Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi. O’zbekiston mustaqillikga erishganidan so’ng barcha sohalarda katta o’zgarishlar bo’ldi. Har sohada yoshlar uchun ulkan imkoniyatlar yaratildi. XXI asrda iqtisodiy va harbiy salohiyatining rivojlanishi va tinchliksevarlikka asoslangan tashqi siyosati uning xalqaro aloqalardagi obro‘-e’tiborining kuchayib borishida muhim omil bo‘lmoqda. Mamlakatlarimiz o‘rtasida 2006 yili do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari to‘g‘risidagi davlatlararo Shartnomaning imzolangani ikki tomonlama aloqalar tarixida muhim voqea bo‘ldi. Ushbu Shartnoma hamkorlikni uzoq muddatli asosda rivojlantirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, barcha davlatlarning uzining siyosiy maydonida qamrab olingan so’zlar va atamalar mavjud bo’lib, ingliz rus va o’zbek tillarida siyoat sohasidagi maxsus leksikani tilshunoslik nuqtai nazaridan chuqur ilmiy va nazariy tahlil etish ehtiyoji tug‘ilmoqda. Bundan tashqari, bugungi kunda ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimi, ayniqsa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjima sohalari jadal suratlar bilan rivojlanib kelmoqda. Tilning lug’at tarkibi har tomonlama tadqiq etilishi tilshunoslikning muhim va dolzarb masalalarini biriga aylantirilganligini hayotning o’zi ko’rsatib turibdi. Tilshunoslik sohasidan ajralib chiqqan yangi yo‘nalishlar diqqat markaziga “til va madaniyat”, “til va jamiyat”, “til va inson” kabi muammolarni qamrab olindi. Jahon tilshunosligida XX asr so‘nggida shakllanib, rivojlanayotgan lingvomadaniyatshunoslik, lingvokognitologiya kabi ilg‘or fan yo‘nalishlari aynan shu muammolar bilan shug‘ullanmoqda. Lingvomadaniyat zamonaviy tilshunoslikning eng yangi va kam tadqiq qilingan bo’limlaridan bir hisoblanadi. Ushbu magisterlik dessirtatsiyasi xalqaro aloqalardagi qo’llaniladigan siyosiy terminlarning lingvomadaniy tahlili, ularning tarixi, tuzilishi va ahamiyatiga bag’ishlanadi.
Mavzu bo’yicha qisqa adabiyotlar tahlili. Til va madaniyat, muloqot va til imkoniyatlari munosabatlariga bag‘ishlangan ishlar jahon tilshunosligida ommalashgan bо‘lsa-da, о‘zbek tilshunosligida bu masalaga e’tibor, uning ilmiy tadqiqi endigina boshlanmoqda. Bu fikrni aytishga milliy tilshunosligimizda mazkur mavzu doirasiga aloqador sanaladigan ayrim ishlar asos bо‘lib xizmat qiladi4.
Til va madaniyat munosabati masalasi, etnik madaniyatning tilda aks etishi masalasining о‘rganilishi xalqaro aloqalarda qo’llaniladigan terminlar bilan bog‘liq. Terminlar va ularning о‘ziga xos strukturaviy va semantik xususiyatlari bilan shug‘ullanuvchi sohalarda amalga oshirilgan ishlar yetarlicha bо‘lsa ham, bu soha til va unda etnik madaniyatning aks etishini maxsus о‘rganishni maqsad qilib olmagan. Shuning uchun linvomadaniy yondoshuv mazkur ishimiz mavzusi bilan bevosita bog‘liq deb bо‘lmaydi. Chunki terminlar bilan bog‘liq amalga oshirilgan shu kungacha bо‘lgan tadqiqotlar terminlarning leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlarini о‘rganishni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘ygan. Ishimiz mavzusi bilan aloqador masalaning о‘zbek tilshunosligida о‘rganilishi deyarli kuzatilmaydi. Tilshunoslikning treminoligiya va lingvokulturologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar mazkur ishimiz mavzusiga bog‘liq jihatlar bilan aloqador sanalishi mumkin.
Til va nutqni ham lisoniy xususiyatlarni e’tiborga olgan holda tadqiq etish natijasida lingvokulturologiya sohasida ayrim ochilmagan yangi qirralarini shakllantirmoqda.
Tilshunoslikning lingvokulturologiya sohasi O’zbek tilshunosligida hali tо‘la shakllangan emas. Shunga qaramay tilshunoz olimlarimiz bu borada turli izlanishlar va tadqiqotlar olib borishmoqda. Bizda esa bu sohada xalqaro aloqalardagi terminlarning til madaniyatiga ta’siri va ularning ko’chma ma’noda qo’llanilish holatlarini o’rganamiz.