Book · November 019 citations reads 2,471 authors



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/394
Sana02.01.2022
Hajmi3,68 Mb.
#308363
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   394
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Ta'lim  sifati
  –  bu    shaxs,  jamiyat  va  davlat  manfaatlariga  muvofiq 
boshlang‘ich,  umumiy,  kasbiy  va  qo‘shimcha  ta'lim  tizimi  tomonidan  (turli 
yoshdagi, jinsdagi, jismoniy va ruhiy holatdagi) aholiga taqdim etilayotgan ta'lim 
xizmatlarining  qamrovi  va  darajasini  aks  ettiruvchi  majmuaviy  tavsif.  Sifatli 


270 
 
ta'lim  har  bir  shaxsga  uning  manfaatlariga  muvofiq  ta'limni  davom  ettirish 
imkoniyatini bermog‘i lozim . 
Ta'lim  sifati
,    –  nafaqat  tahsil  oluvchilar  bilimining  davlat  standartlariga 
mosligi,  balki  ta'lim  muassasasining  muvaffaqiyatli  faoliyat  ko‘rsatishi, 
shuningdek,  har  bir  pedagog  va  rahbarning  ta'lim  xizmatlari  sifatini 
ta'minlashdagi  faoliyati  hamdir.  Shuningdek,  zamonaviy  ta'lim  muassasasida 
ta'lim sifati erishilgan miqdoriy va sifat natijalarining darajasini, ta'lim jarayonini 
tashkil  etish  va  mazkur  jarayon  amalga  oshadigan  sharoitlarni  aks  ettiruvchi 
tavsiflar  to‘plamida  ifodalanadigan  maqsad  va  natijalarning  nisbati  sifatida 
aniqlanadi. 
Mamlakatimizda  ta'lim  sifatini  ta'minlashning  huquqiy  asoslari  sifatida 
xizmat qilayotgan “Ta'lim to‘g‘pisida”gi Qonuni (7-modda), Kadrlap  tayyoplash 
milliy  dastupiga  muvofiq  pespublikada  idopaviy  bo‘ysunishi  va  mulkchilik 
shakllapidan qat'iy nazap ta'lim muassasalapining bapcha tuplapi uchun majbupiy 
bo‘lgan  Davlat  ta'lim  standaptlapi  (DTS)  joriy  qilinishi,  standaptlashtipish 
ob'ektiga  nisbatan  me'yoplap  va  talablapning  belgilanishi,  “Standaptlashtipish 
to‘g‘pisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tasdiqlanishi “Davlat 
ta'lim  standaptlapi  to‘g‘pisida”gi  nizomda  qayd  etilgan,  shuningdek,  mazkur 
nizomda, DTS: 
-
 
kadplap  tayyoplash  sifati,  ta'lim  mazmuni,  ta'lim  oluvchilap 
tayyopgapligining zapup va yetapli dapajasi, bitipuvchilapga, o‘quv 
yuklamasining hajmiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;  
-
 
ta'lim va kadplap tayyoplash sifatiga baho bepishning xolis tizimini, 
ta'lim  muassasalapini  attestatsiyadan  o‘tkazish  va  akkpeditatsiya 
qilishni jopiy etish;  
-
 
kadplapni  maqsadli  va  sifatli  tayyoplash  uchun  ta'lim,  fan  va  ishlab 
chiqapishning 
samapali 
integpatsiyasini, 
milliy 
standaptlap 
talablapining xalqapo talablapga muvofiqligini, ta'lim bapcha tuplapi 


271 
 
mazmunini,  ta'lim  va  tapbiyaning  o‘zapo  bog‘liqligini,  uzluksiz 
ta'lim tizimida izchillikni ta'minlash kabi qator vazifalar belgilangan.  
Sifatni  boshqarish  nazariyasining  shiddat  bilan  rivojlanish  davri  o‘tgan 
asrning 40-yillari oxiri va 50-yillariga to‘g‘ri keldi. Ushbu davrda A.Feygenbaum 
(Armand  V.Feigenbaum)  sifatni  ishlab  chiqish,  sifatni  qo‘llab-quvvatlash  va 
sifatni  yaxshilash  bosqichlaridan  iborat  Sifatning  Umumiy  Nazorati  (Total 
Quality Control) tushunchasini kiritdi. 
Bugungi  kunga  kelib  TQCning  bir  nechta  asosiy  (Yaponiya,  Amerika, 
yevropa)  “maktab”lari  mavjud.  Shuning  uchun  bo‘lsa  kerak,  TQC  asosini 
belgilovchi    tamoyillar  miqdori  haqida  mutaxassislar  o‘rtasida  yagona  bir  fikr 
yo‘q. Asosiylar sifatida quyidagi sakkizta tamoyil tan olinadi: 
1.
 
Tashkilotning iste'molchiga yuz tutganligi. 
2.
 
Rahbarlikning roli. 
3.
 
Xodimlarni jalb etish. 
4.
 
Jarayonli yondashuv. 
5.
 
Boshqarishga tizimli yondashuv. 
6.
 
Muntazam takomillashtirish. 
7.
 
Dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilish. 
8.
 
Ta'minlovchilar bilan o‘zaro manfaatli munosabat. 
Dunyoning  ko‘pgina  mamlakatlarida  mahsulot,  xizmat,  ish  va 
jarayonlarning  yuqori  sifatini  ta'minlashga  yo‘naltirilgan  hukumat,  firma  va 
kompaniyalar  rahbariyatining  ulkan  sa'y-harakatlari  natijasida  sifatni  oshirish 
milliy g‘oyaga aylandi.  
Mutaxassislar  tayyorlash  sifatiga  qo‘yilayotgan  zamonaviy  talablar  ta'lim 
muassasalarini  boshqarish  tizimini  qayta  ko‘rib  chiqish,  sifatli  ta'lim  xizmatini 
ko‘rsatishga  rag‘batlantirishni  kuchaytirish  va  natijada,  ta'lim  xizmatlari  sifatini 
boshqarish  tizimini  joriy  etishni  qo‘llab-quvvatlash,  boshqarishning  strategik 
rejalashtirishga,  sifat  menejmenti  tizimiga  asoslangan  yangi  tamoyillarini 
shakllantirishni ko‘zda tutadi. 


272 
 
Sifat  –  korxona  va  tashkilot,  shu  jumladan,  ta'lim  muassasalarining 
mavqyeini  mustahkamlash  maqsadida  ichki  va  xalqaro  bozorda  mablag‘ 
sarflashning  eng  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘lib  qolayotgani  butun  dunyoda  sifatni 
ta'minlash muammolariga e'tiborning oshib borishiga sabab bo‘lmoqda. 
Ta'lim  sifati  ta'lim  oluvchilar  tomonidan  faqatgina  akademik  bilimlarni 
o‘zlashtirganlik  darajasi  bilan  emas,  balki  hayotiy  faoliyatning  turli  sohalari 
bo‘yicha  kompetensiyalarning  shakllanganligi,  bir  umr  o‘qib-o‘rganishga 
tayyorlik,  shaxsiy  va  kasbiy  rivojlanish  kabi  motivatsiyalarning  turg‘unlanish 
darajasi bilan o‘lchanadi. 
«Ta'lim sifati – bu ta'limning (natija, jarayon, ijtimoiy tizim sifatida) turli 
ehtiyojlar,  davlat,  jamiyat,  shaxs  manfaatlariga  muvofiqligi;  ta'limning  ierarxiya 
(yuqoridan  quyiga)  tamoyillari  asosida  tashkillashtirilgan,  ijtimoiy  ahamiyatga 
ega xususiyat(tavsif, parametr)larining tizimli majmuasi».
31 
Turli yondashuvlarning integratsiyasi natijasida Sifatning yalpi boshqaruvi 
(Total Quality Management – TQM) konsepsiyasi shakllandi.  
Zamonaviy  TQMning  asosini  oliy  darajadagi  boshqaruvning  tashkilot, 
uning  xodimlari,  iste'molchilari  va  jamiyatning  manfaatlarini  ko‘zlab  sifat 
sohasidagi  uzoq  muddatga  mo‘ljallangan  strategiyasini  ishlab  chiqish  va  barcha 
xodimlarning  uni  amalga  oshirishdagi  ishtiroki  tashkil  qiladi.  Tashkilotdagi 
menejment  sifatini  yaxshilashda  birinchi  rahbarning  mas'uliyatini  kengaytirish 
tamoyilini  ilgari  surgan  va  asoslagan  A.Feygenbaum  TQM  tamoyillari  ishlab 
chiqilishiga katta hissa qo‘shgan. 
Tashkilot oliy boshqaruvining sifatni boshqarishdagi doimiy va muntazam 
shaxsiy  ishtiroki  –  ta'lim  muassasasining  sifatni  ta'minlash  ishida  muvaffaqiyat 
garovi hisoblanadi. 

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   394




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish