Bo‘lishdi. Yengil burun oqishini qanday to‘xtatish mumkin?



Download 119,48 Kb.
Sana20.03.2022
Hajmi119,48 Kb.
#502707
Bog'liq
Burundan qon ketish


Burundan qon ketsa, nima qilish kerak?
Burundan qon oqqanda uni qanday to‘xtatish mumkin, qanday holatlarda shifokorga murojaat qilish kerak va bunday holat tez-tez kuzatilsa, qanday yo‘l tutish kerak? "Layfxaker" shu mavzudagi ilmiy asosga ega ma'lumotlari bilan bo‘lishdi.
Yengil burun oqishini qanday to‘xtatish mumkin?
Burundan qon ketishining yengil shakllari kutilmaganda yoki burunning yengil jarohatidan keyin boshlanishi mumkin. Qoidaga ko‘ra, burundan bunday qon ketishining hech qanday xavfli tomoni yo‘q.

Foto: Layfxaker
Bunday holatlarda quyidagi xatti-harakatlarni amalga oshiring:

  1. O‘tiring va boshingizni tik tuting. Qon tomoqqa oqishi kerak emas;

  2. Burunning yumshoq qismini barmoqlaringiz bilan qattiq siqing va 10-15 daqiqa davomida qo‘yib yubormang. Ilk 10 daqiqada sabr qilib, qon oqishi to‘xtagan yo to‘xtamaganini tekshirmay turing;

  3. Agar 10-15 daqiqadan keyin qon to‘xtamasa, yana 15 daqiqacha burunni siqishda davom eting.

Qon oqishini tezroq to‘xtatish uchun tomirlarni toraytiruvchi ta'sirga ega vositadan foydalanishingiz mumkin, masalan ksilometazolin eritmasidan.
Agar 30 daqiqa ichida burundan qon oqishi to‘xtamasa, shifokorga murojaat qiling.
Burundan qon oqishning xavfli shakli
Burundan qon oqishi nisbatan kamdan-kam holatlarda burunning orqa qismidagi yirik qon tomirlariga ziyon yetishi natijasida boshlanadi. Bu ko‘p qon yo‘qotish mumkinligi bilan xavfli.
Qanday holatlarda tez yordam xizmatiga murojaat qilish kerak?

  • Katta miqdordagi qon og‘iz yoki tomoq tomon oqayotgan bo‘lsa;

  • Qon quyqalari hosil bo‘lsa;

  • Qon ketishi burun bo‘shlig‘i yoki tomoqdagi operatsiyadan bir necha kun o‘tgach kuzatilsa, masalan, burundagi polip yoki adenoidlarni olib tashlagandan keyin;

  • Qon oqishi kuchli zarbdan keyin boshlangan bo‘lsa.

Shifokor burundan ketgan qonni burun bo‘shlig‘i tamponadasi yordamida to‘xtatishi mumkin. U burun bo‘shlig‘iga tomirlarni toraytiruvchi preparatlar bilan to‘yintirilgan tamponlar qo‘yishni ko‘zda tutadi.
Burundan tez-tez, lekin oz-ozdan qon ketishi sabablari
Burundan tez-tez qon oqish holatlari turli sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Odatda muammoni nisbatan oddiy choralar bilan hal qilishning iloji bo‘ladi. Kam holatlarda shifokorga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.

Foto: Fotolia
Quyida burundan tez-tez qon oqishining asosiy sabablari va uni bartaraf etishga doir maslahatlar taqdim etiladi:
Shamollash va davomli burun bitishi
Agar tez-tez burundan qon ketish holatlari shamollash yoki davomli burun bitishida kuzatilsa:

  • Burunni ehtiyot bo‘lib qoqishga harakat qiling;

  • Aksirayotganingizda og‘zingizni oching;

  • Burningizni kavlamang;

  • Agar burun bitgan bo‘lsa, uni qoqishdan oldin burunga oddiy fiziologik eritma yoki yengil tuzli aralashma tomizing.

Quruq havo
Burundan tez-tez qon ketishining yana bir sababi xonadagi haddan ziyod quruq havo bo‘lishi mumkin.
Bu muammoni havoni namlantiruvchi vosita yordamida hal qilish mumkin. Undan-da oddiy yechim — issiqlik manbai oldiga suv to‘ldirilgan idish qo‘yib qo‘yish.

Foto: Fotolia
Burun uchun spreylar
Agar inson, masalan, allergiyani davolash uchun burun spreylaridan muntazam ravishda foydalansa, uni noto‘g‘ri qo‘llash texnikasi burundan qon ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Burun pardadevori sohasida ko‘plab nozik tomirlar joylashgan. Ularga ziyon yetkazmaslik uchun flakon tumshug‘ini burun qanoti tomon yo‘naltirish kerak. Masalan, burunning chap teshigiga dori yo‘llashda flakonni o‘ng qo‘lda ushlang va uni chap - burun pardadevori tomonga yo‘naltiring.
Mayda tomirlarning haddan ziyod nozikligi
Ba'zi odamlarda burundan tez-tez qon ketishi burun pardadevorining old qismidagi mayda qon tomirlarining haddan tashqari nozikligi bilan izohlanadi.
Qon tomirlarining zaifligi tug‘ma yoki keksa yoshda orttirilgan bo‘lishi mumkin.
Bu muammoni hal qilish uchun shifokorga murojaat qilish kerak. U shilliq qavatga kumush nitrati yoki maxsus jarrohlik asbobi bilan ishlov berishni taklif qilishi mumkin. Bu kauterizatsiya deb ataladi.
Burundan qon ketishining boshqa sabablari
Burundan tez-tez qon ketishining nisbatan kamyob sabablari quyidagilar:

  • Qon ivishi bilan bog‘liq tug‘ma kamchiliklar;

  • Surunkali jigar kasalliklari;

  • Spirtli ichimliklar iste'moli;

  • Qon ivishini pasaytiruvchi dori vositalari;

  • Burun pardadevorining qiyshayishi yoki perforatsiyasi;

  • Burun bo‘shlig‘idagi o‘simtalar;

  • Qonning onkologik kasalliklari.

Bu holatlarning barida davolash usuli kasallik turiga bog‘liq bo‘ladi.
Download 119,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish