Book · January 017 citations reads 5,818 authors



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   165
Bog'liq
Etiket

ADABIYOTLAR 
Asosiy: 
1.
 
Karimov  I.  A.  Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas  kuch.  –
Toshkent.Ma’naviyat, 2008. 
2.
 
A.Sher.  Axloqshunoslik.  Darslik.  –    T.:  O‘zbekiston  faylasuflari 
milliy jamiyati, 2010, 308-b. 
3.
 
Husanov  B.,  G‘ulomov  V.  Muomala  madaniyati.  –  T.:  Iqtisod-
moliya. 2009 
4.
 
Максимов А. Исскуство общения или ремесло общения. – M., 
2006. 
5.
 
Этикет от я до я. www.etiksite.ru. 11. KB. 
6.
 
Правила этикета. www.etiksite.org. 3 KB. 
 
SOHAVIY ETIKET 
 
DIPLOMATIK ETIKET 
Diplomatik etiket – bu diplomatlar  va  boshqa  rasmiy shaxslarning bir-biri 
bilan diplomatik tadbirlarda bo‘ladigan muloqotlari chog‘ida amal qiladigan yaxshi 
xulq qoidalari.  
Diplomatik  etiket  shakllanishi  jarayonida  umumiy  etiket  qoidalariga 
tayanadi,  shu  bilan  birga  diplomatik  normalar  va  qoidalar  biznes  etiketi 
amaliyotida  va  umumiy  etiket  qoidalarida  o‘z  aksini  topadi.  Ushbu  qoidalarning 
buzilishiga  yo‘l  qo‘yish  mumkin  emas,  oddiy  takallufning  munosabatlarda 
qo‘llanmasligi  diplomatik  etiketda  hurmatsizlikka  tenglashtiriladi  hamda  xalqaro 
va millatlararo ziddiyatlarni keltirib chiqarishga qodir. 
Etiket  qoidalariga  ayniqsa,  diplomatlar  tomonidan  rioya  qilinishiga  katta 
e’tibor  qaratiladi,  chunki  bu  qoidalarning  buzilishi  yoki  bajarilmasligi  mamlakat 
eki  uning  rasmiy  vakillari  nufuziga  putur  yetkazishi  va  buning  natijasida 
mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarning buzilishiga olib kelishi mumkin. 
Diplomatik  etiket  turli-tumandir.  U  o‘z  ichiga  uchrashuvlar,  o‘zaro  salom 
almashish,  tabrik  yo‘llash,  qabul  marosimlarini  o‘tkazish,  tashriflarni  amalga 
oshirish,  suhbat  va  muzokaralar  olib  borish  etiketi  va  diplomatik  marosimlarni 
qamrab oladi. 
Diplomatiya  —  bu  o‘zaro  kelishuvlar,  bitim  va  konvensiyalar  tuzish 
san’atidir. Ushbu natijalarga uchrashuvlarning muvaffaqiyatli yakunida erishiladi. 


53 
 
Diplomatik  uchrashuvlar  o‘z  belgilangan  reglamenti,  etiketi  va  ko‘pincha 
o‘z  protokoli  bilan  ajralib  turadi.  Buning  asosiy  sababi  shundan  iboratki, 
diplomatik  uchrashuvlarning  qatnashchilari  diplomatiya  kabi  nozik  faoliyatning 
asosini  tashkil  etuvchi  subordinatsiya  qoidalari  va  professional  cheklanishlarga 
qat’i rioya qiladilar. 
Uchrashuvlar  o‘zaro  salom  almashish  bilan  boshlanadi.  Salomlashish 
turlari  har  xil  bo‘ladi.  Xorijiy  mamlakatlarda  uzoq  safarda  bo‘lgan  kishi  bu 
mamlakatning  milliy  udum  va  qonun-qoidalarini  o‘z  mamlakati  urf-odatlari  bilan 
taqqoslaydi.  Misol  uchun,  shuni  ta’kidlash  lozimki,  musulmonlar  uchun  Shariat 
qonunlariga binoan ayol va erkak kishining qo‘llari, agar ular qarindosh bo‘lmasa, 
hatto bir-biriga tegib ketishi ham qat’ian man etiladi. 
Biror-bir  kishi  sharafiga  qabul  marosimi  tashkil  etilayotgan  paytda  yoki 
uni  mehmonga  taklif  etilayotgan  hollarda,  mehmon  qaysi  dinga  e’tiqod  qilishini 
bilish  zarurdir.  Islom  dini  qoidalariga  ko‘ra,  spirtli  ichimliklarni  iste’mol  qilish 
qat’ian man etiladi. Hindulik dini qoidalariga asosan esa taomlar vegetarian turida 
bo‘lib, zinhor mol go‘shtidan tayyorlanmagan bo‘lishi lozim. 
Diplomatik  salom  almashish  qoidalari  umumqabul  qilingan  salom 
almashish qoidalaridan deyarli farq qilmaydi. 
Avval,  tanishtirilishi  kerak  bo‘lgan  kishining  ismi  sharifi  aytiladi,  so‘ngra 
kimga tanishtirilayotgan bo‘lsa, uning ismi sharifi. Kichik yoshli kishi katta yoshli 
kishiga,  erkak  kishi  ayol  kishiga,  lavozim  jihatidan  past  kishi  lavozimi  jihatidan 
baland kishiga tanishtiriladi. 
Tanishtirilayotgan kishi, agar erkak kishi bo‘lsa, boshini biroz egib ta’zim 
qiladi, ayol kishi esa boshini biroz egib qo‘yish bilan kifoyalanadi. 
Agar  ayol  kishi  uni  qiziqtirayotgan  kishi  bilan  tanishish  niyatida  bo‘lsa,  u 
ikkalasiga  tanish  bo‘lgan  kishini  tanishtirish  haqida  iltimos  qilishi  mumkin. 
Ikkalasiga  tanish  bo‘lgan  kishi,  ularning  qiziqish  doirasidan  kelib  chiqqan  holda, 
suhbat qurishga yordam beradi. 
O‘tirgan  holda  boshni  egib  ta’zim  qilish  deyarli  noqulay  bo‘lgani  uchun 
erkak  kishi  tanishayotgan  paytda  o‘rnidan  turishi  lozim.  Ayol  kishi  esa  aksincha,, 
o‘z  o‘rnidan  turmasligi  lozim.  Ayol  kishiga  yoshi  undan  katta  ayol 
tanishtirilayotgan  bo‘lsa  yoki  u  tanishtirilayotgan  kishi  haqida  o‘zining  alohida 
fikrini  izhor  qilmoqchi  bo‘lgan  hollar  istisnoni  tashkil  etadi.  Ushbu  hollarda  u 
o‘rnidan turib, salomlashish uchun qo‘l uzatishi mumkin. 
Erkak  kishi  bilan  tanishayotgan  hollarda  ayol  kishi  agar  o‘zi  uchun  bu 
narsani  o‘rinli  deb  topsa,  salomlashish  uchun  qo‘l  uzatadi,  aks  hollarda  boshini 
biroz egib salomlashish bilan kifoyalanadi. Qolgan hollarda yoshi kattaroq bo‘lgan 
kishi salomlashish uchun qo‘lini birinchi uzatadi. 
Xonaga  kirib  kelayotgan  kishi  birinchi  bo‘lib  yig‘ilganlar  bilan 
salomlashadi. Birinchi bo‘lib ketayotgan kishi yig‘ilganlar bilan hayrlashadi. 
Biror-bir  kishini  boshqalarga  tanishtirayotgan  paytda  nafaqat  uning  to‘liq 
ismi sharifini aytish bilan cheklanish kerak, balki bu shaxsga xos fazilatlar haqida 
qisqacha gapirib o‘tilsa, suhbat davom etishi uchun zamin ham yaratiladi va yangi 
tanishganlarning fikr almashishi biroz osonlashadi. 


54 
 
Agar  diplomatik  qabul  marosimida  yoshi  va  lavozimi  teng  bo‘lgan  ikki 
kishini  tanishtirish  kerak  bo‘lsa,  yaqinroq  turgan  yoki  nisbatan  tanish  bo‘lgan 
kishini  birinchi  tanishtirish  lozim.  Agar  tanishtirilayotganlar  ichida  biri  mashhur 
kishi bo‘lsa, unga ikkinchisini tanishtirish bilan chegaralanib qolish mumkin. 
Amaliy  yoki  protokol  uchrashuvlari  (ehtirom  yuzasidan  tanishuv  yoki 
hayrlashuv  uchrashuvlari)  davomida  suhbat  olib  boriladi.  Suhbat  ko‘p 
vaziyatlardan  kelib  chiqib,  reglamentga  buysunmaydi.  Ammo  uchrashuvga  tashrif 
buyuruvchilar  ham,  ularni  qabul  qiluvchilar  ham  o‘zlariga  taalluqli  bo‘lgan  ba’zi 
bir  qoidalarni  e’tiborga  olishlari  darkor.  Cunonchi,  ehtirom  yoki  protokol  tashrifi 
uncha uzoq emas, ya’ni 20, ko‘pi bilan 30 daqiqadan oshmasligi zarur. 
Diplomatik  seremonial  (tantana  marosimlari)  xilma-xil,  murakkab,  nozik 
tomonlari mavjud bo‘lgan seremonial hisoblanadi. 
Diplomatik  protokol  talablarining  rivojlanishi  urf-odatlar,  davlatchilik  va 
umumqabul qilingan xulq-atvor qoidalarini o‘zida aks ettiradi.  

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish