Book · October 020 citations reads 1,496 authors: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi bo‘yicha soliq



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/221
Sana12.02.2022
Hajmi3,88 Mb.
#445779
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   221
Bog'liq
Hufena-iktisodiet

Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi bo‘yicha soliq 
to‘lovchilarga soliq siyosatini takomillashtirishning salbiy 
ta’sirini kamaytirish choralari quyidagilar orqali amalga 
oshiriladigan bo‘ldi: 
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini, 
bino va inshootlardan, shu jumladan, ilgari xususiylashtirilgan 
ob’ektlardan samarasiz foydalanayotgan yuridik shaxslar uchun 
yuqori stavkada soliq hisoblash tartibini saqlab qolgan holda 5 
foizdan 2 foizga pasaytirish; 
Yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan 
soliq to‘lovchilar uchun aylanmadan (yalpi tushumdan) soliqni 4 foiz 
miqdordagi bazaviy stavkadan kelib chiqib hisoblash va to‘lash 
tartibini hamda ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash 
imkoniyatini belgilash; 
Yagona yer solig‘i to‘lovchilari uchun amaldagi soliq solish 
tartibini saqlab qolish belgilangan. 
O‘zbekiston Prezidentining soliq siyosatini takomillashtirish 
konsepsiyasi to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq 2019 yil 1 yanvardan 
boshlab Barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‘ining yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etish, 


shundan 0,1 foizini shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya 
hisobvaraqlariga yo‘naltiriladigan bo‘ldi. Bunda fuqarolarning ayrim 
toifalari uchun eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi 
daromadlarini soliq solishdan ozod qilishning amaldagi tartibi saqlab 
qolindi. Fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan 
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan 
sug‘urta badallarini bekor qilindi. Budjet tashkilotlari va davlat 
korxonalari, ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foiz va undan 
ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari 
uchun yagona ijtimoiy to‘lov miqdori 25 foiz etib, qolgan yuridik 
shaxslar uchun 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirilgan stavkada 
belgilanadigan bo‘ldi. 
Mamlakatimizda soliq siyosati doirasida amalga oshirilgan 
islohotlar natijasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga 
murojaatnomasida “Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq 
yuki 1,5 barobar kamaytirildi. Natijada rasmiy 
sektorda 
ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga ko‘paydi. Qo‘shilgan 
qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Buning 
hisobidan o‘tgan yili soliq to‘lovchilar ixtiyorida 2 trillion so‘m qoldi. 
Joriy yilda bu raqam 11 trillion so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Bir 
yilda tadbirkorlar ixtiyorida shuncha mablag‘ qolishi, albatta, ularga 
o‘z bizneslarini rivojlantirish uchun juda katta qo‘shimcha 
imkoniyatlar yaratadi. Islohotlarimiz natijasida o‘tgan yili 93 mingta 
yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘p yangi tadbirkorlik 
sub’ektlari tashkil etildi. Jahon bankining “Biznes yuritish” 
reytingida 7 pog‘ona ko‘tarilib, biznesni ro‘yxatga olish ko‘rsatkichi 
bo‘yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o‘rinni egalladik va eng 
yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldik”
96
,-deb ta’kidlagan. 
Professor T.S. Malikovning fikricha, jahon ilg‘or tajribasining 
ko‘rsatishicha, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatdlarini 
kamaytirish, soliqlarning undiriluv (yig‘iluv)chanligi oshirishning 
muhim yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 
96
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий 
Мажлисга мурожаатномаси. 2020йил 24 январь// Халқ сўзи, 2020 йил 25 январь. 


1.Tadbirkorlik sub’ektini (faoliyatini) ro‘yxatdan o‘tkazish 
jarayonlarini takomillashtirish va oqilonalashtirish lozim bo‘ladi. Ana 
shu jarayonning o‘zida soliq to‘lashdan bo‘yin tovlamoqchi 
bo‘lganlar uchun “teshikcha” mavjud. O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, 
tadbirkorlik sub’ektini ro‘yxatdan o‘tkazish uning joylashgan joyiga 
muvofiq amalga oshirilishi kerak. Shunga qaramay, ularni ro‘yxatdan 
o‘tkazish “huquqiy manzil” deb ataluvchi manzilda amalga oshirilishi 
mumkin. O‘z navbatida, “huquqiy manzil” tovarga aylanib, ayrim 
tashkilotlar va tijoriy tuzilmalarga o‘z manzilini taqdim etgan xususiy 
fuqarolar uchun daromadga ega bo‘lish predmetiga aylanmoqda. 
Odatda, bunday tadbirkorlik sub’ektlari amalda ro‘yxatdan o‘tgan 
manzilida mavjud bo‘lmasdan, bu narsa soliq idoralari tomonidan 
ular faoliyatini nazorat qilinishini murakkablashtiradi. Ba’zi bir 
tadbirkorlik sub’ektlari uy manzillari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan. Bu 
ham soliq to‘lovchilarni nazorat qilishni qiyinlashtiradi. Shuningdek, 
boshqa shaharlik va viloyatlik tadbirkorlik sub’ektlarining ro‘yxatdan 
o‘tganligini tasdiqlovchi holatlar ko‘plab uchrab turibdi. Juda ko‘p 
korxonalarni hech qanday kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lmagan 
shaxslar vujudga keltirib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazishmoqda. 
Albatta, bunday holatlar bizning respublikamizda o‘rnatilgan tartib-
qoidalarga zid emas. Biroq, bunday holatlar soliqlarni to‘lovchilarni 
nazorat qilishni murakkablashtiradi hamda soliqlarni to‘lashdan 
bo‘yin tovlash holatlarining vujudga kelishiga sharoit yaratadi.
Ta’kidlash lozimki, bunday davlat tomonidan tadbirkorlik 
sub’ektlarini ro‘yxatga olish tartibiga bozor iqtisodiyoti rivojlangan 
hech bir mamlakatda yo‘l qo‘yilmaydi. Shu boisdan rivojlangan 
mamlakatlarda o‘rnatilgan tartibni bizning respublikamizda ham joriy 
etish bo‘ladi
97

2. Kredit muassasasida tadbirkorlik sub’ektlarining hisob-kitob 
schyotini ochish tartibi bilan bog‘liq muammolarni yechish maqsadga 
muvofiqdir. Gap shundaki, ayrim tadbirkorlik sub’ektlari turli 
banklarda bir necha hisob varaqa (schyot) larini ochadilar. Bu hol 
soliqdan bo‘yin tovlovchilar uchun imkoniyat ochadi. Shu boisdan, 
bu holatga cheklovlar o‘rnatish lozim bo‘ladi. 
97
Qarang: Маликов Т.С., Жалилов П.Т. Бюджет-солиқ сиёсати.-
Т.:Akademnashr, 2011. Б.248-250. 


3.Soliqqa tortish faqat litsenzion yig‘imlarni olish yoki patent 
uchun to‘lovlarni amalga oshirish orqali sodir etiladigan yuridik va 
jismoniy shaxslarning faoliyat turlari ro‘yxatini aniqlash soliqlarni 
to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini kamaytirishga imkon beradi. 
4.Foydalidan olinadigan soliq va boshqa soliqlarning stavkalarini 
tabaqalashtirish, to‘g‘ri (bilvosita) va egri (bilvosita) soliqlar 
o‘rtasidagi nisbatni oqilonalashtirish soliqlarni to‘lashdan bo‘yin 
tovlash holatlarini kamaytirish hamda ularning yig‘iluvchanligini 
oshirishga xizmat qiladi
98

Mamlakatimizda “yashirin” iqtisodiyotning vujudga kelish 
omillari tahlil etilib, unga qarshi kurashish dasturi ishlab chiqilmoqda. 
Prezidentimizning 
Oliy 
Majlisga 
Murojaatnomasida 
qayd 
etilganidek, bu borada qiymati 200 million dollar bo‘lgan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri investitsiyalar hisobidan onlayn kassa loyihasi ham amalga 
oshirilmoqda. 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish