Шакарда бор,тузда йўк.
Шойида бор,бўзда йўк.
Бу III харфини таърифлаб берилган.
Чана деб номланган кичик ҳикоясида меҳр оқибат, дўстлар билан ўз нарсасини баҳам кўриш, катталар гапида ҳикмат борлиги, дўстлар доимо кераклиги баён этилган (Фарход,Баҳодир, Дилдора, Шавкат).
Болалар учун ёзилган Жасур полвон кичик ҳикоясида Жасур ҳамда Шахло каби ўқувчиларнинг муносабалари акс эттирилган.
Хулоса ўрнида айтадиган бўлсак ёзувчи болаларнинг маънавий тарбиясини тарбиялашда, ҳар бир ҳикояларида оддий сўзлар билан шевага хос, ёшига ёки бўлмаса барчага мос келадиган асарлари билан ҳушнуд қилган ёзувчидир.
Дилдора Агзамова Ўзбекистон ФА Асосий кутубхонаси ходими
Bolalarning ma'naviy tarbiyasida O'tkir Hoshimov
asarlarining o'rni
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch" kitobida ma'anaviyatga "Ma'naviyat-insonni ruhan poklanish, qalban ulg`ayishga chorlaydigan odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg`otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir",- deb baho berilgan.
Bugungi kunda bolalarda ma'naviy tarbiya ko'rinishini tarbiyalashda badiiy adabiyotning o'rni beqiyosdir.
Zero bunda O'zbekiston Xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimov asarlari misolida ko'rish mumkin.
Zamon talablaridan kelib chiqqan holda xalqimiz tomonidan yaratilgan tarixiy, ilmiy, ma'naviy, adabiy-badiiy merosini targ`ib qilish va ularni yoshlar ongiga singdirish borasida barcha shakldagi axborot-kutubxona resurslari qatori elektron resurslar yaratishga katta e'tibor berilmoqda. O'zbek adabiyotining yorqin namoyondasi, o'tkir qalam sohibi, atoqli adib, jurnalist, O'zbekiston Xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimov o'zining serqirra ijodi bilan xalq mehriga tushgan.
O'tkir Hoshimovning ijod yo'liga nazar soladigan bo'lsak, undagi so'z hamda iboralarning uyg`unligini, bir asar yozishidan oldin albatta kuzatuvlar asosida haqqoniy, ro'y-rost voqealar bilan ochib berishga harakat qiladigan yozuvchidir. U avvalo rus, tojik, qozoq, qirg`iz hattoki boshqa tillarda ham ijod qiladi. Uning qissalari, hikoyalari qaysi tilda bo'lmasin doimo sevib ardoqdanib tarjima qilinib kelinmoqda. Yozuvchi, publisist, jamoat arbobi, bir necha Davlat mukofotlariga sazovor bo'lgan el ardog`idagi shaxsdir.
Yozuvchining mahorat bilan yaratgan mehnati samaralarini hozirgi o'sib kelayotgan barkamol, yosh, navqiron, tafakkuri, salohiyati, ma'naviyati, madaniyati, qobiliyati yuksak bo'lgan avlodlarga batafsilroq tanishtirish, uning ijodi mahsuli bo'lgan asarlari to`g`risida to'liq axborot berish, bu asarlarni axborot-kutubhona muassasalari foydalanuvchilari o'rtasida targ`ib qilish ular ijodiga berilgan baho bo'ladi. O'tkir Hoshimov o'z zamonasining o'tgan hamda hozirgi zamon talabini o'rganib kitobhonlarning qalbiga hush keladigan ijod namunalarini yaratib kelgan ijodkordir.
2013 yilda may oyida u olamdan o'tdi. O'tkir Hoshimov ijodiga murojaat qiladigan bo'lsak, unda til va tasvirning rangin tovlanishlariga guvoh bo'lamiz. Atoqli adibimiz O'tkir Hoshimov asarlarida biror notanish qiyofani uchratmaysiz. O'tkir Hoshimov ijodining yana bir muhim qirrasi-rostgo'ylik, hayotdagi ikir-chikir gaplargacha ro'yi-rost yozish har kimning ham qo'lidan kelavermaydi. Asli zamondoshimiz bo'lgan ba'zi "qahramon"larning asl qiyofasini ro'yi-rost tasvirlashning o'zi jasorat. Hoshimov asar tiliga katta e'tibor beradi. Xalq jonli tili boyliklarini, hikmatli so'z va iboralarni o'z o'rnida ishlatadi. Voqealar mohiyatini va obrazlar xarakterini ochishga bevosita xizmat qiluvchi maqol va iboralarni sinchkovlik bilan topib, joy-joyida qo'llaydi. Shu bilan birga, o'zi ham hikmatli so'z, maqol va aforizm darajasiga ko'tarilgan sermazmun, ixcham va chiroyli jumlalar yaratadi.
Yozuvchining yuzlab hikoyalari, "Bahor qaytmaydi", "Qalbingga quloq sol", "Dunyoning ishlari", "Ikki karra ikki - besh" qissalari, "Nur borki, soya bor", "Ikki eshik orasi", "Tushda kechgan umrlar" romanlari, "Daftar hoshiyasidagi bitiklar", "Quyosh tarozusi", "Sirli yulduz", "Uzun kechalar", "O'zbeklar", "Badbaxtning tutquni", "Shumlik", "So'qqabosh bevaginam" singari turli janrlarda yozilgan kitoblari o'quvchilar tomonidan yuksak baholangan. "Notanish orol", "Sakkizinchi mo''jiza" kitoblari esa bevosita ijod psihologiyasiga bag`ishlangan va ular adabiyot o'qituvchilari, yosh ijodkorlar, talabalarga qalamkashlik hunari haqida saboq beradi.
Adibning bir qancha asarlari bo'yicha suratga olingan televizion filmlar, "Xazon bo'lgan bahor", "Vijdon dorisi", "Inson sadoqati", "Qatag`on", "To'ylar muborak" kabi drama, komediya va tragediyalari tomoshabin ehtiromini qozongan. Qator asarlari maktab, kollej, litsey, oliy o'quv yurtlari darsliklari va dasturlariga kiritilgan. "Nurli dunyo", "Umr savdosi", "Bahor sog`inchi", "Hadikli tushlar" nomli to'rt jildli saylanmasi ko'p ming nusxada nashr etilgan.
"Shamol esaveradi", "Bahor qaytmaydi", "Qalbingga quloq sol", "Dunyoning ishlari"dan tortib "Ikki eshik orasi", "Tushda kechgan umrlar" deb nomlangan asarlarigacha bir xil jozibaga ega. Adibning qaysiki romani, qissayu hikoyasini mutolaa qilmang, uning qahramonlari siz uchun ham "eski tanish"lardan bo'lib chiqaveradi. Ie, bu ayol o'zimizning Onamiz-ku, falonchi esa - mahallamizdagi o'sha kishining o'zginasi, deysiz. Nazdingizda o'sha tanish insonlar - qahramonlar ma'naviy olamini yanada chuqurroq anglagandek, idrok etgandek bo'laverasiz. Iste'dodli ustoz yozuvchimiz esa hayot sahnasidagi voqea-hodisalar qandoq bo'lsa, shundoqligicha badiiy lavhalar vositasida tasvirlayveradi. Har bir qahramonning ichki dunyosi, o`y-fikrlari, kechinmalari aniq-tiniq, jozibali bir tarzda yoritiladi. "Tushda kechgan umrlar" romani sevimli yozuvchimiz O'tkir Hoshimov ijodining o'ziga xos cho'qqilaridan biri bo'lgan. Unda xalqimiz boshidan kechirgan sinovlar, II -jahon urushi yillaridan tortib, totalitar tuzum davri qatag`onlari, afg`on urushi oqibatlari, o'nlab hamyurtlarimiz qalbidagi bitmas jarohatlar, yaqin o'tmishda paydo bo'lgan "paxta ishi", "o'zbek ishi" kabi g`ayrishuuriy gaplar va uning natijasida ro'y bergan fojealar, zamondoshlarimizning ajib qismatlari, barbod bo'lgan orzu-umidlar, so'ngan sevgi yulduzlari juda qiziqarli hikoyalar vositasida tasvirlangan. Romanning shaklu shamoyili ham o'ziga xos: kundalik daftardan lavhalar, suhbatlar, tergov hujjatlari, ertaklar, hullas, bir-birini mazmunan to'ldirib, boyitib boruvchi hikoyalar vositasida maqsadga erishilgandir. Har jihatdan mukammal chiqqan roman ishtiyoq bilan o'qilishi shubhasiz.
Jahon so'z san'atida, jumladan, hozirgi zamon o'zbek adabiyotida shunday sermazmun, serjilo, go'zal asarlar borki, ularni qayta-qayta o'qigingiz keladi. Har gal o'qiganda olam-jahon zavq olasiz, yangi-yangi ma'no topasiz. O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" asari ana shunday ajoyib san'at namunalaridan biridir. Asar haqida muallifning o'zi "Bu kitobni yoza boshlaganimga ellik yil bo'layapti. Bular - mening kuzatuvlarim. O'ylarim. Bir qadar armonli, bir qadar istehzoli, bir qadar tabassumli. Xulosalarim, Aslida ularning har birini alohida asar qilsa ham bo'lardiku, mayli... Iltimos, Siz ham kitobni shoshilmasdan, o'ylab o'qisangiz..." deb ta'kidlagan. O'tkir Hoshimov "Bitiklari"ning "Sakkizinchi mo''jiza" qismi ham yangi fikr va yangi xulosalarga boy. U muallifning badiiy adabiyot va uning o'ziga hos xususiyatlariga doir shaxsiy kuzatuvlarining mahsuli bo'lib, unda badiiy adabiyot-jahondagi sakkizinchi mo''jiza sifatida ta'riflangan. Adabiyotning kuch-qudrati, tarbiyaviy-estetik ahamiyati, haqiqiy go'zal asar qanday bo'lishi lozimligi haqida dono so'zlar bitilgan. Iste'dod va iste'dodsizlik o'rtasidagi asosiy farq ko'rsatilib, "ijod betakror va ehtimol shuning uchun ham ma'lum ma'noda ilohiyotga yaqin hunar", "Ikkita eng xolis va beshafqat hakam-kitobxon va vaqt sinovidan o'tgan asar haqiqiy asardir", "Talantsiz yozuvchi tovuqqa o'hshaydi. Yong`oqdek tuxum tug`adi-da, qaqillab olamni buzadi!", deb yozilgan. Shuningdek, yozuvchining xalq va jamiyat oldidagi burchi va mas'uliyati ochiq ko'rsatilgan. "Chinakam ijodkor bo'lish uchun odamda iste'dod, bilim, mehnat, hayot tajribasi, izlanish va albatta, vijdon bo'lishi kerak", deb aytilgan.
O'tkir Hoshimov shunday o'tkir ijodkorki, u o'quchilarda xushchaqchaq his-tuygu uyg`otadigan, kezi kelganda qah-qaha urib kulishga majbur etadigan turli hajviy hikoyalar yozadi. Qisqasi, O'tkir Hoshimov ijodi, o'chmas bitiklari inson ma'naviyatini boyitishga, aql idrokini yanada o'stirishga xizmat qiladi. Ularni miriqib o'qish, keng targ`ib-tashviq etish g`oyat foydalidir.
Har gal yangi kitobi chiqishi bilan birinchi nushasini Onasiga taqdim etardi, "birinchi ustozim Oyimga" deb yozib berardi.
"Tabiiyki, yozilgan asarlarning hammasi ham muvaffaqiyatli chiqqan deb bo'lmaydi. Mukammal asarning o'zi yo'q. Chunki, har qanday kitobni odam yozadi. Odam esa mukammal zot emas. Bir narsani aytishim mumkin. O'zim qattiq ishongan, yagona haqiqat deb bilgan narsani yozishga harakat qiladi. O'quvchi anoyi emas. Jinday yolg`onni darhol sezadi. Kitobhon nazaridan qolish esa qalamkash uchun og`ir fojia"...
Agar tanlangan asarlari misolida oladigan bo'lsak, yozuvchining kitobida asosan mittivoylarga bag`ishlangan Shohruhning topishmoqlari, Bahodir nega adashib qoldi, Chana, Hazonchinak, Fil va Maymun, Chol bilon Olmaxon kabi kichik hikoyalar bilan ular qalbiga yo'l topa olgan adibdir.
"Hamisha bir orzu bilan yashayman. Shunaqa kitob yozsangki, uni o'qigan kitobhon hamma narsani unutsa, asar qahramonlari hayoti bilan yashasa. Kitobni o'qib bo'lgan ko'pi kechasi bilan uxlolmay, to'g`onib chiqsa. Oradan yillar o'tib asarni qaytadan qo'liga olganida tag`in hayajonlansa, yangi ma'nolar topsa. Eng katta orzum shu" ("Daftar hoshiyasidagi bitiklar" ).
Sahna asarlari mamlakatimizning qator teatrlarida, shuningdek, 60 dan ortiq kitobi turli tillarda Tojikiston, Qirgiziston, Qozog`iston, Turkmanistonda sahnalashtirilgan. Yozuvchi qardosh xalqlar adabiyoti va jahon dramaturgiyasi vakillarining o'ndan ortiq pьesasini tarjima qilgan. Ko'pgina asarlari ingliz, fransuz, nemis, ispan, turk, fors, arab, yapon, hind va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, to'plam va vaqtli nashrlarda chop etilgan. "Nur borki, soya bor" bulg`or tilida, "Dunyoning ishlari" Vetnam tilida kitob bo'lib chiqqan. "Tushda kechgan umrlar" "Ikarus" jurnalida (LKSH) bosilgan. "Dunyoning ishlari", "Bahor qaytmaydi", "Nur borki, soya bor", "Ikki eshik orasi" asarlari, qator hikoyalari maktab, akademik litsey, kollej va oliy o'quv yurtlari dasturi va darsliklariga kiritilgan.
Misol tariqasida oladigan bo'lsak, yozuvchining tanlangan asaralarida mittivoylarga bag`ishlab maqol tarzida Shohruhning topishmoqlari, bu topishmoqlarda oddiy so'zlardan foydalanib, boshqa so'zlarni eslab qolish, paronim so'zlar alifbo tartibida berilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |