Book · January 017 citations reads 5,818 authors



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   165
Bog'liq
Etiket

 
 
 
MAROSIMLAR ETIKETI  
O‘zbek  xalqining  qon-qoniga  singib  ketgan  marosimlardan  biri  to‘ydir. 
To‘y  qarindosh-urug‘,  tanish-bilish,  qo‘ni-qo‘shni,  el-yurtga  yoziladigan 
dasturxon,  ularni  ahillikka,  mehr-oqibatli  bo‘lishga  undaydigan  marosim 
hisoblanadi. 
To‘ylarimiz  o‘zbeklarning  kimligini  namoyon  etuvchi  o‘ziga  xos  bir 
ko‘rikdir.  To‘y  ham,  ma’raka  ham,  marosim  ham  birinchidan  shaxsiy  ish  emas, 
balki ijtimoiy hodisadir. Ikkinchidan, esa xalqimizning milliy qiyofasi va xarakteri, 
o‘ziga  xos  turmush  tarzi,  salohiyati,  dunyoqarashi,  tafakkuri,  ongi  va  qalbi, 
odamgarchiligi,  orzu-umidlari,  fazilatu  kamchiligi,  bir  so‘z  bilan  aytganda,  butun 
borlig‘i  ana  shu  to‘y-hashamlarda,  oilaviy  tantanalarda,  ma’raka  va  marosimlarda 
yaqqol namoyon bo‘ladi.  
O‘zbekistondagi  har  bir  viloyat  va  hududda  to‘y  oldi  va  to‘y  o‘tkazish 
marosimlari  o‘zgachadir.  Lekin  qayerda  bo‘lishidan  qat’i  nazar,  to‘y  oldi 
marosimlari va to‘y o‘tkazishning ham o‘z etiketi mavjud.  
To‘y marosimlari sovchilik marosimi bilan boshlanadi. 


153 
 
Sovchilikka  asosan  ayol  kishilar  boradi.  Ya’ni  kuyov  bo‘lmishning  holasi 
yoki  ammasi,  yon  qo‘shnisi  onasi  bilan  birga  yuradi.  Sovchilikka  borgan  ayollar 
nihotda  so‘zamol,  shirin  so‘z,  uddaburon  bo‘lishlari  kerak.  Xonadonida  bo‘yi 
yetgan  qizi  bor  oilalar  sovchi  kelishiga  doimo  tayyor  turishlari  kerak.  Uy-joylar 
doimo  toza,  tartibli  turishi  lozim.  Kim  sovchi  bo‘lib  kelishidan  qat’i  nazar  ularni 
ochiq  yuz  bilan  kutib  olish  kerak.  Sovchilarga  o‘sha  xonadonning  oila  a’zolari, 
oilaviy  muhiti,  qizning  odobi  ma’qul  kelsa,  o‘sha  xonadonga  qayta  keladilar.  Qiz 
taraf ham birinchi kelgan sovchilarga aniq javob bermaydi. Etiket bo‘yicha birinchi 
marotaba kelgan sovchining yoniga qizni olib kirib ko‘rsatish (hatto sovchilarning 
iltimosiga  binoan)  mumkin  emas.  Bugungi  kunda  barcha  qizlarimiz  o‘qiydi, 
ishlaydi – juda bo‘lmaganda odobli, tarbiyali qiz sahar turib ko‘chalarni supuradi – 
o‘sha payt qizni tashqi ko‘rinishini ko‘rib olish mumkin.  
Birinchi 
kelgan 
sovchiga 
qizning 
rasmini 
ko‘rsatish  mumkin. 
Sovchilarning  o‘zini  tutishi,  xatti-harakatlari  yoqmagan  taqdirda  ham,  qizning 
onasi  tavoze’  bilan  qizini  hali  uzatmaslik  bahonasini  aytishi  mumkin.  Ikkinchi 
marotaba  kelgan  o‘sha  sovchilar  kuyov  haqidagi  aniq  ma’lumotlarni  tashlab 
ketadilar.  O‘sha  ma’lumotlar  bo‘yicha  kuyov  bo‘lmishni  mahalla-ko‘y,  ishxonasi, 
yor-do‘stlari  orqali  surishtiruv  ishlari  amalga  oshiriladi.  Bularni  hammasi  ham 
odob qoidalariga binoan olib boriladi.  
Ma’lumotlar  yig‘ib  olingandan  so‘ng,  o‘rtada  turgan  amma  yoki  hola 
qizning  yaqin  qarindoshlari  orqali  yoki  telefon  orqali  javob  olish  uchun  borish 
mumkinligini  haqida rozilik so‘rab, kun belgilanadi. Sahih  hadislarda  yozilishicha 
“Qaysi  bir  ayolga  uylanish  dilga  tushib  qolsa,  oldin  uni  bir  ko‘rishlik  yomon 
emas”
1
  deyilgan.  Demak,  qiz  tomon  to‘plagan  ma’lumotlari  ma’qul  tushsa,  qiz 
bilan yigitni bir marotaba bir-birlariga ko‘rsatishadi. Qiz va yigit o‘zlarining yaqin 
qarindoshlari  bilan  uchrashuvga  chiqadilar.  Agar  qiz  bilan  yigit  uchrarashib,  bir-
birlariga  ma’qul  bo‘lgan  bo‘lsalar,  patir  sindirish  marosimi  o‘tkaziladi.  Bu 
marosim  ham  ozchilik  o‘rtasida  bo‘lib  o‘tadi.  Bundan  so‘ng  “oqlik  berish” 
marosimi  bo‘lib  o‘tadi,  ya’ni  kuyov  taraf  qiznikiga  “oqlik”  jo‘natadi.  Bu 
marosimda  ham  kamchilik  qatnashib,  kuyov  tarafdan  kelinga  atab  yuborilgan 
birinchi sovg‘a-salom, shirinliklar va sarponing  ma’lum qismi  yuboriladi  va o‘sha 
kuni tuy o‘tkazish muddati begilanadi.  
Juda  ko‘p  joylarda  to‘ylar  uy  sharoitida  bo‘lib  o‘tadi.  Lekin  katta 
shaharlarda to‘ylar restoran va kafelarda o‘tkazilmoqda. Shuning uchun to‘ylardagi 
dasturxon  atrofidagi  etiket,  o‘zini  tutish  etiketi,  raqs  tushish  etiketi,  kiyinish 
etiketiga  qat’ia  amal  qilinishi  lozim.  Jamoada  yoshi  katta  onaxonlar,  otaxonlar 
borligini unutmaslik kerak. Qonuniy nikohini kechki nikoh to‘yi marosimida qayd 
etish  urf  bo‘lib  bormoqda  (shar’iy  nikoh  to‘y  egalari  bilan  kelishilgan  vaqtda 
ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, masjidning imom-xatibi amalga oshirishi lozim).  
Kuyov  navkarlar  kelinning  uyiga  karnay-surnay  sadolari  ostida  boradilar. 
Ma’lumki,  karnay-surnay  sadosi  nikoh  to‘yi  e’lonidir.  Ushbu  tadbirda  yosh 
bolalarning  qatnashishi  etiket  bo‘yicha  maqsadga  muvofiq  emas.  Ko‘p  joylarda 
kelin  salom  to‘y  oqshomining  ertasi  kuni  o‘tkazish  odatga  aylangan.  Bu  “kelin 
                                                             
1
 Ахлоқ- одобга оид ҳадис намуналари. Т. “Фан” 1990. Б.24 


154 
 
salom”  deb  nomlanadi.  Kelin  salomda  faqat  yaqin  qarindoshlar  va  yon  qo‘shnilar 
qatnashishadi. Buning ham o‘z etiketi bo‘lib, barcha amal qilishi lozim. 
Yangi chaqaloq tug‘ilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan udum bu “Azon 
aytish  (shar’iy  marosim)  chaqaloq  tug‘ilganidan  7-9  kun  o‘tgach,  mahalla  imomi 
yoki  ilmli  yaqin  qarindoshlardan  biri  uning  o‘ng  qulog‘iga  azon  (chap  qulog‘iga 
takbir)  aytishi  bilan.  Bu  odat  go‘dakning  bokira  shuuriga  Alloh  nomini  muhrlash 
mazmunida talqin etilgan”
1
 
Aqiqa  chaqaloq  tug‘ilganidan  keyin  7,  14,  21  -  kunlarning  birida 
o’tkaziladi. Bir qo‘y so‘yib, uni uchga taqsimlab, bir qismini homiladan bo‘shagan 
ona  uchun,  bir  qismini  muhtoj  oilalarga  tarqatish,  bir  qismini  ziyofatga  ishlatish 
tavsiya etiladi. 
Qovurdoq  yangi  bo‘shangan  kelinga  onasi  tomonidan  tayyorlab  olib 
boriladigan  taom.  Qovurdoq  o‘zaro  mehr-oqibat  va  do‘stlik  rishtalarining 
mustahkam  bog‘lanishini  nazarda  tutib,  ixcham  ko‘rinishda  o‘tkaziladigan 
marosim  hisoblanadi.  O‘sha  kuni  beshikka  solish  marosimini  ham  o‘tkazib 
yuborish mumkin. Bundan tashqari, sunnat to‘yi, beshik to‘yi kabi marosimlar ham 
bo‘lib,  bularni  ham  ixcham  va  yaqin  kishilar  davrasida  o‘tkazish  maqsadga 
muvofiq. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish