Book · November 019 citations reads 2,471 authors


-§.  O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM TIZIMINI



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/394
Sana02.01.2022
Hajmi3,68 Mb.
#308363
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   394
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

 
4-§.  O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM TIZIMINI 
RIVOJLANTIRIS’HNING KONSEPTUAL ASOSLARI 
 
REJA: 


99 
 
1. O‘zbekiston Respublikasida ta'lim sohasidagi islohotlar. 
2.
 
Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari
 
3. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim 
 
Tayanch  tushunchalar:
  ta'lim  tizimi,  ta'lim  islohotlari,  Maktabgacha  ta'lim 
vazirligi, 11 yillik umumiy o‘rta ta'lim, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv 
yurtidan keyingi ta'lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish. 
O‘zbekiston  Respublikasida  ta'lim  sohasidagi  islohotlar.
  Mustaqillik 
yillarida  O‘zbekiston  Respublikasida  ta'lim  sifatini  tubdan  o‘zgartirish, 
zamonaviy 
pedagogik 
va 
axborot 
kommunikatsion 
texnologiyalardan 
foydalangan  holda  o‘qitishning  ilg‘or  metodlarini  joriy  etish  orqali  shaxsning 
sub'ekt  sifatida  namoyon  bo‘lishiga  keng  imkoniyatlar  yaratilmoqda.  Boshqa 
fanlar singari pedagogika ham jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida shakllanib, 
jamiyat ijtimoiy taraqqiyoti bilan uzviy rivojlanib bormoqda. Shu sababli ta'lim-
tarbiya  jarayonini  ijtimoiy  hayotning  ajralmas  qismi  deb  qarash  lozim.  Ana 
shunday umumbashariy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy voqyelik, hodisa, ijtimoiy 
tasavvur va ehtiyoj mamlakatimizda shaxsni markaziy figura sifatida tan olinishi 
va rivojlanishning harakatlantiruvchisi tarzida baholanishi respublikamizda ta'lim 
tizimini rivojlantirishning konseptual asoslarini chuqur o‘rganishni taqozo etadi. 
Mamlakatimizda  ta'lim  tizimini  rivojlantirishning  konseptual  asoslari 
hisoblanmish  O‘zbekiston  Respublikasining  "Ta'lim  to‘g‘risida"gi 
Qonuni  va  "Kadrlar  tayyorlash    milliy  dasturi"da  davlatimiz  ijtimoiy 
taraqqiyoti  sohasida  ta'limning  ustuvor  deb  e'lon  qilinishi  Pedagogika 
fani zimmasiga juda katta masuliyatli, ulug‘vor vazifalarni yukladi.  
 
1997  yilning  29  avgustida  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  IX 
sessiyasida    O‘zbekiston  Respublikasining  «Ta'lim  to'grisidagi»gi  Qonuni    va 
«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  qabul  qilindi.  Ularda  ta'lim    -tarbiya  va 
kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishga oid asosiy yo'l-yo'riqlar ko'rsatib berildi. 


100 
 
 
O‘zbekiston  Respublikasining  “Ta'lim  to‘g‘risida”gi  Qonuni  zamonaviy 
pedagogikaning  konseptual  asosi  bo‘lib  hisoblanadi.  Mazkur  Qonunning  qabul 
qilinishi    ta'lim-tarbiya  tizimida  keng    islohotlar  o‘tkazishga  zamin  yaratdi. 
Qonunga  muvofiq    ta'lim-tarbiya  va  o‘quv  jarayonlarining  tarkibi,  bosqislarini 
bir-biri bilan uzviy bog‘lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya     tizimini tashkil qilish, 
ta'lim-tarbiya  tizimini bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar 
talablariga  javob  bera  oladigan  qilib  tashkil  etishga  yo‘l  ochildi  O‘zbekiston 
Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunining  maqsadi  fuqarolarga ta'lim, 
tarbiya berish, kasb-xunar o‘rgatishning  xuquqiy asoslarini belgilash hamda har 
kimning  bilim  olish  mumkinligi  kabi  konstitusiyaviy  huquqini    ta'minlashdan 
iboratdir.            O‘zbekiston  Respublikasi  “Ta'lim  to‘g‘risida”gi  Qonunining  1-
bo‘limi    "Umumiy  qoidalar"  deb  nomlanadi.  Unda  ta'lim  sohasidagi  davlat 
siyosatining asosiy prinsiplari, bilim olish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish 
xuquqlari,  ta'lim  muassasasining  xuquqiy  maqomi,  DTS,  ta'lim  berish  tili  kabi 
masalalar o‘z ifodasini topgan. 
       "Ta'lim  to‘g‘risida"  gi  Qonunning    2-  bo‘limida  ta'lim  tizimi  va  turlari 
mohiyati yoritilgan.  Respublikamizdagi ta'lim tizimi: Davlat ta'lim standartlariga 
muvofiq  ta'lim  dasturlarini  amalga  oshiruvchi  davlat  va  nodavlat  ta'lim 
muassasalarini;  ta'lim  tizimini  rivojlanishini  ta'minlash  uchun  zarur    bo‘lgan  
tadqiqot  ishlarini  bajaruvchi  ilmiy-pedagogik  muassasalarni;  ta'lim  sohasidagi 
davlat  boshqaruv  organlari,  shuningdek  ularga  qarashli  korxona,  muassasa  va 
tashkilotlarni qamrab oladi. 
         Mazkur qonunning 10-moddasida  ta'lim quyidagi turlarda amalga 
oshirilishi ko‘rsatiladi: maktabgacha ta'lim,  umumiy o‘rta ta'lim, 
o‘rtamaxsus,kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim , 
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim  
Qonunning 2- bo'lim, 11-17- moddalarida  har bir ta'lim turining  mohiyati 
qisqacha yoritib beriladi. Unda ta'kidlanganidek, maktabgacha ta'lim bola 
shaxsini sog'lom va etuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish 


101 
 
maqsadini ko'zlaydi.  Maktabgacha  ta'lim bola olti-etti yoshga etgunicha davlat 
va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalalr muassasalarida hamda oilalarda amalga 
oshiriladi.   
       Qonunning uchinchi bo'limi  ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy qimoya 
qilishga  bag'ishlangan  bo'lib,  unda  ta'lim  oluvchilarni  va  ta'lim  muassasasi   
xodimlarini ijtimoiy  himoya qilish, etim hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishida 
nuqsoni bo'lganbolalarni  o'qitish masalalari qonuniy ifodasini topgan.  
Qonunning  to'rtinchi  bo'limida  ta'lim  tizimini  boshqarishdagi  Vazirlar 
mahkamasining,  ta'lim  ni boshqarish do'yicha vakolatli davlat organlarining va 
mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari ko'rsatilgan bo'lsa, beshinchi  
bo'limda  yakuniy qoidalar ifodalangan. 
  Kadrlar tayyorlash  milliy modeli  zamonaviy pedagogikaning  konseptual asosi 
hisoblanib,  unda  kadrlar  tayyorlash  tizimini  isloh  qilish,  ularni    tayyorlash 
tizimini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar ko‘rsatilgan.
     
       Ma'lumki,      Kadrlar    tayyorlash  milliy  dasturi  besh  bo'limdan  iborat  bo'lib, 
unda  kadrlar  tayyorlash  tizimini  isloh  qilish  omillari,  dasturning  maqsadi, 
vazifalari  va  uni  ro'yobga  chiqarish  bosqichlari,  kadrlar  tayyorlash  tizimini 
rivojlantirishning  asosiy  yo'n  alishlari,  dasturni  ro'yobga  chiqarishga  oid  chora-
tadbirlar  belgilab berilgan. Dasturning  3- bo'limida kadrlar tayyorlashning milliy 
modeli moqiyati yoritilgan. Kadrlar tayyorlash milliy  modelining asosiy tarkibiy 
qismlari  jamiyatimizda  yashayotgan  har  bir  insonning,  fuqarolarning  ilm  olish 
huqo'qini, ularning kasb tanlash va malaka oshirish imkoniyatlarini  kengaytiradi. 
Kadrlar  tayyorlash  milliy  modeli»ning  tarkibiy    qismlari:  shaxs,  davlat  va 
jamiyat, fan, ishlab chikarish, uzluksiz ta'limdir.   

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   394




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish