2. Yoritish masalalari. Tanlangan joy kunduzi yetarli darajada quyosh tushib turadigan, kechasi ham yoritish imkoniyati mavjud bo‘lishi lozim. Elektr yoritish tizimidan foydalanishda maydonchaning barcha qismlari tekis yoritilishiga erishish zarur. Bu bolalarning kechki paytda ham bexavotir harakatlanishini ta’minlaydi.
3. O‘yin jihozlari. Bolalar maydonchasiga joylashtiriladigan o‘yin jihozlari bir-biridan xavfsiz masofada, boshqasiga xalaqit bermaydigan darajada joylashtirilishiga erishish kerak. O‘yin jihozlari ularda o‘ynaydigan bolalarning yoshi va talablariga mos bo‘lishi lozim.
Bu ularning yayrab o‘ynashi, o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishi va jismoniy rivojlanishi uchun xizmat qilishi zarur. Bolalar maydonchasida yaratilgan muhit bolalarning ijtimoiy moslashishiga xizmat qiladi, o‘zlarini dadil tutishiga, harakatlarni cho‘chimasdan, dadil bajarishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |