Bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi



Download 326,49 Kb.
bet59/116
Sana31.12.2021
Hajmi326,49 Kb.
#211103
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   116
Bog'liq
Psixologiya oliy o

Antitsipatsiyaviy xayol insonning juda muhim va zarur qobiliyati – kelajakdagi voqealarni oldindan sezish, harakatlarining natijasini ko‘ra olish va boshqalar asosida yotadi. Insonning bu qobiliyatiga binoan inson  «fikriy nigoh» yordamida kelajakda o‘zi, boshqa odamlar yoki atrofdagilar bilan nimalar sodir bo‘lishini ko‘ra oladi.

Sust xayol ichki, sub’ektiv omillarga bo‘ysunadi. Bunda amaliy faoliyatdan to‘liq yoki deyarli to‘liq bo‘lgan ajralish mavjud. Bunda fantaziya hayotga tadbiq etilmaganobrazlarni yaratadi, amalga oshmaydigan yoki tadbiq etilmaydigan hulq-atvor dasturlari rejalashtiradi. Sust xayol jarayonida qandaydir ehtiyoj yoki tilakning noreal, xayoliy qondirilishi amalga oshiriladi. Bunday xayolning materiallari sifatida obrazlar, tasavvurlar, tushuncha elementlari va tajribada to‘plangan boshqa ma’lumotlar xizmat qiladi.[1]

Sust xayol ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz xayol inson irodasidan tashqarida, boshqa u yoki bu idrok qilishga bog‘liq ravishda yuzaga keladi. Bu, asosan, ong faoliyati, ikkinchi xabar tizimining kuchsizlanishida, yarim uyqu, affekt holatida, uyquda, ongning patologik buzilishlarida (gallyusinatsiyada), gipnoz, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar ta’sirida sodir bo‘ladi. Oldindan ko‘zlangan, maqsadga yo‘naltirilgan tarzda inson tomonidan o‘z tajribasining mos elementlaridan foydalanish va ularni yangi obrazlarda qayta yaratish ixtiyoriy xayol deyiladiBu xayol uchun obraz yaratish vazifasining mavjudligi va uni amalga oshirishda iroda kuchi xosdir. Maqsadli xayol o‘zini uch xil shaklda: orzular  – istalgan kelajak obrazlari; shirin xayol – dolzarb kechinmali irreallik obrazlari; fantaziyalar  – yaqin kelajak obrazlari. Ular zo‘riqishni kamaytirish, maqsadga yo‘nalganlik, oldindan sezish, inson zahiralarini safarbar qilish vazifalarini bajarishi mumkin. SHirin xayolda insonning qiziqishlari, moyilliklari, ehtiyojlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. SHirin xayolga orzular  – inson amalga oshirmoqchi bo‘lgan, lekin ayni damda amalga oshirolmaydigan, uning eng ezgu xohishlarini qondiradigan istalgan kelajak obrazini oldindan yaratish yaqin turadi. Orzular shirin xayoldan o‘zlarining amaliy tadbiqi imkoniyatini taqazo etishi bilan farq qiladi. Inson o‘z orzularida yaratgan obrazlar, yorqin, jonli, aniq xususiyati bilan, shu bilan birga – sub’ekt uchun hissiyotga  boyligi, jozibadorligi bilan ajralib turadi. Lekin orzu, xayol istalgan kelajakni hozirgi zamon bilan muntazam ravishda bog‘lab turganidagina foydali bo‘lishi mumkin. Agar bunday bo‘lmasa, orzu harakat rag‘batida xayolparastlikka, fantaziyaga aylanib qolishi mumkin.[2]

Orzuning hissiy-emotsional turi sifatida, shirin xayol va unga yaqin bo‘lgan fantaziyalar namoyon bo‘ladiSHirin xayol deb, odatda, «shirin orzular», ushalmaydigan umidlar, haqiqiy voqelikni o‘rnini bosadigan shakllarga aytiladi. SHirin xayol surish – o‘ylab topilgan, voqeiy bo‘lmagan hayotda yashash, demak. Bu  eskapizm – voqelikdan orzular va xayollar olamiga g‘arq bo‘lish bilan bog‘liq.

Ilmiy faoliyatda xayolning boshqa shakli – faraziy tajribadan keng foydalaniladiMurakkabligi yoki hajmi yuzasidan real sharoitlarda amalga oshirib bo‘lmaydigan ba’zi bir jarayonlarda olimlar o‘zlarining ijodkorlik xayollarini yordamga chaqiradilar. Uning yordamida, masalan, fizik-olim miyasida voqea yoki jarayonni, unga mukammal sharoitlarni yaratgan holda amalga oshiradi. Buyuk A. Eynshteyn shu usul bilan bizning borliq geometriyasi haqidagi tasavvurlarimizni o‘zgartirib yuboradigan umumiy nisbiylik nazariyasini kashf etgan. Faqat faraziy tajriba  Galileyga **larning vakuumda tushishining to‘g‘ri qonunini ishlab chiqish imkonini berdi. Fan «qora tuynuklar» haqidagi tajribaga asoslangan ma’lumotlarga ega emas, lekin faraziy tajriba bu erda ham ularning dinamikasini tushuntirib beruvchi modelini yaratishga yordam berdi.[2]

       Xayol jarayonlari  -  Xayol jarayonlari insonning tajribasi va bilim doirasi, shuningdek o’tmish tajribalari bilan belgilanadi.

              Agglyutinatsiya – «elimlash» degan ma’noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi. Masalan: yalmog’iz kampir, suv parisi, kentavr, ssfinks obrazlari  va boshqalar.

              Giperbolizatsiya – obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, alohida qismlarni o’zgartirishdir. Masalan: Gulliver, liliput, Alpomish, Rustam pahlavon obrazlari kabilar.

              Tizimlashtirish – o’xshatish orqali ayrim tasavvurlarni ular orasidagi farqlarni silliqlash; tipiklashtirish-bir xil obrazlarni qaytarilishi bo’lib, har bir davr uchun tipik bo’lgan obrazlarni yaratish Masalan: A.Kahhor hikoyalari («O’g’ri», «Bemor») A.Qodiriy («O’tgan kunlar») romani kabilar.

              Aktsentlashtirish – ayrim belgilarni ta’kidlash orqali obrazlar yaratish Masalan: o’rtoqlik hazillari. Aktsentlashtirish badiiy adabiyotlarda juda  ko’p qo’llaniladi.

               YUqoridagi xayol jarayonlari orqali yaratiladigan obrazlar analiz va sintez jarayonida ro’y beradi. CHunki har bir narsani yoki hodisani avval analiz (tahlil) qilib ko’riladi, keyin ularni sintez (birlashtirish) qilish orqali yangi obrazlar hosil qilinadi.

              Xayol jarayonida xayol tasavvurlarining xotira tasavvuridan farqi muhim ahamiyatga ega.


  • Xayol tasavvurlari ongda paydo bo’ladi va barqaror bo’ladi.

  • Xotira tasavvuridagi narsa doimo tanish narsadek his qilinadi. Xayol tasavvurlari esa yangilikni his qilish tuyg’ularini beradi.

  • Xayol tasavvurlari insonning qiziqish va ideallari bilan bog’liq bo’lgani sababli yangilikni his qilish tuyg’ulari oqibatida vujudga keladi. [2]

Ijodiy jarayonda xayolning tutgan o‘rniga ortiqcha baho berish qiyin. Ijod barcha psixik jarayonlar, shuningdek, xayol bilan ham uzviy bog‘langan. Xayolning rivojlanganlik darajasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari ijodkorlik uchun tafakkur rivojlanganligi darajasidan kamroq ahamiyatga ega emas.

Ijodkorlik psixologiyasi uning aniq turlari: kashfiyotchilik, ilmiy, adabiy, badiiy va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Ijodkorlik imkoniyati inson qobiliyatlari bilan mustahkamlangan bilimlari bilan ta’minlanadi, va  insonning sobitqadamligi bilan rag‘batlantiriladi. Ijodkorlikning muhim sharti ijodiy faoliyatga emotsional tus beruvchi ma’lum kechinmalarning mavjudligi hisoblanadi.[1]

Ma’lum bir insonga ijod qilish imkoniyatini yaratuvchi , boshqalardan esa bu imkoniyatni darig‘ tutuvchi nima ekanligi haqidagi masala mashhur olimlarni  o‘tmishdan qiynab keladi. Xuddi shunday, fransiyalik psixolog T. Ribo tomonidan asoslab berilgan ijodiy jarayonda algoritmlashtirish va uni o‘qitishning imkoniyati mavjud emasligi haqidagi nuqtai nazariuzoq vaqt hukmron fikr hisoblangan. Uning yozishicha: «Kashf etish metodlari»ga keladigan bo‘lsak, haqiqatda ular mavjud emas, buning aksi bo‘lganida edi, u holda kashfiyotchini hozirda mexanik va soatsozlarni ishlab chiqargandek, ishlab chiqarish mumkin bo‘lar edi»[1]. [3] Lekin asta-sekin bu nuqtai nazar shubha ostiga olina boshladi. Birinchi o‘ringa ijodkorlikka bo‘lgan qobiliyatni rivojlantirish mumkinligi gipotezasi ko‘tarildi.

Ingliz olimi G. Uolles ijodiy jarayonni tadqiq etishga harakat qilib ko‘rdi. Natijada u ijodkorlikda to‘rt bosqichni ajratishga muvaffaq bo‘ldi, bular: I  –  tayyogarlik (g‘oyaning yaratilishi); II  –  etilish (ushbu muammoga bevosita va bilvosita tegishli bo‘lgan bilimlarni konsentratsiyalash, «to‘plash»); III  –  birdan eslash (izlanayotgan narsani ichki sezgi orqali ilg‘ab olish); IV – tekshirish.[2]

 G.S. Altshuller ijodiy masalarni hal qilishning yaxlit nazariyasini ishlab chiqdi. U ijodkorlikning besh darajasini ajaratdi. Birinchi daraja masalalari ushbu maqsadga mo‘ljallangan vositalarni qo‘llash bilan hal etiladi. Bunda umumiy qabul qilingan va ma’lum bo‘lgan bir necha xil echimlarni fikran tanlab olish talab etiladi. Bunda ob’ektning o‘zi o‘zgarmaydi. Bunday masalalarni echish vositalari yagona tor mutaxassislik doirasida bo‘ladi. Ikkinchi darajali masala ob’ekt ko‘rinishini zarur samaraga ega bo‘lish maqsadida bir muncha o‘zgartirishni talab etadi. Bunda bir necha o‘nlab variantlarni tanlash mumkin. Bunday masalalarni echish vositalari bir soha bilimlariga tegishli bo‘ladi. Uchinchi daraja masalalarining to‘g‘ri echimi yuzlab noto‘g‘ri echimlar orasida yashiringan bo‘ladi, chunki takomillashtirilayotgan ob’ekt jiddiy o‘zgartirilishi zarur. Bu daraja masalalarning echish usullarini o‘xshash soha bilimlarida izlashga to‘g‘ri keladi. To‘rtinchi daraja masalalarini echishda takomillashtirilayotgan ob’ekt to‘laligicha o‘zgartiriladi. Odatda, bunday masalalarning echimi fan sohasining kam uchraydigan ta’sir va hodisalar orasidan izlanadi. Beshinchi daraja masalalarini hal etishga takomillashtirilayotgan ob’ekt tuzilishini o‘zgartirish bilan erishiladi. Bunda tadqiqotlar va xatoliklar soni ko‘p karra oshadi, vositalar esa hozirgi zamon fani imkoniyatlari doirasidan tashqarida bo‘lishi mumkin. SHuning uchun, avvalo, kashfiyotni amalga oshirib, so‘ngra yangi ilmiy ma’lumotlarga tayangan holda ijodiy masalaning echimini topish zarur.

Altshuller fikriga ko‘ra, ijodiy masalalarni hal etishning muhim usullaridan biri ularni yuqori darajalardan quyilariga ko‘chirishdir.[1]

SHunday qilib, yuzaga kelgan obrazlarning tuyulayotgan engilligi, ixtiyoriyligiga qaramasdan, xayolda voqelikni ijodiy o‘zgartirish o‘z qonunlariga bo‘ysunadi va ma’lum usullar bilan amalga oshiriladi. YAngi tasavvurlar ongda mavjud bo‘lganlar asosida tahlil va umumlashtirish operatsiyalari yordamida yuzaga keladi. Oqibatda, xayol jarayonlari boshlang‘ich tasavvurlarning fikran tarkibiy qismlarga ajratish va ularni yangi uyg‘unlikda birlashishidan iborat bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, ijodiy jarayon xayol oddiy obrazlarining shakllanishida ishtirok etadigan xuddi o‘sha mexanizmlarga tayanadi.

Xayolning individual xususiyatlari odam xayolining rivojlanish darajasi va ko‘proq foydalanadigan obrazlar tipiga ko‘ra tafovutlanishida ifodalanadi.

Xayolning rivojlanganlik darajasi o‘tmishdagi tajriba ma’lumotlarining obrazlar yorqinligi va chuqurligi bilan qayta ishlash, shuningdek, bu qayta ishlash natijalarining yangiligi va anglanganligi bilan xarakterlanadi. Xayolning kuchli va to‘laqonliligi xayol mahsulotining haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va mo‘‘jizaviy obrazlar, masalan, sehrli ertaklar mualliflarida oson baholanadi. Xayol rivojlanganligining zaifligi tasavvurlarni quyi darajada qayta ishlanishi bilan ifodalanadi. Xayol rivojlanishining zaifligi ma’lum vaziyatni ko‘rgazmali tasavvur etish malakasini talab etuvchi mantiqiy masalalarni echishda qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. Xayolning etarli darajada rivojlanmaganligida emotsional jihatdan boy va har tomonlama hayot kechirish mumkin emas. [2]

Odamlar xayol obrazlarining yorqinligi darajasiga ko‘ra, aniqroq farqlanadi. Bir xil odamlar xayol obrazlarining o‘ta yorqinligi, boshqalar  –  o‘ta rangsiz tasavvurlar bilan farqlanadilar. Xayol rivojlanganligining yuqori darajasini ijodiy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar,- yozuvchi, rassom, musiqachi, olimlarda ko‘rishimiz mumkin.

Odamlar o‘rtasidagi farqlar ustun bo‘lgan xayol xususiyatlariga nisbatan aniqlanadi. Xayol tomonidan hosil qilingan obrazlar asosidagi sezgilar turiga bog‘liq ravishda odatda, obrazlarning ko‘rish, e**ish, motorli va ko‘rish-e**ish-harakat tiplari ajratiladi. Xayolning sof tiplari juda kam uchraydi, odamlar ko‘proq xayolning aralash tipiga ega  bo‘ladilar, chunki hayotda bir vaqtning o‘zida ko‘rish, e**ish va motorli sezgilarga tayanamiz. Bunda xayol tiplaridan birining ustunligi kuzatiladi.

Turli odamlarda xayol ularning kasbiy faoliyati va ustun bo‘lgan ehtiyojlar sohasi bilan belgilanadi.[1]

Inson rivojlangan xayol bilan tug‘ilmaydi. Uning rivojlanishi ontogenezda sodir bo‘ladi va keyinchalik xayol obrazlarining yaratilishi uchun material bo‘lib xizmat qiladigan tasavvur zahirasining to‘planishini talab etadi. Xayol ta’lim-tarbiya jarayonida, shuningdek, tafakkurxotirairoda va sezgilar bilan birlikda shaxs rivojlanishi bilan uzviy aloqada rivojlanadi.

Xayolning birinchi ifodalanishi idrok jarayoni bilan uzviy bog‘langan. Idrok qilish va xayol o‘rtasidagi uzviy aloqa bola o‘z o‘yinlarida olgan taassurotlarini avval idrok qilingan **larni xayolda o‘zgartirigan holda qayta ishlay boshlaganida namoyon bo‘ladi. Stul samolyotga, quticha  – avtoulovga aylanadi.

Xayol rivojlanishining muhim bosqichi bolaning nutqni egallaydigan yoshi bilan bog‘liq. Nutq bolaga xayolga faqat aniq obrazlarni emas, balki mavhum tasavvur va tushunchalarni ham kiritish imkonini beradi. nutqni egallash bosqichi bolaga **ning alohida qismlarini oson ajratish va xayolda ulardan foydalanish imkonini beruvchi amaliy tajribaning oshishi va diqqatning rivojlanishi bilan birgalikda kechadi. Ushbu bosqichning asosiy xususiyati xayol obrazlari paydo bo‘lishining ixtiyorsizligidir. Xayol rivojlanishining keyingi bosqichi uning faol shakllarining yuzaga kelishi va xayolning ixtiyoriyligi bilan bog‘liq. Maktab yoshida xayolda muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. O‘qitish jarayonida reproduktiv va ijodiy xayol faol rivojlanadi. Shunday qilib, insonda xayolning rivojlanishi qator omillarga bog‘liqdir.[2]

Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o‘zini turli xil faoliyatlarni bajarish va bu ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatgan holda ma’lum bir ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun o‘rganadi. Sezgiidrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va ko‘rgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda insonga aniq bir ob’ektlar va ularning bevosita o‘rganiladigan xossalari haqida ma’lumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan ob’ektiv reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir. Lekin alohida **lar va real olam hodisalarini bilish istalgan amaliy vazifani hal etishda yuzaga keladigan uch ahamiyatga ega bo‘lgan savolga javob topish uchun etarli emas. Bu savollar: «YUzaga kelgan vaziyatda nimani, qay tarzda bajarish mumkin, va bu harakat natijasida nima hosil bo‘ladi?»dan iborat.[1]

Bu savollarga javob izlashda bizlarga tafakkur yordam beradi. Avvalambor, tafakkur yuksak darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va o‘zgartirishdan iborat. Tafakkur bevosita idrokda anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda, uning turli xildagi vositalarida aks ettiradi. Tafakkurning asosiy vazifasi real bog‘liqliklarga asoslangan zarur aloqalarni vaqt va fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda  aniqlashdan iborat. Tafakkur jarayonida tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka o‘tish sodir bo‘ladi.

SHunday qilib, tafakkurni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks ettirish sifatida ta’riflash mumkin. Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri umumlashtirishdan iboratligi kelib chiqadi. Voqelikni umumlashtirgan holda aks ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, o‘tmish avlodlarining ham tajribasini  qayta ishlab chiqish natijasidir. Bu tajriba til yordamida og‘zaki va yozma nutqda (o‘qituvchilar ma’ruzalarida, kitob, darsliklarda va h.k.) ifodalangan. SHuning uchun tafakkur ko‘plab odamlar bilimlarini  umumlashtiradi.

Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, modellar, chizmalar, belgilar, til kabi **li va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli xildagi vositalardan foydalanadi.[1]

Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita ta’sir ko‘rsatmay, ko‘pchilik hollarda asboblar ko‘magida olingan qo‘shimcha  belgilar yordamida anglanadiganlarni tushunish va namoyon qilish imkonini yaratuvchi vositali tarzda aks ettirishdir. Hodisalarning qonuniyatlari, ichki aloqalari bizning ongimizda hodisalarning tashqi belgilarida vositali tarzda namoyon bo‘lishi bilan inson ichki, barqaror o‘zaro aloqalarning belgilarini  aniqlab oladi.

Tafakkurning o‘ziga xos xususiyati bilish yoki amaliy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan u yoki bu vazifani bajarish bilan bog‘liqligidan iborat. Tafakkur muammoli vaziyatdan, tafakkurning maqsadi bo‘lgan savolga javobdan boshlanadi.[1][3]

Tafakkur muammosini ko‘rib chiqqan A.A. Smirnov tafakkur va aqliy jarayonlarning assotsiativ tarzda kechishini tafovutlash zaruriyati haqida ogohlantirgan edi. Gap shundaki, aqliy faoliyatda biz assotsiatsiyalardan keng foydalanamiz, chunki ular tafakkur masalalarini echishda ahamiyatli yordam ko‘rsatadi. Aqliy jarayonlarning assotsiativ kechishida holat o‘zgacha bo‘ladi. Muhim tafovut shundan iboratki, bu vaziyatda o‘z oldimizga hech qanday maqsad qo‘ymaymiz, chunki hech qanday vazifani bajarmaymiz. Bunda bir jarayon ikkinchisi bilan almashadi, chunki ular bir-biri bilan assotsiativ tarzda bog‘langan bo‘ladi. Tafakkur jarayonlarining assotsiativ tarzda kechishi ko‘p hollarda inson toliqqan bo‘lib, hordiq olishni  xohlayotganida kuzatiladi. Uyquga ketishdan oldin xayolingizdan ketma-ket turli xildagi o‘ylar o‘tishini kuzatgansiz. Mana shu o‘ylar ma’lum assotsiatsiyalarga kiradi.[2]

Tafakkurning alohida muhim o‘ziga xos xususiyati – bu uning nutq bilan uzluksiz aloqasi. Tafakkur va nutqning bunday aloqasi, avvalambor, fikrlarning, hatto, nutq tovush shakliga ega bo‘lmagan holat, masalan, kar-soqov odamlarda ham nutq shakliga mujassamlashtirilishida o‘z ifodasini topadi. Biz doimo so‘zlar orqali fikr yuritamiz.

Qisqartirilganlik, muxtasarlik, ixchamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan yashirin, tovushsiz, ichki nutq insonning tafakkur mexanizmi bo‘lib hisoblanadi.

Nutq tafakkur qurolidir.  Ma’lum fikr so‘zlar bilan ifoda etilganida tafakkur jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni so‘z bilan ifoda etish – ifodalash motivi (nutqiy maqsad), ichki nutq, fikrni tashqi tomondan nutqiy ifodalash kabi bosqichlaridan iborat bo‘lgan murakkab jarayon.

Tafakkur – bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g‘oyalar harakati. Uning natijasi obraz emas, balki ma’lum bir fikrdir. Tafakkur – bu kiritilgan yo‘nalishli-tadqiqiy, qayta o‘zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo‘lgan harakatlar va muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyat.

Tafakkur moddiy olam qonuniyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi sababiy-oqibat aloqalari, insonlar psixikasi qonuniyatlarini tushunish imkonini beradi. Aqliy faoliyat natijalarini qo‘llash sohasi bo‘lgan amaliyot tafakkur faoliyatining manbai bo‘lib xizmat qiladi.[1]

Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyaning vazifasi hisoblanadi. Oddiy psixik jarayonlar, masalan, sezgilar uchun asos  vazifasini o‘taydigan yuqoriroq darajadagi miya jarayonlari tafakkurning fiziologik asosini tashkil etadi. Lekin hozirda tafakkur jarayonini ta’minlovchi barcha fiziologik tuzilmalarning o‘zaro ta’sir etish tartibi va ahamiyati haqida aniq fikr mavjud emas. Tafakkur faoliyatida miya peshona qismlari alohida ahamiyatga ega ekanligi shubhasizdir. Bundan tashqari, bosh miya po‘stlog‘ining tafakkurni gnostik (bilish) vazifasi bilan ta’minlovchi doirasi, shuningdek, tafakkur jarayonini ta’minlovchi miya nutq markazlari ham katta ahamiyatga ega.

Tafakkurning ikki darajasi mavjud: fahm-farosat – abstraksiyalardan foydalanish o‘zgarmas chizmalar, namunalar chegarasida sodir bo‘ladigan oddiy tafakkur, sog‘lom fikr, tafakkurning boshlang‘ich darajasi, uning mantiqiy mazmunini emas, balki, ibora va dalillar tuzilishini o‘rganadi, bu aniq, izchilliklik bilan mulohaza yuritish, fikrlarni to‘g‘ri tuzish, dalillarni qat’iy tizimlashtirish, tasniflash layoqati; aql (dialektik tafakkur) – abstraksiyalarni ijodiy qo‘llash va ular tabiatini ongli tadqiq etish xususiyatiga ega bo‘lgan nazariy bilishning oliy darajasi, aql yordamida inson narsalar mohiyati, ularning qonunlari va qarama-qarshiliklarini anglab etadi.[2]

Tafakkur – bu o‘z tuzilishi va turlariga ega bo‘lgan o‘ziga xos faoliyat. Tafakkurning turlarga bo‘linishi shakli, xususiyati, ochib berilganlik, yangililik va voqelikka moslik darajasiga ko‘ra amalga oshiriladi

Tafakkur, odatda, nazariy va amaliy tafakkurlarga bo‘linadi. Nazariy tafakkurda tushunchali va obrazli tafakkur, amaliy tafakkurda esa –ko‘rgazmali-obrazli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur ajratiladi.


Download 326,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish