Book · November 019 citations reads 2,471 authors


shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/394
Sana02.01.2022
Hajmi3,68 Mb.
#308363
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   394
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish.
  
 
2-rasm. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari 
Davlat va jamiyat 
Uzluksiz ta’lim 
Fan 
Ishlab chiqarish 
Shaxs 


105 
 
 
Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari.
 Shaxs uzluksiz 
ta'lim  jarayonida  dunyoviy,  ilmiy  bilimlarni  o‘zlashtiradi,  fan  asoslarini  puxta 
egallaydi,  ishlab  chiqarish  sohalari  bilan  tanishadi,  shuningdek,  o‘zida  ijtimoiy 
ta'sirlar  yordamida  ma'naviy-axloqiy  sifatlarni  tarbiyalab  boradi.  Shaxsda 
o‘zlashtirilgan  bilim,  faoliyat  ko‘nikmalari  va  hayotiy  tajriba  asosida  kasbiy 
mahorat  ham  shakllanib  boradi.  Yuksak  ma'naviy-axloqiy  sifatlar  va  yuqori 
darajadagi  kasbiy  malakaga  ega  bo‘lish  uchun  shaxs  o‘z  oldiga  muayyan 
maqsadni  qo‘ya  olishi  hamda  unga  erishish  yo‘lida  tinimsiz  izlanishi,  o‘qib-
o‘rganishi lozim. Shundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo‘lib 
shakllanadi. 
 
O‘z-o‘zini  anglash  tuyg‘usiga  ega  bo‘lish,  ta'lim  sohasidagi  xizmatlardan 
to‘laqonli,  samarali  foydalana  olish,  ilmiy  va  kasbiy  bilimlarni  puxta 
o‘zlashtirishga  erishish  shaxsga  yetuk  mutaxassis  bo‘la  olishi  uchun  poydevor 
yaratadi.  Inson  kamoloti,  eng  avvalo,  uning  o‘ziga  bog‘liqdir.  Shu  bois  milliy 
dasturda shaxs va uning kamolotini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilgan.  
Ta'lim xizmatlarining iste'molchisi sifatida shaxsga davlat ta'lim olish va kasb-
hunar tayyorgarligidan o‘tish kafolatlanadi. Ta'lim olish jarayonida shaxs davlat 
ta'lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart. 
Shaxs  ta'lim  xizmatlarining  yaratuvchisi  sifatida  tegishli  malaka  darajasini 
olgach,  ta'lim,  moddiy  ishlab  chiqarish,  fan,  madaniyat  va  xizmat  ko‘rsatish 
sohasida  faoliyat  ko‘rsatadi  va  o‘z  bilimi  hamda  tajribasini  o‘rgatishda  ishtirok 
etadi». 
Shaxs kamoloti nafaqat o‘zi uchun, balki davlat va jamiyat taraqqiyoti, ravnaqi 
uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, fuqarolari yuksak ma'naviyatga 
ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi.  
Shaxs 
kadrlar  tayyorlash  tizimining  bosh  subyekti  va 
obyekti,  ta’lim  sohasidagi  xizmatlarning  iste’molchisi  va 
ularni amalga oshiruvchidir. 
 


106 
 
Shaxs  va  davlat  (jamiyat)  o‘rtasidagi  aloqa  ikki  tomonlama  xususiyatga  ega. 
Shu bois har qanday davlat (jamiyat) o‘z fuqarolarining yashashi, mehnat qilishi, 
iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, uni namoyon eta olishi uchun yetarli 
darajada shart-sharoit yaratib bera olishi lozim. Respublika ta'lim tizimida davlat 
va  jamiyat  shaxsning  har  tomonlama  shakllanishi,  o‘zligini  namoyon  eta  olishi 
uchun  yetarli  darajada  shart-sharoit  yaratib  berish  masuliyatini  o‘z  zimmasiga 
oluvchi subekt sifatida namoyon bo‘ladi. 
Davlat  va  jamiyat  ta'lim  muassasalarining  yuqori  malakali  raqobatbardosh 
mutaxassislarni  tayyorlash  yo‘lidagi  faoliyatini  ham  uyg‘unlashtiradi  hamda 
quyidagilarga kafolat beradi: 
–  fuqarolarning  bilim  olish,  kasb  tanlash  va  o‘z  malakasini  oshirish 
huquqlarning ro‘yobga chiqarilishiga; 
–  majburiy  umumiy  o‘rta  ta'lim  hamda  akademik  litsey  yoki  kasb-hunar 
kollejida ta'lim olish yo‘nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta'limini olishga; 
–  davlat  grantlari  yoki  pulli-shartnomaviy  asosda  oliy  ta'lim  va  oliy  o‘quv 
yurtidan keyingi ta'limni olish huquqiga; 
–  davlat ta'lim muassasalarini mablag‘ bilan ta'minlashga; 
–  ta'lim  oluvchilarning  o‘qishi,  turmushi  va  dam  olishi  uchun  shart-
sharoitlar  yaratish  borasidagi  vazifalarning  hal  etilishida  jamoatchilik 
boshqaruvini rivojlantirishga; 
–  ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga; 
–  sog‘liq va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ta'lim olishiga.  
 
Uzluksiz  ta'lim  kadrlar  tayyorlash  tizimining  asosi,  O‘zbekiston 
Respublikasining  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotini  ta'minlovchi,  shaxs,  jamiyat  va 
davlatning  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ilmiy-texnikaviy  va  madaniy  ehtiyojlarini 

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   394




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish