Book · June 020 citations reads 3,563 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


 Investitsion loyiha variantlarini ishlab chiqish



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/181
Sana23.04.2022
Hajmi2,84 Mb.
#577544
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   181
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

3.3. Investitsion loyiha variantlarini ishlab chiqish 
 
Odatda, barcha investitsiya loyihalari ham bir xil ko’rsatkichlarga ega 
bo’lavermaydi. Ayrim ko’rsatkichlar bir loyihada yuqori ijobiy bo’lsa, boshqa 
loyihada esa aksincha bo’lishi mumkin va yana bir ayrim ko’rsatkichlari esa bir 
loyihada boshqa loyihadagiga nisbatan pastroq miqdorga ega bo’lishi mumkin. Bir 
sohaga xos bo’lgan loyihalarning bunday (o’zaro ziddiyatli) ma’lumotlarga ega 
bo’lishi, ular o’rtasidagi raqobatni vujudga keltiradi. Investitsiya qarorlarini qabul 
qilish, ayniqsa, raqobatli investitsiyalar sharoitida birmuncha qiyin vaziyatlarni 
keltirib chiqaradi.


66 
Investitsiya loyihalari o’rtasidagi raqobat kurashining vujudga kelishi, odatda, 
quyidagi sabablarga asoslanadi:
1. Investitsiyalarning eng qisqa fursatda (tez) qoplanishi va yuqori foyda 
keltirishi. 
2. Investorning kapital byudjeti cheklanganligi. 
Investitsiyalar u yoki bu natijalarga erishish yoki muayyan turdagi cheklangan 
resurslardan foydalanishning muqobil imkoniyatlari ta’minlangan hollarda o’zaro 
ziddiyatli investitsiyalar hisoblanadi va raqobatlashuvchi investitsiyalar deb ataladi. 
Muqobil (o’zaro ziddiyatli) investitsiyalarni taqqoslash esa ular ichidan eng yuqori 
samaralisini aniqlashga va uni ko’zlangan maqsad yo’lida moliyalashtirishga imkon 
beradi. Muqobil loyihalarni o’zaro taqqoslashda, eng avvalo: 
- ishlab chiqarish rejasi va hajmi yoki loyiha quvvatiga; 
- vaqt omiliga; 
- yangi texnika yoki progressiv texnologiya bo’yicha bajariladigan ish (xizmat) 
hajmiga; 
- ishlab chiqarish va mahsulotni iste’mol qilishning ijtimoiy omillariga (atrof-
muhitga ta’sirini ham hisobga olgan holda); 
- moliyaviy ko’rsatkichlarga (baho darajasi, inflyatsiya va kredit uchun foiz 
stavkalari darajalari va shu kabilar) e’tiborni qaratish lozim. 
Investitsiyalarning 
muqobil 
variantlarini 
ishlab 
chiqish 
ularning 
samaradorligini oshirish imkonini beradi. Muqobil loyihalar ichida afzali deb 
topilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish investor xarajatlarini samarali tashkil 
etish, investitsiya xarajatlarining tezroq qoplanishi va yuqori foyda olish imkonini 
ta’minlaydi. Investitsiya loyihasining hayotiylik davri ancha uzoq bo’lgan davrda 
investitsiya xarajatlarining qisqa vaqt ichida to’liq qoplanishi qolgan davr mobaynida 
loyihadan katta foyda olishga imkon beradi va investitsiyalarning yuqori 
samaradorligini ta’minlaydi. 
Amaliyotda shunday holatlar ham yuz beradiki, bunday paytlarda 
investitsiyalashning qaysi variantlarini qabul qilish masalasi jiddiy muammoga 
aylanishi mumkin. Masalan, transport kompaniyasi foydalanilgan, lekin, yana 3-4 yil 


67 
xizmat qilishi mumkin bo’lgan yuk tashish mashinasini yoki xizmat muddati 8-10 yil 
bo’lgan yangi yuk tashish mashinasini sotib olishi mumkin. Bunday paytda 
kompaniya investitsiyalashning qaysi varianti afzal ekanligini aniqlash uchun ularni 
qanday taqqoslash lozimligi muhim vazifa hisoblanadi.
Investitsiya loyihalarining samaradorligi yuqori ko’rsatkichlar asosida ishlab 
chiqilgan reja (bashorat)larning haqiqiy bajarilishiga bog’liq bo’ladi. Bu 
bashoratlarning hammasi yuqori sifatli, xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishga va 
yuqori foyda asosida sotishga qaratilgan bo’ladi. Lekin, loyihalarning texnologik 
tarkibi (ishlab chiqarish jarayonining murakkabligi va uzoq davom etishi), loyiha 
quvvatining bosqichma-bosqich o’zlashtirilishi va mahsulotni sotish jarayoni 
kabilarning loyiha samaradorligiga jiddiy ta’sir ko’rsatishini hisobga olish zarur. 
Odatda, ob’ektni ishga tushirishning birinchi bosqichining o’zidayoq to’liq 
loyiha quvvatiga erishishni rejalashtirilgan investitsiya loyihalarining aksariyat qismi 
noreal hisoblanadi. Sababi, turli xil texnologik, ishlab chiqarish va tijorat 
qiyinchiliklari oqibatida (sotish hajmining tushib ketishi, xom ashyo va ishchi kuchi 
ta’minotidagi nomuvofiqliklar va shu kabilar) loyihalar ishlab chiqilgan rejalariga 
mos kelmay qolishligi mumkin. Ayniqsa, bunday holat loyiha quvvatining birinchi 
yilining o’zidayoq to’liq o’zlashtirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalarida 
kuzatilishi mumkin. Chunki,, aksariyat hollarda, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish 
ishlarida ayrim muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shu sababdan loyiha rejasini 
ishlab chiqishda uni loyihaning to’liq quvvatiga erishishini investitsiya ob’ektini 
ishga tushirgan vaqtning uchinchi-to’rtinchi yillariga kelib, yirik va murakkab 
loyihalarda esa 4-7 yillar ichida o’zlashtirishga moslashtirishga harakat qilinadi. 
Odatda, bunday rejalashtirish soha, loyiha xususiyatlaridan, ishlab chiqarishning 
turlaridan, bozor holatidan kelib chiqib amalga oshiriladi va mahsulotning uzluksiz 
va maksimum imkoniyatlar bilan sotilishiga qaratilgan bo’ladi. Loyihalardagi bu va 
boshqa jihatlar ular ichidan eng samaralisini tanlashda ziddiyatli holatlarni keltirib 
chiqarishi sababli to’g’ri qaror qabul qilish muammosi har doim dolzarb masala 
hisoblanadi.
Amaliyotda shunday hollar ham uchraydiki, ayrim mashhur yirik kompaniyalar 


68 
bir vaqtning o’zida bir necha xil loyihalarni moliyalashtirish imkoniga ega bo’ladilar. 
Bunday paytda ushbu kompaniya bir qancha investitsiya loyihalarini ko’rib chiqish 
va tanlashga qabul qiladi. Bunda kompaniya ularning eng samaralilarini tanlab 
oladilar. Tanlab olingan investitsiya loyihalarining qiymati esa o’zining kapital 
byudjetiga (moliyalashtirish imkoniyatiga) mos qilib olinadi va ularni amalga 
oshirishdan ko’radigan foydani hisoblaydi. 
Loyiha maqsadlari uni moliyalashtiruvchi tashkilotning operativ vazifalarini 
aks ettiradi. Masalan, transport sohasi bo’yicha loyiha maqsadi transport qatnovi 
samaradorligini ta’minlash, sanoat loyihasining maqsadi esa ma’lum turdagi 
mahsulot ishlab chiqarish xajmini oshirish bo’lishi mumkin. 
Muqobil variantlarni ko’rib chiqish loyihani tayyorlash va uni ishlab 
chiqishning muhim qismi hisoblanadi. Texnik, muqobil variantlar (ya’ni yoqilg’i 
uchun yo ko’mir yoki gazni qo’llash, temir yo’lni uzaytirish yoki yangi avtomobil 
shossesini qurish)ni bir-biri bilan taqqoslash va eng maqbulini tanlab olish kerak. 
Agar hamma variantlar miqdor va sifat jixatdan bir xil natija bersa, ham investitsiya, 
ham ekspluatatsiya xarajatlarini hisobga olganda eng kam xarajat talab etiladigan 
loyiha tanlanadi. 
Loyiha bilan va loyihasiz vaziyatlarni solishtirish loyihani amalga oshirish 
natijasida olinadigan qo’shimcha va o’sgan daromadlarni hisoblashning asosiy 
uslubidir. Loyihasiz vaziyatlarni istiqbolga baholashda xarajatlarning taxmin 
qilinayotgan o’suvi yoki daromadlarning pasayishiga nisbatan reaksiyani hisobga 
olish kerak. Bu loyihani amalga oshirish yuzaga keltiradigan o’zgarishlarni to’liq aks 
ettirish imkonini beradi. 


69 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish