Book · January 017 citations reads 5,818 authors



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   165
Bog'liq
Etiket

Salfetka  –  sochiq 
shak

shubhasiz  stol  servirovkasidir.  Axir  ularsiz 
stoldagi  ozodalik  hamda  batartiblikni  ushlab  bo‘lmaydi.  Bundan  tashqari,  yaxshi 
dazmollangan,  chiroyli  taxlangan  sochiqlar,  stolga  ziynat  qo‘shadi.  Sochiqlarni 
o‘rashda  turli  usullar  mavjud,  lekin  biz  qo‘limiz  kamroq  tegishi  mumkin  bo‘lgan 
va  yozilganda  g‘ijim  ko‘rinish  kasb  etmagan,  oddiy  hamda  qulay  uslubni  ko‘proq 
tavsiya  etamiz.  Stolni  nonushtaga  yoki  tushlikka  tayorlashda,  odatda  salfetkalar 
to‘rtga  bo‘lib,  uchburchak  shaklida  yarmidan  buklab,  so‘ng  ruletga  o‘xshab 
o‘raladi,  bu  esa  unchalik  qiyinchilik  tug‘dirmaydi,  tantanali  kechki  ovqat  yoki 
tushlikka  esa  nisbatan  murakkabroq  taxlashlar  –  yelkan,  qalpoqcha,  sham  va  b. 
shakllarda  o‘raladi.  O‘ralgan  sochiqlar  har  bir  mehmonning  gazak  uchun 
mo‘ljallangan  kosasiga  qo‘yib  chiqiladi.  Sochiqlarni  qog‘oz  salfetkalar  bilan 
almashtirish  mumkin,  o‘z-o‘zidan  ma’lumki,  tejamkorlik  maqsadida  ularni 
qismlarga kesmalik lozim. 
Sochiqlardan  to‘g‘ri  foydalanish  usuli.  Stolga  o‘tirgandan  so‘ng,  kosada 
juda chiroyli qilib o‘ralgan oppoq sochiqni ko‘rgan ba’zi odamlar, uni oldida o‘zini 
biroz 
iymanibroq  tutadilar.  Ba’zida  uni  pichoq,  sanchqi,  qoshiq  kabi  jihozlardek 
zarur  ekanligini,  odamga  tanovul  paytida  yemak  uchun  yordamchi  vazifasini 
o‘tashga  mo‘ljallanganini  bilmay,  sekingina  bir  chetga  olib  qo‘yishga  harakat 
qiladilar. 
Yuqorida 
aytilgandek, 
yaxshi 
dazmollangan 
va 
me’yorida 
kraxmallangan, chiroyli taxlangan sochiqlar shubhasiz stolni bezaydi, servirovkani 
boshqa  narsalari  bilan  birga  ularni  yanada  chiroyli  ko‘rsatadi.  Salfetkani  asosiy 
vazifasi  kostyumni  tasodifiy  taom  tomchilari,  to‘kilishlar,  ushoqlar  tushishi  kabi 
noxush holatlardan saqlaydi. U bilan yana barmoqlar va lablar tanovul mobaynida 
hamda  undan  keyin  artiladi.  Bevosita  tanovuldan  avval  sochiqni  yoyib,  ikkiga 
buklab,  tizzaga  yoyiladi.  Sochiqni  yoqaga  yoki  bo‘yinboqqa  qistirib  olish 
noo‘rindir. Tamaddi vaqtida tasodifan kir bo‘lgan barmoqlarni e’htiyotkorlik bilan 
sochiqni  ustidan,  tizzadan  olmasdan  turib  artiladi.  Lablarni  artish  uchun  esa,  ikki 
qo‘l  bilan  tizzadan  salfetkani  olib,  uchidan  burab,  o‘rtasini  lablarga  tekkaziladi. 
Lablarni  nomigagina  salfetka  bilan  artish  xunuk  ko‘rinadi.  Salfetkani  burun  artish 
yoki  uni  qo‘l  kirlanganda  qo‘l  sochiq  qilish,  umuman,  to‘g‘ri  kelmaydi.  Stolga 
o‘tirgach  jihozlarni  yaxshilab  nazardan  o‘tkazib,  biron  narsa  topib  olgach,  uni 
salfetka  bilan  tozalashga  tushish  yaxshi  emas.  Bu  bilan  siz  uy  egalarini  orasta 
ekanliklariga  gumoningiz  borligini  bildirib,  ularni  ranjitasiz.  Ovqatlanib 
bo‘lgandan  so‘ng  sochiqni  avvalgi  holatga  keltiraman  deb,  uni  ishtiyoq  bilan 
taxlashga  kirishib  ketmang,  balki  batartiblik bilan kosaning o‘ng tomoniga qo‘yib 
qo‘ying.  Stulning  suyanchig‘iga  yoki  o‘rindiqqa  sochiqni  tashlab  qo‘yish  ham 
yaramaydi.  Agar  tasodifan  sochiq  tizzadan  polga  tushib  ketsa,  tashvishlanmang: 


134 
 
tozasini  berishni  iltimos  qiling,  zero  poldan  olingan  salfetka  bilan  foydalanish 
mumkin emas. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish