Book · November 019 citations reads 2,471 authors


Shaxs  rivojlanishining  gender  xususiyatlari



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/394
Sana02.01.2022
Hajmi3,68 Mb.
#308363
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   394
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Shaxs  rivojlanishining  gender  xususiyatlari.
  Gender
»
  atamasi  1968-yilda 
amerikalik  psixolog  olim  Stoller  tomonidan  ilmiy  iste'molga  kiritilgan  bo‘lib, 
«
jins
»
  ma'nosini  bildiradi.  Jinsiy  munosabatlar  ilgari  ham  psixologiyada  faol 
o‘rganilgan  bo‘lsa-da,  yangi  atamaning  paydo  bo‘lishi  ijtimoiy  fanlarda  yangi 
oqimlarni yuzaga keltirdi. 
«
Gender tarixi
»

«
Gender psixologiyasi
»

«
Falsafaning 
gender  tomonlari
»

«
Gender  antropologiyasi
»

«
Gender  sotsiologiyasi
»

keyinchalik esa 
«
Gender pedagogikasi
»
 kabi fan tarmoqlari shakllandi. 
«
Gender
»
 
tushunchasi,  avvalo,  erkak  va  ayol,  o‘g‘il  va  qiz  bolalar  munosabatlarining 
ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik tomonlarini qamrab oladi.  
Adabiyotlarda gender tushunchasining bir necha xil talqini mavjud. Jumladan, 
faylasuflar uni quyidagicha tavsiflaydilar: «Gender» inglizcha so‘z bo‘lib, jinsga 
mansublikning  ijtimoiy  jihatlari  ma'nosini  anglatadi...  Bu  tushuncha  erkaklar  va 
ayollar  o‘rtasida  nafaqat  biologik  farqni,  balki  jamiyatning  jinsiy  taqsimotida 
ijtimoiy  va  madaniy  tavsiflarning  butun  majmuini  hisobga  oladi.  Erkaklar  va 
ayollarga tegishli ijtimoiy bog‘liqlik, xulq-atvor va kutilgan natijalarni ifodalaydi. 
Psixologlar  ham  gender  tushunchasiga  o‘ziga  xos  tarzda  yondashganlar: 
psixikaning gender asoslari jins va u bilan bog‘liq ijtimoiy stereotiplar, shaxsning 
psixologik  ko‘rinishidir.  Olimlar  orasida  bu  xususiyatlarning  qaysi  biri  tug‘ma, 
qaysi  biri  esa  ta'lim  va  tarbiya  jarayonida  rivojlanganligi  to‘g‘risida  keskin 
munozaralar bormoqda.  O‘g‘il va qiz  bolalarning har bir  xalq  madaniyatida har 
xil  tarbiyalanishi  tufayli,  ular  maktabga  kelgan  davrdan  boshlab  jinslarning 
psixologik  farqlari  ma'lum  bo‘ladi.  Bu  farqlar  orasida  psixologlar  (A.E.Taras, 
2002)  qizlar  o‘g‘il  bolalardan  matematik  va  vizual  qobiliyatlari  bilan  ustunroq 


70 
 
deb  ta'kidlashadi.  O‘g‘il  bolalarda  qizlarga  qaraganda  o‘ziga  ishonch  hissi 
kuchliroqdir.  Qiz  bolalar  bir  xillikka  asoslangan  qiziqarsiz  faoliyatni  yengilroq 
qabul  qilishadi.  O‘zgaruvchan  muhitga  tez  moslashishadi.  O‘g‘il  bolalar  har  bir 
holatni  umumiy  tarzda  baholashsa,  qizlar  yaxshilab  tekshirib,  o‘rganib,  keyin 
unga baho berishadi.  
 
Bugungi  kunda  o‘g‘il  va  qiz  bolalarning  rivojlanishidagi  fiziologik,  axloqiy, 
emotsional,  xulq-atvorga  oid  farqlar  to‘liq  o‘rganilgan.  Ana  shu  asosdan  kelib 
chiqib,  o‘quvchilarning  rivojlanishida  hisobga  olish  lozim  bo‘lgan  quyidagi 
gender xususiyatlarni sanab o‘tish mumkin: 
qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda ikki marta ko‘proq savol berishadi;  
qizlar  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  o‘zining  istaklari  haqida  gapirmaydi,  lekin  tezda 
kelishib ketadi; o‘g‘il bolalar esa, hal qiluvchi fikrni ayta olishadi va o‘z  ңuqtai 
nazarida qolishni afzal ko‘rishadi; 
mustaqil  hal  etish  bilan  bog‘liq  vazifalarni  bajarishda  o‘g‘il  bolalar  sifati,  qiz 
bolalar esa hajmini hisobga olishadi; 
o‘g‘il  bolalar  ko‘proq  falsafiy  fikr  yuritadi,  fikrning  mantig‘iga  e'tibor 
berishadi; qizlarga ko‘proq psixologiya, adabiyot yoqadi; 
o‘g‘il  bolalar  dialog,  munozarani  afzal  ko‘rishadi;  qiz  bolalar  monologlikka 
moyil, eshitishni va o‘zida aks ettirishni yoqtiradi; 
o‘g‘il bolalar ko‘proq virtual(mo‘jiza)likka, xayolotga qiziqishadi; qiz bolalar 
o‘g‘il bolalarga qaraganda ratsional va pragmatik. Ular o‘z tanlovlarini foydalilik 
nuqtai nazaridan, ya'ni tanlanayotgan narsa qanchalik maqsadga erishishga imkon 
berishiga qarab amalga oshirishadi; 
o‘g‘il bolalar o‘z tuyg‘ularini ochiq bayon etishadi; qiz bolalar o‘z xohish va 
istaklarini yashirishadi, aytish uchun uzoq vaqt kutishadi. 

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   394




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish