Book · January 017 citations reads 5,818 authors



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   165
Bog'liq
Etiket

Qo‘llar. 
Ko‘pchilik  o‘z  qo‘llarini  qanday  tutishni  bilishmaydi.  Biror 
narsani  yulish,  barmoqlar  bilan  stol  yoki  stulni  taqillatish,  bosh  yoki  quloqni 
qashish,  qo‘lni  qarsillatish,  jag‘ni,  peshonani  yoki  burunni  ishqalash,  tirnoqlarga 
hadeb  qarayverish  kabi  odatlarni  tashlab,  bo‘sh  qo‘llarni  o‘z  joyida  tutish  kerak. 
Ovqatlanish  vaqtida  qo‘l  kaftlari  stolda  turadi.  Boshqa  inson  bilan  muloqotga 
kirishganda mumkin qadar qo‘l bilan turli imo-ishoralar qilmaslik kerak. Kundalik 
turmishimizda  so‘zlar  va  iboralarni  ta’kidlash  uchun  ba’zidagina  qo‘lni 
harakatlantirish  mumkin.  Masalan, 
“Marhamat  o‘tiring”,  “marhamat  tanishing”, 
“Siz bilan tanishtirsam maylimi?”
 kabi iboralarni qo‘llash mumkin.  
Suhbat vaqtida og‘izni qo‘l bilan berkitish, suhbatdoshning yelkasini qoqib 
qo‘yish, uning kiyim tugmasiga tegaverish, yengidan ushlab turish, qo‘l yoki tirsak 
bilan  turtish  odobsizlik  hisoblanadi.  Biror  tanish  kishining  qiyshaygan  yoqasini 
tuzatib  qo‘yishda,  kiyimiga  yopishgan  ip  yoki  qilni  olib  tashlashda  ham  undan 
ijozat so‘raladi. 
Biror narsani qo‘lni nayza qilib ko‘rsatish odobdan emas. 
Yo‘talganingizni,  aksirganingizni,  burun  qoqqaningizni  mumkin  qadar 
kishiga  sezdirmang,  buning  uchun  albatta,  dastro‘mol  tuting.  Aksirgan  kishiga 
“sog‘  bo‘ling”
  deb  aytiladi.  Suhbatdoshingiz  oldida  aslo  esnamang  va 
xo‘rsinmang, chunki bular zerikish alomatidir. 
Og‘izni  katta  ochib  kulish  yaramaydi.  Qahqaha  urib  kulish  ham  yaxshi 
emas,  chunki  har  qanday  shovqin  atrofdagilarni  o‘ziga  jalb  qiladi.  Eng  yaxshisi, 
samimiyat bilan kulishdir.  
Ko‘rkam yurish, qaddi-qomat, nazokatli ishoralar ham ayolni, ham erkakni 
yanada ko‘rkam ko‘rsatadi. Juda ham kam holatlardagina biz nazokat bilan qaddi-
qomatni tutish hamda yurishni tabiat ehsoni sifatida qaraymiz. Ko‘proq bu sifatlar 
qiyinchilik bilan kasb qilinadi. Ularni o‘zida tarbiyalash uchun sport, ritmika bilan 
shug‘ullanish  lozim.  Bu  qiz  bolalar  uchun  juda  foydalidir,  buni  ota-onalar  yodda 
tutsinlar.  Chiroyli  yurish,  qaddi-qomatni  tutish,  yengil  va  go‘zal  ravishda 


45 
 
zinapoyalarda  chiqish  yoki  tushish  hamda  nafosat  bilan  o‘tirishni  o‘rganish 
lozimdir. Ayniqsa, ayol oynada qanday qilib divan, stul yoki o‘rindiqda o‘tirganini 
kuzatishi kerak.  
Ba’zi holatlarda juda bunga pastlik qiladigan o‘rindiqlarda o‘tirgan ayollar 
oyoqlarini  chalishtirib  oladilar.  Bunday  vaziyatda  ularni  chalishtirmasdan, 
birlashtirib,  tizzalarini  bir  tomonga  sal  og‘dirib  o‘tirgan  ma’qul. 
Mashinaga 
o‘tirayotgan  ayol  unga  to‘g‘ri  kirib  ketmaydi,  balki  o‘rindiqni  uchiga  omonat 
o‘tirib,  keyin  oyoqlarini  yig‘ib  oladi,  chiqayotganda  esa  aksincha,,  avval 
oyoqlarini  erga  qo‘yib,  so‘ng  ko‘tariladi.  Boshni  haddan  tashqari  baland 
ko‘tarmaslik,  yoki  aksincha,  egib  o‘tirmaslik  lozim 
–  hamma  joylarga  zimdan 
alangash-ku undan ham yomon. Yoshlar qo‘lini qayerga qo‘yishni bilmaydi. Qizlar 
sumkalariga  tayanishadi,  o‘g‘il  bolalar  esa  bu  masalada  bir  muncha  qiynalishadi. 
Eng  yaxshisi  –  qo‘lni  cho‘ntakda  saqlash,  lekin  bu  odobga  to‘g‘ri  kelarmikan? 
Juda  bo‘lmaganda,  bir  qo‘lni  ustki  kiyim  cho‘ntagiga  solib,  ba’zi-ba’zida  uni 
chiqarib  turmoq  mumkin.  Shimning  cho‘ntaklariga  esa  qo‘lni  faqat,  zarur  bo‘lgan 
narsani  olish  uchun  kirgiziladi. 
Ikkala  qo‘lni  ham  shimning  cho‘ntagida  saqlash, 
umuman mumkin emas.
 Buni hatto o’z tengdoshlari o‘rtasida ham bajarish nojoiz – 
bu  ko‘nikadigan  yaxshi  odat  emas!  Qiz  bolaning  ham  qo‘llarini  shim 
cho‘ntaklariga  solib  yurish,  ayniqsa,  suhbat  chog‘ida  odobsizlikdir.  Yo‘lda  qo‘lni 
har yoqqa tashlab yurishi yoki suhbat vaqtida qo‘lni paxsa qilib so‘zlashish xunuk 
odat.  Stolga  musht  urib  gapirish  balki  qo‘pol  ko‘rinish  kasb  etadi  ham.  Barcha 
imo-ishoralar bosiq hamda maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish