Shaxs shakllanishi deganda biz shaxsning ham jismoniy ham aqliy va ma'naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muhim muammolardan hisoblanadi. Shu sababli shaxsning shakllanishi masalalariga to'g'ri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta'sir sabab va vositalarini bilish zarur. Shaxsning rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishiga bir qancha omillar ta'sir etadi. Bular irsiyat, ya'ni biologik omil hamda muhit, ta'lim va tarbiya, shaxs faoliyati (ijtimoiy omil) dir. Shaxs shakllanishi deganda biz shaxsning ham jismoniy ham aqliy va ma'naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muhim muammolardan hisoblanadi. Shu sababli shaxsning shakllanishi masalalariga to'g'ri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta'sir sabab va vositalarini bilish zarur. Shaxsning rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishiga bir qancha omillar ta'sir etadi. Bular irsiyat, ya'ni biologik omil hamda muhit, ta'lim va tarbiya, shaxs faoliyati (ijtimoiy omil) dir. - Ma'lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo'ysunadi. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo'lgan irsiyat ya'ni nasl-nasabning ta'siriga alohida e'tibor qaratiladi. Chunki har bir bola ota-onasidan meros shaklida ba'zi biologik sifatlarga (tananing tuzilishi, sochning, ko'zning, terisining rangi, bo'yi-basti va boshqalarga) ega bo'lgan holda dunyoga keladi. Bularga jismoniy xususiyatlar ham deb ataladi. Bolaning fiziologik xususiyatlariga oliy nerv faoliyatining tug'ma o'tishiga aytiladi. Irsiylik – kishining o'ziga xosligini belgilab beradigan anatomik, fiziologik, psixologik, tashkiliy jihatlar, ota-ona tomonidan irsiy birliklar orqali o'tadigan xususiyatlar (belgilardir).
- Biologik omilning inson shakllanishidagi o'rni muhim va o'ziga xos irsiyatning ahamiyatini inkor etib bo'lmaydi, insonga xos xususiyatlar – aqliy va jismoniy mehnat qobiliyati, tafakkur va nutq ham tug'ma o'tishi mumkin, lekin bu tug'ma imkoniyatlar rivojlanishi uchun inson bolasi insoniy muhit, odamlar orasida yashashi, odamlar bilan aloqa qilishi, ijtimoiy hayotda qatnashishi va ma'lum xulq-odob qoidalariga amal qilishi lozim. Chunki inson biologik mavjudot sifatida emas, balki ijtimoiy mavjudot sifatida rivojlanadi va kamolga yetadi. Bola nutqni egallashi uchun nutq sharoitida, mehnat qilish uchun mehnat sharoitida, aqliy taraqqiy etmog'i uchun aqliy faoliyat sharoitida yashamog'i kerak.
O’qish
Faoliyat turi
Xarakter
Do'stlaringiz bilan baham: |