Book · January 017 citations reads 5,818 authors



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   165
Bog'liq
Etiket

 
Xushomad
  –  insonning  tashqi  qiyofasi,  chiroyli  so‘zlari,  xatti-harakatidan 
ta’sirlanib,  ma’qullashni  ifodalash,  maqtovning  maxsus  shaklidir.  Nafis  shaklga 
o‘rangan  xushomad  hammamiz  zavqlanamiz  –  har  birimizda  ozgina  bo‘lsa  ham 
o‘zimizga  nisbatan  muhabbat  hamda  g‘urur  mavjud.  Xushomadlar  jamoatda 
yoqimli  kayfiyat  uyg‘otadigan  hissiyotda  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Xushomad 
yengil, sho‘x, oddiy, tabiiy va asosiysi, haqqoniy bo‘lishi lozim. Agar xushomadlar 
kam,  ammo  o‘tkir  va  nazokatli  qilib  aytilsa,  unda  ular  suhbatga  ajib  bir  tarovat 
qo‘shadi.  Aksincha,  agar  xushomadlarda  bir  muncha  tayyorgarlik,  ta’ma,  oshirib 
yuborishlik  bo‘lsa,  ular  kulguli  va  yoqimsiz  xususiyat  kasb  etadi.  Qo‘pol 
xushomad  doimo  o‘rinsizdir.  Uni  qabul  qilish  ham  odamni  kamsitadi. 
Xushomadning  o‘z  vaqtida  va  joyida  qo‘llanishi  nur  ustiga  a’lo  nurdir.  Bunday 
nazokatga  ko‘milgan  xushomad  hamisha  odamga  lazzat  bag‘ishlaydi.  U  uyatchan 
odamga  ishonch,  odamovini  ochiq  bo‘lishiga,  xomush  odam  kayfiyatining 
ko‘tarishiga  sabab  bo‘ladi.  Ko‘pchilik  xushomadlarni  qanchalik  joyida  va  mos 
kelishi  haqida  o‘ylamay  mulozamat  qilishga  odatlanib  qolishgan.  Ayol  kishiga 


49 
 
nisbatan  tez-tez: 
“Bugun  juda  chiroylisiz?”
  yoki 
“Bugun  juda  ochilib 
ketibsiz?”
degan xushomadni eshitamiz. Endi tasavvur qiling, xushomadga javoban 
takalluf  qilishni  o‘rniga  ayol  kishi: 
“Kecha  mening  ko‘rinishim  yomonmidi?”
 
degan  tabiiy  savolni  bersa

chi?! 
“Bugun  juda  chiroylisiz?”
  degan  xushomadni 
Aslida,  xushomad  qatoriga  kiritmasa  ham  bo‘ladi.  Chunki  u  yuqorida 
aytganimizdek,  ikki  xil  ma’noga  egadir.  Ammo 
“Bugun  juda  yasanibsiz!”
  degan 
so‘zlar  ikki  xil  ma’noga  ega  emas.  Xushomadda  yorqin  ko‘rinuvchi  maqtov 
bo‘lmasligi  lozim.  Xushomad  qilayotganingizda  oshirib  yuborishlar  hamda 
ortiqcha  hayratdan  o‘zingizni  tiying.  Xushomadda  aql  o‘rgatadigan  so‘zlardan 
saqlaning: 
“Bu  ko‘ylak  sizga  yarashibdi,  ko‘proq  shuni  kiying”.
  Qanday  qilib 
xushomadni ifodalash mumkin? Ishonchli ohangda, jilmayib, ko‘ngilochiqlik bilan 
izhor  qiling.  Imo  va  ishoralar  so‘zlarga  mutanosib  bo‘lmog‘i  kerak.  Xushomadda 
kinoyaga  hatto  ishora  ham  bo‘lmasligi  lozim.  Yo‘l  –  yo‘lakay  va  ish  orasida 
xushomadni  aytib  ketmang.  Xushomadga  tayyorlanar  ekansiz,  unga  bo‘lgan 
ta’sirni hisobga olish darkor. Agar siz aytmoqchi bo‘lgan narsada aksil ta’sir holati 
bo‘lishi  ham  mumkinligini  bilsangiz,  o‘ylagan  fikringizdan  qayting.  Bir  ayolga 
xushomad qilar ekansiz,  ikkinchisining eshitish  imkoni borligini bilsangiz, ehtiyot 
bo‘lgan  ma’qul.  Ba’zi  vaziyatlarda  bu  oxirgi  ayolni,  ayniqsa,  u  agar  yolg‘iz  yoki 
notanish davrada bo‘lsa kayfiyatini buzib qo‘yishi mumkin. Erkaklarga qilinadigan 
o‘zaro xushomad nafaqat qabul qilinmagan, hatto odobsizlik ham sanaladi, bunday 
xushomadgo‘y  kulgiga  uchraydi.  Ayollar,  shu  bilan  bir  qatorda,  yosh  qizlar  ham 
erkaklarga  xushomad  qilishdan  tiyilganlari  ma’qul.  Aks  holda,  ular  noqulay  va 
kulguli  vaziyatga  tushib  qolishlari  mumkin  va  o‘zlari  hamda  maqtov  egasining 
ham  obro‘sini  tushirib  qo‘yishlari  mumkin.  Erkak  kishidan  latif  xushomadni 
eshitgan  ayollar  hissiyotlariga  ishonchli  tarzda  sho‘ng‘ib  ketmaganlari  ma’qul. 
Barcha  turdagi  xushomadni  yaxshi  qabul  qilishda  ehtiyot  bo‘lmoq  lozim,  chunki 
ba’zi  mulozamatlarda  ikkiyuzlamachilik  va  soxta  muhabbat  berkingan  bo‘lishi 
mumkin.  Tanimagan-bilmagan  odamning  xushomadiga  qilingan  juda  “quyuq” 
javob,  nafaqat  noo‘rin  baho,  tasavvurni  paydo  qilishi  mumkin,  balki  g‘aliz  niyatli 
kishilar o‘yining qurboniga ham aylantirib qo‘yishi mumkin. Qanchalik zamonaviy 
olamda  yashamaylik,  insonning  ori,  nomusi,  izzat-nafsi  hamda  qadr-qimmati 
birinchi navbatda turmog‘i lozimligini kishi unutmasligi joiz. 
“Boshqa  odamlarning  xotinlariga  nisbatan  iffatli  bo‘linglar,  shunda 
sizlarning xotinlaringizga nisbatan ham iffatli bo‘lurlar”
 deyiladi sahih hadislarda. 
Iloji boricha begona ayolga xushomad qilishdan saqlangan ma’qul.  
Qanday  qilib  samimiy  maqtovga  javob  berish  lozim?  Tashakkurni  odatiy 
 
“rahmat”
  so‘zi  bilan  kifoyalanmay  chin  dildan  bildirmoq  darkor.  Sizni  maqtagan 
odamga 
“teginish”
dan  o‘zini  tiygan  ma’qul.  Muloyim  minnatdorchilik  bilan 
cheklanib,  izoh  va  savollarni  o‘zimizda  saqlaganimiz  yaxshiroq.  Xushomadni 
eshitib,  qarshilik  bildirish  qadr-qimmatni  tushirishi  yoki  riyokorlikni  ko‘rsatib 
qo‘yishi  mumkin.  Agar  sizning  tashqi  ko‘rinishingiz  yaxshi  ekanligidan  shavq 
bilan gapirsalar, o‘zingizni noqulay his qilishingizni aytish lozim.  

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish