Book · January 017 citations reads 5,818 authors



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   165
Bog'liq
Etiket

“maxsus  moslashuv  jarayoni”
  kerak.  Bunda  o‘zgaruvchan 
davrda  tezda  moslashib  olganlar  ularning  asabiga  tega  boshlaydi.  Bundaylarga 
biroz sabrli bo‘lishni  maslahat beramiz.  A.Navoiyning “Mahbubul qulub” asarida
 
“O‘ziga bino qo‘ygan odam – aqlsizdir, o‘ziga zeb bergan – beor , satangdir
  ...” 
1
deydi. 
Zamonaviy  kiyinish  bilan  bizning  g‘ashimizga  tekkan  odam  o‘rnakka 
arziydagan  oila  a’zosi  va  yaxshi  odam  bo‘lib  chiqishi  mumkin.  Biz  ham  vaqti 
kelib, shunday kiyinishimiz mumkin. 
Bashang zamonaviy qiyofa ko‘r-ko‘rona, modaning qulini qabul qilmaydi. 
Har  qanday  fasondagi  ko‘ylak  ham  odamga  yarashavermasligi  mumkin.  Ammo 
                                                             
1
 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами –Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 
2011. – 428 б. 


41 
 
zamonaviylikning  doirasi  kengdir.  Yoshi  kattalar,  yoshlar,  to‘la  odamlar,  ozg‘in, 
bo‘yi pastlar va balandlar uchun fasonlar mavjud. Bashang va zamonaviy kiyinish 
san’ati  zamonaviylikning  asosiy  talablarini  o‘ziga  qo‘llay  olish  va  ko‘proq  mos 
keladiganlarini tanlab olishdan iboratdir. 
Ammo  bir  narsani  inobatga  olish  zarur.  Bu  –  moliyaviy  imkoniyatni 
hisobga  olish.  To‘g‘ri  hozirda  hatto  do‘konlarda  ham  sotuvchilar  kiyimimizga 
qarab xizmat ko‘rsatadi. Ammo kiyimni to‘g‘ri tanlash va kiyish bu muammoni hal 
qiladi.  Estetik  did  bilan  tanlangan  u  yoki  bu  libos  nafaqat  rusmga  mos  bo‘lishi, 
balki  yangi  rusmni  vujudga  keltirishi  ham  mumkin.  Sizni  yuqori  darajadagi 
didingiz  odamlarga  yoqqani  sababli,  ularni  siz  kabi  kiyinishga  undashi  mumkin. 
Kiyimingiz zamonaviymi yo‘qmi, bu faqat sizning didingiz darajasini ko‘rsatishini 
unutmaslik  lozim.  Buyuk  olmon  faylasufi  Imannuel  Kant  qiynalgan  vaqtlarida: 
“Men buyumlarni o‘zimga bo‘ysundirdim, o‘zimni ularga emas” deb e’tirof etadi
1

Deyarli  hamma  erga  ustki  kiyim  lozim.  O‘zga  tabiiy  matodan  qilingan 
kostyum  yaxshi.  O‘z  yaqinlaringiz  qabulida  bo‘lganingizda  ustki  kiyimingizni 
yechishni  so‘rab,  olib  qo‘yishingiz  mumkin,  boshqa  paytlarda  uy  egasining 
taklifini kutmoq afzal. 
Kostyumga  bo‘yinbog‘  zarur.  U  faqat  rangli  va  sport  ko‘ylaklariga 
nisbatan zaruriyat tug‘dirmaydi. 
Rasmiy  holatlarda  ustki  kiyimning  tugmalari  qadalgan  bo‘ladi.
  Bunday 
holatlarda  siz  tanishlaringiz  xonadoniga,  restoranlarga  (ayniqsa,  ayollar  oldida), 
majlislar  xonasiga,  teatrga  kirishinigiz  mumkin.  Bundan  tashqari,  tugmalarni 
prezidium  stolida  o‘tirganigizda  va  doklad  bilan  chiqish  qilganingizda  qadalgan 
bo’lishi  lozim.  Raqsga  tushganingizda  ham  xuddi  shunday  holatda  ushlab  turish 
maqsadga muvofiq. 
Qadalmagan  tugmalar  bilan  siz  o‘rindiqda  teatr  tomosha  qilayotgan  yoki 
kechki  ovqat  dasturxoni  oldida  o‘tirishingiz  mumkin.
  Ustki  kiyimning  eng  quyi 
qismidagi  tugma  hech  qachon  qadalmaydi.  Dissertatsiya  himoyasi  uchun  nomzod 
to‘q kostyum kiyishi lozim. Uyda xalat va pijama faqatgina ertalab yoki kechqurun 
vannaga  kirish  uchun  kiyiladi.  Boshqa  paytlarda  to‘liq,  batartib  va  qulay  kiyinish 
lozim.  
Uyda
  odatga  ko‘ra  erkaklar  trikotaj  matodan  bo‘lgan  sport  kiyimlari  yoki 
jinsi  kiyadilar.  Agar  uyda  bo‘ylab  yurgan  erkakning  kiyimi  biroz
 
eskiroq, 
shimidagi  naqshlar  rangdor  va  ajoyib  bo‘lsa,  buning  qo‘rqinchli  joyi  yo‘q.  Hatto 
yaxshi  ko‘rinadi.  Asosiysi,  eskirgan  bo‘lsa,  ham,  ularni  vaqtida  yuvishga  tashlab, 
tugmalarini mustahkam va dazmollangan holda tutish lozim. 
Agar  mehmon  sizni  pijamada  ko‘rsa,  ustingizga  xalat  tashlab  olgan 
ma’qul.  Xuddi  shu  narsaga  o‘zgalarning  uyi  yoki  dam  olish  maskanida 
yashaganingizda  qiling.  Erkaklar  kabi  ayollarning  ham  shippaklari  toza  va 
pachoqlanmagan bo‘lishi lozim. 
Taklif qilingan mehmonlar hech qachon shippakda kutib olinmaydi, garchi 
uy  egasi  har  safar  yangi  libosda  chiqishi  shart  bo‘lmasa  ham.  Ayniqsa,  mehmon 
oddiy ko‘ylakda kelgan bo‘lsa. 
                                                             
1
 Гулыга А. Кант. Молод г-я.-М; 1981. Стр.68. 


42 
 
Erkaklar  uchun  ko‘ngilochar  kechalar  uchun  mo‘ljallangan  ayollardagi 
kabi  bunday  darajada  ta’sirchan  kostyumni  hali  moda  o‘ylab  topmagan.  Ammo 
nima  qilsa  ham  mayda  katakli  ko‘ylak  yoki  to‘qilgan  sviter  bilan  birga  jinsi  shim 
to‘g‘ri kelmaydi. Bunday kiyim faqat kundalik kiyinishga mos. Mehmonlar qabuli 
uchun och tusdagi shim va ko‘ylak kiyib olgan ma’qul. U haddan tashqari ola-bula 
yoki  odmi  bo‘lgani  ma’qul.  To‘q  rangdagi  ko‘ylak  haddan  tashqari  oddiy 
ko‘rinadi.  Och  rangdagi  ko‘ylak  ozodalik  va  yangilik  kabi  yoqimli  hislarni 
uyg‘otadi.  
Kiyim  tanlash etiketi talablarida dam olish  maskanlari  va dala hovlililarda 
o‘tkaziladigan  mehnat  ta’tili,  qishki  yoki  yozgi  ta’tilda  kiyiladigan  kiyimlarni 
kiyishda  katta  erkinlik  beriladi.  Bunda  uydagi  iliqlik  hamda  shinamlik  hissini 
uyg‘otadigan to‘qilgan, yumshoq, issiq va momiq kiyimlar kiyish mumkin. 
So‘nggi yilning so‘nggi kunidagi yuqori kayfiyat sizning kiyimingizda aks 
etadi.  Yangi  yilni  siz  yaqin  do‘stlaringiz  bilan  nishonlaysizmi,  yoki  ularning 
uylarida,  restoranda  yo  kafeda  –  yangi  yil  ziynatlari  kundalik  pardozlardan  o‘zini 
yorqinligi  bilan  ajralib  turishi  lozim.  Yangi  yil  kechasining  o‘zgacha  tarovatini 
faqatgina shu kun uchun mo‘ljallangan libosingizga yana yorqinlik ato eta oladigan 
ajabtovur  ziynatlar  va  detallar  bilan  bezatish  evaziga  yanada  kuchaytirishingiz 
mumkin. 
Kiyimning  o‘zi  shunchaki  chiroyli  bo‘la  olmaydi.  Uning  nafosati  qayerga 
– ishxonagami, uyga, bayramga, shahardan tashqariga sayr uchun mo‘ljallanganiga 
bog‘liq.  Bashang  kiyim  faqat  qaddi-qomati  kelishgan,  yaxshi  fazilatlarga  va 
chiroyli nutqqa ega odam bilan 
“chiqishadi”. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish