Bo'lgan ma'lumotlar fizik strukturasiga aylantiriladi. Uchinchi daraja


ALT la r DT funksional mo'ljallanishi



Download 347,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana11.07.2022
Hajmi347,09 Kb.
#775102
1   2
Bog'liq
16-ma'ruza Loyihalovchining avtomatlashtirilgan ish joylari

ALT la r DT funksional mo'ljallanishi. A LT lar DT funksional 
mo'ljallanishi bo'yicha, berilgan funksiyani bajarishga mo'ljallangan, 
dasturli, 
axborotli, 
matematik va 
lingvistik komponentlarni 
tasvirlovchi dastur komplekslariga ajratilishi mumkin.
Umuman 
quyidagi 
dastur 
komplekslarini 
ko'rsatishimiz 
mumkin: loyihalovchi, xizmat ko'rsatuvchi va instrumental dastur 
komplekslari (7.6- rasm).
Loyihalovchi dastur komplekslari, tugallangan loyiha yechimini 
olishga mo'ljallangan bo'lib, muammoga yo'naltirilgan va obyektga 
yo'naltirilgan dastur komplekslari, loyihalash obyektiga bog'liq 
bo'lmagan, unifikatsiyalashtirilgan loyixa protseduralarini bajaradi. 
Obyektga yo'naltirilgan dastur komplekslari aniq sinfdagi obyekt- 
larni loyihalash uchun ishlatiladi. Loyixalovchi dastur komplekslari 
maxsus DT tarkibiga kiradi.
368


7.6- rasm. A LT dastur komplekslari tarkibi
Xizmat ко rsatuvchi dastur komplekslari, loyihalovchi dastur 
komplekslarini ishlash qobiliyatlarini qo'llab-quvvatlab turishga 
mo'ljallangan.
Instrumental dastur komplekslari, ALT lar DT ini rivojlantirish 
va takomillashtirishga mo'ljallangan texnologik vositalaridan tashkil 
topadi. Instrumental dastur komplekslarini, uni ishlash jarayonida 
foydalanadigan, ALT qismi hisoblangan instrumental vosita va faqat 
A LT lar yaratish jarayonida ishlatiladigan instrumental vositaga 
bo'lishim iz kerak.
ALT lar ishlash jarayonida foydalaniladigan instrumental 
vositalarga quyidagilar kiradi:
ma lumotlar bazasi va fayllarni boshqarish tizimi;
operativ xotirada ma’lumotlar umumiy strukturalari bilan 
ishlovchi vosita;
foydalanuvchi bilan о zaro muloqotni ta'minlovchi til protses- 
sorlari;
- matematik qism dasturlar paketi.
ALT larni yaratish jarayonida ishlatiladigan instrumental vosita- 
lar, A LT DT yaratishdagi muddatini qisqartirishni osonlashtirishga 
xizmat qiladi va o 'z tartibiga alohida xususiyatlarni ko'rsatuvchi, 
sinovlar tashkil qiluvchi hujjatlashtiruvchi vositalarni va protses- 
sorlarni, dastur generatorlarini kiritadi.
Protsessorlardan bitta obyekt bilan ishlashga mo'ljallangan turli 
dasturlarda, 
ma'lumotlarni 
izohlashda 
qarama-qarshiliksizlikni 
ta minlash uchun foydalaniladi. Shu maqsadda ma'lumotlar izohlari, 
ma lumotlar bazasidan tanlab olinib dasturlarga kiritiladi. Ular
369


algoritmlarni, dasturlash tillariga qaraganda qulay hisoblangan 
tillarda dasturlash imkoniyatini beradi. Shu tilda yozilgan dastur 
matnlari, FORTRAH, PL/1 kabi tillar standart kom pilyatorlar uchun 
matnga translyasiya qilinadi.
A LT DT funksional imkoniyatlari, DT tarkibini va maqsadga 
m uvofiq bo'lgan strukturasini aniqlaydigan bir qancha talablar bilan 
reglamentlanadi.
Birinchidan, ma'lumotlarni va topshiriqlarni kiritishni, ularni 
avtomatik anglashni loyihalash jarayonining borishida dasturli 
boshqarishni 
ta’minlash 
loyihalash 
bosqichining 
har 
birida 
chiqishdagi ma'lumotlarni imkoni boricha tushunarli, ko'rinarli qilib 
tasvirlash muhim hisoblanadi.
A LT larni ishlash jarayonlarida, ba’zi alohida loyihalash 
masalalari loyihalovchi tomonidan qo'lda bajarilishi yoki EHM bilan 
o'zaro m uloqot yo'li bilan (avtomatlashtirilgan usul) va faqat EHM 
ning o'zida (avtom atik usul) bajarilishi mumkin. A LT DT ana shu 
aytib o'tilgan usullarning mos tushishligini ta'minlashlari kerak. 
So'ngra yaratilgan DT komponentlarini bosqichma-bosqich ishlatish 
imkoniyati yaratilishi kerak.
Bu talab DT ni kengaytirish hisoblanib, DT ni yaratishni 
rejalashtirishda, funksional tugallangan qismlari uchun ham 
e tiborga olinish kerak hisoblanadi. ALT larni yaratishning 
murakkabligi sababli, uning funksional, tugallangan qismlarini 
bosqichma-bosqich ishga tushirish sezilarli iqtisodiy samara berishi 
mumkin.
DT ning yana bir muhim funksiyasi, ALT larda ishlash 
jarayonida loyihalovchilar mehnatlarini, avtomatlashtirilmagan 
loyihalashga nisbatan osonlashtirish hisoblanadi. Bu esa quyidagilar 
hisobiga amalga oshiriladi:
-kerakli, xohlagan loyiha ma'lumotlarini bir marotaba kiritish 
va uni barcha komponentlarga avtomatik uzatish;
-loyihalovchi tomonidan tabiiy tillarga yaqin bo'lmagan maxsus 
til vositalaridan imkon boricha maksimal foydalanish;
-vositalaridan imkoni boricha maksimal foydalanish;
-loyihalash natijalarini tasvirlashning oddiy va ko'rinarli 
bo'lishligi;
370


-loyihalashning bajarishni kuzatib borish imkoniyatining borligi 
va tuzatish kiritish kerak bo'lganda operativ ta'sir ko'rsatish 
mumkinligi;

loyihalash obyekti izohiga va uning hujjatlariga avtomatik 
o'zgartirishlar kiritish.
Bundan tashqari, foydalanuvchilardan ALT ta'minoti vositalari 
ichki strukturalari bo yicha hech qanday bilim talab qilinmaydi.
ALT larda kiritilayotgan axborotlarni maksimal nazorat qilishni 
ta'minlovchi maxsus dastur vositasi bo'lishi kerak. Tashkiliy 
jihatdan olib qaraganimizda, nazorat qilish ALT adminstratsiyasi 
vazifasi hisoblanadi.
A LT lar DT ini yaratishda vaqtni iqtisod qilish uchun, ishlati- 
layotgan EXM tarkibiga kiruvchi umumiy dasturlardan foydalanish 
ham muhim hisoblanadi.
Yuqorida ko'rib o'tilgan talablarni qondirish murakkab masala 
hisoblanadi. Shuning uchun ALT DT tarkibida, funksional belgilash 
bo'yicha bir kancha ierarxik komponentlar ajratiladi, ularga loyiha 
ma'lumotlarni o'zgartirish operatsiyasini bajaruvchi amaliy DT 
modullari to'plami, berilgan ketma-ketligida amaliy DT modullari- 
ning bajarilishini tashkil etuvchi boshqaruvchi dastur, ma'lumotlar 
bazasini boshqarish tizimi va ALTni boshqaruvchi muloqotli, 
boshqaruvchi va ALT administratsiyasi va loyihalovchi o'rtasidagi 
aloqani qo'llab - qu w atlovch i dasturlar kiradi (7.7- rasm).
loyihalovchi administrator
7.7- rasm. A LT DT yaratish sxemasi
DTning barcha komponentlari EHM matematik ta'minoti 
vositalariga asoslanadi, shuning uchun ular ALT DTning hamma
371


talabalariga to'la javob beradi, bu esa uni yaratish va undan 
foydalanishni osonlashtiradi. M T dan keyingi darajada ALT 
ma lumotlari bazasiga kiritilgan amaliy DT dastur modullari turadi. 
Biror bir ierarxik darajada joylashgan komponentlar, boshqa 
darajadagi komponetlar bilan amaliy DT modullari yoki ularning 
natijalari uchun kerakli bo'lgan ma'lumotlar bilan muloqot qiladi. 
Eng yuqori ierarxik darajadagi ALTlarni boshqaruvchi dastur 
vositalari tashkil etadi. Bunday boshqarish faqatgina loyihalovchilar 
uchun bir loyihalash bosqichidan ikkinchi loyihalash bosqichiga 
о tish uchun kerak bo lmay, balki tizim komponentlarining to'g'ri 
ishlashini tekshirish va kerakli o'zgartirishlarni dastur modullariga 
va ma lumotlar bazasiga kiritish kabi masalalarini hal qiluvchi ALT 
administratorlari uchun ham kerakli bo'ladi. SHuning uchun ALT 
larni boshqaruvchi dastur vositalari tarkibiga loyihalovchilar va ALT 
administratori uchun alohida komponentlar kiritilishi mumkin.
Ro'rib o'tilgan ALT DT strukturasining (7.8-rasm] prinsipial 
xususiyati bo'lib, ma’lumotlar bazasida saqlanadigan ma’lumotlarni 
yoki unga kiritilgan ma'lumotlarni ALT boshqarish vositalari va 
ma’lumotlari bazasini bo'lmagan holda qayta ishlash imkoniyatining 
borligi hisoblanadi. Bunday xarakatlar, ma’lumotlar bazasini 
yaratishda yoki unga tuzatishlar kiritishda, undan tashqari 
loyihalovchi yoki administratsiya so'rovi bo'yicha ma’lumotnoma 
axborotlarni olishda kerakli bo'lib hisoblanishi mumkin.
AL F larda, ulardan foydalanuvchilarni va ularni yaratuvchilarni 
uchta kategoriyalarini ko'rsatish mumkin.

A L T yaratuvchilar EHM ni ishlatish sohasidagi mutaxassislar 
bo'lib, ular ALT larning bazali metodlarini, vositalarini va jihozlarini 
umumiy DT 
ni, 
loyihalashning 
instrumental 
va 
texnologik 
vositalarini yaratuvchilari, ALT larni konkret ishlash sharoitida 
generatsiya qiluvchi yoki sozlovchilar bo'lib hisoblanadilar.
2. Am aliy 
dasturlovchilar 
yuqori 
malakaga 
ega 
bo'lib, 
loyihalash metodologiyasi va algoritmlar bilimlari bo'yicha maxsus 
DT ini, umumiy DT idan foydalanib yarata oluvchilar hisoblanadi.
3. Loyihalovchilar - loyihalash sohasi mutaxassislari hisob- 
lanib, A LT ning imkoniyatlaridan foydalanib, avtomatlashtirilgan 
loyihalashni bajaradilar.
A LT larni D l ni yaratish uchun quyidagi talablar qo'yiladi:
1. Xotiia hajmini iqtisod qilish va dastur bajarilishining 
tezkorligigi qarab olinadigan samara;
2. Ishlatilishga qulayligi;
372


3. Ochiqligi;
4. Mobilniyligi (m obilniy deb shunday dastur vositalariga 
aytiladi ki, bu dasturlarni boshqa turdagi EHM ga o'zgartirishsiz 
o'tkazish mumkin bo'ladi);
5. Kuzatib borish uchun qulay vositalar borligi (kuzatib borish 
deb DT ni doim ishchan holda saqlab turishga va yangi modifikat- 
siyalarni kiritish jarayoniga aytiladi);
6. Puxtalik va to'g'rilik.
DT dagi maxsus xususiyatlar deb, yaratilayotgan vositaga bo'l- 
gan talablardan tuziladigan hujjatlarga aytiladi. Maxsus xususiyatlar 
ekspluatatsion va funksional bo'lishi mumkin. Ekspluatatsion 
maxsus xususiyatlar DT ning tezkorligi, sarf qilingan xotira, puxtalik, 
kerakli texnik vositalar haqidagi ma’lumotlar kiradi. Funksional 
maxsus xususiyatlar matematik va texnik xarakterga ega bo'lishi 
mumkin. Matematik va texnik xarakterga ega bo'lishi mumkin. 
Matematik maxsus xususiyatlar hisoblash jarayonlarini aniqlaydi. 
ALT lar uchun texnik xarakterdagi, ya’ni loyihalanilayotgan obyektni 
ishlash qobiliyatini, uning tezkorligini va murakkabligini aniqlovchi 
maxsus xususiyatlar ham muhim hisoblanadi.
Yaratilgan dastur, matematik xarakterdagi maxsus xususiyat- 
larni qanoatlantiruvchi algoritmlarni xatosiz bajara olsa, bu dastur 
to g ri deyiladi. Agar dastur texnik xarakterdagi maxsus xususiyat- 
larni qanoatlantirsa bu puxta deyiladi.
A LT ni dastur ta'minoti, ish jarayonida doimo yoki vaqti-vaqti 
bilan ishlatiladigan dasturlar yig'masidan iborat. DT ikki qismdan 
iborat: tizimli va amaliv
Tizimli dasturlash - bu, EHM ishlash jarayonini ta'minlash 
uchun, EHM turli tuzilmalari ishlashini tartibga soluvchi, EHM bilan 
foydalanuvchi orasidagi muloqotni tashkil etuvchidir. U foydala- 
nuvchiga yangi dasturlarni 
ishlab chiqish uchun yordamni 
ta minlash va boshqa funksiyalarni bajarish uchun zarur. Bu EHM 
apparat vositalarining davom etuvchisidir. Ichki tizimli matematik 
ta'minotni 
funksional 
ta'minlovchini, 
ishlatilishi 
bo'yicha va 
ishlatiladigan uslublar bo'yicha ikki tizimga bo'lish mumkin: 
operatsion va dasturlash tizimi.
Operatsion tizim - nosoz qismlar diagnostikasi, foydalanuvchi 
topshirig i bo yicha masalalar yechimini rejalashtirish, xotirada 
saqlash, protsessorlar, kanallar, pereferiy qurilmalar kabi tizim 
zahiralarini taqsimlash kabi boshqaruv dasturlari yig'masidir. 
Operatsion tizim quyidagi masalalarni yechish uchun mo'ljallangan.
373


Operatsion tizim quyidagilarga mo'ljallangan:
1) 
bir masaladan ikkinchi masalaga avtomatik holda o'tka- 
zish imkoniyatini oshirish, zahiralar tizimidagi bir necha masalalar 
bo yicha zaxiralarni samarali taqsimlash, kirgizish, chiqarish 
operatsiyalarini bajarish;
2} 
tizimning yechimga ta'sirini kamaytirish (natijasini olish 
va ishlov berish vaqtlari], bu esa inson bilan EHM orasidagi to'g'ri- 
dan-to g ri avtomatik aloqalarni o'rnatish va olingan natijalarga 
ishlov berishni boshqarishni cheklash bilan amalga oshiriladi.
3) 
dastur tuzuvchiga EHM ni ishlatishdagi yordam bu esa 
ko'p ishlatiladigan dasturlarga oson kirish uchun til vositalari bilan 
m uloqot qilish tizimi orqali erishiladi.
4) 
moslashuvchanlik - 
ishlatish 
doirasini 
kengaytirish 
yo nalishida tizimning tartibli o'sishi va moslashuvchanligini ta’min- 
laydi, bu esa operatsion tizimni modulli tuzish va dasturlashni turli 
vositalar mavjudligi orqali ta’minlanadi.
H ozir foydalanuvchi dasturi operatsion tizimga murojaatni o'z 
ichiga oladi. Buning uchun esa operativ (tezk or] xotirada saqlash- 
ning hajmi zarur.
Dasturlash tizimi - bu dasturlarni yo'lga qo'yish va loyihalashni 
avtomatlashtirishni 
taminlovchi 
vositalarning 
yig'masi. 
Bu 
dasturlash tillari, biror bir algoritmik tilda yozish translyatorlari, 
maxsus dastur texnik dasturlarni avtomatik o'tkazish, sintaktik 
xatolarni aniqlash va bosish uchun yordamchi dasturlar, standart 
dasturlar kutubxonasidir. Ko'p xollarda kutubxonaga - redaktor- 
langan dasturlar, ко p ishlatiladigan son uslublari va algoritm 
dasturlari, matritsadagi murojaat, tizimli chiziqli-differensial tengla­
malar yechimi, nochiziq integral, differensial tenglamalarning sonli 
yechimi, funksiyaning ekstremalini aniqlash va boshqalar kiradi.
Tizim li dastur tuzish orqali hisob texnikasi vositalarini samarali 
ishlatish bo yicha sharoit yaratishadi, lekin foydalanuvchi qo'ygan 
masalalarini aynan yechib beradi. Bular yordamchi dasturlar, ya'ni 
aniq masalalarni yechishga qaratilgan dasturlardir.
Berilganlarning qayta ishlash asosini alohida dasturlar emas, 
balki amaliy dasturlashni ishlatish va aniqlash uchun zarur hujjatlar 
bilan birgalikdagi dasturlar majmuasidir.
Qayta ishlovchi dasturlar dasturli-amaliy dasturlashni EHMda 
ishlatish uchun tayyorlashga xizmat qiladi va berilgan dasturlarni 
uzatish, ularni tekshirish va kiritishni o'z ichiga oladi. Berilgan
374


dasturlar algoritmik tillarning birida yozib olinadi va loyiha 
dasturidan mashina tiliga o'tkaziladi.
Operatsion tizim dasturlaridan farqli foydalanuvchi dasturlari 
amaliy yoki muammoli dasturlar deb ataladi. Demak, operatsion 
tizimga nisbatan A LT ning maxsus dasturlash ta'minotining hamma 
dasturlari amaliy hisoblanadi.
Operatsion tizim ikki guruh dasturlarini o 'z ichiga oladi:
1) qayta ishlovchi dasturlarni tayyorlovchi tizimni yoki tashqi 
dasturlash ta’minotini o 'z ichiga oladi;
2) boshqaruvchi dasturlarni bajarish guruhini yoki ichki 
dasturlash ta'minotini o 'z ichiga oladi.
DT ning strukturaviy sxemasi:
У м у м и й Д Т
Operatsion tizim
Boshqaruvchi tizimlar
Ishlov beruvehi dasturlar
Dasturli-amaliy dasturlash
Kom pilyator dasturlar
Kutubxona moduli
Haqiqiy modul
Kutubxona moduli
M axs is D T
Ishchi dastur
7.8-rasm. DT ning struktura sxemasi
375


Mavjud operatsion tizim universal (har tomonlama), ya'ni turli 
masalalarni yechishga qaratilgan hisoblanadi. Ko'p ishlatiladigan 
masalalar - bu iqtisodiy axborotga ishlov beruvchi masalalardir 
Lekin bunday universallik tizimlarni aniq belgilangan masalalarni 
yechishdagi optimallik nuqtai- nazardan uzoqlashtiradi. Bu ma'noda 
mavjud operatsion tizim ALT da 
ishlatish 
uchun 
optimal 
hisoblanmaydi.
ALT T ning umumiy dasturiy ta’minlashni yaratish uchun ikki xil 
amaliy imkoniyati bor:
1. Universal ОТ (operatsion tizim ) o'rniga muammoni yechishga 
qaratilgan OTni tuzish;
2. 
Ierarxik 
satxdagi 
qurilgan 
universal 
OTni 
dasturli 
ta'mmlashni, eng yuqori satxda va keyingi satxlarda bo'ysungan 
«kiritilgan » OTlarda ishlatish.
Birinchiga yondashishda quyidagicha yondashish mumkin:
a) ОТ ishlashi uchun ketadigan xotira sarf-xarajatlarini va FIK ni 
oshirish;
b) 
01 
taqdim etgan va masalalarni boshqarishdagi til 
vositalarida ko'rsatilgan xizmatlar turi va hajmini optimallashtirish;
d) loyihachilarga zarur bo'lgan avtomatik ish joylariga multi 
yondashishni amalga oshirish.
Lekin bunday yirik va universal bo'lgan operatsion tizimning 
narxi juda kata. Shuning uchun bunday paytda ikkinchi yondashuv 
qo'llaniladi, bu xolda universal ОТ da taqdim etilayotgan hamma 
xizmatlar va imkoniyatlar saqlanib qolinadi, bu esa ALT da uchrab 
turadigan nostandart holatlarda qulaydir. ALT uchun taalluqli 
bo'lgan umumiy dasturlash ta'minoti talablari ALT monitor tizimini
- «kiritilgan » ОТ yaratishda qoniqtiriladi.
7.7. Nazorat savollari, am aliy m ashg'ulotlar va 
mustaqil ishlar uchun topshiriqlar 
Nazorat savollari:
1. LAT ning dasturiy ta'minoti nima?
2. Operativ tizim nima? Nima uchun xizmat qiladi?
3. Qanday dasturlar amaliy deyiladi?
4. ОТ о z ichiga oluvchi ikki guruh dasturlarini aytib bering.
5. Loyihalashning asosiy etaplarini ayting.
6. LAT ning strukturaviy sxemasini tavsiflab bering.
376

Download 347,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish