Aksariyat iste’molchi mahsulot sotib olgach, xarid chekini
talab qilmaydi: yo unutadi, yoki uni shunchaki keraksiz deb
hisoblaydi. Ayrim sotuvchilar ham chekni taqdim etish haqida
o‘ylamaydi
99
.
Bir qarashda oddiy va arzimasday ko‘ringan bu holat aslida bir
qator muammolarga sabab bo‘lishi hech gap emas. Xususan, xarid
cheklarining talab qilinmasligi yoki taqdim etilmasligi nakd
pullarning bankdan tashqari noqonuniy aylanishi - “yashirin
iqtisodiyot”ga zamin yaratadi. Shunga qaramay, sotuvchi va xaridorni
xarid cheki masalasida birday mas’uliyatli qilishga erishish oson
emas. Bunday vaziyatda eng maqbul tanlov - inson omili ishtirokini
minimal darajagacha kamaytirish imkonini beruvchi raqamli
texnologiyalardir. Onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassa
ana shunday muhim vositalardan biri sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |