128
amalga oshiriladigan eng muhim vazifalar aks etgan. Yurtimizda tinchlik, fuqarolar
va millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash, demokratik
tamoyillarni to‘liq qaror toptirish, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va
adolat, moddiy hamda ma’naviy hayotning barobar rivojlanishi o‘z
ifodasini
topgan. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi
bosqichida «Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari» degan ulug‘ maqsad bosh
g‘oya sifatida maydonga chiqmoqda.
Milliy yuksalish g‘oyasining asosiy tushunchalari orasiga kiritilgan «Yagona
Vatan tuyg‘usi», «Adolat-qonun ustuvorligida», «Xalq roziligi», «Jaholatga qarshi-
ma’rifat», «Innovatsion taraqqiyot» tushunchalari milliy tiklanishdan-milliy
yuksalish sari degan ulug‘ maqsad davlat va jamiyat
hayotining barcha sohasini
kompleks rivojlantirishni, xalqimizga bunyodkorlik va yaratuvchanlik ruhini baxsh
etishni nazarda tutadi.
Jahon tarixiga nazar solsak, har bir xalq avvalo ma’naviy birlashuvi,milliy
g‘oyasi bilan yuksalgan. Bugun yangi hayot qurish, rivojlangan davlatlar qatoriga
chiqish yo‘lidan borayotgan mamlakatimizda ham milliy g‘oya masalasi juda
muhim ahamiyatga ega.
Milliy g‘oya mohiyatini to‘liq anglab yetmagan, eski mafkurani tasavvur
qilib, bunga yuzaki qaraydiganlar ham yo‘q emas.
Shu bois Prezident
mamlakatimiz mafkurasining asosiy goyasini ta’kidlab o‘tdi:
«Biz yaratayotgan yangi O‘zbekiston mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm
g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini,
milliy va
umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming
yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan»,-dedi davlatimiz rahbari.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ishini tanqidiy o‘rganib chiqib,
faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaror qilindi. Markazning «Ma’naviyat
targ‘ibotchisi» o‘quv muassasasi negizida Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti
tashkil etildi.
Milliy g‘oya targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish,
jamiyatda adabiyot va kitobxonlikni yanada rivojlantirish maqsadida «Ijod» jamoat
fondi negizida Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etildi.
2021-yil 26- mart kuni Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan «Ma’naviy –
ma’rifiy ishlar tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori
ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasini va ta’sirchanligini oshirishda muhim
ahamiyatga egadir.
Mazkur
qarorda
ma’naviy–ma’rifiy
ishlar
tizimini
tubdan
takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rsatib berilishi bilan birga ezgulik va
insonparvarlik tamoyiliga asoslangan «Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari»
g‘oyasining keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom
dunyoqarash va
bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish vazifasi ta’kidlab o‘tilgan.
Shuningdek oila ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning
uzviyligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilgan
31
.
31
Маърифат зиёси халқ йўлини ёритувчи машъалдир.Янги Ўзбекистон.2021 йил 1 парель, №:65(321).
129
Ta’lim tashkilotlarida madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish
hamda 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimining o‘quv rejalariga
«Ma’naviyatshunoslik», «Kasbiy ma’naviyat» fanlarining kiritilishi har bir
mutaxassisning
nafaqat malakali kadr, balki ma’nan komil va yuksak inson
bo‘lishiga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni davlatimiz siyosati
darajasiga ko‘tarilgan bir paytda «Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot
bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir,-dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda, -Biz
yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mahkam ustunga
tayanamiz. Birinchisi-ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga
asoslangan kuchli ma’naviyat».
O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududida qadimdan
boshlab ilm-fanning
hamma sohasi, ayniqsa, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, me’morchilik,
ma’danshunoslik, falsafa, musiqa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik rivojlangan.
Hozirgi kunda O‘zbekiston olimlari ota-bobolari yaratib ketgan ilmiy merosni
chuqurroq o‘rganib, yanada boyitmoqdalar. Ular o‘z milliy asarlari va kashfiyotlari
bilan jahon ilm-fani va madaniyatiga munosib hissa qo‘shmoqdalar.
Respublikamizda O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar Akademiyasi, Davlat va
jamiyat qurilishi Akademiyasi, Bank-moliya Akademiyasi, Nukus va Samarqandda
O‘zbekiston Respublikasi FAning bo‘limlari ochilgan.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatda ilm-fanga alohida
e’tibor berildi. Xalq xo‘jaligi va madaniy hayotning tobora ortib borayotgan
talablaridan orqada qolayotgan ilmiy tadqiqot institutlari tugatildi. Turmush taqozo
etgan yangi institutlar ochildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-
aprelidagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi FAning yangi Nizomi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-aprelidagi farmoni
hamda uni amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining «
Do'stlaringiz bilan baham: