Book · January 017 citations reads 5,818 authors



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   165
Bog'liq
Etiket

 
 
Hadyalar va ularni taqdim etish etiketi 
Biz  o‘z  xursandchiligimizni  boshqalar  bilan  baham  ko‘rishga  o‘rganib 
qolganmiz  va  go‘zal  urf-odatlarga  ergashgan  holda  bir-birimizga  sovg‘alar  hadya 
etamiz.  Ularning  sababi  hayit  bayramlari,  tug‘ilgan  kunlar,  8-Mart,  Yangi  yil, 
Hovli  to‘yi,  to‘y  (nafaqat  yaqin  qarindoshlaringiz,  balki  tanishlaringizniki  ham 
bo‘lishi  mumkin)  munosabati bilan  hadyalar orqali bizga aziz odamlarga nisbatan 
bo‘lgan  muhabbatimizni  va  e’tiborimizni  namoyon  etamiz.  Gul,  manzur  shirinlik 
kabi  arzimagan  narsalar  bilan  ham  insonni  xursand  qilish  mumkin.  Hadya  qilish 
istagini  yoshlikdan  uyg’otish,  sovg‘a  bera  bilishga  va  ziyofat  qilishga  bolalikdan 
o‘rgatish  lozim.  Sovg‘alarni  tanlashda  e’tiborli  bo‘lishimiz  lozim.  Bunday 
vaziyatda  sizga  kashf  qilish  qobiliyati  va  xayolot,  izlanuvchanlik  hamda  zehni 
o‘tkirlik  kerak  bo‘ladi  –  bir  so‘z  bilan  aytganda  nimaga  qodir  ekanligingizni 
ko‘rsatish  imkoniyati  paydo  bo‘ladi.  Bu  erda  did,  farosat,  ijodkorlik  va  odoblilik 
talab  qilinadi.  Sovg‘a  izlashni  oxirgi  daqiqaqalarga  tashlab  qo‘yishni  maslahat 
bermaymiz. Shoshilinchda sifatsiz yoki keraksiz narsani olib qo‘yish mumkin.  
Sovg‘aning arzon yoki qimmatini olish har kimning imkoniyatiga bog‘liq. 
Haddan  tashqari  sahiylik  qilishga  hammaning  ham  qurbi  yetavermaganidek, 
imkoniyat  bo‘lgan  hollarda  xasislik  qilish  ham  bema’ninik  hisoblanadi.  Bu  yerda 
ham kishiga bo‘lgan himmat rol o‘ynaydi.  
Bayram  kunlari  uchun  oldindan  tayyorgarlik  ko‘rilishi  lozim:  sovg‘a 
beriladigan  odamning  didi,  qiziqishlarini  o‘rgangan  ma’qul.  Maxsus  holatlar 
uchun:  gullar  (savatchada  yoki  qirqilgan),  sovg‘aga  monand  maxsus  nashrli 
kitoblar,  billur  idish,  osma  soat,  radiopriyomnik,  qimmatli  konfetlar  sovg‘a 
qilinadi.  Gastronomik  turdagi  (oziq-ovqat  bilan  bog‘liq)  sovg‘alar:  tort,  oliy  navli 
choy,  kofe,  shokolad,  uy  murabbolari,  pardoz  anjomlari:  yaxshi  odekolon,  loson, 
atir,  pudra,  pardoz  idish,  ko‘z  tepasiga  surtiladigan  bo‘yoqlar  to‘plami,  nodir 
shampun.  Yoshi  kattalarga  kiyim-kechak  sovg‘a  qilsa  ham  o‘rinli  bo‘ladi. 
Masalan,  otangizga  do‘ppi,  onangizga  ro‘mol  yoki  chiroyli  kiyimlik  v.b.  Sovg‘a 
nihoyat  darajada  ehtiyot  bo‘lmoq  kerak.  Agar  siz  bunday  narsalarni  sovg‘a 
qilmoqchi  bo‘lsangiz,  avvalo  uning  pardoz  anjomlariga  allergiyasi  bor-yo‘qligi 
hamda  uning  bu  sovg‘alardan  qay  darajada  foydalana  olish-olmasligini  bilish 
lozim.  Kiyimlar  va  aksessuarlar:  sharf,  qo‘lqoplar,  erkaklar  ko‘ylagi,  sumka, 
shippaklar,  paypoqlar,  ro‘mol,  yenguchiga  taqiladigan  bezakli  tugmachalar, 
bijuteriya,  manikyur  to‘plami,  kichik  hamyon.  Jonli  sovg‘alar:  mushuk  bolasi, 
kuchuk  bolasi,  qushlar,  baliqlar  bo‘lajak  egalarning  roziligi  bilan  olinadi! 
Ro‘zg‘orbop sovg‘alar: dazmol, termos, choynak, serviz, sochiqlar to‘plamiga ega 
dasturxon  bo’lishi 
mumkin.  Komandirovka  yoki  sayohatdan  qaytishda 
qarindoshlar  va  yaqin  do‘stlarga  suvenir  yoki  tabriknomalar  sovg‘a  qilinadi. 
Sovg‘ani  siz  tashakkur  bildirmoqchi  yoki  unga  bo‘lgan  e’tiboringizni  ko‘rsatish 
niyatida  qarindosh  yoki  tanishmi,  do‘st  yo  begonagami  –  kim  uchun 
mo‘ljallanganligiga  qarab  tanlaysiz.  Sovg‘ani  g‘arazli  maqsadda  qilishdan  tiyilish 


150 
 
darkor.  Hadya  qilishda  sovg’a  kimdanligini  yashirmang  –  bu  sovg‘a  oluvchilarni 
uzoq  gumonlarda  qolib  ketishiga  sabab  bo‘ladi.  Sovg‘aning  qiymati,  qoida 
bo‘yicha ahamiyat kasb etmaydi va u faqat sizning imkoniyatlaringiz bilan bog‘liq. 
Bunda faqat qimmatbaho sovg‘alarga tegishli bo‘lgandagi imkoniyatlar cheklanishi 
mumkin: 
ularni 
sizga 
shu 
qiymat 
darajasida 
qaytara 
olishga 
qurbi 
yetmaydiganlarga  va  bundan  o‘zini  noqulay  his  qiladigan  odamlarga  bilib  turib 
sovg‘a  qilmaslik  lozim.  Boshqa  tomondan  esa  o‘ta  arzimas  sovg‘a  orqali  siz 
o‘zingizni  haddan  tashqari  tejamkor  qilib  ko‘rsatib  qo‘yishingiz  ham  mumkin. 
Yubiley,  hovli  to‘yi  va  to‘y  tan’tanalarida  jamoaviy  tarzda  qimmatbaho  sovg‘alar 
qilish  an’anaviy  tusga  kirgan.  Bolalarni  xursand  qilish  oson  –  ular  har  qanday 
kitob,  konfet  va  o‘yinchoqlarga  rozi  bo‘laveradilar.  O‘z  hadyangiz  orqali  siz 
bolaning  qiziqishlari  rivojlanishiga  yordam  berishingiz  mumkin:  tennis  raketkasi 
yoki  rolik  bolani  sportga  nisbatan  bo‘lgan  qiziqishini  paydo  qiladi.  Qanday 
hajmdagi sovg‘a bo‘lsa ham uni qog‘oz qutiga, gulli sovg‘a o‘ramiga o‘rab berish 
bolalar uchun  muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bunday shakldagi sovg‘anigina 
bolalar sovg‘a deb tan oladilar.  Bolalarga  pul berishni  tavsiya etmaymiz. Agar bu 
pullar kerakli narsa uchun sarf qilinsa, unda istisno bo‘lishi mumkin.  
Yor-do‘stlarga  sovg‘a  tanlash  qiyin  emas,  chunki  ularning  didi  va  istagi 
oldindan  ma’lum.  Ularga  har  xil  –  ro‘zg‘or  anjomlaridan  tortib,  pardoz-andoz 
buyumlarigacha taqdim etish mumkin. 
Uylanishdan  oldin  hadya  qilinadigan  sovg‘alar  oddiy  iltifotlilik 
belgisinigina bildirishi lozim. 
Er-xotinlar  turli  xil  sabablar  bilan  bir-biriga  tez-tez  sovg‘alar  qilishni 
yoddan  chiqarmaliklari  lozim.  Asosan  ular  foydali  sovg‘alar  bilan  almashadilar, 
ayniqsa, ularga sovg‘a tanlash oson, chunki bir-birlariga nima zarur ekanini hamda 
nimadan  mamnun  bo‘lishlarini  yaxshi  biladilar  Va  albatta,  guldastasiz  buni 
tasavvur  qilish  qiyin.  Universal  sovg‘alardan  biri  –  kitob.  Uni  istagan  odamga  va 
va har qanday xursandchiliklarda hadya qilish mumkin. Imkoni boricha sovg‘abop, 
chiroyli  bezatilgan,  har  qanday  yangi,  yaqin  orada  nashrdan  chiqqan  kitoblarni 
sovg‘a  qilish  mumkin.  Ayol  kishini  erkak  kishiga  bo‘yinbog‘  sovg‘a  qilishiga 
maslahat  bermaymiz  (bunday  sovg‘a  yaqin  munosabatdagi  kishiga  beriladi 
turmush o‘rtoq, aka–uka, o‘g‘il). Pardoz ashyolarini sovg‘a qilish niyatingiz bo‘lsa 
ayol  kishi  bilan  maslahatlashish  lozim.  Erkaklarga  shirinliklar  –  konfet,  tort  va  b. 
narsalar kamdan-kam sovg‘a qilinadi. Siz  izlayotgan sovg‘ani tanlashda egasining 
yoshiga ham e’tibor berish lozim. Bu degani yoshlar va yoshi katta  uchun maxsus 
narsalar bor degani emas, ammo yoshi katta odamga yorqin rangdagi bo‘yinbog‘ni 
sovg‘a  qilish  bilan  uni  noqulay  axvolga  solib  qo‘ymaydigan  va  ayol  kishiga 
qariyalar  kiyadigan  matodan  hadya  qilib  uni  xafa  qilib  qo‘ymaslik  kerak.  Pul 
berishingiz  bu  sizni  ochiqchasiga  ishbilarmonligingizdan  dalolat  beradi.  Albatta, 
bunda  sovg‘a  foydali  bo‘lgani  bilan,  u  qiziqarlilik  xususiyatini  yo‘qotadi.  Bunday 
usullarni  kamdan-kam  va  faqat  yoshlarga  nisbatan  qo‘llagan  ma’qul  (masalan, 
yosh oilalarga to‘yana sifatida). Ko’rpa, yostiq, jild va choyshablarni faqatgina eng 
yaqin  oila  a’zolariga  yoki  to‘yda  sovg‘a  qilish  mumkin.  Hazilomuz  sovg‘alarga 
kelganda  ehtiyotkor  va  farosatli  bo‘lish  muhim.  Sovg‘alarning  ba’zi  turlari  milliy 


151 
 
belgilarga  egaligini  yoddan  chiqarmaslik  joiz:  Ovro‘poda  dastro‘mollar  janjal  va 
ko‘z yosh timsoli, o‘zbeklarda esa yangi kelin sovg‘a qilgan dastro‘mollar  yaxshi 
niyat  kasb  etadi,  g‘arbda  to‘ylarda  o‘tkir  tig‘li  va  kesuvchi  narsalar  sovg‘a 
qilinmaydi,  bizda  bu  boylik  ramzi  hisoblanadi.  Sovg‘ani  berishda  ham  go‘zallik 
qoidalariga  e’tibor  bilan  qarab,  uni  yaltiroq  qog‘ozga  chiroyli  gulli  tasmalar  bilan 
o‘rab  hadya  qilgan  ma’qul.  Sovg‘adagi  chek  yoki  qiymat  narxini  olib  tashlashni 
unutmaslik  lozim.  Chek  faqatgina  kafolatlangan  muddatga  esa  narsani  sovg‘a 
sifatida hadya qilganda saqlanishi mumkin.  
Sovg‘ani qay tarzda taqdim etishingiz ham muhim . Shaxsan o‘zingiz yoki 
boshqalar  tomonidan  taqdim  etilishi  –  uni  qanday  yetkazishingiz  ham  ahamiyatga 
molik. Sovg‘ani o‘z vaqtida  yetikazilishiga harakat qilish  muhim. Sovg‘ani biron-
bir  joyga  olib  qo‘ymasdan,  kiyimingizni  yechgan  zahoti  egasiga  topshirish  kerak. 
Bir og‘iz iliq so‘z bunda katta ahamiyat kasb etadi.  
Nafaqat  sovg‘a  qilishni,  balki  uni  olishni  ham  bilish  kerak.  Odobli  inson 
sovg‘aga  darhol  tashakkur  bildirib,  uni  hadya  qiluvchining  oldida  ochib, 
minnatdorchilik  bildiradi.  Olingan  sovg‘ani  e’tiborsizlik  bilan  olib  qo‘yish  o‘ta 
madaniyatsizlikdir. Sovg‘a sizga yoqmagan taqdirda uning aybini hatto ishora yoki 
kinoya  bilan  ham  bildirmaslik  kerak.  Har  qanday  sovg‘ani  jilmayib  olish  lozim. 
Agar  ayol  kishiga  gul  sovg‘a  qilinsa,  uni  darhol  guldonga  qo‘ygani  ma’qul,  gulni 
olib  shunchaki  qo‘yib  qo‘yish  e’tiborsizlikni  bildiradi.  Minnatdorchilikni  shunday 
tarzda  ifodalash  kerakki,  siz  xursand  bo‘lgan  sovg‘adan,  unchalik  qiymatga  ega 
bo‘lmagan sovg‘alarni hadya qilganlar yoki umuman taqdim qilmaganlar o‘zlarini 
noqulay his qilmasinlar. Agar tort yoki konfet olib kelishsa, o‘tirganlarni mehmon 
qilish yoddan chiqmasin. Agar ma’lum bir sabab bilan sovg‘a olishni nomaqbul ish 
deb  bilsangiz,  undan  ishonchli  tarzda  voz  keching,  lekin  buni  odob  doirasida 
bajarish kerak. Ikkilanib turib, so‘ng sovg‘ani olish noto‘g‘ri. Agar kimdandir qarz 
bo‘lib  qolishni  istamaganingiz  uchun  hadyalar  olishni  qat’ian  rad  qilsangiz,  uni 
asosli tarzda sertakalluflik va odob bilan bildiring. Ammo bunda sovg‘ani qo‘ldan 
qaytarish  baribir  noo‘rinligini  nazarda  tutish  joiz  (agar  bu  kasbiy  odob  bilan 
bog‘liq bo‘lmasa). 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish