Dor us-Siyodat-«Sayyidlar uyi» (1379-1380)
Shahrisabzning janubiy-Sharqiy qismida Amir Temur qurdirgan maqbara kompleksi. XIX-XX asr boshlarida qisman ta‘mirlangan. Farzandi Jahongir Mirzo maqbarasi (Hazrati Imom maqbarasi) va Amir Temurga mo‘ljallangan yer osti go‘rxonasi saqlanib qolgan. Dor ut-tilovat bilan bir ansamblni tashkil qilgan. SHarafuddin Ali Yazdiy «Zafarnoma»sida yozilishicha, Amir Temur Shahrisabzda maxsus bino qurdirgan, unda o‘z o‘g‘li Amirzoda Jahongir va boshqa amaldorlar hamda buzrukvorlarning daxmalari qo‘yilsin, deb farmon bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |