9
neft maxsulotlari, og‘ir metallar va boshqalar ta’sirida ifloslanish darajasini nazorat
qilish uchun, nuqtali tavsifga ega tuproq sinov–namunalari har bir 200 grammdan
kam bo‘lmagan miqdorda, 0–5 va 5–20
sm chuqurlik qatlamidan, qavatlar
bo‘yicha olinadi.
Osonlik bilan migratsiyalanuvchi moddalar ta’sirida ifloslanish darajasini
nazorat qilish uchun, nuqtali tavsifga ega tuproq sinov–namunalari tuproq
kesimining butun chuqurligi bo‘yicha, genetik gorizontlardan olinadi.
Nuqtali tavsifga ega tuproq sinov–namunalarini olish va birlashtirilgan
sinov–namunalarini tuzib chiqishda ularning tarkibining ikkilamchi tavsifda
ifloslanishi yuzaga kelmasligi talab qilinadi.
Tuproq tarkibidagi og‘ir metallarni aniqlash uchun olingan nuqtali tavsifga
ega tuproq sinov namunalari tarkibida metal mavjud bo‘lmagan
asbob yordamida
olinadi. Nuqtali tavsifga ega tuproq sinov–namunalarini olish oldidan qazish joyi
devorlari yoki kern yuzasi polietilen yoki polistriol materialdan yasalgan
pichoqcha yoki plastmassadan yasalgan shpatel bilan tozalanishi talab qilinadi.
Tuproq qatlami tarkibidagi uchuvchan tavsifga ega kimyoviy moddalarni
aniqlash uchun mo‘ljallangan nuqtali tavsifga ega tuproq sinov–namunalari
olinganidan keyin, tezda flakonlarga yoki shisha bankalarga solinishi va og‘zi zich
bekitilishi, jumladan idishni og‘zigacha to‘ldirilishi talab qilinadi.
Tuproq tarkibida pestitsidlarni aniqlashga mo‘ljallangan nuqtali tavsifga ega
tuproq sinov–namunalarini polietilen yoki plastmassadan yasalgan qadoqlarga
joylashtirish tavsiya qilinmaydi.
Bakteriologik tahlillarni amalga oshirish uchun, bitta sinov numanasi olish
maydonchasidan 10 ta birlashtirilgan (umumlashtirilgan) sinov namunalari olinadi.
Har bir birlashtirilgan sinov namunasi har birining og‘irligi 200–250 grammni
tashkil
qiluvchi, uchta nuqtali tavsifga ega sinov–namunasidan tashkil topgan
bo‘lishi va ularni 0–5 va 5–20 sm chuqurlikdagi qatlamlar bo‘yicha olish tavsiya
qilinadi.
Bakteriologik tahlillarni amalga oshirishga mo‘ljallangan tuproq sinov–
namunalarini olishda, ularning tarkibining ikkilamchi tavsifda ifloslanib
qolishining oldini olish uchun aseptika qoidalariga amal qilgan holda ish tutish
tavsiya qilinadi: jumladan, tuproq sinov–namunalarini sterillangan asbob
yordamida olish, sterillangan yuzaga joylashtirish, sterillangan idishga solish talab
qilinadi.
Gelmintologik tahlillarni amalga oshirish uchun, har bir tuproq sinov–
namunasi olinuvchi maydonchalardan chuqurligi 0–5 va 5–10 sm ni tashkil
qiluvchi qatlamlar bo‘yicha olingan, har birining og‘irligi 20 grammdan bo‘lgan
o‘nta nuqtali tavsifga ega sinov–namunasidan tashkil topgan, umumiy og‘irligi 200
grammga teng bo‘lgan bitta birlashtirilgan sinov–namunasi olinadi. Talab qilingan
vaziyatlarda tuproq sinov–namunalari tuproqning
chuqur qatlamlaridan yoki
genetik gorizontlaridan olinishi amalga oshiriladi.
Barcha birlashtirilgan tuproq sinov–namunalari ish jurnalida qayd qilinishi
va raqamlanishi talab qilinadi. Har bir sinov–namunasiga keltirilgan 3–ilovaga
10
muvofiq
jo‘natilish taloni
belgilanishi talab qilinadi.
Tuproq sinov–namunalari tashish va saqlash jarayonida ularning takribining
ehtimolligi mavjud bo‘lgan ikkilamchi tavsifdagi ifloslanib qolishdan himoyalash
chora–tadbirlarini ko‘rish talab qilinadi.
Kimyoviy tahlillar uchun olingan tuproq sinov–namunalari 5180–84 Davlat
standarti bo‘yicha, havoda quritilgan holatgacha quruq holatga keltiriladi. Havoda
quritilgan holatdagi tuproq sinov–namunalari materialdan tikilgan haltachalarda,
karton qutichaga solingan holatda yoki shisha qadoqlarda saqlanadi.
Tarkibidagi uchuvchan va kimyoviy jihatdan beqaror tavsifga ega kimyoviy
moddalarni aniqlash uchun mo‘ljallangan tuproq sinov–namunalari olinganidan
keyin, tezda laboratoriyaga olib kelinishi va tahlil qilinishi talab qilinadi.
Bakteriologik tahlillarni amalga oshirishga mo‘ljallangan tuproq sinov–
namunalari sumka–sovutkichga qadoqlanadi va tezda, laboratoriyaga olib kelinib,
tahlil qilinadi. Tuproq sinov–namunasi olinganidan keyin, bir kun davomida tahlil
qilish amalga oshirilishi imkoni mavjud bo‘lmagan holatda, tuproq namunalari
sovutkichda +4...+5°S harorat sharoitida 24 soatdan ko‘p bo‘lmagan
muddat
davomida saqlanishi mumkin.
Tuproq sinov namunalari tarkibida mavjud bo‘lgan ichak tayoqchalari va
enterokokklarni tahlil qilishda tuproq sinov–namunalari sovutkichda 3 sutkadan
ortiq bo‘lmagan vaqt davomida saqlanishi talab qilinadi.
Gelmintalogik tahlillarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan tuproq sinov–
namunalari olinganidan keyin tezda laboratoriyaga olib kelinadi va tahlil qilinadi.
Tuproq sinov–namunalari tezda tahlil qilish imkoni mavjud bo‘lmagan holatda,
tuproq sinov–namunalari sovutkichda +4...+5°S harorat sharoitida saqlanadi.
Tuproq tarkibida biogelmintlar tuxumlari mavjudligini aniqlash uchun
tahlillar amalga oshirilishida olingan tuproq sinov–namunalari ishlov berishsiz
holatda, 7 sutkadan ortiq bo‘lmagan muddat davomida saqlanishi mumkin,
shuningdek geogelmintlar tuxumlari mavjudligini aniqlash uchun esa – 1 oydan
ortiq bo‘lmagan muddat davomida saqlanishi belgilanadi. Tuproq sinov–
namunalarining qurib qolishi va geogelmintlar tuxumlaridan lichinkalarning
rivojlanishining oldini olish uchun, olingan tuproq sinov–namunalari haftasiga bir
marta namlantiriladi va aeratsiyalanadi, buning uchun tuproq sinov–namunalari
sovutkichdan chiqarib olinadi va 3 soat davomida xona harorati sharoitida ushlab
turiladi, tarkibida namlik yo‘qolishi sharoitida suv
yordamida namlantirildi va
keyin, qaytadan sovutkichga joylashtiriladi.
Talab qilingan holatlarda tuproq sinov–namunalari konservatsion vositalar
bilan birgalikda bir oydan ortiq bo‘lgan muddat davomida saqlanishi mumkin:
bunda tuproq sinov–namunalari kristallizatorga sepib chiqiladi, uning ustidan
og‘irlik ulushi 0,8% ni tashkil qiluvchi natriy xloridning izotonik eritmasida
tayyorlangan, og‘irlik ulushi 3% ni tashkil qiluvchi formalin eritmasi quyiladi
(
Barbagallo eritmasi
) yoki og‘irlik ulushi 3% ni tashkil qiluvchi xlorid kislota
eritmasi bilan ishlov beriladi va keyin, sovutkichda saqlanadi.