Book · January 017 citations reads 5,818 authors



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   165
Bog'liq
Etiket

Erkaklar  kiyimi. 
Kishi  madaniyatini  birinchi  navbatda  uning  kiyimi 
ta’kidlab  turadi.  Did  bilan  tanlangan  kiyim  va  orasta  ko‘rinish  odamni  o‘ziga 
nisbatan  ishonchli,  batartib,  tetik  va  oxir-oqibat  atrofdagilarda  yoqimli  taassurot 
uyg‘otadi. 
Hammasidan  ham  har  bir  erkak  kishi  kundalik  kiyish  uchun  ko‘zga  u 
darajada tashlanmaydigan, kostyum-shim va yana nisbatan jiddiyroq to‘q kul rang 
yoki  to‘q  ko‘k  va  qora  tusdagi  kostyum-shimlarni  maxsus  kechalar  hamda 
mehmondorchiliklar  uchun  mo‘ljallangan  garderobga  ega  bo‘lishi  lozim.  Agar  bu 
ikki  kostyum  mohirlik  bilan  bir-biriga  uyg‘un  bo‘lgan  tusdagi  ranglarda  tanlab 
olinsa, unda ularni birini-biriga moslashtirgan holda kiyib yurish mumkin. Bundan 
tashqari  bu  ikki  kostyumga  sport  turdagi  kombinatsiyalangan  kostyumni  ham 
qo‘shib  to‘ldirish  mumkin.  Bunday  turdagi  kostyumni  ishga  kiyish  urf  bo‘la 
boshlamoqda.  Bezak  va  ranglar  bilan  bir-biridan  farq  qiluvchi  shim  va  ustki 
kiyimdan  iborat  bu  kostyum,  uyg‘un  va  mos  bo‘lgan  holda  bir-birini  to‘ldirishi 
lozim.  Masalan,  mayda  katakli  kostyumga  shim,  mayda  katakli  shimga  esa  bir 
tusdagi  ustki  kiyim  ko‘proq  mos  keladi.  Sportcha  usulni  xush  ko‘radigan 
erkakalarga kiyinishda bir qancha qulaylik mavjud: oq yoki rangli ko‘ylaklar bilan 
bir  qatorda  ular  sportcha  yoki  mayda  va  nafis  to‘qilgan  ko‘ylaklarni  ham  kiyib 
yurishlari mumkin.  


40 
 
Yilning issiq kunlari uchun mo‘ljallangan yengil chitdan yoki sun’iy ipdan 
tikilgan  kostyumlar  erkaklarning  kiyimlar  javonida  doimiy  avtributga  aylandi. 
Bunday  turdagi  kostyumlar  matosining  rangi  bir  xil  yoki  turli  tusdagi  rasmlari 
bilan och va to‘q tuslarda bo‘lishi mumkin – bu sizda mavjud bo‘lgan ko‘ylaklarga 
va  unga  mos  tarzda  uyg‘unlikni  vujudga  keltiradigan  oyoq  kiyimlarga  bog‘liq. 
Shim  xarid  qilayotgan  vaqtda  uning  sizning  kostyumingiz,  ustki  kiyimlaringiz  va 
ko‘ylaklaringizga  qanchalik  mos  kelishini  nazardan  chetda  qoldirmaslik  joiz. 
Vilvet  shimga  qalin  yoki  sherst  ko‘ylaklar  mos  keladi  (agar  uning  egasi  to‘laroq 
bo‘lmasa).  
Ammo  orastalik  birinchi  o‘rinda  –  har  qanday  zo‘r  bashang  ko‘rinishni 
cho‘ntakdan  chiqqan  kir  ro‘molcha  bir  pul  qiladi.  Sochlar  doimo  toza  bo‘lishi  va 
tiniq ko‘rinish lozim. Erkaklar kunda soqolini olib turishi, kerak bo‘lsa, kechqurun 
mehmonga  borish  uchun  to‘q  kostyum  kiygan  bo‘lsa  ham,  ikki  martadan  soqol 
olishga to‘g‘ri keladi. Eng ahamiyatlisi, kiyim nafaqat ozoda bo‘lishi, balki tikilgan 
dazmollangan  bo‘lishi  ham  shart.  Oyoq  kiyimlarni  hatto  yomg‘ir  kunlari  ham 
tozalab chiqish kerak, zero ular gohida egasining holatini oshkor etib turadi. 
Zamonaviylik  unga  asosiy  xususiyatlarda  individual  tarzda  moslashuvni 
taqozo  etadi.  Aslida,  hech  qanday  moda  xunuk  yoki  chiroyli  bo‘lmaydi,  u  doimiy 
mezonga  ega  emas.  Kecha  qabul  qilinmagan  narsa,  bugun  tabiiy  ko‘rinishi 
mumkin.  Tabiatning  shu  xususiyati  tufayli  biz  ba’zida  ko‘rinishimizni  yangilab 
turish  imkoniyatiga  egamiz.  Yangi  chiqqan  zamonaviy  liboslarga  moslashish 
odatda  sal  qiyinroq  kechadi.  Deyarli  hamma  vaqt  ko‘pchilikni  hayratga  soladi. 
Tajribadan shuni bilamizki, bir yildan so‘ng yangi chiqqan rusm bizga o‘z hukmini 
o‘tkazadi,  keyin  esa  xuddi  shu  uslubga  moslashib  olgandan  so‘ng,  undan  voz 
kechishdan  bosh  tortamiz.  Zamonaviy  narsalar,  odatda,  ayollar  uchun  uch  yil, 
erkaklar  uchun  besh  yil  xizmat  qiladi.  Eski  modani  “ushlab”  turishga  intilib, 
yangisi bilan kurashishni to‘xtatgan ma’qul.  
Zamonaviy  narsani  sotib  olib,  uni  “ayash  uchun”  kamdan-kam  ishlatib, 
shkafga  qo‘yib  qo‘ygan  odam  qattiq  adashadi.  Ba’zida  bunday  narsalarni  eski 
sarqit sifatida olib tashlashga to‘g‘ri kelib qoladi. 
Rusm  (moda)  me’yor  hisini,  davr  talabi,  did  va  yoshga  e’tiborni  talab 
qiladi.  Shunday  odamlar  borki,  ular  tezda  zamonaviylikning  ba’zi  unsurlarini  ilib 
oladi,  boshqalarga  esa 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish