Book · January 017 citations reads 5,818 authors



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
Bog'liq
Etiket

 
 
 
 
 



 
ETIKETNING KELIB CHIQISHI, MAQSADI VA  
ZAMONAVIY AHAMIYATI 
 
Etiket  axloqiy  madaniyatning  yaqqol  ko‘zga  tashlanadigan  munosabatlar 
ko‘rinishlaridan  biri  sifatida  ko‘proq  insonning  tashqi  madaniyatini,  o‘zaro 
munosabatlardagi o‘zini tutish qonun-qoidalarning bajarilishini boshqaradi. 
Aslida,,  “etiket”  tushunchasi  miloddan  avvalgi    2,5  -  3  ming  yillikda 
qadimgi Misrda paydo bo‘lgan. Etiket (étiquette) atamasi esa XVII asrning oxirida 
vujudga  kelgan.  Ammo  qadimgi  manbalar  etiket  qoidalari  ta’b,  rasm-rusm  hamda 
odatlar  shaklida  azaldan  ibtidoiy  davrdayoq  qabilalarda  mavjud  bo‘lganligini 
asoslaydi.  Bunday  qoidalarni  to‘liq  bajarmaslik  o‘zi  yashayotgan  jamoat  yoki 
qabilaga  xiyonat  qilish  bilan  barobar  bo‘lgan.  Avvalida  bunday  qoidalar  nafaqat 
axloqiy,  balki  huquqiy,  iqtisodiy,  diniy  hamda  qon-qarindoshlik  munosabatlarini 
ham qamrab olgan edi. Jamoatning  har bir a’zosi unga so‘zsiz bo‘ysunar edi. Shu 
tariqa  etiket  bu  davrda  mustaqil  qoidalariga  ega  bo‘lmagan,  asosan  jamoatning 
ijtimoiy  muammolariga  bog‘liq  holda  tatbiq  etilgan.  Ya’ni,  bu  qoidalar  tabiiy 
jamoatning talabi bilan vujudga kelgan. Bunday talablarning bajarilishi qabila yoki 
jamoatning kattalari tomonidan nazorat qilinar edi. 
Keyinchalik esa ushbu qoidalar  mustaqil ravishda ajralib chiqib, faqatgina 
axloqiy  me’yorlar  darajasida  ko‘rila  boshladi.  Qadimgi  Sharqda,  jumladan,  Somir 
alqovlarida  inson  xatti-harakatlarini  tartibga  soluvchi  yozma  yodgorliklarda  – 
giltaxtalarda  o‘z  aksini  topgan.  Qadimgi  Misrda  esa  bu  tartib  qoidalar  qonunlar 
majmui  sifatida  emas,  balki  badiiy  adabiyotlar  orqali  namoyon  bo‘lgan.  Bunday 
qoidalar, ayniqsa, Somirda ilohiylik bilan yo‘g‘rilgan. Ularni bajarmaslik xudoning 
qahri  bilan  qaytarilishi  ta’kidlangan.  Qadimgi  skandinaviya  adabiy  yodgorligi 
“Edda” eposi nafaqat dasturxon atrofida o‘tirish qoidalari, balki mezbon sharafiga 
tilak aytish me’yorlarni ham o‘zida mujassam etgan.  
Bu  kabi  xatti-harakat  me’yorlari  jamiyat  taraqqiyotining  yo‘nalishini 
belgilab  berar  edi  –  yashash  tarzi,  odamlar  dunyoqarashi,  jamiyatdagi  darajalarni 
farqlardi. Bu esa keyinchalik turmush etiketi, siyosiy etiketning  vujudga kelishiga 
sabab  bo‘ldi.  U  butun  bir  jamiyat  bilan  birga,  o‘zaro  davlatlarning  tashqi 
munosabatlarini ham belgilar edi. 
Siyosiy  etiketning  vujudga  kelishiga  1278  –  yilda  qadimgi  Misr  Firavni 
bilan  Xett  qiroli  Xattush  III  o‘rtasidagi  kumushga  bitilgan  yozma  kelishuv  asos 
bo‘la  oladi.  Garchi  Misr  bunda  mag‘lubiyatga  uchragan  bo‘lsa  –  da,  qirol  uchun 
Misr  kabi  davlat  bilan  hamkorlik  qo‘l  kelar  edi.  Shu  tarzda  kelishuvning 
imzolanishi  diplomatik  etiketning  (siyosiy  etiket)  boshqa  etiket  turlaridan  ancha 
avvalroq  paydo  bo‘lgan  desak,  adashmagan  bo‘lamiz.  Zotan,  davlatlararo 
munosabatlardagi  qabullar  qadimgi  Misr  uchun  katta  ahamiyat  kasb  etgan.  Zero 
bunday  qabullar  juda  katta  dabdaba  va  haddan  ziyod  qoidalar  va  rasm-rusmlar 
bilan  amalga  oshirilar  edi.  Keyinchalik  bunday  qabullar  boshqa  davlatlarda  ham 
amalga oshirila boshlandi. 
Qadimgi  Yunonistonda  esa  elchilar  maxsus  “Germes  nishonlari”  deb 
nomlangan  vakillik  nishonlarini  o‘zlari  bilan  olib  yurganlar.  Elchilar  xalqaro 



 
etiketning  bilimdonlari  sifatida  ushbu  yurtda  qabul  qilingan  siyosiy  qonun-
qoidalarni qay darajada bilishlari kelishuv bitimining taqdirini hal qilgan. Qadimgi 
Rimda  esa  siyosiy  etiket  yanada  ustunlikka  ega  bo‘lgan.  Misol  uchun,  elchilar 
qabulining  avvali  ziyofatlar  bilan  boshlanib,  tashrifning  tugallanishida  esa  ikki 
tomonlama sovg‘a hadya qilish bilan yakunlangan. 
Shu tarzda oqsuyaklarni oddiy  fuqaro va ulardan pastroq darajada bo‘lgan 
insonlardan  farqlay  bilish  uchun  alohida  odamlarning  o‘zini  a’lo  jamoatda 
tutishning tartib – qoidalari paydo bo‘ldi. 1207 –  yilda ispaniyalik Petrous Alfonsi 
muallifligida  ilk  bor  “O‘zini  tutish  qoidalari”  deb  nomlangan  kitob  paydo  bo‘ldi. 
Albatta,  bu  izlanishlar  qadimgi  Turon  hamda  Eron  zaminida  bunday  yodgorliklar 
bo‘lmagan, degan fikrni bildirmaydi. Zotan, bunda pandnomalarning o‘rni beqiyos. 
Ammo  shuni  aniqlash  zarurki,  milliy  o‘zligimizni  anglash  bilan  bog‘liq  bunday 
ilmiy  atamalar  juda  ko‘p  chalkash  tushunilishi  yoki  targ‘ib  qilinishi  natijasida 
ko‘pgina  noaniqliklar  vujudga keladi. Aytaylik, axloq bilan  xulq  va odobni, odob 
bilan  etiketni  bir  ma’noda  tushunish  hollari  uchraydi.  Aslida,,  ushbu  tushunchalar 
bir-biridan ham nazariy, ham amaliy, ham qo‘llanish jihatidan farqlanadi.  
Etiketga  keladigan  bo‘lsak,  odob  qoidalari  etiket  qoidalaridan  ustun 
hisoblangan.  Zero  odob  rasm-rusmlari  –  asosan,  tashqi  ta’sirga  emas,  balki  ichki 
jihatlarga  –  insoniylik,  xulq  va  axloqiylik  uchun  asos  sifatida  qaratilgan.  Ya’ni 
etiket “ muhimi qandayligi emas, balki boshqalar uchun qanday ko‘rinishda” shiori 
ostida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik, aslzodalikning mavjudligini ko‘rsatishga intilish 
va  shu  bilan  jamoatchilikda  ijobiy  taassurot  qoldirish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan.  Odob 
insonlararo  munosabatlarni  axloqiylashtirish  hamda  uni  axloqiy  anglash  orqali 
takomillashadigan  tashqi  va  ichki  go‘zallik  uyg‘unligi  sifatida  namoyon  bo‘ladi. 
Shu  ma’noda, “Odob – inson  haqida  yoqimli taassurot  uyg‘otadigan,  lekin jamoa, 
jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega 
bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga 
oladi”  Bundan  tashqari,  odob  insonlarni  ranjitmaslik,  Jan  Pol  Sartr  aytganidek, 
erkin  jamiyatda  erkin  bo‘lish,  ya’ni  boshqalar  erkini  ta’minlashga,  odamlarni 
axloqiylikka,  ular  orasidagi  munosabatlarni  yaxshilashga  qaratilgan.  Ushbu 
atamalarning  ilmiy  asosiga  murojaat  qilsak,  ularning  mazmun-mohiyati  yanada 
aniqroq  namoyon  bo‘ladi.  Shu  ma’noda  etiket

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish