Bolalik psixoanalizi
Klassik psixoanaliz nuqtayi nazaridan bolalar bilan ish olib bo
rish qiyinchilik tug‘dirgani uchun Freydning izdoshllari A.Freyd
va M.Klyayn o‘zlarining bolalar psixoterapiyasi variantlarini ishlab
chiqdilar. A.Freyd (1895—1982) «Bolalar psixoanaliziga kirish (1927),
«Bolalikdagi norma va patologiya» (1966) bolalar psixoanalizi asos-
larini bayon etdi. Psixolog bola xulq-atvoridagi qiyinchilik sababla-
rini tushunish uchun nafaqat bola psixikasining ongsiz qatlamlariga
kirishi, balki shaxsning barcha uch tarkibiy qismlari (Men, U, Oliy
Men) haqida har tomonlama ma’lumotlarga ega bolishi, ularning
tashqi dunyo bilan munosabatlari, psixologik himoya mexanizmlari
va ularning shaxs rivojlanishidagi roli haqida bilishi zarur.
A.Freydning ta’kidlashicha, bolalar psixoanalizida birinchi-
dan, kattalar bilan umumiy analitik metodlardan foydalanish
mumkin emas: gipnoz, erkin assotsiatsiyalar, tushlar talqini, qa-
rama-qarshiliklar tahlili va ko‘chirish. Ikkinchidan, u bolalar
ning tahlil qilish texnikasi o‘ziga xosligini kolsatib oldi. A.Freyd
Menni tadqiq etuvchi yangi texnik metodlarni taklif etdi. Ular-
99
dan biri transformatsiyalar analizidir. Uning fikricha, kutilgan
va namoyon qilingan emotsional reaksiyalarning mos kelmasli-
gi bolada himoya mezanizmlari ishga tushganligidan dalolat be
radi. Shunday qilib, bolaning Meniga kirish imkoniyati tug‘iladi.
Ingliz psixoanalitiki M.Klyayn (1882—1960) bolalar psixoanali-
zini tashkil etishda o‘z variantini ishlab chiqdi1. Bunda u bolaning
to‘satdan o‘yin faoliyatidagi faolligiga e’tibor qaratdi. A.Freyddan
farqli ravishda M.Klyayn bolalarning ong ostiga to‘g‘ridan to‘g‘ri
kirish mumkinligi haqidagi fikrni ilgari surdi. Uning fikricha, hara
kat nutqqa nisbatan bolaga ko‘proq xos, erkin o‘yin kattalardagi as-
sotsiatsiyaga o‘xshaydi; o‘yin bosqichlari — bu kattalardagi assotsia-
tiv mahsulotning analogidir. Terapevt bolaga kichik o‘yinchoqlar
to‘plamini, «butun dunyo kichiklashtirilgan» to‘plamni taklif eta
di va bir soat davomida bolaga erkin harakat qilish imkonini beradi.
Hozirgi zamon psixoanalitikasi bolalarni tarbiyalash va
rivojlanishi haqida
Bolalar psixikasini psixoanaliz va o‘yin texnikasi yordamida
o‘rganish ularning emotsional sohasi haqidagi tasawurlarni kengay-
tirdi. Bolalar psixoanalitiki Dj.Boulbi bolalarning emotsional rivoj
lanishiga e’tibor qaratdi2. Uning boglanib qolish nazariyasi zamo-
naviy biologik va psixologik ma’lumotlar hamda rivojlanishning
an’anaviy psixoanalitik tasawurlarini birlashtirishga asoslangan.
Boulbining asosiy g‘oyasi shundan iboratki, ona bolaga na-
faqat dastlabki organik ehtiyojlarini qondirish uchun emas, muhi-
mi ona bolaga boglanib qolish hissini yaratadi. Dastlabki oylarda
bolaning yiglashi, kulishlari onaning g‘amxo‘rligi, tashqi xavfsiz-
ligi, himoyalanganligidan darak beradi. Emotsional himoyalan-
gan bolaning soglom psixik tarqqiyot yo‘llari ochiq boladi. Ona
bilan bola orasidagi dastlabki emotsional «boglanishning buzili-
shi» psixik kasalliklar va shaxsiy muammolarning vujudga kelish
xavfini oshiradi (masalan, depressiv holatlar).
Boulbining g‘oyalari hayotga tatbiq etilib, 1950-yillardan ki
chik bolalarni kasalxonalarda onasidan ajratmaslik haqida qaror
qabul qilinib, amalda joriy etildi.
E.Fromning bola tarbiyasida ota va onaning roli haqidagi
fikrlari ham e’tiborga loyiq. Onaning bolaga muhabbati shartsiz
zarur: bola borligi uchun yaxshi ko‘riladi. Ona hayotga ishonishi
va ortiqcha xavotirlanmasligi zarur, shundagina u bolaga xavfsiz-
lik hissini uzatishi mumkin. Otaning muhabbati — shartli mu-
habbatdir, uni majburiyatlarni bajarib, tartibga rioya qilib, kutil-
malarga mos harakat qilib qozonish mumkin.
Bolalar psixoanalizi ta’lim va ijtimoiy sohalarda ishni tashkil
etishda, ota-onalar bilan ishlashda katta ta’sir ko‘rsatadi. Uning
asosida «xatar guruhi» bolalari uchun turli xil «ota-ona — bola»
munosabatlarini tuzatish bo‘yicha dasturlar tuzildi. Zamonaviy
psixoterapiyaning maqsadlari juda keng sohalarda qollanilmoq-
da: nevrotik belgilarni yo‘qotishdan, xavotirlanishni kamaytirish,
aqliy faoliyatni tashkil etish o‘zgarishlarigacha xulq-atvorni yax-
shilashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |