Book · November 019 citations reads 2,471 authors


Pedagogik  ma’noda  gender



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/394
Sana02.01.2022
Hajmi3,68 Mb.
#308363
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   394
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Pedagogik  ma’noda  gender
  –  o‘g‘il  va  qiz  bolalarning 
murakkab  ta’limiy  sotsiomadaniy  birligi  bo‘lib,  ularning  xatti-
harakati,  mentaliteti  va  emotsional  xususiyatlari,  o‘quv 
faoliyatidagi o‘zaro teng va farqli jihatlarini o‘z ichiga oladi.  
 


71 
 
Shaxs  ijtimoiylashuvi.  Ijtimoiylashuv  insonning  madaniyat,  kommunikatsiya 
ta'siri  ostida  shakllanish  jarayoni,  bir-birlari  bilan  muloqotda  bo‘lishlarini 
ifodalasa,  ijtimoiylashtirish  tushunchasi  esa,  jamiyatning  muvafaqqiyatli 
rivojlanishi  uchun  zarur  bo‘lgan  namunali  xulq,  psixologik  mexanizm,  sotsial 
norma  va  qadriyatlarni  o‘zlashtirish  jarayonidir.  Ijtimoiy-falsafiy,  psixologik  va 
pedagogik  tadqiqotlar  jarayonida  shaxs  ijtimoiylashuviga  xos  bo‘lgan  quyidagi 
holatlar aniqlangan: 
shaxsning ijtimoiylashuvida ayrim davrlarning va bir davrdan ikkinchi davrga 
o‘tish  jarayonida  ro‘y  beruvchi  ijtimoiy  omillar  (mega  omillar,  makro  omillar, 
mezo  omillar,  mikro  omillar),  voqyeliklar  hamda  ularning  ta'siri  yetakchi  o‘rin 
tutadi;  
bolaning  kamol  topishi,  shaxs  bo‘lib  shakllanishida  ijtimoiy,  xususan,  ota-
onalar  va  bola  o‘rtasidagi  munosabatlar,  ularning  o‘zaro  hissiy  birligi  muhim 
ahamiyatga ega; 
shaxs  muayyan  sxemalar  hamda  kognitiv  tuzilmalar  yordamida  boshqariladi; 
shu  sababli  uning  ana  shu  sxema  va  kognitiv  tuzilmalarga  moslashuvi 
ijtimoiylashuv mohiyatini anglatadi; 
shaxs  ijtimoiy  ta'sirlar  yordamida  ilmiy  bilimlar  hamda  kishilik  madaniyati 
unsurlarini  o‘zlashtiradi,  ularning negizida  esa  u  aqliy  jihatdan kamol  topadi va 
axloqiy  sifatlarga  ega  bo‘ladi  –  mazkur  holat  shaxs  ijtimoiylashuvining  ustuvor 
jihati hisoblanadi; 
shaxsning  ijtimoiylashuvi  turli  ijtimoiy  tuzumlar,  jamiyat  rivojining  muayyan 
davrlarida  bir  xil  kechmaydi;  har  bir  davrda  shaxsning  ijtimoiylashuvida  o‘ziga 
xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi;  
ijtimoiylashuv  bolalikkagina  xos  xususiyat  bo‘lmay,  shaxs  hayotining  barcha 
davrlarini qamrab oladi. 
Ma'lumki,  ijtimoiylashuv  shaxsning  jamiyatdagi  qadriyatlarni  qabul  qilishi  va 
zaruriy  darajada  ijtimoiy,  fuqaroviy  va  shaxsiy  yetuklikka  erishishi  asosida 
jamiyatga kirib borishidir. Shaxsning ijtimoiylashuvi esa, inson o‘zini jamiyatda 


72 
 
shaxs sifatida anglab borishi jarayonidir. Bu tarbiya, ta'lim, o‘z-o‘zini tarbiyalash 
jarayonida yuzaga kelib, inson qachonki, o‘z maqsadlarini mustaqil aniqlay olsa 
va  ularga  erishish  yo‘llarini  belgilay  olganida,  o‘z  qadr-qimmatini  anglab 
yetganida, jamiyatdagi o‘z o‘rniga ishonch hosil qilgan taqdirda amalga oshadi.  
 
Ijtimoiylashuv 
jarayoni 
o‘zining 
sifat 
xususiyatlariga, 
tarkibiga, 
qonuniyatlariga, 
omillariga, 
shart-sharoitlariga, 
boshqarilishiga 
va 
ijtimoiylashgan insonda namoyon bo‘lishiga (uning xususiyatlari, sifatlari, o‘ziga 
xosliklari)  ko‘ra  murakkabdir.  Ana  shu  sababli  u  o‘zida  turli  fanlar  tomonidan 
ko‘rib  chiqiladigan  ijtimoiylashuvning  xilma-xil  –  madaniy,  axloqiy,  huquqiy, 
mehnat,  psixologik ko‘rinishlarini  aks  ettiradi.  Pedagogika  haqida gap  ketganda 
esa,  bu  sohadagi  ijtimoiylashuv  jarayoni  pedagogikaning  predmeti,  sohasi  va 
ehtiyojlarining  o‘ziga  xosligini  hisobga  olib,  pedagogik  ijtimoiylashuv  turi 
sifatida  alohida  e'tibor  bilan  qarab  o‘tiladi.  Bu  insonning  dunyoga  kelgan 
vaqtidan  boshlab  ijtimoiy  belgilangan  va  muhim  pedagogik  yangidan 
shakllanuvchi  tajribalarni  –  tarbiyalanganlik,  ta'lim  olganlik,  ma'lumotlilik  va 
rivojlanganlik  hamda  ularning  kelgusidagi  butun  umri  mobaynida  muttasil 
o‘zgarib borishi (mukammallashuvi) jarayoni va yuzaga kelish natijasidir. 
Bu  holda  shaxsga  nisbatan  sust  ravishda  yondashuv  kuzatilmaydi,  balki  u 
ijtimoiy  munosabatlarning  va  pedagogik  tizimning  subekti  sifatida,  tajriba 
egallashda  faollik  va  mustaqillikni  namoyon  qiluvchi  hamda  o‘z-o‘zini 
shakllantiruvchi, shu bilan birga o‘z hayot yo‘li uchun javobgarlikni his etuvchi 
subekt  sifatida  qaraladi.  Pedagogikaning  vazifasi  –  insonga  fikrlovchi  shaxs, 
ijtimoiy faol fuqaro bo‘lib yetishishiga, jamiyatda o‘z o‘rnini va xulq-atvorini, o‘z 
istak-maqsadlarini  yo‘nalishini  anglaydigan,  pedagoglar  va  jamiyatdagi 

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   394




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish