Transport
Ayol kishiga joy berayotgan erkak o‘rnidan turib, uzoqroq joyga borib
turadi. Ishdan charchab kelayotgan erkakni ayolga joy bo‘shatish kerak, deb hech
kim majburlamaydi. O‘z vijdoniga havola. Ammo odob bolali ayollar, yoshi katta
yoki nogironlarga joy berishni talab qiladi. Ba’zida qariyalar turib, erkaklarimiz
yoshgina chiroylik qizlarga, garchi ular o‘tirmasa ham, sakrab turib joy beradilar.
Ba’zida esa kuchli jins vakillaridan deb, ayollarni noziklikda ayblashni yaxshi
ko‘radigan o‘sha erkaklarimiz qizlarga tugul yoshi katta ayollarga ham joy
bermaydilar yoki yonida o‘tirgan yosh qizni turib joy berishini kutib o‘tiradilar.
Mardlik ham nomardlik ham, haqiqiy erkaklik g‘ururi ham mayda narsalardan
boshlanadi. O‘z jonini shu erda ayagan erkakdan boshqa narsani kutmasa ham
bo‘ladi. Qizlarimiz esa o‘z dugonalari bilan gaplashib ketayotgan va kattalarni yoki
homilador ayollarni “sezmay” qolganlarini ko‘rsatishga intilsalar-da, bu juda
xunuk ko‘rinish kasb etadi. Garchi yo‘lovchilar sizlarga hech narsa qila olmasalar-
da, siz ham kelajagingiz uchun kichiklar oldida shunday “ibrat” tayyorlaysiz.
Keyin xafa bo‘lmang. Joy berilgan odam tashakkur aytadi, ammo uni gapga
tutmaydi. Agar erkak bilan ketayotgan ayolga boshqa erkak joy bersa, tashakkurni
yonidagi erkak kishi bildiradi. Transportdan chiqishda avval erkak tushib, ayolga
chiqishga yordam beradi. Notanish erkakka bu gap taalluqli emas. Biron
qiyinchilik tug‘ilmasa, ayol kishini o‘tkazib yuboraveradi. Bolali yoki yuki bor
ayolga chiptachi yoki haydovchi yordam bermagan taqdirda notanish erkak buni
o‘z bo‘yniga oladi, ammo buni ortiqcha so‘zlarsiz, tanishuvga intilishsiz jiddiy
tarzda bajaradi.
Poyezd, tramvay yoki avtobusda yonimizda turgan kattalarni, erkaklar –
ayollarni o‘tkazib navbat bilan shoshmasdan chiqiladi. Agar ayol erkak kishi bilan
bo‘lsa, navbatga qarab joy olishadi. Ayollar o‘z “imkoniyatlaridan” foydalanib
tramvay vagoni yoki avtobusga hammadan oldin, yonidagi yo‘ldoshini tashlab
chiqib olmaydi. Ammo bu ro‘y bersa, erkak unga yetib olishga harakat qilib
oldinga boshqa ayollarni, turtib jon-jahdi bilan intilmaydi. Olomon bir pasga sizni
ayirsa, buni qo‘rqinchli joyi yo‘q. Ayolga joy berilgach, u o‘zining sog‘lom
maktab yoshidagi farzandini u joyga o‘tkazishi yaxshi emas. Yoshi o‘tgan ayolni
yetaklab ketayotgan ayol o‘tirishga joy topolmasa, yoshroq odamdan iltimos qilishi
mumkin, albatta, odob bilan. Ayollar o‘zidan katta yoshdagi erkaklarga joy
bermaydilar. Bir tarafdan bu ko‘rinishning qari ekanligini ko‘rsatib, xafa qilib
qo‘yishi mumkin. Yosh qiz yoshi katta odamga joy bersa bo‘ladi. Transportda
odamlar oyog‘ini bosmaslikka, birovga suyanib olmaslikka, yyelkasidan
turtmaslikka harakat qilish lozim. Yo‘lovchilarni zimdan kuzatish ham yaxshi
emas.
Poyezdda atrofdagilarga nisbatan e’tibor va mulozamat ancha qiyinchilik
talab qiladi. Tiqilinch, issiq va yuklar – bularning barchasi bosiq odamni
turtinishni va achchiq so‘zini “ayamaydigan” temiryo‘lchiga aylantirib qo‘yadi.
Samolyotdagi yo‘lovchilardan odatiy yo‘l qoidalari talab qilinadi. Bu yerda
yuqoridagi muammolar yo‘q. Ammo yo‘lovchilar orasida vahima qilish ham
98
yaramaydi: “Menimcha bitta motor ishlamayapti
”, yoki sizga ma’lum bo‘lgan
havo yo‘llardagi falokatlarni eslab o‘tirish: “O‘shanda ob-havo xuddi shunday
ochiq edi
” qabilidagi voqealarni aytish yaramaydi.
Avtomashinada kezish – bu ham o‘ziga yarasha qoidalarga amal qilishni
talab qiladi. Eng yaxshi joy – haydovchining yonida. To‘g‘ri, bu sal xavfliroq,
ammo qiziqarli. Bu joy ikki kishiga mo‘ljallangan. Birinchisi – mashina egasining
rafiqasi, qolganlar esa orqa o‘rindiqda o‘tiradi. Ammo mehmonga ixtiyor
berganingiz ham ma’qul, unga orqa o‘rindiq yoqishi mumkin. Demak, ikkita
“mezbon” – oldinda va ikkita mehmon – orqa o‘rindiqda. Ba’zida esa mashina
egasining yonida erkak mehmon o‘tiradi, ayollar esa – orqa o‘rindiqda. Ikkala
variantni mehmonlarga tanlash orqali tavsiya etgan ma’qul.
Bir paytlar ayol kishini olib ketayotgan haydovchining vazifasiga eshikni
ochib berish kirar edi. Buning uchun u rulni tashlab, mashinaning boshqa tarafiga
aylanib o‘tib, ayolga chiqishga yordam berar edi. Hozir bunday emas. Ammo u
chiroyli ko‘rinishga ega. Ko‘p hollarda esa haydovchi biroz cho‘zilib eshikni ayol
uchun ochib yuboradi. Bugun esa bunday harakat faqat yaqin qarindosh yoki
yoqqan ayolga nisbatan ishlatiladi. Doimo erkak-haydovchi ayol kishining yukini
olib berishi shart. Haydovchining yonida o‘tiradigan yo‘lovchi o‘z zimmasiga bir
qancha majburiyatlarni oladi. Haydovchi tormoz berib mashina silkinganida,
qo‘rqib ketgan bo‘lsangiz ham “Esing joyidami?!” qabilidagi hayqiriqlarga
o‘xshash tanqidiy gaplardan o‘zingizni tiying. Yo‘lovchilar haydovchiga to‘liq
ishonch bildirmoqlari lozim. Zaruratsiz to‘xtatishni so‘ramagan yaxshi. Bunday
masalalarni haydovchining o‘zi hal qiladi. Tanishingizdan sizni ishxonangizga
“tashlab” o‘tishni yoki dam olish kunlari siz bilan aylangani chiqishni iltimos
qilmaslik kerak. Bunday takliflar faqat haydovchi tarafidan bo‘lishi lozim. Garchi
shoshilinch bo‘lsa ham, mozor va turli ziyoratgohlar yonidan past tezlikda
o‘tayotgan haydovchidan “tezlatishni” so‘ramaslik joiz. Milliy odatlarimizga
binoan bunday joylardan o‘tayotgan otliq, otdan, umuman, egardan tushib sekin
o‘tgan. Agar sizni yo‘lakay yetkazib qo‘yishgan bo‘lsa-yu, kira haqini kelishmagan
bo‘lsangiz, taxminiy ketadigan qiymatni berish mumkin. Ba’zilar buni rad etadilar
– bu ularning ishi. Shaxsiy mashina qoidaga binoan, berib turilmaydi. Zarurat
yuzasidan maxsus vaziyatlarda tanishingizdan kasalxona yoki vokzalga olib borib
qo‘yishni so‘rash mumkin. Tanishingiz uyidan mehmonlar bilan chiqar ekansiz,
mashina egasi ularga olib borib qo‘yishni taklif etadi. Agar, masalan, besh kishi
bo‘lsa, mashinaga faqat uchta kishi sig‘adi, kim ketishni esa o‘zlari hal qiladi.
Davlat haydovchisi haydaydigan xizmat mashinasining orqa o‘rindig‘i eng nufuzli
joy hisoblanadi. Agar rahbar haydovchining yoniga o‘tirsa, tavozelik qilgan
bo‘lardi. Rahbar xodimini haydovchining yoniga o‘tkazib, o‘zi orqaga o‘tirib olsa,
g‘alati ko‘rinadi. Uning orqa o‘rindiqda xodimasi bilan yoki haydovchining yonida
o‘tirish bilan obro‘si tushmaydi.
Agar taksida “Chekilmasin” degan e’lon yopishtirib qo‘yilgan bo‘lsa,
yo‘lovchi bunga bo‘ysunishi lozim, o‘z o‘rnida esa haydovchi ham yo‘lovchining
oynani yopib qo‘yish iltimosini bajarishi lozim. Taksiga o‘tirayotgan yo‘lovchi
haydovchi bilan ko‘rishadi. U ham alik oladi. Ikkita yo‘lovchidan ayol kishi
99
birinchi bo‘lib taksiga o‘tiradi. Uni kuzatib ketayotgan erkak haydovchining emas,
ayolning yoniga o‘tiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |