3. Belgilangan va erishilgan mavqe deganda nimani tshunasiz?
Shaxsning ijtimoiy rol nazariyasida belgilangan va erishilgan ijtimoiy mavqelari o‘zaro farqlanadi. Belgilangan mavqe – bu shaxs xizmati va xatti-harakatidan qat’iy nazar, jamiyat tomonidan belgilab qo‘yiladi. Shaxsning etnik kelib chiqishi, tug‘ilgan joyi, oilasi, jinsi va boshqalar shular jumlasidandir.
Erishilgan mavqe deganda, shaxsning o‘z xatti-harakati, qobiliyati bilan erishgan mavqeyi tushuniladi. Masalan, yozuvchi, firma boshlig‘i, direktor, professor va shu kabilar. Bulardan tashqari, yana shaxsning tabiiy va kasbiy lavozim mavqei ham o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |