Book · January 017 citations reads 5,818 authors


Qanday va nima yeyish lozim?



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   165
Bog'liq
Etiket

 
Qanday va nima yeyish lozim? 
Etiket qoidalariga binoan stol atrofida o‘tirgan odam bilagi bilangina stolga 
tayanishi mumkin. Ayol kishi esa biroz vaqtgagina tirsagini qo‘yishi mumkin. Non 
ushoqlarini  dumaloq  qilib  olib  o‘ynash,  yemak  jihozlarini  o‘ynash,  dasturxon 
uchini o‘rab o‘ynash, oyog‘ini uzatib o‘tirib olish mumkin emas. 
Lablarini bo‘yaydigan ayollar og‘izlarini sochiqqa emas, qog‘oz salfetkaga 
artishlari  zarur.  Tanovul  paytida  tirsakni  dasturxonga  qo‘yib  olish  yoki  boshni 
kosaga  egish  yaxshi  emas.  Boshni  sal  egib,  shu  masofada  qoshiq  yoki  sanchqini 
og‘izga  olib  kelinadi.  Ovqatlanib  bo‘lgandan  so‘ng  pichoq  va  sanchqini  parallel 
ravishda,  ushlagichlarni  o‘ngga  qaratib  kosaga  qo‘yiladi.  Agar  bu  jihozlarni 
keyingi  taom  uchun  ishlatish  niyatingiz  bo‘lsa,  ularni  stol  ustiga  qo‘ygan  ma’qul. 
Agar siz pichoq  va sanchqidan  foydalanayotgan bo‘lsangiz,  unda  ularni  u qo’ldan 
bu qo‘lga olavermasdan, sanchqini chap qo‘lda, pichoqni o‘ng qo‘lda tutish lozim. 
Qandaydir ichimlik taklif qilingan vaqtda og‘izdagini yutib yuborib, so‘nggina uni 
ichish  lozim.  Bundan  oldin  stakanda  yog‘li  izlar  qoldirmaslik  uchun  avval  sochiq 
bilan  og‘zingizni  artib  olsangiz  yaxshiroq  bo‘ladi.  Shishadan  faqat  o‘ziga  quyib 
olish  xunuk  ko‘rinadi.  Shisha  yoki  grafinni  olganda,  avval  yon  tarafda  o‘tirganga 
taklif qilinadi. 
Laganda  turgan  taomning  eng  yaxshi  bo‘laklarini  olib  eyish  nojoizdir. 
Hadisi  sharifda  ham: 
“Baraka  taomning  o‘rtasidadir.  Bas,    taomning  o‘rtasidan 
emas, bir chetidan yenglar”
1
deb keltirilgan.
 
Mehmonda  suvli  ovqatga  non  botirib  yeyishdan  qaytaramiz.  Etiket 
bo‘yicha  hech  qachon  idishni  “yaltillatib”  non  bilan  tozalab  qo‘yish  to‘g‘ri 
kelmaydi.  Lekin  o‘zbek  odati  bo‘yicha  idishni  tozalab  qo‘yish  savob  sanaladi. 
(ba’zi  viloyatlarda  idishni  ichiga  ozgina  choy  quyib,  aylantirib  ichib  yuborishadi 
savob  uchun).  Ammo  buni  dabdabali  tarzda  amalga  oshirish  o‘taketgan 
madaniyatsizlik.  Dasturxonga  sigaret  bilan  o‘tirib  bo‘lmaydi,  uy  sharoitidagi 
qabullarda  esa  taomlar  tortishning  o‘rtasida  chekib  bo‘lmaydi.  Chekishni  faqat 
taomdan  so‘ng,  o‘zingizga  ravo  ko‘rishingiz  mumkin.  Hech  bo‘lmagan  taqdirda, 
oxirgi  taom  va  desert  o‘rtasida  –  bunday  paytda,  odatda,  idishlarni  yangilab  olish 
uchun  qisqacha  tanaffus  bo‘ladi.  Ammo  baribir  to  mezbonlar  taklif  qilmaguniga 
qadar  o‘zni  tiygan  ma’qul.  Stol  atrofida  to‘g‘ri  o‘tirgan  yaxshi,  ammo  oshirib 
yubormang, 
“xodaga  o‘xshab”
  o‘tirish  xunuk  ko‘rinish  kasb  etadi.  Tirsakni, 
                                                             
1
 Ҳожи Муҳаммад  Шохмуродзода. “Таомланиш одоби”. Т. “Мовороуннахр” 2005.Б.12 


146 
 
ayniqsa,  agar  qo‘lda  yemak  jihozlari  bo‘lsa,  stolga  qo‘ymagan  ma’qul.  Tanovul 
qilayotganda  biroz  egilib  yeyiladi,  biron  narsa  ichilayotganda  ham  xuddi  shu 
alfozda qaddini tutish lozim. Sho‘rva ichilayotgan qoshiq o‘ng qo‘lda ushlanadi va 
biroz qiyshaytirilib  ichiladi. Ba’zi kosalarda tarqatilgan sho‘rvalar disert qoshiqda 
tanovul  qilinadi.  Ikkinchi  taomlar  pichoq  va  sanchqi  yordamida  yeyiladi.  Yemak 
jihozlari  ushlagichni  o‘rtasidan  emas,  uchidan  ushlagan  ma’qul.  Pichoqni  faqat 
taomni  kesish  uchun  ishlatish  lozim,  ammo  zinhor  uni  og‘izga  olib  borishni 
maslahat  bermaymiz.  Ba’zi  kesish  shart  bo‘lmagan  taomlar,  masalan,  omlet, 
qovurilgan tuxum, faqat sanchqida yeyiladi. Uni o‘ng qo‘lda ushlab, tanovul qilish 
vaqtida  chap  qo‘ldagi  non  bo‘lagi  yordamchi  tarzda  qo‘llanadi.  Ovqatlanib 
bo‘lgandan  so‘ng  boshqa  emasligingizni  bildirish  maqsadida  sanchqi  hamda 
pichoq  kosaga  bir

biriga  parallel  ravishda  qo‘yiladi.  Agar  siz  hali  tanovulni 
tugallamagan  bo‘lsangiz,  unda  sanchqi  va  pichoqni  chalishtirgan  holda,  pichoqni 
o‘ngga, sanchqini chapga  qarab  yo‘naltirgan  holda qo‘ysangiz bo‘ladi. Dasturxon 
atrofida  o‘tirganda  non  idishidan  olingan  nonni  kesmaymiz,  balki  bo‘lakka  bo‘lib 
yeymiz.  Yog‘  pichoq  bilan  sanchqi  yordamida  bo‘lib,  biroz  yog‘ga  surtilgan  non 
bilan  yeyiladi.  Yog‘ni  ozginagina  yog‘  idishdan  kosamiz  chekkasiga  olamiz.  Non 
bilan nonushtada nisbatan erkinroq bo‘lamiz. Non bo‘lagiga sariyog‘ surtib, tishlab 
yeyish  mumkin.  Yog‘  surtilgan  non  pichoq  bilan  kesib  yeyilmaydi.  Nonushta 
paytida  bunda  non  bo‘lagiga  kolbasa  yoki  pishloq  qo‘yib,  ikkiga  bo‘lib  yeyish 
uchun  qulay  qilish  mumkin.  Bunday  buterbrodni  likopchada  sanchqi  va  pichoqni 
qo‘llagan  holda  tanovul  qilish  mumkin.  Oilada  buterbrodlar  yemak  jihozlarini 
qo‘llamasdan  yeyiladi.  Albatta,  agar  u  kichik  bo‘lsa.  Ba’zida  buterbrodning 
kattaligidan  yeyish  ko‘p  noqulaylik  tug‘diradi.  Uni  kosaga  qo‘yib  pichoq  va 
sanchqini qo‘llashdan boshqa iloj yo‘q. Jihozlar bo‘lmagan taqdirda, salfetkalardan 
foydalanish  mumkin.  Quritilgan  yoki  qotgan  nonlarni  choyga  botirib  faqat  oila 
davrasida  yeyish  mumkin.  Tortilgan  kolbasa  agar  tozalanmagan  bo‘lsa,  kosada, 
sanchqi  hamda  pichoq  bilan  tozalanadi.  Quruq  kolbasa  shundoq  yeyilaveradi. 
Yupqa  to‘nli  sosiskani  artmasdan  yeyish  mumkin,  ammo  qalin  bo‘lsa,  albatta, 
tozalagan  ma’qul.  Qovurilgan  tuxumni  nima  bilan  berilishiga  qarab  sanchqi  yoki 
qoshiqcha  bilan  yeyish  mumkin.  Sho‘rvalar  biroz  bizni  qiynaydi:  kosani  o‘zi 
tomonga og‘dirish lozimmi, yoki o‘zimiz kosaga engashishimiz kerakmi… Kosani 
hech  ham  o‘zimizga  og‘dirmaymiz,  kosada  bir  sho‘rvaning  qoldig‘i  shunday 
qolaveradi. Oilaviy sharoitda kosani sal o‘zimizdan og‘dirib qolgan sho‘rvani ichib 
qo‘ysak  bo‘ladi.  Na  tanovul  mobaynida,  na  undan  keyin  sho‘rvaning  qoshig‘i 
stolga  qo‘yilmaydi,  kosada  qoladi.  Sho‘rvadagi  go‘sht  –  bir  vaqtning  o‘zida  ham 
birinchi,  ham  ikkinchi  taomdir.  Shu  bois,  avval  sho‘rvani  qoshiqda  tanovul  qilib, 
keyin  uning  go‘shtini  yeyishda  sanchqi  hamda  pichoqdan  foydalanmiz.  Sovuq 
taom  sifatidami,  yoki  issiqmi  –  berilgan  baliq  go‘shtiga  pichoqni  yo‘latmaymiz. 
Undan  faqat  dudlangan  seledka  uchun  ishlatamiz.  Agar  baliqdan  tayyorlangan 
taomga  qo‘shib  maxsus  yemak  jihozlari  –  kurakcha  va  sanchqi  berilsa,  unda 
kurakchani o‘ng qo‘lga, sanchqini chap qo‘lga olamiz. Sanchqi yordamida go‘shtni 
ushlab  tursak,  kurakcha  yordamida  qiltanoqlarni  tozalab  olamiz.  Agar  sanchqi 
ikkita  bo‘lsa,  unda  o‘ng  qo‘ldagisi  qiltanoqni  ajratish  uchun,  chapdagisidan 


147 
 
go‘shtni  yeyish  uchun  foydalaniladi.  Bittagina  sanchqi  bo‘lgan  taqdirda,  uni  o‘ng 
qo‘lga olib, chapga burda  non olib, uning  yordamida  baliq  go‘shtini  ushlab turib, 
sanchqi yordamida qiltanoq ajratiladi va yeyiladi. Agar bizning likopga butun baliq 
tortilgan  bo‘lsa,  avvalida  ustixondan  filening  yuqori  qismini  ajratib  olamiz,  so‘ng 
umurtqadan qiltanoqni ajratib, chekkaga olib qo‘yamiz, keyin esa ikkinchi qismini 
tanovul  qilishga  o‘tamiz.  Og‘zimizga  tushib  qolgan  qiltanoqni  bildirmasdan  til 
uchida  sanchqiga  qo‘yamiz.  Parranda  sanchqi  hamda  pichoq  yordamida  yeyiladi. 
Bunda  suyakni  tozalab  yeyishni  ko‘rsatish  uchun,  sanchqi  bilan  pichoqni 
o‘ynataverish  shart  emas.  Suyakda  biroz
 
go‘sht  qolishidan  siqilmaslikka  harakat 
qilish lozim. Uy sharoitida esa go‘shtni qo‘lga olish mumkin. 
Sabzavotlar  aralash  go‘sht  –  muammoli  taom.  Hozirgi  kunda  jahonda  bu 
taomni  tanovul  qilishda  bir-birini  rad  qiluvchi  ikki  tavsiya  mavjud. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish