Book · January 017 citations reads 5,818 authors



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   165
Bog'liq
Etiket

 
Kafe, restoran 
Restoran yoki kafeda ayol bilan uchrashishga kelishib olgan erkak aytilgan 
vaqtdan  biroz  vaqtliroq  borib  o‘tirishi  lozim.  Ammo  ma’lum  bir  sabablar  bilan 
erkak  uchrashuvga  biroz
 
kechikib  kelsa,  bundan  fojea  yasash  noo‘rin.  Erkak 
kechikkani uchun uzr so‘rab, sababini tushuntirishi shart, ayol esa – buni kechirib, 
o‘z kayfiyatini buzmaslik uchun “qovoq solmay” o‘tirgani ma’qul. 
Agar  restoranda  bir  necha  odamlar  uchrashmoqchi  bo‘lsalar,  kechikkanlar 
20 daqiqadan ortiq kutilmaydi. Ba’zi qiz va ayollar kafe yoki restoranga kirishdan 
ko‘ra,  ko‘chada  uchrashib  keyin  borishni  afzal  biladilar.  Bu  paytda  erkak  o‘z 
vaqtida  kelishi  shart.  Kafe  yoki  restoranga  birinchi  bo‘lib  ayol  kiradi,  erkak  bosh 
kiyimini  yechib kiradi  va  faqat chiqayotganda kiyib oladi.  Stolning devorga tirab, 
restoran zaliga qaratilgani eng qulayi hisoblanadi. Agar zalning markazida o‘tirgan 
bo‘lsangiz, ayol uchun eng e’tiborli joy chiqishga qarab o‘tiradigan joydir. 
Bo‘sh joy qolmagan taqdirda, ofitsiantlarga murojaat qilgan ma’qul. Band 
bo‘lganini  eshitgan  joydan  joy  talab  qilish  yaramaydi.  Kafeda  tanishingiz  oldiga, 
garchi  sizga  notanish  bo‘lgan  odam  bilan  o‘tirgan  bo‘lsa  ham,  o‘tirish  mumkin. 
Ammo restoranlarda mumkin emas – sizdan maxsus iltimos qilishsagina bu istisno 
hisoblanadi.  O‘tirganda  yoningizdan  o‘tib  ketayotgan  tanish  bilan  turmasdan  ham 
ko‘rishish  mumkin,  ammo  siz  murojaat  yoki  aksincha,,  u  sizga  murojaat 
qilayotganda,  albatta,  turish  kerak  bo‘ladi.  Agar  tanish  bir  ikki  og‘iz  so‘z  uchun 
yoningizda  to‘xtagan  bo‘lsa,  uni  oldingizda  o‘tirganlarga  tanishtirmasa  ham 
bo‘ladi.  Ammo  suhbat  cho‘zilib  ketsa,  dasturxonga  taklif  qilgan,  yoki  uzr  so‘rab 
tanishingiz  stoliga  o‘tib  olgan  ma’qul.  Agar  tanishingizni  dasturxonga  taklif 
qilmoqchi  bo‘lsangiz,  uni  albatta,  yoningizdagilarga  tanishtiring.  Ofitsiantdan  siz 
bilmagan  taomni  tushuntirib  berishni  so‘rashdan  uyalmaslik  lozim.  Taomlarning 
nomi  ko‘p  va  biz  ularning  hammasini  bilishimiz  shart  emas.  Restoranda  likop 
ustiga qo‘yilgan sochiqni tizzaga yoyish shart. Agar tizzadan sirg‘alib tushib ketsa, 
uni  birovga  oldirmagan  yaxshi.  Hech  kimga  bildirmagan  holda  olishga  harakat 
qilish joiz. Ketayotganda esa sochiq stolga qo‘yib turiladi. 
Ba’zida taomga qo‘shimcha tarzda bodring va pomidordan kesib qo‘yilgan 
gazaklar qo‘yiladi. Uni olib idishga solish shart emas. Go‘shtga qo‘shib  likopning 
o‘zidan  olib  eyaveriladi.  Sherigimiz  hali  taomni  tugatmasidan  avval  ofitsiantdan 
hisobni  so‘rash  unga  nisbatan  bepisandlik  sifatida  qabul  qilinadi.  Tasodifan 
uchratib  qolingan  tanish  ayol  bilan  kafega  kirilsa,  har  kim  o‘zi  uchun  to‘laydi. 
Ya’ni:  Ayol ofitsiantni chaqirib bergan buyurtmani aytadi  va hisobni  o‘zi to‘laydi 
erkak  ham  xuddi  shu  tarzda  ish  ko‘radi    Restoranda  avval  kim  o‘rnidan  turadi? 
Kim  uchrashuvni  tashkillashtirgan  bo‘lsa,  shu  odam  avval  o‘rnidan  turadi.  Agar 
dasturxon ikki kishiga yozilgan bo‘lsa, taklifni birinchi erkak qiladi, ayol esa uzrli 
sabablar bo‘lgandagina, soatga qarab: “Vaqt bo‘ldi”, deb o‘rnidan turishi mumkin. 


97 
 
 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish