ziligining oshishiga sabab bo’ldi.Mahalliy xalqqa butunlay yot kommunistik mafkurani bayroq qilib olgan sovet zulmkorlari aholining milliy qadriyatlari, udumlari, diniy e’tiqodini tahqirlash, masjid, madrasalar, ziyoratgoh joylarni oyoq-osti qilish, noyob ma’naviy bisotlarni talash, dindorlarni ta’qibu quvg’in ostiga olish kabi nomaqbul ishlari aholi nafratini kuchaytirdi.O’lka xalqlarining xohish-irodasi bilan vujudga kelib, ularning milliy manfaatlari yo’lida ilk qadamlar qo’yib borayotgan Turkiston Muxtoriyatini qonga belanishi, yurt farzandlarining qirg’in qilinishi, Qo’qon shahri va uning atrofidagi qishloqlar aholisining ayovsiz xunrezlik va talon-tarojlikka duchor etilishi butun Turkistonni mustabid sovet hokimiyatiga qarshi oyoqqa turg’izdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |