Konsentratlardan texnik germaniy IV xloridini olish
Tarkibida 2—10% germaniy bo‗lgan boyitilgan mahsulotlarga xlorid kislotasi bilan yuqorida ko ‗rsatilgan usullardan foydalanilgan holda ishlov beriladi. Xlorid kislotasining qaynash haroratida tarkibida germaniy bo‗lgan mahsulotga ishlov berilsa, GeCI4 distillyatsiyaga uchrab, kondensatorlarda ushlab qolinadi va unda bo‗lgan ko‗pchilik elementlardan (Fe, Cu, Cd, Zn, Pb, Si va boshqalar) ajratiladi. GeCI4 bilan birga margimush ham uchib chiqadi (AsCI3 ning qaynash harorati 13O0C). Demak, GeCI4 bilan birga AsCI3 ham distillyatsiyaga uchraydi. Margimushni eritmadan ajratish uchun As+3 dan As+5 gacha xlor bilan oksidlash kerak. Unda quyidagi reaksiya kechadi:
AsCI3+CI2+4H20=H3As04+5HCI
va margimush kislotasi hosil bo‗lib, u eritmada qoladi.
Kondensatlangan GeCI4 esa aralashmalardan tozalash uchun yuboriladi.
Rux konsentratiarni aglomerik kuydirishda hosil bo‗ladigan changlardan germaniyni ajratib olish. Oksidlash natijasida hosil bo ‗lgan kuyindiga ko‗mir va flyuslarni qo‗shib, aglomeratsion kuydirish 1200– 1300°C da amalga oshiriladi. Bunda uchib chiqqan germaniy changlari qo‗rg‗oshin va kadmiy bilan boyitiladi. Hosil bo‗lgan chang sulfat kislotasi bilan ishqorlanadi. Eritmaga Cu, Cd, Zn, As, Ge o‗tadi va qo‗rg‗oshin — PbSO4 holida ajraladi. Eritmaga ma‘lum miqdorda rux changi berilib qotiriladi. Kadmiyning asosiy qismi eritmada qoladi va kadmiy olish uchun yuboriladi. Hosil bo ‗lgan cho‗kma (qotma) H2SO4 eritiladi va yana qayta qotiriladi, germaniy miqdori 4–7% bo‗lgan konsentrat hosil qilinadi.
Bu germaniy konsentrati quritiladi va kuydiriladi. Kuyindiga konsentrlangan xlorid kislotasi qizdirilib ishlov beriladi. So‗ng germaniy IV-xloridi distilyatsiya qilinadi va muz bilan sovitilgan kondensatorlarda margimush hamda xlorid kislotasi bilan birga ushlab qolinadi.
GeCI4 to ‗yingan xlorid kislotasida kam eriganligi uchun kondensatorda ikkita qavat hosil bo‗ladi: ostki qavatda GeCI4 boyisa, yuqori qavatda HCI bo‗ladi. Margimush esa ustki va ostki qavatlarda o
‗zaro taqsimlangan holda bo‗ladi. Hosil bo‗lgan germaniy IV-xloridi tozalash uchun yuboriladi.
Bundan tashqari, germaniy mis konsentratlaridan ham ajratib olinadi. Ma‗lumki, mis-rux-qo‗rg‗oshin rudalari tarkibida germaniy germanit yoki reniyerit minerallari bilan uchraydi. Bu rudalarni flotatsiya usulida boyitish natijasida quyidagi tarkibli mis konsentratlari hosil qilinadi, ya‘ni konsentratning o‗rtacha tarkibi-0,25% Ge, 25% Pb,27,8% Cu, 7,92% Zn, 7,5% As, 22,2% S 2,3% Fe.
Bunday konsentratlardan germaniyni ajratib olishda monosulfid germaniy holida bug‗latish usuli qo‗llanilib, jarayon neytral yoki qaytaruvchi atmosferada konsentratlarni qizdirish orqali amalga oshiriladi. Harorat 8000C H2 va CO atmosferasi Cu Ge 90–93%. Neytral atmosfera muhitida esa 90–93% Ge ni bug‗latish 10000C olib boriladi. 800–900°C CO atmosferasida qo‗rg‗oshin haydalmaydi. Margimush germaniy bilan haydaladi va (SO) atmosferada quyidagi reaksiya bo ‗yicha qaytariladi.
As2S3+3CO → 2As+3COS.
Elementar holidagi margimush oson haydaladi va kondensatlanadi. COS — karbonilsuld kondensatorlardan chiqish jarayoni SO2 va CO2 gacha yoqib yuboriladi. Olingan GeS kuydiriladi va uni xlorid kislotasida eritib, GeCI4 olinadi (4.5. – rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |