Book · November 019 citations reads 2,471 authors



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/394
Sana02.01.2022
Hajmi3,68 Mb.
#308363
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   394
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Mustaqil  izlanuvchilik
  –  ishlab  chiqarishdan  ajralmagan  holda  doktorlik 
dissertatsiyasini  tayyorlash  va  himoya  qilish  maqsadida  mutaxassislikni  chuqur 
o‘rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) yoki 
fan doktori (DS) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarda tashkil 
etiladigan  oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlar  bo‘yicha  oliy  o‘quv 
yurtidan keyingi ta'lim shakli. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta'lim muassasalarining rahbar 
va  pedagog  kadrlarini  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish  tizimini  yanada 
takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»  2015-yil  12-iyundagi  PF-4732-son 
Farmoniga 
muvofiq oliy ta'lim  muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash 
va malakasini oshirish tizimining o‘qitish shakllari va usullarini, pedagog kadrlar 
tarkibining  sifat  darajasini  zamonaviy  talablardan  kelib  chiqqan  holda 


119 
 
takomillashtirish  maqsadida  Vazirlar  Mahkamasining  2015-yil  20-avgustdagi 
«Oliy  ta'lim  muassasalarining  rahbar  va  pedagog  kadrlarini  qayta  tayyorlash  va 
ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 242-son 
qarori  bilan  «Oliy  ta'lim  muassasalarining  rahbar  va  pedagog  kadrlarini  qayta 
tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirish  kurslari  to‘g‘risida»gi 
Nizom
 
tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 103-son Qarori bilan 
mazkur Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. 
Yuqorida  qayd  etib  o‘tilgan  hujjatlarga  asosan  qayta  tayyorlash  va  malaka 
oshirish kurslarida o‘qish tasarrufida oliy  ta'lim  muassasalari bo‘lgan vazirliklar 
va idoralar bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus 
ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi 
o‘quv rejasining namunaviy tuzilmasi asosida ishlab chiqilgan 288 soat hajmdagi 
o‘quv  dasturlari  bo‘yicha  ikki  oy  davomida,  ishdan  ajragan  holda  amalga 
oshiriladi. 
Qayta  tayyorlash  va  malaka  oshirish  kurslari  tinglovchilari  o‘qishni 
tugatgandan 
keyin 
attestatsiya 
komissiyalari  tomonidan  o‘tkaziladigan 
attestatsiyadan  o‘tishlari  kerak.  Attestatsiya  komissiyasi  tegishli  sohalardagi 
yetakchi  olimlar  va  mutaxassislar,  ilmiy  kengash  a'zolari,  o‘quv-uslubiy  ishlar 
sohasidagi  yirik  mutaxassislar  safidan  kamida  7  kishidan  iborat  bo‘lgan  oliy 
ta'lim  muassasasi  rektori  yoki  fan  doktori  ilmiy  unvoni  berish  bo‘yicha  ilmiy 
kengash raisi boshchiligida shakllantiriladi. Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan 
qayta  tayyorlash  va  malaka  oshirish  kurslari  tinglovchilariga  qat'iy  hisobda 
turadigan davlat namunasidagi hujjat hisoblanadigan malaka attestati beriladi.  
Qayta  tayyorlash  va  malaka  oshirish  kurslarida  o‘qish  yakunlari  bo‘yicha 
attestatsiyadan o‘tmagan oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari 
bir  yil  mobaynida  pulli  asosda  o‘qishning  tegishli  yoki  turdosh  yo‘nalishi 
(mutaxassisligi)  bo‘yicha  keyingi  qayta  tayyorlash  va  malaka  oshirish  kursi 
yakunida attestatsiyadan o‘tishadi. 


120 
 
Oliy  ta'lim  muassasalari  rahbar  va  pedagog  kadrlarini  qayta  tayyorlash  va 
malaka oshirish kurslarini takroran o‘zlashtirishi asosiy ishdan ajralmagan holda 
kurslarning o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda yoki masofadan o‘qitish usullari 
orqali o‘zlashtirish asosida amalga oshiriladi. 
Mustaqil ravishda yoki masofadan o‘qitish usullari orqali qayta tayyorlash va 
malaka  oshirish  kurslari  o‘quv  dasturlari  bo‘yicha  tayyorlanib  kelgan 
tinglovchilar  yakuniy  attestatsiyaga  kiritiladi.  Yakuniy  attestatsiya  tegishli 
yo‘nalishlar  bo‘yicha  tayanch  oliy  ta'lim  muassasalari  huzuridagi  attestatsiya 
komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Qayta  tayyorlash  va  malaka  oshirish  kurslarida  o‘qish  yakunlari  bo‘yicha 
attestatsiyadan  takroran  o‘tmagan  yoki  asosiy  ish  joyi  bo‘yicha  belgilangan 
muddatda  qayta  tayyorlash  va  malaka  oshirish  kurslaridan  takroran  o‘tmagan 
taqdirda,  ushbu  xodimlar  bilan  tuzilgan  mehnat  shartnomasining  amal  qilish 
muddatidan  hamda  bo‘sh  turgan  pedagog  lavozimini  egallash  tanlovi  davrining 
tugagan muddatidan qat'i nazar, mehnat shartnomasi belgilangan tartibda ikki oy 
mobaynida  bekor  qilinadi.  Bunda  ular  o‘z  pedagogik  faoliyatini  boshqa  ta'lim 
muassasalarida  (oliy  ta'lim  muassasalaridan  tashqari)  davom  ettirishi  yoxud 
boshqa  tashkilotlarda  ishlashi  hamda  o‘zining  kasbiy  malakasini  mustaqil 
ravishda oshirishi mumkin. 
Shunday  qilib,  bugun  mamlakatimizda  qator  o‘qituvchilarimiz  pedagogik 
g‘oyalar targ‘ibotchisiga aylanishdi, tasdiqlangan  dastlabki  materiallar bilangina 
emas, balki o‘zining  shaxsiy  ijodiy rejasi asosida  ish yuritmoqdalar. Yangilikka, 
erkinlikka,  mustaqilikka  intilish  hozirgi  zamon    o‘qituvchisining    shaxs  sifatlari 
tarkibiga  kirib ulgurdi, endi an'anaviy  o‘qitish tizimi o‘z o‘rnini milliy istiqlol 
g‘oyasi bilan sug‘orilgan va qat'iyan ilmiy  asosda  tashkil etilayotgan zamonaviy 
pedagogik  tizimga  asoslanmoqda.  Pedagogik  amaliyotning  turli  tomonlarini  
qamrab  olayotgan  kuchli  innovatsion  impuls  harakati    davom  etmoqda:  ta'lim 
sifatini  oshirish,  natijalarini  oldindan  belgilash,  innovatsion,  axborot  va 


121 
 
kommunikatsion  texnologiyalarni  ta'lim  jarayoniga  tatbiq  etish,  interfaol 
o‘qitish,ta'lim menejmentiga  qaratilgan yondashuvlar vujudga keldi.  
     Mustaqil O'zbekistonning kuch  - qudrat  manbai  - xalqimizning umuminsoniy 
qadriyatlarga sodiqligidir.  

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   394




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish