar og’zaki ijodida urug’ boshi, balo-ofatlardan saqlovchi madadkor kuch sifatida ulug’langan. Masalan, «O’g’uznoma»da bo’ri asar syujetini rivojlantiruvchi asosiy obrazdir. U qabilaga madadkor, g’amxo’r, ularni o’z panohida asrovchi kuch sifatida ko’ringan. Bunday tasvir o’zlarini bo’ridan kelib chiqqan deb hisoblovchi ashin urug’i bilan bog’lanadi. Hozirgacha xalqimiz o’rtasida aytilib kelingan «Cho’loq bo’ri», «Bo’ri qiz», «Bo’ri» kabi afsonalar va ertaklarda ezgulik g’oyalari ifodalangan.
- Totеmizm qadimgi turkiy xalqlar hayotida ham muhim ahamiyat kasb etgan. Totеmizmda ba'zi o’simlik (daraxt) va hayvonlar odamlarning qo’riqlovchisi va tangrilari hisoblangan. Ilmiy adabiyotlar turkiy xalqlarning o’tmishda bo’ri, ayiq, burgut, ilon, daraxt va boshqa totеmlarga e'tiqod qilganliklaridan guvoh bеradi. Vaqt o’tishi bilan totеmizm takomillashib borgan, natijada qator hayvonlardan birining panjasi, ikkinchisining tumshug’i, dumi va oyoqlari kabi a'zolaridan birovi olinib, shakl bеrilgan va shu tariqa timsol bunyod etilib, ular muqaddas va yaratuvchi sifatida e'zozlangan.
- O’z ajdodlarini hayvonlardan kelib chiqqan deb hisoblash yoki pahlavonlarini bolaligida kuchli hayvonlar tarbiyasiga olib, onalik qilishini tasvirlash skiflar mifologiyasiga xos bo’lgan xususiyatlardan hisoblanadi. Bunday mifologik tushuncha qadimshunoslikda skif-hayvonot uslubi deb e’tirof etilgan. Skiflar hayotiga tegishli qadimiy obidalarda ham hayvonlar tasviri kuzatilgan. Turkiy qabila va urug’lar tarixiga nazar tashlanadigan bo’lsa, tibetlar ota-bobolarimiz erkak maymundan va ayol o’rmon ruhidan, mo’g’ullar kulrang bo’ri va bug’udan, tulislar bo’ri va xun amaldorlarining qizidan, ashin urug’i xun shahzodasi va urg’ochi bo’ridan kelib chiqqanmiz, deb aytganlar. Enasoy afsonalarida yosh bolalarga bug’u onalik qilgan.
- BO’RI URUG’LARI AFSONASI.
- G’arbiy dengiz qirg’og’ida yashagan turkiylarning ota-bobolari qo’shni qabilalar tomonidan qirib tashlandi. Faqat o’n yoshli bola yashirinib tirik qoldi. O’sha yerlarda yashaydigan urg’ochi bo’ri unga xotin bo’ldi. Ochlikdan qutqarish, dushmanlardan yashirinish uchun bo’ri o’sha bolani olib Turfon tog’lariga qochib ketdi. Tog’da bir g’or bor edi.
- U yerda urg’ochi bo’ri o’nta bola tug’di. Bolalarning otasi o’sha qutqarilgan turk edi. Bo’ri bolalari Turfondagi ayollarga uylandi. Har bir boladan bir urug’ kelib chiqdi. O’g’illaridan birining ismi Ashin edi. Uning nomi hamma qabila nomini anglatadigan bo’ldi. Ashin boshqa aka-ukalariga qaraganda qobiliyatliroq, ham aqlliroq edi. Shu sababli Ashin yangi qabilaning dohiysi bo’lib qoldi. Urug’ soni asta-sekin bir necha yuz kishiga yetdi. Ashinning merosxo’rlaridan biri, qabila dohiysi Asya shad bo’ri avlodlarini Turfondan Oltoy yerlariga olib keldi. Bo’ri avlodlari bu yerda jujanlarning fuqarosiga aylanib, ularga temir qazib berar edilar. Oltoyda ular turk nomini oldilar.
- Qadimgi totemistik xarakteridagi manbalarning ayrimlarida turklarning bo’riga sig’inganinima’lumotlar berilgan. Bu afsonada , bo’rini o’zining ajdodi deb bilgani haqida hikoya qilinishicha, dushmanlar bilan tengsiz jangda halok bo’lgan turk urug’idan bitta o’g’il bola tirik qoladi. U bola ham qattiq yarador bo’lgan. Bir ona bo’ri uni g’orga olib borib tarbiyalaydi. Ana shu bola voyaga yetgach, undan o’nta o’g’il bola tug’iladi, bular o’nta turk urug’ining asoschilari bo’ladi. Qadimga turk urug’idan bo’lgan Ashina qabilasining bayrog’ida bo’ri kallasining tasviri bo’lgan.
- Кўк турк ҳоқонлиги(552-743 йй)
- O’tmishda juda ko’p urug’-qabilalar bo’rini o’z totеmi – ilk ajdodi dеb hisoblagan. Jumladan, turkiy qavmlarda bo’ri bilan bog’liq ilohiy tushunchalar kеng tarqalgan va u muqaddas hayvon sanalgan. Shu sababdan turkiy xalqlar bo’riga ehtirom yuzasidan o’z yalovlarini oltin boshli bo’ri tasviri bilan bеzaganlar. Bundan tashqari oltindan yasalgan bo’ri kallasi tamg’asi ular bayrog’ida ham o’z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |