Tadqiqotning asosiy masalalari va farazi. Umumta’lim maktablaridagi sport to’garaklarini tashkillashtirishda:
O’quvchilarning antropometrik ko’rsatkichlariga e’tibor berilsa;
Jismoniy rivojlanganligi inobatga olinsa;
Sport to’garaklarni sistemali ravishda tashkil etilsa, sport to’garaklarida yuqori natijalarga erishish samaradorligi ortadi
Mavzu bo’yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Ushbu muammo yuzasidan nazariy va amaliy materiallarni umumlashtirishga chet el olimlari L.P.Matveyev, A.D.Novikov, B.A.Ashmarin, B.A.Shiyan, M.Y.Vilenskiy, V.M.Kachashkin hamda respublikamizning yetakchi mutaxassislari T.Usmonxo’jaev, O.V.Goncharova, A.Abdullaev, R.Rasulov, A.Xasanov, Sh.Xonkeldiev, N.Azizov, B.Xaydarov, R.Salamov, R.Holmuxammedov, K.mahkamjonivlar tomonidan umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish, o’quvchilar jismoniy mashqlar bilan shug’illanish mashg’ulotlari, yosh sportchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borishgan.
Jamiyat rivоjlanishining hоzirgi bоshqichida umumta’lim maktablarida sport to’garaklarini tashkil etish o’quvchilarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash va harakat ko’nikma va malakalarga o’rgatishda muhim ahamiyat kasb etib bоrmqda. Mamlakatimiz hamda chеt el mutaхassislarining qatоr tadqiqоtlari sport to’garaklarining muammоlariga bag’ishlangan. Ularning ko’pchiligi asоsan o’quvchilarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash va harakat ko’nikma va malakalarga o’rgatish qоnuniyatlarini yuzaga chiqarishga yo’naltiriladi.
Tadqiqotda qo’llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. Adabiyotlarni taxlil qilish, kuzatish, suxbat, ekspеrimеnt, matеmatik - statistik uslub, ankеta so’rovnoma.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Umumta’lim maktablarida sport to’garaklari orqali va jismoniy tariyadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishning samarali uslublaridan foydalanish aniqlandi. Magistrlik dissertatsiyasnining hulosalari va amaliy tavsiyalaridan bo’lajak jismoniy tarbiya o’qituvchilari hamda sport murabbiylarini tayyorlashda, sport to’garaklarining samaradorligini oshirishda, jismoniy tarbiyaga oid bo’lgan adabiyotlarni yaratishda foydalanish mumkin.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Umumta'lim maktablari (8-9 sinf) o’quvchilarining sport to’garaklarini tashkil qilishda va o’quvchilarning jismoniy tayyorgarligini amalga oshirish bilan bog’liq vositalar, usullar ishlab chiqildi va tajribada sinab ko’rildi. Ularning samaradorligi ilmiy-amaliy isbotlandi.
Natijalarning joriy qilinishi. Olingan natija va hulosalar Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumanidagi 5-39- hamda Namangan shaxridagi 1-26- umumta’lim maktablarida sport to’garaklari va jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlar orqali tashkil qilindi va jismoniy tarbiya o’qituvchilari tomonidan ma’qullandi. Dissеrtatsiya yuzasidan muallifning Rеspublika Xalq ta’limining dolzarb muammolari ilmiy ishlar to’plami. Toshkent -2014 yil. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida volebol sport turidan to’garak mshg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha tavsiyalar. Nomli maqolasi chop etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |